-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Kutubxonashunoslik va arxivshunoslik
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Kiberxavfsizlik asoslari
'quv qo'llanmada kiberxavfsizlik va uning asosiy tushunchalari, axborotning kriptografik himoyasi, foydalanishni nazoratlash, tarmoq xavfsizligi, foydalanuvchanlikni ta'minlash usullari, dasturiy vositalar xavfsizligi, axborot xavfsizligi siyosati va risklarni boshqarish, kiberjinoyatchilik, kiberhuquq, kiberetika hamda inson faoliyati xavfsizligining nazariy va amaliy asoslari muhokama etilgan. O'quv qo'llanma 5330300 "Axborot xavfsizligi”, 5330500 "Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi, AT-servisi, Multimedia texnologiyalari)", 5330600 "Dasturiy injiniring", 5350100 "Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telemommunikatsiya, teleradiouzatish, mobil tizimlar)", 5350200 - "Televizion texnologiyalar (Audiovizual texnologiyalar, telestudiya tizimlari va ilovalari)", 5350300- "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment", 5350400 "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta'limi", 5350500 "Pochta aloqasi texnologiyasi" va 5350600 - "Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik" yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun tavsiya etiladi, hamda faoliyati axborot xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq boʻlgan mutaxassislarning keng doirasi uchun ham foydali bo'lishi mumkin.
-
Sun'iy intellekt va neyron tarmoqlari
Xozirgi paytda eng samarali ishlayotgan dasturlash tillaridan biri bu Java dasturlash tilidir. Java dasturlash tilini chuqur o‘zlashtirish va uning imkoniyatlarini turli sohalarga qo‘llay bilish AT mutaxassislaming mehnat bozoridagi mavqiyesini keskin oshiradi. Zamonga mos, raqobatbardosh mutaxassis txrlib yetishish imkonini beradi. Ushbu darslikda aynan shu masalalarga e’tibor berilgan. Darslikda Java dasturlash tilining o‘ziga xos xususiyatlari, yuqori darajadagi boshqa dasturlash tillaridan farqi va bu dasturlash tilining ma’lumotlar bazasi, tarmoqlar obyektlarini dasturlash, hamda zamonaviy mobil vositalar va planshetlar uchun milliy ta’lim resurslarini tayyoriashdagi imkoniyatlari yoritilgan.
-
Hujum insidentlari va unga reaksiya
O'quv qo'llanma axborot xavfsizligi hodisalarni samarali yo'l bilan aniqlash va hal qilish xususan ularni qachon axborot insidenti sifatida tasniflash lozimligi haqida qaror qabul qilish aniqlangan axborot xavfsizligi insidentlarini baholash va ularga nisbatan eng maqbul va samarali tarzda chora ko'rish xususida ma'lumotlarni ifodalangan"hujum insidentlari va unga reaksiya nomi ostidagi fan bo'limiga bag'ishlangan. O'quv qo'llanma 5330300- Axborot xavfsizligi yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan bakalavriatura talabalari uchun tavsiya etiladi, hamda faoliyati axborot xavfsizligini ta'minlash, hujum insidentlari va unga reaksiya bilan bo'liq bo'lgan mutaxassislarning keng doirasi uchun ham foydali bo'lishi mumkin.
-
Umumiy bibliografiya: o‘quv qo‘llanma.
O‘quv qo‘llanmada axborot-kutubxona muassasalari faoliyatida muhim yo‘nalish bo‘lgan bibliografiya nazariyasi, tarixi, metodi va uni tashkil etish masalalarini o‘rganadigan va ishlab chiqadigan fan sohasi bo‘lgan bibliografiya asoslari ko‘rib chiqilgan. Kitobxonlarga axborotlami qidirish va to‘plashning asosiy qoidalarini o‘rgatish, kutubxonachilik-bibliografik manbalar bilan ishlash, tavsiyaviy bibliografiya yordamida adabiyotlami ajratish bibliografiyada alohida ahamiyat kasb etadi. Axborot-kutubxonada ma’lumot bibliografiya va virtual bibliografik xizmatlar ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuning uchun ham ma’lumot bibliografiya apparati, bibliografik faoliyat, bibliografiyalash uslubiyoti, bibliografiya texnologiyasi, annotatsiyalash va referatlash jarayonlari zamonaviy yondashuvlar asosida yoritilgan. O‘quv qo‘llanma 5350600-«Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari ham o‘z faoliyatlarida qo‘llashlari mumkin.
-
INTERNET TARMOQLARI VA XIZMATLARI
Ushbu darslikda internet tarmog‘ining tuzilishi, komponentlari, foydalanuvchilarning internet tarmog‘iga ulanish usullari, ularning texnik tavsiflari, internet tarmog‘i texnologiyalari, internet tarmog‘ida ma’lumotlarni uzatish tamoyillari, internet tarmog‘ida OSI modeli, tarmoq protokollari va internet xizmatlarining tashkil etilishi atroflicha yoritilgan. Darslik axborot texnologiyalari universitetining barcha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi korxonalari muxandis xodimlari uchun mo‘ljallangan.
-
RAQAMLI KRIMINALISTIKA
O'quv qo'llanma raqamli kriminalistikaning asosiy tushunchalari, vazifalari va ko'rinishlari, kompyuter jinoyatlarini tadqiq qilish va ekspert faoliyatida kompyuter texnologiyalari va kompyuter texnikalarini nazariy va amaliy asoslarini qo'llanilishi ifodalagan Raqamli kriminalistika» nomi ostidagi fanning bo'limiga
-
-
Bulutli texnologiyalar
Oʻquv qoʻllanmada bulutli texnologiyalarni taʻlim jarayoniga tadbiqi masalalari yoritilgan. Asosiy bulitli texnologiyalar dasturiy vositalarning maqsad, vazifa va turlari, bulutli infrastruktura komponentlarini samarali tashkil etish va boshqarishni batafsil bayoniga qaratilgan. Boʻlajak mutaxasislarning pedagogik hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida bulitli texnologiyalarni qo‘llashning zamonaviy yondashuvlari ifoda etilgan. Oʻquv qoʻllanma 5350400- AKT sohasida kasb taʻlimi bakalavriat taʻlimi yo‘nalishi talabalari uchun moʻljallangan.
-
Elektron tijorat
Ushbu o‘quv qo’llanma o‘quvchilarga elektron tijoratning asosiy tushunchalari, ularning tuzilmasi, internet do‘kon, elektron to’lov tizimlari, intemet reklama va internet marketing mohiyatini o’rganishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘quv qo’llanmada elektron yetkazib berish xizmati, rivojlangan davlatlarda elektron tijorat tajribasi, zamonaviy iqtisodiyot va transchegaraviy elektron tijorat haqida batafsil malumotlar keltirilgan.
-
E-Biznes asoslari va mobil e-biznes
Ushbu uslubiy qo'llanma 5330500 Kompyuter injiniringi bakalav yo'nalishida tahsil oluvchi talabalarning E-biznes asoslari va mobil......
-
Ахborot texnologiyalari
Mazkur o'quv qo'llanma "Axborot texnologiyalari" fanining nazariy asoslari keltirilgan, kompyuter tizimlari, operatsion tizimlari, elektron hujjatlarga ishlov berish texnologiyalari, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, intellektual tizimlar va ularni yaratish usullari haqida ma'lumotlar bayon etilgan.
-
Operatsion tizimlar
Operatsion tizimlar hisoblash mashinalari va hisoblash tizimlari uchun dasturiy ta’minotning asosidir. Hozirgi kunda kompyuterlashtirish hayotimizning barcha sohalarini qamrab oldi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada operatsion tizimlarning asosiy tushunchalari va ularning ahamiyati, operatsion tizimlarning asosiy funksiyalari va imkoniyatlarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga olgan.
-
Informatika
0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim nuiassasalarining 100000, 130000 - «Matematika», 5130100 - «Matematika» ta’lim yo‘nalishIari bo‘yicha tahsil olayotan talabalar uchun mo‘ljallngan.
-
Axborotlarning analitik mahsuloti va xizmati
O‘quv qo‘llanma 5350600-“Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari dasturi asosida tayyorlangan. O‘quv qo‘llanmada axborot-analitik mahsulotlar va xizmatlar tushunchalariga ta’riflar berilgan hamda ularni mazmuni yoritilgan, shuningdek axborot-analitik mahsulotlar va xizmatlarni yaratish bo‘yicha metodikalar berilgan. Axborot bozoridagi axborot mahsulotlari bo‘yicha masalalar, axborot-kutubxona va boshqa axborot xizmatlari ko‘rsatuvchi muassasalardagi axborotga bo‘lgan talablar tahlil qilingan. Shuningdek, axborot mahsulotlari sifati va marketing boshqaruvi, mahsulotlar nomenklaturasini yaratish texnologiyasi, tannarx, axborot-analitik mahsulotlarni ichki va tashqi axborot bozorida tarqatish kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.
-
Sun'iy intellekt
Mazkur o'quv qo'llanma Toshket axborot texnologiyalari universiteti "Kompyuter injiniringi" va "Dasturiy injiniringi" fakulteti ta'lim yo'nalishi, hamda oily o'quv yurtlarining texnika, axborot kommunikasiya texnogiyalari talabalari va keng ornmaga mo'jallangan.
-
Ma'lumotlar bazasi boshqarish
O‘quv qo‘llanma ma’lumotlar bazasini yaratish, loyihalash va boshqarish, hamda relyatsoin ma’lumotlar bazalari ustida bajariladigan amallarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarishning asosiy vositalari, boshqarish tizimining funksiyalari, jadvallarni modifikatsiyalash, ma’lumotlar bazasini boshqarishda bog‘lanishlar va ko‘p jadvalli amallardan foydalanish, ma’lumotlar bazasini himoyalash va SQL tilida funksiya hamda proseduralar yaratish kabi asosiy texnologiyalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan.