-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Deutsch für studenten des bachelors der technischen hochschulen
“Texnika o`quv yurti bakalavr talabalari uchun nemis tili ” o`quv qo`llanmasida kundalik hayot, ta'lim va mamlakatshunoslik hamda texnika yo`nalishlariga oid matn va mashqlar o`rin olgan. Qo'llanmada keltirilgan kommunikativ va leksik vazifalar umumiy so'z boyligini rivojlantirish, o'qishni tushunishni nazorat qilish, suhbatlashish ko'nikmalarini rivojlantirish va shaxslararo vaziyatlarda lug'atni faol ishlatishga qaratilgan.Bu kunduzgi va sirtqi oliy ta'limda nemis tilini o'rganayotgan birinchi kurs talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Agrokimyo
Mazkur o`quv qo`llanma agrokimyoga oid bilimlar rivojlanishining qisqacha tarixi, o`simliklar oziqlanishining nazariy asoslari, o`g`itlardan oqilona foydalanishda hisobga olinadigan tuproq xossalari, o`g`it ishlatish bilan bog`liq ekologik muammolari va laboratoriya hamda amaliy mashg`ulotlar berilgan.
-
Deutsch
Qo`llanma bakalavriatning binolar va inshootlar qurilishi (turlari bo`yicha); arxitektura (turlari bo`yicha); qurilish buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish;devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi yo`nalishlari bo`yicha nofilologik oliy o`quv yurtlari talabalari uchun mo`ljallangan. Qo`llanma talabalarga mutaxassislik yuzasidan matnlarni nemis tilida o`qish, tinglab tushunish, yozish ko`nikmalarini shakllantirish bilan birga, dasturga asosan og`zaki nutq malakasini rivojlantirishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.
-
Chizmа geоmetriyа vа muhаndislik grаfikаsi
"Mаzkur о‘quv qо‘llаnmа “Chizma geоmetriya va muhandislik grafikasi” fanidа talabalarni amaliy mashg‘ulоt darsida bajaradigan amaliy ishlari, grafik hamda mustaqil ishlarni bajarishda juda katta ahamiyatga ega bо‘lgan mavzular yоritilgan. O‘quv qo‘llanma 5340200-Binо vа inshооtlаr qurilishi (sanoat va fuqaro binolari) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmadan boshqaruv sohasi mutaxassislari va ilmiy izlanuvchilar, barcha qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin. Talabalar tasvirlash usullari fazоviy tasavvurga, chizmalarni bajarishda uning qоnun-qоidalarini mukammal о‘rganishga muvaffaq bо‘ladilar."
-
Нодавлат нотижорат ташкилотлари фаолиятини тартибга солувчи норматив-ҳуқуқий хужжатлар тўплами
Ўзбекистон Республикасининг Конститутциявий қонуни. Давлат бошқарувини янгилаш ва янада демократлаштириш ҳамда мамлакатни модернизация қилишда сиёсий партияларнинг ролини кучайтириш тўғрисида норматив ҳуқуқий хужжатлар, қарорлар ва бошқа материаллар билан танишиб чиқиш имкониятини яратиб бериши лозим.
-
Kurash nazariyasi va uslubiyati
O‘quv qo‘llanmada kurashning rivojlanish tarixi, kurashchining jismoniy, texnik, taktik va ruhiy-irodaviy tayyorgarligini tashkil etish usullari va vositalari, musobaqalarda hakamlik qilish, kurash mashg‘ulotlarida shikastlanishni oldini olish, kurash sportidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish hamda kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi fanidan mustaqil ish topshiriqlari va uni bajarishga doir ma’lumotlar batafsil, tushunarli va sodda tilda bayon etilgan. O‘quv qo‘llanma Respublika oliy o‘quv yurtlari Sport faoliyati (kurash) yo‘nalishi talabalari, shuningdek, kurash murabbiylari va sportchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Учебное пособие по русскому языку развитие устной речи студентов
Данное учебное пособие предназначено для студентов 1-го курса национальных групп, обучающихся по направлениям: педиатрическое дело и высшее медсестринское дело, медико-педагогическое и лечебное дело.
-
Bog‘lovchi moddalar laboratoriya ishlarini bajarish
"O‘quv qo‘llanmada qurilish ishlari uchun mo‘ljallangan inshootlarni qurishda, ta’mirlashda, pardozlash ishlarini amalga oshirishda ishlatiladigan bog‘lovchi moddalarni sinash, qurilishda ishlatiladigan bog‘lovchi moddalarni fizik mexanik xossalarini o‘rganish kabi masalalar yoritilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma qurilish sohasi oliy o‘quv yurtlarining 5340500 – “Qurilish materiallari, buyumlari va konstuksiyalarini ishlab chiqarish”, 5320400 - “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)”, 5341900 – «Yig‘ma temirbeton va beton konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi», 5320100 – «Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish)» bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan."
-
Inshootlar dinamikasi va zilzilabordoshlik asoslari
Qo`llanmada zilzilalarning paydo bo`lish sabablari, zilzila kuchi va energiyasi,geologik va gidrogeologik sharoitning seysmik intensivlikka ta`siri, zilzilalarni prognoz bashorat qilish usullari, qurilish materiali va konstruksiyalarning dinamik xarakateristikalari, seymik kuchlarni aniqlash, seymik mustahkam binolarni loyihalashning umumiy qoidalari kabi mavzular bayon etilgan.
-
Bino va inshootlarni texnik holatini baholash
O‘quv qo‘llanmada bino va inshoot konstruksiyalariga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi omillar, ularda uchraydigan defekt, shikastlanish va deformatsiya holatlarining kelib chiqishi, yemirilish sabablari, xizmat davri va ularni aniqlashda kuzatuv-tekshiruv ishlarini olib borish tartiblari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Turli qurilish materiallaridan iborat konstruksiyalarning texnik holatiga baho berish, baholash bo‘yicha texnik xulosalar tayyorlash, bundan tashqari konstruksiyani ishonchliligini baholash, kuchaytirish usullari hamda qurilish ishlarini nazorat qilishga doir savollarga javoblar keltirilgan.
-
Ўзбек тилшунослиги тарихи
Бизнинг аждодларимиз бундан бир неча минг йиллар олдин ёзув маданиятига эга бўлганлар. Табаррук заминимиздан дунё фани ва маданияти ривожига улкан хисса кўшган бир канча буюк алломалар етишиб чиққан. VIII-IX асрлардаёк, бизнинг юртимизда фанлар академияси «Бай-тул-хикмат», кейинчалик 1010 йилда эса Маъмун академияси ташкил топган. Бу академияларда дунё олимларини лол қолдирган буюк кашфиётлар қилинган, ал-Беруний, ал-Хоразмий, Ибн Сино, ал-Фарғоний, Зайниддин Жур-жоний, Абул Хасан Хуммор, Абу Наср Appoғ, Ибн Мис-кивайний сингари юзлаб олимлар ана шу академияларда фаолият кўрсатганлар.
-
Fizikaviy ekologiya asoslari
Ushbu o‘quv qo‘llanmada ultrabinafsha nurlanishlar, ularning biosferaga ta’siri, ozon qatlamining biosfera uchun ahamiyati, lazer, ionlashtiruvchi va rentgen nurlanishlarining tabiati, bu nurlanishlarning inson organizmiga ta’siri, ulardan himoyalanish vositalari hamda bugungi kunda insoniyat oldida turgan global ekologik muammolar, radiatsion ekologiya, tabiiy va texnogen radioaktiv manbalar, kosmogen radionuklidlar, radionuklidlarning ekosistemada tarqalishi, atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishi, jumladan, radionuklidlarning biosferaga va inson organizmiga ta’siri, radioaktiv nurlanishlardan himoyalanish vositalari, dozimetriya va dozimetrik o‘lchov asboblari, atom elektrostansiyasining ishlash tamoyili, yadro energetikasini hosil qilish va atom elektrostansiyasida xavfsizlikni ta’minlash masalalari keltirilgan.
-
Jismoniy tarbiya va sport
Mazkur o‘quv qo'llanma bakalavr bosqichida nomutaxasis talabalarga “Jismoniy tarbiya va sport” fanidan dars beradigan professor-o'qituvchilar, nomutaxassis talabalar va sportga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Maktabgacha ta'limda dastlabki gimnastika mashg'ulotlarini tashkil etish
Ushbu o`quv qo`llanma Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarning dastlabki gimnastika mashg`ulotlarini nazariy va metodik tomondan o`rgatish bosqichlari, uslub hamda vositalarini o`z ichiga oladi. O`quv qo`llanma sakkiz bobdan iborat bo`lib, ularning har biri maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy faolligini tashkil etuvchi mutaxassisning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan. O`quv qo`llanmada 60 dan ortiq mavzular, 20 dan ortiq rasmlar, 15 dan ortiq jadvallar keltirilgan. Maktabgacha ta`lim yo`nalishi talabalari, malaka oshirish, qayta tayyorlov kurs tinglovchilari, maktabgacha ta`lim tashkiloti xodimlari va jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun mo`ljallangan.
-
Ўзбек тили сўз ясалиши тизими
Тилшуносликнинг сохаларини белгилаш ва номлашдаги холат ўзбек тилини тизим (система) сифатида ўрганишнинг ахволи хақида аниқ тасаввур бера олади. Чунки тил қурилиши тизимдан иборат экан ва тилшунослик фани шу тизимни ўрганар экан, вазифа, бизнингча, тизимни ташкил этувчи қисмларни белгилашдан иборат бўлади. Бу эса хар бир тизимни ўзига хос ва мос ном билан аташ имконини беради. Бу тизимларнинг хар бири тилшуносликнинг сохалари хисобланади.
-
Настольная книга судьи по уголовным делам
Настоящее издание подготовлено в рамках совместного проекта Верховного суда Республики Узбекистан, Агентства США по международному развитию (USAID) и Программы развития ООН «Партнерство в сфере верховенства закона в Узбекистане» для БЕСПЛАТНОГО РАСПРОСТРАНЕНИЯ. Ответственность за содержание издания возлагается на авторов и может не совпадать с точкой зрения Верховного суда Республики Узбекистан, Агентства США по международному развитию (USAID), правительства США или Программы развития ООН .В приведённых в напольной книге примерах все имена, даты и доказательства изменены. Любые совпадения считаются случайными.