-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
Ҳaёт фaолияти хaвфсизлиги (1-қисм)
Мазкур дарслик барча олий ўқув юртларида таълим олаётган бакалавриат таълим йўналиши талабаларига мўлжалланган бўлиб, мавзулар, маълумотлар ва тавсияларда ҳаётий воқеалар, мутахссислар маълумотлари, маҳаллий ва чет эл адабиётларидан фойдаланилган ҳолда илмий асослаб ёзилган.
-
Ansambl sinfi
Ushbu o‘quv qo‘llanma “Ansambl sinfi” fani bo‘yicha O‘zbеkiston davlat konsеrvatoriyasi 5150700 - “Cholg‘u ijrochiligi” (xalq cholg‘ulari) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv dasturi asosida tuzilgan. Unda ansambl ijrochili gi masalalari va changchilar ansamblida ishlash uslubiyoti yoritib bеrilgan. Qo‘llanmadan turdosh fanlarni o‘qitishda ham foydalanish mumkin.
-
An`anaviy xonandalik
Ushbu o`quv qo`llanma Oliy o`quv yurtlarida xonandalik ixtisosligi bo`yicha saboq olayotgan talabalarga mo`ljallangan bo`lib, unda an‘anaviy xonandalik tarixiga doir ma‘lumotlar, XX asrda o`ziga xos ijro uslubini yaratgan bir qator erkak va ayol xonandalarning hayoti va ijodi yoritilgan, shuningdek, qo`llanmada bir nechta musiqiy asarlar berilgan. Ushbu An‘anaviy xonandalik o`quv qo`llanmasi bo`lajak bakalavrlarga xonandalik va hofizlik bo`yicha beriladigan bilimlar tizimini o`zida ifoda etadi. O`quv qo`llanmada an‘anaviy xonandalik va maqomlar bo`yicha har bir kurs talabalari oldiga qo`yiladigan vazifalar, ular egallashi mumkin bo`lgan nola, qochirim va boshqa malakalar bo`yicha uslubiy yo`llanmalar ko`rsatilgan hamda o`rganiladigan asarlar berilgan. O`quv qo`llanmaga kiritilgan asarlar har bir kurs talabalarining bilimi, ovoz imkoniyati, uquvi va boshqa imkoniyatlariga mos ravishda tanlangan. Unga o`zbek bastakorlari ashulalari hamda Surxon vohasi ijodkor xonandalari tomonidan yaratilgan o`ziga xos ashulalar kiritilgan.
-
Hayotiy faoliyat xavfsizligi
Mazkur o’quv qo’llanma globallashuv sharoitida talabalarni insonlarning hayotiy faoliyatiga, sog‘lig‘iga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solayotgan xavflarni bartaraf etish va ta’sirini yumshatish bo‘yicha tashkiliy, ijtimoiy va ekologik chora va tadbirlar ishlab chiqish hamda kundalik turmushga qo‘llashga oid ma’lumotlar ochib berilgan. O‘quv qo‘llanma hayotiy faoliyati xavfsizligi fanning nazariy asoslari yoritilgan bo‘lib, u 5610500 –Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha., 5111000 – Kasb ta’limi (5610500 –Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha.), 5210200 Psixologiya (sport) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” fanidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.
-
Xitoy tili
Mazkur o‘quv qo‘llanma hozirgi zamon xitoy tilini o‘rganishda amaliy ahamiyat kasb etadi. Qo‘llanmadagi matnlar O‘zbekiston va Xitoy tarixi, geografiyasi, ikki xalqning urf-odatlari, bayramlari, taomlari, qadimiy afsonalari va tarixiy shaxslar haqida ko‘plab ma’lumotlar beradi. O‘quv qo‘llanma Oliy o‘quv yurtlari va litseylarda xitoy tilini o‘rganuvchi yuqori kurs talabalariga amaliy mashqulotlar uchun mo‘ljallangan.
-
BIOLOGIYANING KONSEPTUAL ASOSLARI
О`quv qо`llanma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagigika universiteti Ilmiy kengashida muhokama qilingan va chop etishga tavsiya etilgan.
-
Sport va harakatli o'yinlarni o'qitish metodikasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma futbolga oshno bo‘lgan talaba-yoshlar, o‘smirlar va yosh jismoniy tarbiya o‘qituvchi-murabbiylar uchun yaratildi. O‘quv qo’llanmada futbol o‘yinining tarixi, o‘yin texnikasi va taktikasi, o‘yin texnikasini hamda jismoniy sifatlarni harakatli o‘yinlar orqali o‘rgatish, jismoniy tayyorgarlik uchun namunaviy mashqlar, musobaqa faoliyatini boshqarish, hakamlik qilish uslubiyoti haqida ma’lumotlar berilgan.
-
Biologiya
O`quv qo`llanma bakalavr yo`nalishlarining 5410200-Agronomiya, 5410100-Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, 5410300-O‗simliklarni himoya qilish, 5410500-Qishloq xo‗jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi mutaxassislariga o‗quv dasturiga asosan tayyorlangan. O‗quv qo‗llanmada Biologiya faning vazifasi, o‗rganadigan sohalari va uslublari, evolyusion ta'limot, yerda hayotning paydo bo‗lishi va rivojlanishi, hujayra biologiyasi, modda va energiya almashinuvi, organizmlarning ko‗payishi va individual rivojlanishi, organizmlarning ko‗payishi, sitologik va biokimyoviy asoslari, Irsiyatning sitologik va molekulyar asoslari, gametogenez va urug‗lanish, irsiyat qonunlari, allelmas genlarning o‗zaro ta'siri, uzoq shakllarni duragaylash, xromosoma nazariyasi, belgilarning birikkan holda naslga o‗tishi, o‗zgaruvchanlik qonuniyatlari, poliplodiya va gaploidiya, geterozis va sitoplazmatik irsiyat, populyasiya genetikasi kabi ma'lumotlar yoritilgan. Bundan tashqari muhokama uchun savollar va ba'zi tayanch iboralar izohi keltirilgan.
-
Sport va hаrаkаtli o‘yinlаrni o‘qitish mеtоdikаsi (Futbol)
Mazkur qo'llanmada O‘sib kelayotgan avlodni o‘qitish va tarbiyalash umumiy tizimida jismoniy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Uning vositalari, usul va shakllari salomatlikni mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirish, faol mehnat faoliyati va mamlakat mudofaasiga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya o‘z ichiga, jamiyatning barcha a’zolarini jismoniy tarbiya va sport bilan har kuni shug‘ullanishni qamrab olishi kerakligi bayon etilgan.
-
Yengil atletika
Ushbu o’quv qo’llanma Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakultetlari, sport maktablari, kasb-hunar kollej murabbiy va talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib. O’quv qo’llanma o’rta va uzoq masofalarga yuguruvchilar mashg’uloti jarayonini boshqarish, mashg’ulotlarni qonuniyatlari, murabbiy faoliyatining asosiy yo’nalishlari, musobaqa oldi tayyorgarlik jarayonlarida murabbiyning va o’qituvchilarni kasbiy pedagogik faoliyatini shakllantirishda, mashg’ulotlar jarayonini tashkil qilish hamda o’tkazishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
-
BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI
Qo’llanmada zamonaviy ilmiy ma’lumotlarga muofiq o’qitishning dastlabki shakillari, maktab va uni boshqarilishi, shu bilan birga o’qitish metodlari klassifikatsiyasi, dars, darsni tashkil etish, uy vazifalari, darsdan va sinfdan tashqari ishlar, to’garaklar, ekiskursiyalar, o’quv honalarini jihozlash, zamonaviy va ilg’or pedogogik texnologiyalar, horij tajribasini o’rganish bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. O’quv qo’llanma 5140100-biologiya ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarga, o’qituvchilariga mo’ljallangan.
-
MANUEL DE FRANÇAIS
Mazkur o’quv qo‘llanma musiqa yonalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, fransuz tilida mutaxassislik bo’yicha maxsus adabiyotlarni va sohaga oid ma’lumotlarni tinglab tushunish va o’qib tushunishni o’rgatishdan iborat. Grammatik va phonetik mashqlar bilimlarni boyitadi. O’quv qo’llanmada berilgan glosssariy musiqa sohasiga oid so’z boylikni oshirishda yordam beradi. Qo’llanma -5111100 ”Musiqa” bakalavriyat ta’lim yo’nalishinig ”Xorijiy til” fanidan o’quv qo’llanma sifatida tavsiya etiladi
-
BIOEKOLOGIYA (O’SIMLIKLAR EKOLOGIYASI)
Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’limining 51401100-biologiya, 5630100-ekologiya va atrof muxit muxofazasi va 5410800-o’rmonchilik ta’lim yo’nalishlarida taxsil olayotgan talabalar va o’qituvchilar hamda biologiya, ekologiya faniga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimining DTS hamda o‘quv rejasiga mos holda tayyorlangan. Mazkur o‘quv qo‘llanmadan univyersitetlar, pedagogik institutlar, malaka oshirish institutlari, maktab, litsey va kollejlarning biologiya va ekologiya ta’limi yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda biologiya fani bilan mustaqil shug‘ulanuvchilar o‘quv qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin.
-
Форс адабиёти (X-XV асрлар).
Ушбу китоб Тошкент давлат шарқшунослик институтида тайёрланди. Унда X-XV асрлар форс адабиёти ривожининг кисқача тарихи ёритилган. Олинган мавзу кўлами ниҳоятда кенг бўлганлиги сабабли фақат энг муҳим жиҳатларга эътибор қаратилди. Мазкур дарслик бакалавриат 2-курс талабалари фойдаланиши учун ҳамда форс мумтоз адабиётига қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi
Mazkur o‘quv qo‘llanmada favqulodda vaziyatlarlar, ularning turlari, kelib chiqish sabablari, favqulodda vaziyatlarda aholining muhofazasini ta’minlash huquqiy-meyoriy hujjatlari mazmuni, aholini favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda amalga oshirishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlari xususiyatlarini hisobga olgan holda tizimli yoritilib berilgan.
-
Ashulachilar ansambli
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Musiqa ta’limi” yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 5151600-Xalq ijodiyoti (ashula va raqs) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Ashulachilar ansambli” fanidan foydalanish uchun mo‘ljallangan.