-
AVTOMOBILLARDA YUK TASHISH VA AVTOTRANSPORT LOGISTIKASI
Unda transport asosiy harakat vositasi, yuk va yuk oqimi, harakatlanuvchi tarkibdan foydalanishda yо‘l sharoitlari, harakatlanuvchi tarkibning texnik-ekspluatatsion kо‘rsatkichlari, harakatlanuvchi tarkibning ishini tashkil qilish, avtomobillarda yuk tashishni rejalashtirishda iqtisodiy-matematik usullar va EHM ni qо‘llash, yuk tashishni tashkil qilish va tijorat ishlari, yuk tashishda operativ rahbarlik qilish, avtomobil transportida yuk ortish-tushirish ishlarini tashkil qilish va mexanizatsiyalash, yuklarni konteyner va paket usulida tashish, shaharlararo va хalqaro yuk tashish, xalq xо‘jaligi va turli tarmoqlarning yuklarini tashish va logistikaning maqsadli hamda uslubiy asoslari, logistikaning tamoyillari, vazifalari, tizimlari, logistika usullarining uslubiy xususiyatlari, boshqaruv bо‘yicha logistik yondashuv, ishlab chiqarish logistikasi, logistikada axborot texnologiyalari, omborlar jarayonlarini logistika qismlari bilan tashkillashtirish, logistik xizmat kо‘rsatishning masalalari, me’yoriy ma’lumotnoma hujjatlari, о‘quvchilar bilimini tekshirishga oid mustahkamlash uchun savollar va testlar yoritilgan.
-
Нормал ва топографик анатомия.
Дарслик янги анатомия атамаларидан фойдаланган холда ёзилган ва тиббиёт олий билимгохлари талабаларига мулжалланган.
-
Pul va banklar
Darslikda pul, kredit va banklaming vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashuv jarayonining nazariy jihatlari, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlaming maqsad va vazifalari bayon etilgan.
-
Бозор иқтисодиёти асослари
Мазкур дарсликда бозор иктисодиёти назарияси ва амалиётининг асосий масалалари тўла тахлил ва талқин этилади.
-
INVESTITSIYA LOYIHALARI EKSPERTIZA
Darslikda investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning mohiyati, ahamiyati va zarurligi, investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy ekspertizasi, investitsiya loyihasi bo‘yicha garov ta‘minotining ekspertizasi, investitsiya loyihalarining texnik ekspertizasi, investitsiya loyihalarining tijorat tahlili, investitsiya loyihalari qatnashchilarining institutsional tahlili, investitsiya loyihalarining ijtimoiy va ekologik ekspertizasi, investitsiya loyihasi bo‘yicha risklar va ularni baholash va shu kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o‘z aksini topgan.
-
Нормал ва патологик анатомия билан физиология.
Мазкур дарслик хозирги замон фан ютукларидан фойдаланиб ёзилди. Унда органлар тузилишига оид тушунчалар мумкин кадар узбекча терминлар билан ифодаланди.
-
Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi
Darslikda fanning asoslari tuproq suvining shakllari sifati bug`lanish sarflanish qurg`oqchilik va uning kelib chiqish sabablari sug`orish melioratsiyasi tuproqning namlik rejimi.
-
Умумий экология
Дарсликда экология тарихи, вазифалари, иқлим омиллари ва уларнинг тирик организмларнинг ўсиши, кўпайиши ҳамда тарқалишига тасири, турларнинг турли биоекологик бирликларини хосил қилиш қонуниятлари, ўсимлик ва ҳайвонларнинг ҳаётий шакиллари, организмлар ўртасидаги биотик муносабатлар, сув , тупртоқ экологияси, популятсия ва биотсеноз экологияси, экологик системалар, уларнинг тузулиш қонунлари, биосферанинг тарихи , инсон эркологияси, замонавий экологик муаммолар ва уларни ечишга оид чора тадбирлар назарий асосланган ва етарли малумотлар орқали баён этилган .
-
Amaliy va umumiy astrofizika
Ushbu darslik respublikamiz universitetlarining “astronomiya” va “fizika” bakalavriat ta’lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallarigan bo‘lib, u olti bobdan iborat. Ushbu boblarda asosiy astrofizik teleskoplar, ularning zamonaviy turlari va yordamchi vositalari, mavjud bo‘lgan qabul qilgichlar, ularning vazifalari hamda amaliy astrofizikaning tadqiqot va tekshirish usullari berilgan
-
Amaliy mexanika
"Amaliy mexanika" mashinasozlikdan boshqa yo'nalishdagi bakalavrlarni umumtexnik tayyorgarlik asosini tashkil etuvchi fandir. Ushbu darslik «Amaliy mexanika» kursi bo'yicha tuzilgan 180 — 200 soatli namunaviy dastrur asosida yozilgan
-
Elektr ta'minoti
Ushbu qo'llanma 10 bobdan iborat bo'lib, har bir bobning boshida tegishli mavzuning qisqacha elektrotexnika qonunlari yoritilgan
-
Eksperimental ma'lumotlarni tadqiq qilishda matematik statistika usullarini qo'llash
Mazkur darslik Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‘quv-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Eksperimental ma’lumotlarni tadqiq qilishda matematik statistika usullarini qo‘llash” fani amaldagi dasturiga mos bo‘lib, uning asosiy bo‘limlarini qamrab olgan.
-
Ekonometrika
Mazkur o'quv qo'llanmada oliy algebra elementlari, tekislik va fazodagi analitik geometriyaning asosiy masalalari, bir va ko'p o'zgaruvchili funksiyalarning differensial va integral hisobi, differensial tenglamalar nazariyasining elementlari, qatorlar nazariyasining elementlari, ekonometrikada ehtimollar nazariyasi va matematik statitstikaning asosiy tushunchalari, tasodifiy miqdorlar, statistika haqida tushunchalar, korrelyatsiya va regressiya haqida tushunchalar, ko'p omilli ekonometrik tahlil, vaqtli qatorlar, amaliy ekonometrik modellar va iqtisodiy ko'rsatkichlarni bashoratlashda ekonometrik modellaridan foydalanishlar keltirilgan
-
O'zbekiston tarixi
Ko'p jildlik ''O'zbekiston tarixi va manbalari'' turkumida nashr qilinayotgan jamlanmaning qo'lingizdagi birinchi jildida O'zbekiston deb atalmish yurtimiz tarixining eng qadimgi davrlaridan hozirgacha bosib o'tilgan yo'l,xalq turmushi,madaniyati,ilm fani,ijtimoiy-iqtisodiy hayoti real va qisqa fakt raqamlar,yuz bergan va sodir etilgan voqeliklar yoritiladi.
-
Dunyo xalqlari ovatlanishining xususiyatlari
Darslikda dunyo xalqlari taomnomasi, ularning o'ziga xos xususiyatlari, texnologiyalari, ovqatlanishning turizm rivojidagi o'rni yoritib berilgan.
-
Oliy matematika
Mazkur darslik “Oliy matcmatika”, l-qismning davomi bo‘lib, oliy matematikaning Rn fazo, ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalar, sonli va funksional qatorlar, ikki va uch karrali integrallar, birinchi va ikkinchi tur egri chiziqli integrallar, birinchi va ikkinchi tur sirt integrallari, Grin, Stoks va Ostrogradskiy formulalari, maydonlar nazariyasi elementlari, Furye qatorlari va integrallari mavzularini o‘z ichiga oladi. Darslikning har bir boblarida mavzularning nazariy qismi, uni mustahkamlash uchun o‘z-o‘zini tekshirish savollari, amaliy mashg'ulotlar uchun misol va masalalar, mustaqii bajarish uchun yozma ishlar materiallari berilgan.