-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Umumiy kimyo
Umumiy kimyo inson faoliyatining eng qadimgi sohasi hisoblanadi. Moddaning xossalarini chuqur o'rganib va undan inson farovonligi yo'lida foydalanish ushbu kunning asosiy masalalaridan biridir. Mazkur kitob sakkizta bobdan tashkil topgan bo'lib, umumiy kimyoning zarur bo'lgan barcha asosiy mavzularini qamrab olgan. Har bir mavzu masala va mashqlar bilan mustahkamlab borilgan va shu bilan birga qiyinchilik tug'diradigan masalalarning yechim usuli tushuntirish asosida ko'rsatib berilgan.
-
Umumiy Kimyo
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" tizimida ta'limda uzluksizlikni ta'minlash bo'g'ini yoshlarni qiziqishi va iqtidorini e'tiborga olib, kasbga yo'naltirish hisoblanadi. Shundan kelib chiqib tabiiy va tibbiyot yo'nalishida Akademik litseylar o'quvchilari uchun ko'plab qo'llanma va darsliklar chop etilgan. Ularda asosan oliy oq'uv yurtlariga kirish uchun nazariy ma'lumotlar va amaliy mashg'ulotlar berilgan.
-
ТАЪЛИМДА АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ МОДУЛИ БЎЙИЧА
Мамлакатимизда мустақиллик йилларида амалга оширилган кенг кўламли ислоҳотлар миллий давлатчилик ва суверенитетни мустаҳкамлаш, хавфсизлик ва ҳуқуқ-тартиботни, жамиятда қонун устуворлигини, инсон ҳуқуқ ва эркинликларини, миллатлараро тотувлик ва диний бағрикенглик муҳитини таъминлаш учун муҳим пойдевор бўлди, халқимизнинг муносиб ҳаѐт кечириши, жаҳон талаблари даражасида таълим олиши ва касб эгаллаши, фуқароларимизнинг бунѐдкорлик салоҳиятини рўѐбга чиқариш учун зарур шарт-шароитлар яратди.
-
SUYUQLIK VA GAZ MEXANIKASI» TANLOV FANINING O’QUV-USLUBIY MAJMUASI
Ushbu fan materiallari hajmini o'zlashtirish uchun ajratilgan o'quv audotoriya soatlarining kamligini e'tiborga olib uni mustaqil o'zlashtirishga jiddiyroq e'tibor berishni tavsiya etamiz. Shuning uchun fanni mustaqil o'zlashtirishga oid ba'zi uslubiy tavsiyalarni quyida keltirib o'tishni lozim topdik. Ilg'or pedagog faoliyatda tinglovchini mustaqil tadqiqotchilik jarayoniga ijobiy va samarali jalb qilish va uni tayyorlashning eng muhim yo'nalishlaridan biri bu ta'limning interaktiv usullari (masalan, muammoli qidiruv holatlarini yaratish, diskussiya, ishlab chiqarish amaliyotiga yo'naltirilgan topshiriqlar berish va boshqalar) bo'lib, bunda, masalan, rivojlantiruvchi ta'lim (mavjud umumiy bilimlarni tinglovchiga yetkazish bilan birga ularga mustaqil fikrlashni o'rgatish, ilmiy-tadqiqot ko'nik-malarini shakllantirish va boshqa) elementlaridan samarali foydalanish.
-
ROBOTOTEXNIKAGA KIRISH
Robototexnikaga kirish fani ko‘pgina boshqa fanlar: Robototexnika, materiallar qarshiligi, mashinalar mexanizmlari nazariyasi, gidrodinamika va h.k. o‘rganishda asosiy ahamiyatga ega. Hozirgi kunda inson hayotini juda ko‘p qismida robotlar, texnikalar, mexanizmlarning o‘rni va ahamiyati juda katta. Bu esa robototexnika fanining jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keldi. Robototexnikada qaralayotgan masalalar asosan nazariy metodlar bilan o‘rganiladi. Yaratilgan nazariyalar amaliy masalalarni yechishda qo‘llaniladi.
-
MATEMATIK ANALIZ – 2
Ayni paytda funksiya hosilasi hisoblanganda natija bitta funksiya bo‘lsa, uning aniqmas integrali hisoblanganda esa natija cheksiz ko‘p funksiya (ular bir—biridan o‘zgarmas songa farq qiladi ) bo‘ladi. Aniqmas integral deb yuritilishining boisi ham shu.
-
MATEMATIK ANALIZ – 1
To'plam matematikaning boshlang'ich, ayni paytda muhim tushunchalaridan biri. Uni ixtiyoriy tabiatli narsalarning (predmetlarning) ma'lum belgilar bo'yicha birlashmasi (majmuasi) sifatida tushuniladi. Masalan, javondagi kitoblar to'plami, bir nuqtadan o'tuvchi to'g'ri chiziqlar to'plami, x²-5x+6=0 tenglamaning ildizlari to'plami deyilishi mumkin.
-
O‘ZBEK TILINING ORFOEPIK LUG‘ATI
Ma’lumki, o‘zbek tili ko‘p shevali bo‘lganligi bois so‘z.larni adab tilda orfoepik jihatdan to‘g‘ri talaffuz qilinishi va rus tili orqali o^zlas gan so‘zlami adabiy tilda talaffuz qoidalariga mos ravishda qo‘llash tai; etiladi. Ana shu omillami hisobga olib, ushbu lug‘at tayyorlandi. Lug‘ asosan maktab o‘quvchilari va tilimizga qiziquvchilarga mo‘ljallang; bo‘lib, ulaming so'zlami to‘g‘ri yozish va to‘g‘ri talaffuz qilish me’yorl rini o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu lug‘at Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili1 adabiyoti universiteti O‘quv-uslubiy kengashining 2021-yil 27-fevralda 7-sonli yig‘ ilish bayoni bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
ORGANIK KIMYO
Organik moddalar kishilarga qadimdan ma'lum, ular organik bo'yoqlarni (alizarin, purpur. indigo), uzum sharbatini bijg itib sirka hosil qilishni, o'simliklardan shakar hamda moy olishni. yog'larni ishqorlar bilan qaynatib sovun hosil qilishni bilganlar va bu moddalardan foydalanganlar. Ammo uzoq vaqtgacha organik moddalar aralashma holida ishlatilib kelingan. IX asrga kelib arab alkimyogarlari sirkadan sirka kislotani, musallas ichimligidan etil spirtni sof holda ajratib olishga muyassar bo'ldilar. XVI asrda etil spirtiga sulfat kislota bilan ishlov berish natijasida etil efir olindi. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlariga kelib organik moddalarni sof holda olish va ularni o'rganish ancha rivojlandi va organik kimyo degan nom o'simlik va hayvon a'zolari tarkibiga kiruvchi moddalar kimyosiga taalluqli bo'lsa kerak, deb qarala boshlandi.
-
Оrganik kimyo
Darslik 5140500 Kimyo yo’nalishi bo’yicha Davlat ta’lim standarti va оrganik kimyo fani dasturi asоsida tayyorlangan bo’lib, оrganik kimyoning barcha bo’limlarini o’z ichiga оladi. Unda оrganik birikmalarning turli sinflari, ularning nоmlanishi, izоmеriyasi, оlinish usullari, fizikaviy, kimyoviy хоssalari va ishlatilishi bayon qilingan. Оrganik rеaksiyalarning mехanizmlari zamоnaviy bilimlar asоsida talqin etilgan. Unda 150dan оrtiq Nоbеl mukоfоti sоvrindоrlari va o’zbеk оlimlari ilmiy ishlarining natijalari to’g’risida ma’lumоtlar bеrilgan. Оrganik birikmalar tuzilishini kimyoviy va spеktral usullarda aniqlashga katta e’tibоr qaratilgan. Har bir bоb охirida mavzuga оid savоl va tоpshiriqlar bеrilgan
-
ONA TILI VA UNI O'QITISH METODIKASI FANIDAN TA’LIM TEXNOLOGIYASI
Ushbu majmuada ona tili va uni o'qitish metodikasi fanlarining eng asosiy bo'limlari qamrab olingan. Tilshunoslikning fonetika, leksikologiya, frazeologiya, orfoepiya, grafika va orfografiya, morfemika, morfologiya, sintaksis, dialektologiya kabi bo'limlari yuzasidan o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan mavzular kiritilgan.
-
O‘QUV JARAYONIDA AXBOROTKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI QO’LLASH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquqtartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
-
Namunaviy o’quv dasturi
«Notani varoqdan o’qish» fan dasturi 5111100 – Musiqa ta'limi yo`nalishi talabalari uchunmo`ljallangan bo`lib, unda bo`lg`usi musiqa madaniyati o`qitvchilari egallashi zarur bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalar minimumi bеlgilab bеrilgan. Dastur ta'lim sohasida olib borilayotgan tub islohatlar, zamonaviy o`qituvchiga qo`yilayotgan talablar, boy ma'naviy, madaniy va musiqiy mеrosimizga yangicha yondashuvlvrni hisobga olib tuzilgan.
-
NOORGANIK KIMYODAN MASALA VA MASHQLAR TO’PLAMI
O’quv qo’llanmada noorganik kimyoning nazariy asoslari: kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari, atom tuzilishi, radioaktivlik va yadroviy o’zgarishlar, moddalar tuzilishi va nomenklaturasi, gaz qonuniyatlari, kimyoviy reaksiyalar kinetikasi, eritmalar va ularda boradigan jararayonlar, elektrokimyo asoslari, elementlar va ularning birikmalariga oid nazariy materiallar qisqacha yoritilgan. Mavzularga oid turli xilda masalalarni yechish usullari hamda mustaqil yechish uchun masalalar keltirilgan
-
NAZARIY MEXANIKA
Nazariy mexanikada kuch tushunchasi asosiy birlamchi tushuncha hisoblanadi. Kuch vektor kattalik bo‘lib, u o‘zining son qiymati (miqdori) yoki moduli, qo‘yilish nuqtasi va yo‘nalishi bilan xarakterlanadi. Kuch vektori bilan ustma-ust tushuvchi to‘g‘ri chiziqqa, shu kuchning ta’sir chizig‘i deb ataladi. Kuchlar sistemasi deb qaralayotgan qattiq jismga yoki mexanik sistema nuqtalariga qo‘yilgan kuchlar to‘plamiga aytiladi. Bitta nuqtaga qo‘yilgan kuchlar sistemasini ham qarash mumkin.
-
Pedagogik texnologiya
O‘zbekiston Respublikasida keyingi yillarda barcha sohalarda siyosiy – iqtisodiy o‘zgarishlar bo‘lgani kabi halq ta‘limi sohasida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. «Ta‘lim to‘g‘risidagi » qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi » ni ro‘yobga chiqarish sifat ko‘rsatgichi bosqichiga kirdi. Davlat ta‘lim standarti , o‘quv dasturi, yangi avlod darsliklarini yaratilishi hamda madaniy rivojlanishni yuqori bosqichlarga ko‘tarish , jahon hamjamiyati safidan munosib o‘rin olishga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.