-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
-
-
Musiqiy mavzular va musiqiy ijro
Musiqashunoslikdagi mavzularning asosiy maqsadi musiqiy asar ichida ma'no yuklovchi birliklarni aniqlash bo'lib, ular o'z davridagi tinglovchilar tomonidan tushunilgan, shuningdek, boshqa kontekstda keyingi avlod tinglovchilari tomonidan ham tushunilishi mumkin, biroq tarixdan xabardor bo'lgan holda tinglashni talab qiladi. Leonard Ratner 1980-yilda mavzular g'oyasini ilgari surganidan beri, uning nisbatan sodda fikrlari bir qator yetuk mualliflar tomonidan rivojlantirilib kengaytirildi.
-
Jahon musiqa tarixi
Ushbu oʻquv qoʻllanma mashhur nemis kompozitori, XIX asrning eng yirikopera kompozitorlaridan biri, “katta fransuz operasi” janrining asoschisi Jakomo Meyerberning hayoti va ijodiga bagʻishlangan. Qoʻllanma uch bobdan iborat boʻlib, unda kompozitorning ijodiy yoʻli, operalarining badiiy xususiyatlari va ularning jahon musiqa sanʼatidagi oʻrni atroflicha yoritilgan. Qoʻllanmada Jakomo Meyerberning operalari, xususan, “Robert-iblis”, “Gugenotlar”, “Afrikalik ayol” kabi asarlarining noyob ifoda vositalari, uslubiy xususiyatlari hamda opera ijodiyotining umumiy tamoyillari tahlil qilinadi. Qoʻllanma musiqashunoslik yoʻnalishi talabalari, tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallangan. Kitob yakunida bilimlarni mustahkamlash uchun test savollari, mavzuga oid atamalarni izohlovchi glossariy va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati keltirilgan. Ushbu nashr Jakomo Meyerber ijodini chuqurroq oʻrganishda muhim manba boʻlib xizmat qiladi.
-
Ijodiy tafakkur sohibi. Ijod faylasuflarining dizayn sohasida mahoratlari va oʻziga xos uslublari
Ilhom ijodkorlikning yagona manbai degan tushuncha bor. Xuddi ijodiy g'oyalar rassomlar, dizaynerlar va umuman ijod ahli qalbiga osmondan tushadi-ganday, kutilmaganda kelarmish. Mazkur qo'llanmada biz o'quvchiga butunlay boshqacha yondashuvni, ya'ni dizayn - g'oyalarni ijodiy ishga aylantirish uchun foydalaniladigan ma'lum qadamlar, bosqichlar va vositalardan tashkil topgan jarayon ekanligini isbotlashga harakat qilamiz. Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun mo'l-jallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi.
-
Succeed in City & Guilds
The tests are intended for test takers who are speakers of other languages (ESOL) and who would like to demonstrate their ability to communicate in English. Many English-speaking universities accept this qualification as evidence of language proficiency for entry onto their courses.
-
Geologiya
Professor Rajiva Guheyning "Geologiya: Nazariy va amaliy tamoyillar" nomli kitobi geologiya faniga qiziqqan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda geologiya sohasining turli yo'nalishlariga oid barcha zarur ma'lumotlar jamlangan.
-
Boshlang'ich ta'lim va texnologiya ta'limi bo'yicha xalqaro qo'llanma
Mazkur qo'llanma xalqaro texnologiya ta'limi boʻyicha xorijiy olimlarning olib borgan tadqiqotlaridagi ilmiy-amaliy maqolalari jamlanmasi asosida tayyorlangan bo'lib kitob umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinflari uchun mo'ljallangan.
-
Davlat kadastr asosi
Fanni o‘rgatishdan maqsad talabalarga Davlat kadastrlarini tuzishning zamonaviy tamoyillarini o'rgatish, yer, suv, o‘rmon, ko'chmas mulk va shaharsozlik kadastrlarini tuzish va ulami yuritish usullarini o'rgatish, mahalliy va xorijiy tajribalar asosida Davlat kadastrlarining yagona tizimini yuritish bo'yicha zaruriy ko’nikma va malakani shakllantirishdir. Fanning vazifasi - talabalarga «Davlat kadastri asoslari» fanining mohiyati, O'zbekiston Respublikasi hududida turli obyektlar kadastrlarini tuzishning mazmuni, ahamiyati va kadastrlarning turlari va uning xususiyatlarini o‘rgatishdan iboratdir.
-
O'zbekiston tarixi 5-qism
O;iy o'quv yurtlari tarix fakultetlari uchun o'quv qo'llanma ta'lim yo'nalishi: 60220300 - Tarix (mamlakatlar va yo'nalishlar bo'yicha)
-
Kompyuter muhandisligi asoslari
Kitobda dasturiy ta'minot turlari, MS Office, dasturlash asoslari, ma'lumotlar tuzilmalari va obyektga yo'naltirilgan dasturlash tushunchalari yetarli tafsilotlar bilan yoritilgan. Shu bilan birga kitobda kompyuterlarning tarixiy rivojlanishi, internetga asoslangan rivojlanish va bulutli hisoblash haqida ham so'z boradi.
-
Jamoatchilik bilan strategik aloqalar II-jild
Amerikalik olimlar Jenis Terujji Peyj va Lourens J. Parnell qalamiga mansub «Jamoatchilik bilan strategik aloqalar (Raqamli, global va ijtimoiy mas'uliyatli kommunikatsiya)» nomli darslikda kommunikatsiya va PR tushunchalari hamda ularning mohiyati, PR texnologiyalardan foydalangan holda maqsadli auditoriya-ga axborotlarni to'liq va samarali yetkazish usullari haqida ma'lumot beriladi.
-
UMUMIY PEDAGOGIKA
Ushbu o'quv qo'llanmada oliy ta'lim muassasalarida Umumiy pedagogika fani o'qituvchilarining Ekologik ta'lim tarbiya ishlarini tashkil etish hamda ta‟lim oluvchilarda ekologik madaniyat, ekologik kompetentlikni rivojlantirish bo'yicha pedagog olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar, mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarning oldini olish borasida olib borilayotgan islohatlar tahlili amalga oshirilgan. O'qituvchilarning innovasion ekologik kompetentligini takomillashtirishga yo'naltirilgan integrativ kurslar bo'yicha o'quv majmualari, ekologik madaniyatni rivojlantirishning auditoriyadan tashqari shakllari va usullari, ekologik loyihalar, ekologik dialoglar, ekologik kompetentlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirish hamda o'qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ham foydalanish mumkinligi bilan asoslanganligi hamda talabalarda ekologik kompetentlikni rivojlantirish zarurati aniqlangan.
-
Tilshunoslik: funksional kirish
"Tilshunoslik: funksional kirish" - bu mazkur fanga endi kirib kelganlar uchun qisqacha til haqida boshlang'ich ma'lumotlarni o'zida jamlagan qo'llanma. Kitob tilshunoslik tushunchasini tanishtirish va fanga doir turli yondashuvlar bilan boshlanib, til birliklarining qurilishi haqida tushuncha beradigan fonetika, fonologiya, morfologiya, sintaksis va semantika boblariga ajratilgan. Shuningdek mavzular til o'zgarishi, yozuv tizimlari, sotsiolingvistika, psixolingvistika va tilni o'rganish usullari bilan boyitilgan. Har bir bob-da tilni o'rganishga yordam beradigan misollar keltirilgan. Mazkur o'quv qo'llanma tilga oid boshlang'ich bilimlarni egallashni istagan talabalar va turli dasturlar bilan ishlaydigan tilshunoslarga mo'ljallangan.
-
Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani
Har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu sababli biz islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz. O‘quv qo‘llanmada muallif tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasasi integratsiyasi, “Tarbiya” darslarida o‘quvchini o‘z ustida ishlash jarayoni (1-4 sinf tarbiya darsi), innovatsion yondashuv asosida “Tarbiya” darslarini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasida tarbiya jarayonining hozirgi bosqich muammolari, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida tarbiya jarayonini samaradorligini oshirish, jahon tarbiyaviy konsepsiyalari namunalarining qiyosiypedagogik tahlili, o‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish kabi masalalar tizimli, izchil va ketma-ketlikda yoritib berilgan.
-
Диншунослик
Мазкур дарсликда давлат ва дин муносабатлари, Марказий Осиё динлари, ислом дини таълимоти ва мазхабларига оид диншунослик билан боглик мавзулар ёритилган. Шунингдек, тинчликка рахна солаётган миссионерлик, прозелитизм, экстремизм ва терроризмга қарши кураш йуллари, турли ғояларни илгари сураётган диний харакатлар ва секталарнинг фаолиятлари, кибермаконда кечаётган диний жараёнлар билан боғлик масалалар очиб берилган. Ўқув адабиёти олий талим тизимининг “Гуманитар ва табиий-илмий фанлар” блокидаги “Диншунослик” фанидан дарслик сифатидатавсия этилади.
-
O'SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI TADQIQOT USULLARI
Ta‘kidlash joizki, Oliy ta‘lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta‘limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta‘lim muassasalari professor-o‗qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‗ullanishga keng jalb etish rejasi belgilab berilgan. Bu rejani bajarish esa oliy ta‘lim muassasalari moddiy-texnika bazasini o‗quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy- muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta‘mirlash, oliy ta‘lim ilm-fanining ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha o‗quv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash orqali amalga oshiriladi
-
Oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi. II jild
Ushbu "Oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi" to'plamida soha bitiruv-chilariga tadqiqotlar orqali oziq-ovqatga oid ilmiy fanlar haqida tushuncha beri-ladi. Talabalar ilmiy yondashuv asosida o'zlarining oziq-ovqat borasidagi bilim va tushunchalarini kengaytirib, jamiyat, sanoat va iste'molchilarning oziq-ovqat sifati, xavfsizligi hamda yetkazib berish tizimini ta'minlash borasida o'z bilim-larini qo'llash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magist rantlar va talabalarning o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanishi uchun mo'ljal langan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi.