-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
OLIY MATEMATIKA
Qo‘llanmaning birinchi qismida chiziqli algebra (matritsalar, determinantlar, chiziqli tenglamalar sistemasi), analitik geometriya va vektorlar algebrasi hamda matematik analizga kirish bo‘limlariga oid nazariy m a’lumotlar, amaliy masalalar yechimi va kimyo-biologiya sohalariga oid tatbiqiy misoliar tizimli ravishda bayon etilgan.
-
Bioorganik kimyo
Fermentlar, ularning tuzilishi, sinflanishi, katalitik faolligi va fermentativ kinеtika asoslari, shuningdek fermentlarning biotexnologiyadagi roli o‘rganiladi. Nuklein kislotalar va ularning asosiy tarkibiy qismlari, kimyoviy tarkibi, tuzilishi hamda funksiyalari to‘liq tahlil qilinib, genetik ma’lumotlarni saqlash va uzatish mexanizmlari tushuntiriladi.
-
MASHINALI O‘RGATISHGA KIRISH
Shuningdek mashinali o‘rgatishda eng ko*p qo'llaniladigan chiziqli regressiya, kvadrat usuli, perseptron algoritmi, logistik regressiya, sodda Bayes algoritmlari keltirilgan hamda kodlari ilova qilingan. Bundan tashqari olingan bilimlami mustahkamlash uchun qo’Ilanmaning har bir mavzusi so‘nggida nazorat savollari berib o‘tilgan.
-
CHIZIQLI PROMMMALASHTIRISHNING YUQORI UNUMDORLIK ALGORITMLARI
Chiziqli programmalashtirish chiziqli funksiyasining, uning tarkibiga kiruvchi noma'lumlarga chegaralovchi shartlar qo'yilganda, eng katta va eng kichik qiymatini izlash va topish uslubini o'rgatuvchi bo'limdir.
-
DASTURLASH ASOSLARI. PYTHONDA AMALIYOT
Chiziqli, takrorlanuvchi va tarmoqlanuvchi jarayonlarni tashkil qilish, ro'yxat, kortej, to'plamlarni qayta ishlash bilan bog‘liq algoritmlarni amalga oshirish, funktsiyalar uchun zarur dasturlash va ularni yuklash usullari berilgan. Bundan tashqari o’quv qo‘llanmadan python tilini mustaqil o’rganuvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Bioorganik kimyo fanidan amaliy mashg‘ulotlari
Qo‘llanma aminokislotalarning va peptidlarning sifat reaksiyalari, uglevodlar, lipid va yog‘larning analizi, fermentlarning xossalari, oqsillarni tozalash va ajratish usullari, nuklein kislotalar hamda RNK va DNK funksiyalari kabi bioorganik kimyoning muhim yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
-
Hayvonot bog'lari biologiyasi va ularni boshqarish asoslari. II jild
Ushbu kitob chorvachilik, hayvonot bog'lari biologiyasi va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bilan bog'liq sohalarni qamrab olib, hayvonot bog'lari xodimlari hamda ushbu soha mutaxassislari uchun ham foydali bo'lishi mumkin. Shuningdek, kitobda hayvonot bog'lari faoliyati va hayvonlarni ko'paytirish dasturlariga oid keng ko'lamli misollar ham keltirilgan
-
Hayvonot bog'lari biologiyasi va ularni boshqarish asoslari. I jild
Ushbu kitob chorvachilik, hayvonot bog'lari biologiyasi va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bilan bog'liq sohalarni qamrab olib, hayvonot bog'lari xodimlari hamda ushbu soha mutaxassislari uchun ham foydali bo'lishi mumkin. Shuningdek, kitobda hayvonot bog'lari faoliyati va hayvonlarni ko'paytirish dasturlariga oid keng ko'lamli misollar ham keltirilgan
-
Veterinariya meditsinasi va farmatsevtikasi
Veterinariya preparatlari hayvonlar sog'lig'ini saqlashda muhimdir. Hayvonlarni mukammal parvarish qilish uchun xavfsiz, yuqori sifatli dori-darmonlar kerak. Chorvachilik mahsulotlarining iqtisodiy foydasini e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi. Veterinariya preparatlari insonlarning hayvonlar oqsiliga bo'lgan talabini qondirish uchun zarurdir. Fermerlar, hayvonlar salomatligi boʻyicha mutaxassislar, mikrobiologlar va siyosatchilar o'rtasida veterinariya preparatlarini qo'llash bo'yicha zarur ko'nikmalar, bilimlar va xabardorlik barcha uchun xavfsiz va sog'lom oziq-ovqat zanjirini ta'minlashning kalitidir
-
Dasturlash
Dasturlash‖ fanidan oʻquv qoʻllanma Oliy ta‘lim muassasalari bakalavr birinchi bosqich talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, Oliy va oʻrta maxsus ta‘lim vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Dj.Sultanov tomonidan 2024-yil 30-avgustdagi №138-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan oʻquv dasturi boʻyicha oʻrganish uchun moʻljallangan materiallarni oʻz ichiga oladi
-
Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari
Mazkur o'quv qo'llanmada "Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari" o'quv fanining tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari, inson va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar va uning geografik hamda ekologik oqibatlari, tabiat taraqqiyotining asosiy qonunlari, insonning tabiatga ta'siri turlari, tabiatdan va tabiiy resurslardan foydalanishning nazariy asoslari, tabiatdan foydalanishda hisobga olinishi zarur bo'lgan qonuniyatlar, jamiyat va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar va uning geografik hamda ekologik oqibatlari, tabiatdan foydalanishda xalqaro hamkorlik masalalari, O'zbekistonning ekologik barqaror rivojlanishga o'tishining asosiy yo'nalishlari tahlil qilingan
-
English lexicology in practice
English Lexicology in Practice (Exercises, Tasks, and Tests) nomli mazkur o'quv qo'llanma talabalarning ingliz tili lug'at boyligi va so'z tuzilishini tushunishini rivojlantirishga qaratilgan amaliy qo'llanma hisoblanadi. Unda nazariy bilimlarni amalda qo'llashga yordam beradigan turli mashqlar, topshiriqlar va test savollari berilgan
-
ЛИНГВИСТИКА ТЕКСТА
Учебное пособие подготовлено в соответствии с Квалификационными требованиями по специальности магистратуры “Лингвистика: русский язык" и на основе учебной программы курса “Лингвистика текста". Учебное пособие подготовлено в рамках актуального направления современной лингвистики и содержит теоретический материал, вопросы по каждой теме, задания с использованием современных педагогических инновационных технологий и интерактивных методов, тесты разного уровня сложности, снабжено QR-кодами. Предназначено для магистрантов и преподавателей филологических факультетов вузов Республики Узбекистан.
-
Theoretical Grammar of the English language
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma ingliz tilida nazariy grammatikaning asosiy tushuncha va tamoyillarini yoritishga bag'ishlangan boʻlib, tilning grammatik tizimi, uning tuzilishi va qonuniyatlarini chuqur o'rganishni maqsad qiladi va mavzuni mustahkamlash uchun esa turli-tuman mashqlar keltirigan
-
Xorazm tarixi (Xorazmning poytaxt shaharlari tarixiy topografiyasi)
Mazkur o'quv qo'llanma Xorazmning qadimgi, o'rta asrlar va yangi davr shaharlari tarixining qadimgi davrlardan, o'rta asrlar davomida amalga oshirilgan bunyodkorchilik ishlar hamda bu davrda shaharlarning topografik tuzulishi va joylashish o'rni holati haqida ma'lumot yetkaziladi. Qadimgi davrlardan boshlab ajdodlarimizning binokorlik bilimlarini rivojlanib borishi, dastlabki shaharlarning vujudga kelishida bu bilimlarning mahalliy iqlim sharoitga qarab mintaqamizning tirli tarixiy viloyatlari, voha va vodiylarida o'ziga xos va alohida xususiyatlari, olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari va tarixiy manbalar atroflicha o'rganilganli yoritilgan
-
O'zbek toponimikasi
Mazkur oʻquv qo‘llanmada “O‘zbek toponimikasi” fanining maqsad va vazifalari, tavsifi haqida qisqacha ma’lumot berilib, asosiysi, fan doirasidagi ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun oʻquv materiallari berilgan. Oʻquv qo‘llanmada toponimika ilmining nazariy asoslari, vazifasi, maqsadi, nomlarning paydo bo‘lishidagi mintaqaviy va umumiy qonuniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, toponimikani o‘quv jarayonida qo‘llanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan