-
-
-
-
Matematik analiz 1-qism.
Ushbu kitob universitetlar hamda pedagogika institutlari uchun mo'ljallangan.
-
-
Matematik analiz asoslari 2-qism.
Ushbu kitob universitetlar hamda pedagogika institutlari, oliy maatematika predmeti chuqur dastur asosida o'qitiladigan fakultetlari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Jarrohlik kasalliklari
Darslik Xalq tabobati fakulteti talabalarining "Jarrohlik kasalliklari" fani bo'yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlariga tayyorlanish uchun mo'ljallangan.
-
OMMAVIY BAYRAMLAR REJISSURASI ASOSLARI
«Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari» talabalar uchunilk darslik bo‘lib, unda ommaviy bayram va tomoshalarning o'ziga xos xususiyatlari, mutaxassislar tayyorlashda beriladigan nazariy hamda amaliy bilimlar mukammal va to‘liq ochib berishga harakat qilingan. Darslik madaniyat va san’at institutlari, kollejlari talabalariga, malaka oshirish kurslari tinglovchilariga hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallan.
-
-
-
-
NAQSH HOSIL QILISH NAZARIY ASOSLARI
Darslikda naqshli trikotaj to'qimalari, ularning tuzilishi va xususiyatlari, trikotaj mashinasida ishlab chiqarish usullari, naqshli to'qimalarni badiiy loyihalash, ranglardan foydalanish, naqshni shakllantirishda ranglarning o'rni va vazifasi, trikotaj to'qimalari uchun kompozitsiya asoslari, naqshli trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo'llaniladigan ornament turlari va ular asosida erishiladigan naqsh samaralari, naqsh hosil qilish nazariy asoslari va texnologik ko'rsatkichlarni nazariy loyihalash, trikotaj to'qimalarini zamonaviy loyihalash usullari va «CAD-CAM tizimida dasturlashga misollar keltirilgan.
-
TARIX FANINING METODOLOGIK ASOSLARI
Mazkur darslikda tarix fanining metodologiyasi asoslarining shakllanishi, uning rivojlanish bosqichlari, tarixiy bilimning mazmun-mohiyati, tarix fanining tamoyillari, tarixiy jarayonlar tahlil qilinadi. Tarixni bilishning metodlari va tamoyillari ko'rsatiladi. Darslikda tarix fani metodologiyasi boʻyicha jahon fanida e'tirof etilgan olimlarning ilmiy konsepsiyalari to'g'risida ma'lumotlar ham beriladi. Tarix fanining yangi tarmoqlari bo'lgan madaniy antropologiya, tarixiy informatika fanlarining vazifalari aniqlashtiriladi. Kursni to'la o'zlashtirish maqsadida talabalar uchun mavzu bo'yicha tayanch iboralar, takrorlash savollari, mustaqil ishlar mavzulari hamda foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati ilova qilinadi. Darslik oliy o'quv yurtlarining tarix o'qitish metodikasi talabalari (magistrantlari)ga mo'ljallangan bo'lib, undan tarix fani o'qituvchilari ham foydalanishlari mumkin.
-
O‘ZBEKISTON TARIXI (1917—1991-yillar)
Siz umumiy o‘rta ta’lim maktabini tamomlab, o‘zingiz tanlagan kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha maxsus bilim, hunar o‘rganish maqsadida akademik litsey yoki kollejga o‘qishga kirdingiz. Umumiy o‘rta ta’lim maktabida Vatanimizning eng qadimgi davridan 1917-yilgacha bo‘lgan bir necha ming yillik tarixini o‘rgandingiz. Endilikda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qish davomida O‘zbekistonning 1917-yildan Mustaqillik e’lon qilingunga qadar hamda keyingi davri tarixini o‘rganasiz. Qo‘lingizdagi darslik O‘zbekiston tarixining sovet davri tarixini yoritishga bag‘ishlangan. Sovet davri Vatanimiz tarixining eng murakkab va ziddiyatli yillaridir. Ota-bobolarimiz, bir tomondan,Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun mustamlakachilarga qarshi qahramonona kurashdilar. Ikkinchidan, xalqimiz Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilib katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi. Uchinchidan, sovet mustamlakachiligi xalqimiz boshiga og‘ir kulfatlar, yo‘qotishlar keltirgan davrdir.
-
Олий математика
Дарслик олий техника уқув юртлари талабалари учун мулжалланган. Китобда келтирилган назарий мавзулар инженерлик ва кишлоқ хужалик мутахассисликлари учун математик фанларнинг махсус булимларининг амалдаги соатлари меъёрланган «Дастур» ига тула мос келади.Китоб «Олий математика» дарслигининг туртинчи жилди булиб, у хам биринчи, иккинчи ва учинчи жилдлардагига ухшаш куп мицдордаги назарий ва амалий мисол хамда масалалар билан таъминланган
-
Математик анализ
Ушбу дарслик биринчи марта 1986 (1-қисм) ва 1989 (2-қисм) йилларда ўқув қўлланма сифатида нашр етилган еди.