-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
-
Бойлик орттириш илми: буюк шахслардан 50 сабоқ 1
Мазкур китобни муваффакиятга эришиш, фаровон хаёт кечириш ва омад мудом ёр булиши хакидати ва хеч ким хаёлига хам келтирмаган сир-асрорлар битилган универсал кулланма, деб кабул килинг.
-
DEUTSCH
Дарсликда ҳозирги замон немис тилининг фонетик қонун-қоидалари, ёзма ва оғзаки нутқни ўстириш услублари ҳамда унга кўникма хосил қилиш йўллари баён этилди.
-
Радиотехник тизимлар назарияси асослари
Ушбу дарслик 5522200 - "Телекоммуникация" ва 5522000 - "Радиотехника" йўналишларининг ўқув режаси асосида ёзилган дарсликда "Радиотехник тизимлар назарияси асослари" курсининг биринчи қисмига доир радиотехник тизимларда сигнал узатишнинг умумий маълумотлари ва дискрет сигналларни узатиш услублари баён этилган бўлиб, бу услублар Абу Райҳон Беруний номидаги ТДТУ ва Акмал Икромов номидаги ТТЙМИ аудиторияларида синовдан ўтган.
-
Metrologiya, o`zaro almashinuvchanlik, standartlashtirish
Darslikda metrologiya va texnikaviy o`lchashlar, o`zaro almashinuvchanlik, o`lchamlar, joizlik va o`tqizmalar haqida asosiy tushunchalar, silliq silindrik birikmalarning o`zaro almashinuvchanligi, burchaklar joizliklari, konusli birikmalarning o`zaro almashinuvchanligi, detallar yuzasining shakldan, joylashishdan o`g`ishlari, g`adir-budurligi va to`lqinsimonligini me`yorlash, rezbali birikmalarning o`zaro almashuvchanligi, tishli hamda chervyakli uzatmalarning o`zaro almashuvchanligi, shporkali va shlizli birikmalarning o`zaro almashuvchanligi, o`lchash, nazorat qilish usullari hamda vositalari, o`lchamlar zanjirlariga kiruvchi o`lchamlarni hisoblash, standartlashtirish, sertifikatlashtirish haqida batafsil ma`lumot berilgan.
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixi
Mazkur o‘quv adabiyoti 0 ‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir boMgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar hamda o'zgarishlami, ushbu davrda ro‘y bergan tarixiy voqeliklami bevosita qamrab olgan. Ushbu darslik respublikada yuqorida nomi qayd etilgan fan bo`yicha ilk bora tayyorlanib o‘quvchi e’tiboriga havola qilinmoqda. Unda fan yuzasidan amalga oshirilgan innovatsiyalar, ilmiy tadqiqot xulosalari bevosita o‘rin olgan.
-
Общая электротехника с основами электроники
Раскрываются такие понятия, как электрическое поле и электропроводимость магнетизм, постояный и переменный токи и их цепи трехфазный ток, дается описание видов и устройств трансформаторов, электроизмерительных приборов, электрических машин (двигателей) переменного и постоянного тока, принцип их действия и целевого назначения, а также систем автоматики.
-
Гидравлика, гидромашиналар ва гидроюритмалар
Дарслик уч қисмдан иборат. Биринчи қисмда суюқликлар, уларнинг физик хоссалари, гидростатика масалалари баён қилинган. Иккинчи қисмда ҳажмий ва марказдан қочма насослар, уларда суюқликларнинг ҳаракат қилиш қонунлари баён этилган. Учинчи қисм ҳажмий ва парракли гидроузатмалар, гидродвигателлар, гидроузатмаларда ишлатиладиган турли гидроаппаратларга ва уларнинг қисмларига бағишланган.
-
Ҳозирги замон асосий ҳуқуқий тизимлари
Ушбу дарсликнинг муаллифи-юридик фанлари доктори, қиёсий ва халқаро ҳуқуқ профессори. Дарсликда қиёсий ҳуқуқшунослик ўқув фанининг предмети кўриб чиқилади, дунёнинг замонавий юридик жуғрофий харитаси берилади ҳамда асосий оилалар: инглиз-америка умумий ҳуқуқи, роман-олмон ҳуқуқи, мусулмон ҳуқуқи, ҳинд ҳуқуқи, одат ҳуқуқи ва бошқа ҳуқуқлар тавсифланади. Талабалар, аспиранитлар, илм ва амалиёт билан шуғулланувчи ҳуқуқшунослар учун мўлжалланган.
-
Jismoniy tarbiya
Mazkur darslik kasb-hunar kollejlari uchun tuzilgan jismoniy tarbiya dasturi asosida yozilgan bo`lib, unda kollej o`quvchilarining jismoniy tarbiya va sportga oid o`zlashtirishi zarur bo`lgan nazariy bilimlar va amaliy mashqlar o`rin olgan. Shuningdek, ularning o`qishdan tashqari bo`sh vaqtlarida shug`ullanishlari uchun mustaqil mashqlar ham tavsiya eilgan.
-
O`zbekiston tarixi
Qo`lingizdagi darslik Vatanimizning milliy istiqlol davri tarixi yoritishga bag`ishlangan. O`zbekiston xalqi XX asrning so`nggi o`n yilligi boshlarida sovet ruzumiga qaramlikdan ozod bo`lib, o`z taqdirini o`zi belgilash huquqini qo`lga kiritdi. 1991-yil 31-avgustda PrezidentIslom Karimov Oliy Kengashning navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O`zbekistonning davlatmustaqilligini e`lon qildi.
-
Адабиётшуносликка кириш
Китоб содда тилда ёзилган. Шу билан бирга, бу масалаларга муаллиф миллий истиқлол ғояси ва мафкураси нуқтаи назаридан ёндашади, унда асосан ўзбек мумтоз ва замонавий адабиёти намояндаларининг ижоди, энг муҳим асарлари мисолида мулоҳаза юритган.
-
Biologiya
Ushbu darslikda biologiya fanining zamonaviy asosiy bo`limlari yoritilgan bo`lib, tirik mavjudotlarning umumbiologik hayot faoliyatlari, odam biologiyasi va uning biosferadagi o`rni, odam ekologiyasining muhim jabhalari o`z ifodasini topgan, umumiy genetika va odam genetikasi masalalariga keng o`rin berilgan.
-
Odam genetikasi
Sizga havola qilinayotgan ushbu darslik ana shu umuminsoniy muammo - odam genetikasiga bag`ishlangan. Mualliflar darslikni yozishda irsiyat va o`zgaruvchanlikni o`rganish borasidagi bir necha asrlik tajriba hamda kashfiyotlar mujassamlangan xorijiy tillardagi adabiyotlardan mahalliy sharoitni hisobga olgan holda foydalanishga harakat qilishgan.
-
Ижтимоий педагогика
Мазкур дарслик олий таълим муассасаларининг педагогик ва психология йўналишларида таълим олувчи талабалар учун мщлжалланган бўлиб, китобда ижтимоий педагогика фанининг шаклланиши, ривожланиш босқичлари, ижтимоий педагогика фанининг назарий асослари, ижтимоийлашув жараёнлари ва уларнинг шахс ривожланишига таъсири, ижтимоий педагогик фаолиятининг моҳияти, мазмуни, ижтимоий педагогик фаолият турлари, шакл, метод ва воситалари каби масалалар ёритилган.
-
Ona tili o`qitish metodikasi
Mazkur darslikda boshlang`ich sinf ona tili o`qitish metodikasi kursining maqsad va vazifalari, bo`limlari: savod o`rgatish metodikasi, sinfda va sinfdan tashqari o`qish metodikasi, fonetika, gragika, grammatika, so`z yasalishi, imlo o`qitish metodikasi; va o`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`stirish metodikasi ta`lim oldiga qo`yilgan zamonaviy talablar asosida bayon qilingan.
-
Paxta xomashyosini quritish
Mazkur darslikda paxta xomashyosini quritish haqida tushuncha, nam havoni quritish agenti sifatida paxtaning quritishni nazariy asoslari, qutitish jarayoniga ta`sir etuvchi asosiy omillar keltirilgan. Paxta tozalash korxonalarida ishlatilayotgan uskunalarning quritish jarayonlari bayon etilgan.