-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
НОРМАЛ ФИЗИОЛОГИЯ
Ҳозирги замон фанларининг, хусусан биология ва тиббиётнинг тезлик билан ривожланиши физиология фанида жуда кўп янги кашфиётларга сабаб бўлмоқда. Бу эса талабалар учун замонавий усулда ёзилган, янги маълумотлар билан тўлдирилган дарслик яратишни тақозо этди. Юқоридагиларни ва кадрлар тайёрлаш миллий дастури талабларини ҳисобга олган ҳолда ушбу дарслик яратилди. Дарсликда физиология фанининг классик маълумотларидан тортиб, то замонавий текшириш усуллари қўлланилиб олинган маълумотларгача келтирилган. Шубҳасиз, бундай маълумотлар талабаларнинг билимини бойитиш, назарий билимларини яқин келажакда амалиётда қўллаш имкониятини яратади. Дарслик тиббиёт институтлари талабалари учун ёзилган бўлиб, ундан университет биология ва спорт-согломлаштириш факултетлари талабалари шунингдек, шифокорлар, аспирантлар, клиник ординаторлар, магистрлар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Валеология (Валеология асослари)
Мазкур дарсликда ахоли орасида соғлом ҳаёт тарзини шакиллантиришнинг валеологик тамойилларига асосланган замонавий ёндашувлари ва услублари баён этилган.
-
MAXSUS CHOLG'U (chang sinfi)
Darslikda chang cholg'usining tarixi, cholg'uning qismlari, ularning vazifalari, cholg'uda o'tirish holati, shuningdek, unda foydalaniladiga ijro usullari va shtrixlar to'liq holda nazariy ma'lumot shaklida berilgan. Darslikning keyingi boblarida ijro texnikasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashqlar, gamma va etyudlar, kuylar berilgan.
-
Ginekologik kasalliklar
Darslikda keng uchraydigan va asosiy ginekologik kasalliklari keltirilgan. Kasalliklarning sabablari, klinikasi, diagnostikasi, davolash va oldini olish yo'llari ko'rsatilgan. Talabalarni yuqori malakali mutaxassis qilib tayyorlash uchun ular zamonaviy bilimlarga ega bo'lishilari kerak. Hozirgi zamonda davolash va profilaktika usullari xalqaro standartlar va isbotlangan tibbiyotga asoslangan. Darslikda oxirgi ma'lumotlar keltirilgan va bakalavr talabalariga, magistr, klinik ordinator, ginekolog va umumiy shifokorlar uchun mo'ljallangan.
-
JAHON TARIXI Yunoniston, Qadimgi Sharq, Rim
O'quv darsligi Jahon tarixi fanining yangi dasturi asosida yozilgan. U uch bo'limdan iborat: Sharq, Yunoniston va Rim. Darslikda qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim tarixiga oid asosiy voqea-hodisalar, sharq va g'arbda ilk davlat va jamiyatning paydo bo'lishidan to ularning gullab-yashnashi va soʻnish davri - milodiy V asrgacha yoritilgan. Qadimgi sivilizatsiyaning iqtisodiy-ijtimoiy tuzilmalari, siyosiy davlat tashkilotlari, madaniyatlarining asosiy sohalari tahlil qilinadi.
-
Bioximiya va sport bioximiyasi
Ushbu darslik jismoniy tarbiya institutlari va boshqa barcha Oliy o'quv yurtlari jismoniy tarbiya bakalavriyat yo'nalishidagi talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, undan biologiya yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar ham foydalanishlari mumkin.
-
JAHON TARIXI 1-QISM
Ushbu darslikda jahon tarixining qadimgi dunyo hamda o'rta asrlar davri tarixiga oid eng muhim mavzular qamrab olingan. O'rganilayotgan davrda jahon mamlakatlari rivojlanishining alohida va umumiy xususiyatlari, jumladan, shakllanishi, taraqqiyoti, inqirozga yuz tutishi kabilar tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tarixiy jarayonlardagi eng muhim voqealar, xususan urushlar va qo'zg'alonlar, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayotdagi o'zgarishlar yoritib berilgan. Darslikda keltirilgan materiallar o'zlashtirilishi oson bo'lishi uchun glossariy, bibliografiya hamda illyustrativ materiallar bilan boyitilgan.
-
MIKROBIOLOGIYA IMMUNOLOGIYA VIRUSOLOGIYA
Ushbu darslik О'zbekiston Respublikasida sog ‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturida qayd qilingan tibbiyot oliy о ‘quv yurtlarini о‘zbek tilidagi darsliklar bilan ta’minlash zaruriyatini inobatga olgan holda yozildi. Darslikda mikrobiologiya, immunologiya va virusologiyaga oid umumiy va xususiy tushunchalar, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlarida so'nggi yillarda ко‘proq uchraydigan yuqumli kasalliklaming bakteriologik, immunologik va serologik diagnostikasi yoritildi. Unda 100 dan ortiq rasm, jadval va sxemalar berildi. Darslik tibbiyot institutlarining talabalari, shu sohada ilmiy va amaliy ish olib borayotgan mutaxassislar uchun mo‘Ijallangan.
-
УМУМИЙ НЕВРОЛОГИЯ
Атрофимизни ўраб турган бутуң борлик майда зарралардан тортиб улкан, осмонўпар тоғлару, замину-замон, бутун жонли ва жонсиз мавжудотларнинг ҳаммаси она табиатимиз • маҳсулидир. Инсоннинг асаб системаси, айниқса бош мияси шу табиат маҳсули бўлиб, ўзининг тутган ўрни, вазифаси, тузилиши жиҳатидан энг олий даражадаги материя ҳисобланади. Инсон мияси шундай бир галактикаки, таркиби миллиард сайёралар каби сон-саноқсиз нейронлардан иборат бўлиб, табиатнинг энг улуғ сирларини ўзида сақлайди. Унда кандай ходисалар рўй бермокда, фаолияти, ишлаш тартиби қандай? Бу саволлар неча асрлар давомида инсониятни қизиқтириб келмокда. Асрлар давомида олимларимиз табиатнинг тенгсиз ва ниҳоятда мукаммал такомиллашган мўъжизаси ҳисобланмиш одамзод бош миясининг хусусиятларини ўрганиб келмокдалар. Инсон улуғ. Инсоннинг улуғворлиги эса унинг бош миясининг маҳсули бўлмиш онгидадир. Шу боисдан одамзод қолган бутун тирик мавжудотдан фарқ қилади.
-
JAHON TARIXI (1918—2008)
O'quv dasturlari, darsliklar va o'quv qo'llanmalarni qayta ko'rib chiqish va yangilarini yaratish bo'yicha Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tarix fani guruhi tomonidan nashrga tavsiya etilgan. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi uchun uzluksizligi va uzviyligi ta'minlangan "Jahon tarixi" o'quv dasturi asosida yozilgan ushbu darslikda jahondagi asosiy davlatlarning XX-XXI asr boshlaridagi tarixi, xalqaro munosabatlar, fan, madaniyat tarixi yoritilgan.
-
MAHOBATLI RANGTASVIR TEXNIKA VA TEXNOLOGIYASI
Mazkur darslik Oliy o‘quv yurtlarining rangtasvir yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun yozilgan boiib, «Mahobatli rangtasvir texnika va texnologiyasi» fani bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar haqida kengroq tushuncha berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.Darslik arxitekturada devoriy rasmlar ishlash turlaridan: alfresko, freska, mozaika, sgraffito va vitraj kabilarda badiy asar yaratish texnika va texnologiyasi, qoidalari va bosqichlari muhim bo‘g‘inlardan biri hisoblanadi.
-
TELEVIDENIYE ASOSLARI
Mazkur darslikda XX asr mo jizalaridan bin boigan televideniyening paydo bo‘Jishi, uning jamiyat hayotidagi o'rni, televideniye ko'rsatuvlarmi yaratishdagi ijodiy jarayonlar, teleko‘rsatuvlarni tashkil etish masalalari, teledasturlar janrlari kabi nazariy mavzular, shuningdek, O'zbekiston televideniyesining taraqqiyot bosqichlari, badiiy televideniye tajribalari va muammolari, televideniyening jamiyat oldidagi vazifalari va boshqa mavzulari atroflicha yoritilgan. «Televideniye asoslari» darsligi san’at va san’atshunoslik oliy o'quv yurtlari talabalariga, san’atshunos jumalistlar, rejissoriar, kinoteleoperatorlar, ovoz rejissorlari hamda shu sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljaIlangan.
-
Jahon jurnalistikasi tarixi
Darslikda jahon jumalistikasi tarixi ilk bor o‘zbek tilida tizimli ravishda o‘z aksini topgan. Mualliflar ushbu yo'naiishda g'arb mamla- katlarida chiqqan nazariy adabiyotlarni o'rganib, Sharqdagi ommaviy kommunikatsiyalarga, Sharq madaniyatining eng muhim va asosiy tarkibiy qismlardan bo'lgan qadimiy va o‘rta asrlarda mazkur hududlarda mavjud kommunikatsiya turlariga ko'proq e’tibor berganlar. Yevropa jumalistikasi tarixi esa xronologik-muammoli tarzda bayon qiliiigan. Darslik jumalistika fakultetlari va bo’limlarida tahsil olayotgan talabalar, aspirantlarga va umuman, jahon tarixiga qiziqayotganlarga mo‘l- jallangan.
-
Biokimyo
Darslik jismoniy tarbiya instituti hamda pedagogika oliy o'quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakultetlari talabalari, magistrantlari, ilmiy izlanuvchilari, o'qituvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
KOMMUNAL GIGIYENA
Kommunal gigiyena aholi turar-joylari gigiyenasi bo'lib, mazkur kitob shu haqidagi ilmiy dastur hisoblanadi. Qo'lingizdagi ushbu o'quv adabiyotida aholining sihat-salomatligi, uning turmush tarziga tashqi omilning ta'siri xususida so'z borib, unga har tomonlama baho beriladi. Shuningdek, darslikda Respublikada aholi turar- joylariga tashqi ta'sir etuvchi omillarni kamaytirish, ularning oldini olish, bundan aholini ogohlantirish va kundalik sanitariya nazoratini tashkil etish kabi masalalarni hal etish yo'l-yo'riqlari haqidagi bilimlar o'quvchilarga ishonarli qilib tushuntiriladi. Shular qatorida turar-joy loyihasi va ularni rejalashtirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, suv havzalari, tuproq muhofazasi, aholi turar-joylarida kimyoviy, biologik va fizik ta'sirlarning ginetik ahamiyati, qishloq xo'jaligida zaharli ximikatlarning keng ko'lamda ishlatilishi natijasida tashqi muhit obyektlari (suv, tuproq, havo)da ro'y beradigan o'zgarishlar va ularniig oldini olish masalalari to'g'risida ham ma'lumotlar keltirilgan. Darslik O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan shu yo'nalishdagi oliy o'quv yurtlari uchun zarur deb topildi va sanitariya- gigiyena qonun- qoidalariga, rejalariga asoslanib tuzildi. Bunda O'rta Osiyo davlatlarining o'ziga xos geografik iqlim sharoitlari ham hisobga olingan.
-
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI
Respublika universitetlarining fdologiya fakultetlarida «Adabiyotshunoslik nazariyasi» fani bakalavriatning birinchi kursida o'rganiladi. Unda badiiy adabiyot va badiiy asarning xususiyatlari, ijodiy jarayonning (tur va janr, metod va uslub kabi) masalalari. badiiy ijodning sehri haqida dastlabki zaruriy nazariy ma’lumotlar beriladi. Ushbu darslik o liy o ‘quv yurtlari (V22.01.00) o'zbek filologiyasi yo‘ nalishidagi bakalavrlarga va adabiyot muxlislariga mo'ljallangan.