-
-
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
-
Аkmeologiya asoslari.
Axloqan pok intelektual yetuk yuksak profersional mutaxasis akmeshaxs jamiyatni ijtimoiy iqtisodiy barqarorlashtirishning asosiy kuchidir.
-
-
Proyektiv geometriya
Qo`llanmada Proektiv geometriya fanining aksiomalari sistemasi chizma geometriya fanining asosiy masalalari va ikkinchi tartibli chiziqlqrning ta`riflari hamda berilish usullari keltirilgan.
-
Қурилиш ташкилотининг ишлаб чиқариш қувватини аниқлаш
Қурилиш ташкилотининг базис йилидаги ишлаб чиқариш қувватининг ўртача йиллик хисоби.
-
Психодиагностика ва амалий психология
Қўлланма психология фанининг психодиагностика ва амалий психология соҳаларига бағишланган бўлиб, унда назарий-методологик, амалий-услубиймасалалар мужассамлашган. Амалий психологиянинг ижтимоий турмушдаги ўрни, аҳамияти бўлғуси мутахассисларни зарур тестлар, методикалар билан қуроллантиришининг татбиқий жабҳаларига оид материаллар умумлаштирилган.
-
BINO VA INSHOOTLAR DAVLAT KADASTRI
O‘quv qo‘llanma Bino va inshootlar davlat kadastri, yer kadastri hamda ko‘chmas mulklarning kadastrini yuritishga bag‘ishlangan bo‘lib, bu sohada o‘zbek tilida yozilgan qo‘llanmadir. Unda bino va inshootlarning davlat kadastri haqida ma’lumotlar, uning huquqiy va ro‘yxatga olish asoslari, ob’ektlarning tavsiflari, ularning konstruktiv holatlari, maqsadi va vazifalari, yuritish tartibi, ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari va kadastrni yuritish hujjatlari aks etgan. Shu bilan birgalikda zamonaviy ONLAYN tizimlaridan foydalanish va ularning xossalari, kadastrni yuritishda ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribalari, davlat kadastri yagona tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlari, soliq asoslari, kadastrni yuritishda zarur bo‘ladigan geodezik asos va tasvirlov ishlari yoritilgan. Undan tashqari, bino va inshootlarni pasportlashtirish, ularning eskirishi, yemirilishi, baholash va qayta baholash haqida ma’lumotlar berilgan. O‘quv qo‘llanma shu soha bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar va sohada ishlayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
-
Qishloq xo`jaligi muxandislik asoslari
0 ‘quv qo‘llanmada “Qishloq xo‘jaligi muhandisligi asoslari” fanining maqsadi va vazifalari, 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining hozirgi tizimi va rivojlanish istiqbollari, mexanizatsiyalashtirilishi, 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va kelajak istiqboli, qishloq xo‘jaligi texnikasining yaratilish va joriy etilish bosqichlari, tizimlanishi va xavfsizligi texnikasi, institut va fakultet kafedralarining tarixi, mexanika qonuniyatlari, qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanishga bag‘ishlangan materiallar keltirilga
-
Ishlab chiqarish menejmenti
Bu o‘quv qo‘llanmada ishlab chiqarish menejmenti predmeti, uslubi, vazifalari hamda ishlab hiqarish korxonalarida ishlab chiqarish menejmenti masalalari, bozor iqtisodiyoti munosabatlari, korxonada boshqarish qarorlarini ishlab chiqish, personal boshqarish, ishlab chiqarish jarayonini, moddiy-texnik xizmat ko‘rsatishni, energetika, ta’mirlash, transport, ombor xo‘jaliklarini tashkil qilish masalalari keng yoritilgan.
-
SHAHARLAR GEOGRAFIYASI
Ushbu o'quv qo'llanma "Shaharlar geografiyasi" fanining nazariy va amaliy masalalariga oid bilimlar berishga mo'ljallangan. Unda shaharlar to'ri va tizim- larining shakllanish, joylashish va rivojlanish xususiyatlari, zamonaviy urba- nizatsiya muammolari, O'zbekiston shaharlari geografiyasi yoritilgan. Kitob oliy o'quv yurtlari geografiya yo'nalishi professor-o'qituvchilari va talabalari uchun tavsiya etiladi, shuningdek, hududiy boshqaruv organlari xodimlari, iq- tisodchi-mintaqashunos, shaharshunos, shaharsozlik yo'nalishi mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Психология фанларини ўқитиш методикаси
Мазкур ўқув қўлланмада психология фанларини ўқитиш методикасининг предмети, мақсад ва вазифалари, ўқитиш шакллари, дарс типлари, ўқитиш услублари, психология соҳаларини ўқитишда интерфаол усуллар, шунингдек назарий ва амалий психологияни ўқитишнинг методик хусусиятлари борасидаги назарий материалларни қамраб олган. Шунингдек, ўқув қўлланма ўқитиш жараёни билан боғлиқ жиҳатларни, қамраб олмасдан, балки талабалар ўқув фаолияти, унинг тузилиши, улар билан олиб бориладиган мустақил ишларни бошқариш, сиртқи таълим ўқув фаолияти ва уларни адабиётлар билан ишлаш масалаларига доир мулоҳазалар ёритиб берилган.
-
Проектирование генеральных планов гражданских и промышленных зданий
Настоящее Учебное пособие разработано в целях повышения качественного уровня, систематизации требований и облегчения выполнения раздела «Разработка генплана» курсовой работы по проектированию жилых квартирных домов, а также курсовых проектов по проектированию общественных и промышленных зданий
-
Кибернетиканинг методологик масалалари
Китобда кибернетика фанининг методологик масалалари, халқ ҳўжалигини ривожлантиришда бу фаннинг роли тасвирланган. Асар табиатшунослик философияси, кибернетика методологияси вилам қизиувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
MINERALOGIYA VA GEOKIMYO
Ushbu yaratilgan o'quv qo'llanma Geofizika yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalarga turli geologik jarayonlarda yuzaga keladigan geokimyoviy va mineralogik o'zgarishlar, minerallarning tasnif bo'yicha turlari, geokimyoviy elementiaming yer po'stida tarqalish qonuniyatlari, ilmiy va amaliy ahamiyati, muommolari va kelajakdagi istiqboli to'g'risida ma'lumotlar olishga mo'ljallangan.
-
Geometriya
Ushbu qo`llanmada geometriya fanining to`rtta aksiomalari sistemasi, sferik geometriya elementlari hamda kesma va yuzalarni o`lchash usullari keltirilgan.
-
Лимон-келтирар миллион
Қўлингиздаги мазкур қўлланмада лимон ва 6ошқа цитрус ўсимликлар, уларни Ўзбекистан иқлими шароитида етиштириш, мўл ҳосил олиш агротехникаси ҳақида сўз бориб, лимоннинг инсон саломатлиги учун нақадар зарурий неъмат, балки яхши даромад манбаи экани ҳақида ҳам тўлиқ маълумот берилади.
-
Касб психологияси
Ушбу ўқув қўлланмада аграр хўжалик меҳнат фаолиятининг психологик таҳлили, қишлоқ хўжалигида меҳнат жамоасини ташкил қилишнинг хусусиятлари, меҳнат фаолиятига тайёрлашни режалаштириш, қишлоқда меҳнат фаолиятини бошқаришнинг психологик асослари, қишлоқ хўжалик фаолиятининг турлари ва уларнинг тузилиши, бошқарув меҳнат фаолиятида мақсаднинг роли, қишлоқ шароитида касбга саралашнинг хусусиятлари, меҳнат фаолиятида касбий меҳнатнинг ўсиши, меҳнат фаолиятига қишлоқ ёшларини тайёрлаш, касб психологиясининг моҳияти юзасидан маълумотлар умумлаштирилган.