-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
-
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
BOLALAR KASALLIKLARI
Pediatriya yunoncha "pedos" bola, "uatriya" davolash so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, bolalarning rivojlanish qonuniyatlarini, kasalliklarning sabablari va mexanizmi, davolash va oldini olishni o'rganadi. Katta odamlardagi ko'p kasalliklarning kelib chiqishi go'daklik yoshiga borib taqaladi. Shuning uchun, bolalik davri, rivojlanish sharoiti va bola tarbiyasi qanday o'tgan bo'lsa, katta odamning sog'ligi holati xuddi shunday bo'ladi. Pediatriya bolaning o'sish va rivojlanish davrlarini, bola hayotining har bir yosh bosqichlariga xos alohida morfologik, fiziologik va psixologik o'zgarishiarni o'rgatadi. Shu sababli bolaning klinik anatomiyasi to'g'risidagi bilimlar o'z vaqtida tekshirish usullarini o'tkazish va olingan natijalarni baholashga asos bo'ladi. Bundan tashqari, asosiy anatomo-fiziologik xususiyatlarni hisobga olish, bolaning kun tartibi va hayot muhitini aniq tashkillashtirishga asos bo'ladi. Umumiy amaliyot shifokori (UASh) bola va uning ota onasi bilan doimiy muloqotda bo'ladi. UASh yaxshi psixolog va pedagog bo'lishi kerak. Bu unga ota-ona va bemor oldida o'z obro'sini ko'tarishiga yordam beradi, natijada bo- lani tezroq tuzalishiga olib keladi.
-
РУССКИЙ ЯЗЫК
Учебное пособие включают в себя лексический и грамматический материал. Усвоение материала темы дает студентам возможность для построения монологического высказывания, участия в беседах на конкретную тему. Данное учебное пособие содержит целый ряд упражнений, направленных на выработку у студентов навыков письменной и устной речи, на закрепление и активизацию полученных знаний. Предлагаемые тексты рассматриваются как источник информации в соответствии с лексической темой. Содержание текстового материала направлено на повышение образовательного уровня студентов.
-
STOMATOLOGIYADA HAMSHIRALIK ISHI
Stomatologiya fanining terapevtik bo'limi og'iz bo'shlig'ining bir qator kasalliklari (tish va paradont kasalliklari, og'iz bo'shlig'i shilliq qavati va til kasalliklari)ni o'z ichiga oladi. Tibbiyot hamshirasi vrach-stomatologning asosiy va bevosita yordamchisi hisoblanadi. Shuning uchun u bevosita asosiy stomatologik kasalliklarni tashxislashi, davolashi va profilaktika chora- tadbirlarini amaliyotda qo'llay bilishi lozim. Sterilizatsiya va anesteziologiya, ahvoli og'ir bemorlarga birinchi yordam ko'rsatish, og'iz bo'shlig'i gigiyena qoidalarini bemorlarga o'rgatish kabi vazifalar tibbiyot hamshirasining zimmasiga yuklatiladi.
-
SANOAT KORXONALARINING SUV TA‟MINOTI VA KANALIZASIYASI
Darslikda sanoat korxonalarining suv ta‟minoti tizimlari va tasvirlari, suv tayyorlash texnologiyasi va usullari, aylanma suvni sovutish va uning sifatini yaxshilash usullari va qurilmalari, quvurlar va uskunalarda cho‟kma, quyqa va korroziya hosil bo‟lishini bartaraf etish bo‟yicha asosiy ma‟lumotlar keltirilgan. Undan tashqari sanoat korxonalarining kanalizatsiya tizimlari va tasvirlari, oqova suvlarni tozalash va zararsizlantirish usullari hamda inshootlar tarkibi, suvlarni tozalashda hosil bo‟ladigan cho‟kmalarga ishlov berish va utilizasiya qilish masalalari hamda ba‟zi soha sanoat korxonalarining suv ta‟minoti va kanalizatsiyasi bayon qilingan. Darslik 70710404 – “Oqova suvlarni tozalash va suv resurslarini muhofaza qilish” mutaxassisligi magistrantlari uchun mo„ljallangan. Darslikdan sanoat korxonalarining suv ta‟minoti va kanalizatsiyasi kurslarini o‟qiyatgan boshqa talaba va magistrantlar ham foydalanishi mumkin.
-
Стоматология
В учебнике рассмотрены основные вопросы курса стоматологии: анатомо- физиологические особенности и заболевания челюстно-лицевой области, методы обезболивания при оперативных вмешательствах, представлены рекомендации по профилактике и лечению. Учебник дополнен новыми сведениями о современных методах диагностики лечения, профилактики заболеваний челюстно-лицевой области, материалом о ВИЧ-инфекции, ДВС- синдроме, некоторых воспалительных заболеваниях (фурункул, карбункул и др.), включены новые иллюстрации. Издание предназначено студентам медицинских вузов и практикующим врачам.
-
Gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamligi
Darslikda zilzilaning fizik tabiati, seysmik ta'sirining paydo bo'lishi va baholanishi zilzilaning salbiy oqibatlari haqida umumiy ma'lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga darslikda asosiy ahamiyati inshootlar zilzilabardoshligining nazariyalarga, modellarga, hisob sxemalariga, zamonaviy hisoblash usullariga, inshootlarning seysmik mustahkamligi baholashga, ta'mirlashga va antiseysmik tadbirlarga qaratilgan.
-
ШОШИЛИНЧ ҲОЛАТЛАР
Мазкур дарслик асосан кўп учрайдиган шошилинч тиббий ҳолатларни қамраб олган бўлиб, реанимация ва интенсив терапияда қўлланиладиган асосий муолажа ва усулларни ёритишга хизмат қилади ҳамда замонавий асбоб-ускуналар тузилиши, суръатлари ва уларнинг ишлаш принципларига батафсил тўхталиб ўтилади. Атамалар луғатида шошилинч ҳолатларда тез-тез қўлланиладиган сўз ва иборалар келтирилган. Дарсликдаги кўплаб иллюстратив материаллар талабаларнинг мавзуни ўзлаштиришини осонлаштиради деган умиддамиз.
-
Oliy matematika (I qism)
Ikki jildlik “Oliy matematika, I” va “Oliy matematika, II” darsliklari oliy texnik o’quv yurtlarining bakalavrlar tayyorlash uchun oliy matematika fani bo’yicha tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan. Darslikning birinchi jildi «Chiziqli algebra va analitik geometriya», «Bir o’zgaruvchili funktsiyaning differentsial va integral hisob kursi», «Ko’p o’zgaruvchili funktsiyaning differentsial hisobi» va «Differentsial tenglamalar» qismlarini o’z ichiga olgan.
-
Elastiklik Nazariyasi
Darslikda kuchlanish va deformatsiyalar nazariyasi, elastiklik nazariyasining asosiy munosabatlari, tamoyillariva teoremalari, elastiklik nazariyasi masalalarini shakllantirish va yechish usullari, dekart va qutb koordinatalarida elastiklik nazariyasiga oid tekis masala, yupqa plastinlari egilish nazariyasi elastiklik nazariyasi masalalarini yechishning tarkibiy usullari chekli elementar usuli.
-
Shoshilinch holatlar tez tibbiy yordam
Oliy ta'limning 720000, "Sog'likni saqlash" sohasining "Davolash ishi" - 5510100 va "Kasbiy ta'lim"-5111000 ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun tuzilgan darslik "Shoshilinch holatlar. Tez tibbiy yordam" fan yo'nalishi bo'yicha ixtisoslikka doir o'quv dasturi asosida yozilgan bo'lib, shoshilinch holatlar va tez tibbiy yordamning muhim amaliy masalalari, zamonaviy diagnos- tika va davolash usullari, innovatsion texnologiyalarning qo'llanilishi batafsil bayon etilgan. Jadvallar va rasmlar keltirilgan. Darslik tibbiyot institutlarining davolash, pediatriya va tibbiy pedagogika fakulteti talabalariga mo'ljallangan.
-
ICHKI KASALLIKLAR
Ichki a'zolar kasalliklarini o'rganish, tashxis qo'yish, ularning kechishini aniqlash, kerakli tashxis asboblaridan foydalana bilish, zarur dori-darmonlar tayinlash har bir shifokorning burchidir. Ushbu darslikning tuzatilgan va to'ldirilgan III nashri tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalariga mo'ljallangan. Undan yosh shifokorlar ham foydalanishlari mumkin. Darslikda ichki a'zolardagi kasalliklarning kelib chiqishi, patomorfologik o'zgarishlari, klinik manzarasi, tashxisi, qiyosiy tashxisi, davolash tamoyillari hozirgi zamon tibbiyot fani yutuqlariga asoslanib yozilgan. Tibbiyot fani o'z taraqqiyotida katta yo'lni bosib o'tdi. Ko'pdan-koʻp kasalliklar oʻrganildi, ularning belgilari aniqlandi. Ushbu darslikda ichki a'zolar kasalliklari tashxisini erta aniqlashga yordam beradigan zamonaviy tekshirish usullari keltirilgan. Unda O'zbekiston sharoitida ba'zi bir ichki a'zolar kasalliklarining kechish xususiyatlari haqida ham so'z yuritilgan. So'nggi davrda keng qo'llanilayotgan dori- darmonlar, zamonaviy antibiotiklar; revmatizm, oshqozon-ichak, buyrak va yurak kasalliklarini davolashda qo'lga kiritilgan yangiliklar haqida ma'lumotlar berilgan.
-
Kasb kasallkilari
Ushbu darslikda kasbiy patologiyaning zamonaviy umumiy nazariy tomonlari bayon qilingan bo'lib, unda shuningdek, kasb kasalliklarining tasnifi, diagnostikasi, davolash va ularni oldini olishning umumiy prinsiplari yoritilgan. Kasb kasalliklari tasnifiga tibbiy deontologiya masalalari, O'zbekiston Respublikasida ko'p uchraydigan asosiy kaab kasalliklari va ularning kechish xususiyatlari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Darslik tibbiyot Oliy o'quv yurtlari va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi bakalavr bosqichi talabalari, umumiy amaliyot shifokorlari, profpatologlar hamda kasbiy patologiya bilan shug'ullanuvchi boshqa mutaxassislar uchun mo'ljallangan,
-
МОЛИЯВИЙ БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ 1
Ушбу дарслик “Молиявий бухгалтерия ҳисоби 1” фанининг ўқув дастурига мувофиқ тайёрланган. Унда бухгалтерия ҳисобининг тарихи, молиявий ҳисоботнинг концептуал асослари, тушумлар, олинадиган счётлар ва пул маблағлари, захиралар, мулк (ер, бино), завод, машина ва асбоб-ускуналар бухгалтерия ҳисоби масалалари Молиявий ҳисоботнинг халқаро стандартлари ва илғор тажрибалар асосида ёритилган.
-
Психиатрия
Дарсликда руҳий касалликларнинг клиникаси ва даволаш масалалари кўриб чиқилади. Шунингдек психиатрик ва наркологик ёрдамни уюштиришга, беморларни текшириш усулларига алоҳида ўрин берилган. Дарслик тиббиёт олий ўқув юртларининг талабаларига мўлжалланган, ундан ординаторлар, аспирантлар, шифокор- психиатрлар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Молиявий ва бошқарув тахлил
Ўзбекистон Республикасида амалга ошаётган иқтисодий ислоҳатларни жадаллаштириш муаммоси ҳозирги кунда ўта долзарб масалалардан биридир. Бу ўз навбатида режали иқтисодиёт шароитида шаклланган барча иқтисодий дастакларнинг мазмун жиҳатидан янгиланишини тақозо қилади. Булар қаторига иқтисодий таҳлил ҳам киради.
-
PEDIATRIYADA HAMSHIRALIK ISHI
Ushbu darslik tibbiyot kollejlari talabalari va tibbiyot hamshiralari uchun mo'ljallangan. Darslikning nazariy qismida bolalar muassasalarining asosiy tiplari, tegara (uchastka) hamda oilaviy hamshiraning funksional vazifalari, bolalarning anatomo-fiziologik xususiyatlari, tekshirish usullari, bolalarni ovqatlantirish, bolalarda uchraydigan somatik va yuqumli kasalliklar haqida ma’lumot berilgan. Darslikning amaliy qismi esa, bolalarni tekshirish, davolash va parvarish qilish jarayonida bajariladigan amaliy ko'nikmalar va shoshilinch holatlarda bolalarga yordam ko'rsatish choratadbirlariga bag'ishlangan.