-
Qurilish. Arxitektura
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
-
Учебное пособие по русскому языку развитие устной речи студентов
Данное учебное пособие предназначено для студентов 1-го курса национальных групп, обучающихся по направлениям: педиатрическое дело и высшее медсестринское дело, медико-педагогическое и лечебное дело.
-
Bog‘lovchi moddalar laboratoriya ishlarini bajarish
"O‘quv qo‘llanmada qurilish ishlari uchun mo‘ljallangan inshootlarni qurishda, ta’mirlashda, pardozlash ishlarini amalga oshirishda ishlatiladigan bog‘lovchi moddalarni sinash, qurilishda ishlatiladigan bog‘lovchi moddalarni fizik mexanik xossalarini o‘rganish kabi masalalar yoritilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma qurilish sohasi oliy o‘quv yurtlarining 5340500 – “Qurilish materiallari, buyumlari va konstuksiyalarini ishlab chiqarish”, 5320400 - “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)”, 5341900 – «Yig‘ma temirbeton va beton konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi», 5320100 – «Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish)» bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan."
-
Inshootlar dinamikasi va zilzilabordoshlik asoslari
Qo`llanmada zilzilalarning paydo bo`lish sabablari, zilzila kuchi va energiyasi,geologik va gidrogeologik sharoitning seysmik intensivlikka ta`siri, zilzilalarni prognoz bashorat qilish usullari, qurilish materiali va konstruksiyalarning dinamik xarakateristikalari, seymik kuchlarni aniqlash, seymik mustahkam binolarni loyihalashning umumiy qoidalari kabi mavzular bayon etilgan.
-
Bino va inshootlarni texnik holatini baholash
O‘quv qo‘llanmada bino va inshoot konstruksiyalariga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi omillar, ularda uchraydigan defekt, shikastlanish va deformatsiya holatlarining kelib chiqishi, yemirilish sabablari, xizmat davri va ularni aniqlashda kuzatuv-tekshiruv ishlarini olib borish tartiblari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Turli qurilish materiallaridan iborat konstruksiyalarning texnik holatiga baho berish, baholash bo‘yicha texnik xulosalar tayyorlash, bundan tashqari konstruksiyani ishonchliligini baholash, kuchaytirish usullari hamda qurilish ishlarini nazorat qilishga doir savollarga javoblar keltirilgan.
-
Fizikaviy ekologiya asoslari
Ushbu o‘quv qo‘llanmada ultrabinafsha nurlanishlar, ularning biosferaga ta’siri, ozon qatlamining biosfera uchun ahamiyati, lazer, ionlashtiruvchi va rentgen nurlanishlarining tabiati, bu nurlanishlarning inson organizmiga ta’siri, ulardan himoyalanish vositalari hamda bugungi kunda insoniyat oldida turgan global ekologik muammolar, radiatsion ekologiya, tabiiy va texnogen radioaktiv manbalar, kosmogen radionuklidlar, radionuklidlarning ekosistemada tarqalishi, atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishi, jumladan, radionuklidlarning biosferaga va inson organizmiga ta’siri, radioaktiv nurlanishlardan himoyalanish vositalari, dozimetriya va dozimetrik o‘lchov asboblari, atom elektrostansiyasining ishlash tamoyili, yadro energetikasini hosil qilish va atom elektrostansiyasida xavfsizlikni ta’minlash masalalari keltirilgan.
-
Jismoniy tarbiya va sport
Mazkur o‘quv qo'llanma bakalavr bosqichida nomutaxasis talabalarga “Jismoniy tarbiya va sport” fanidan dars beradigan professor-o'qituvchilar, nomutaxassis talabalar va sportga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Maktabgacha ta'limda dastlabki gimnastika mashg'ulotlarini tashkil etish
Ushbu o`quv qo`llanma Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarning dastlabki gimnastika mashg`ulotlarini nazariy va metodik tomondan o`rgatish bosqichlari, uslub hamda vositalarini o`z ichiga oladi. O`quv qo`llanma sakkiz bobdan iborat bo`lib, ularning har biri maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy faolligini tashkil etuvchi mutaxassisning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan. O`quv qo`llanmada 60 dan ortiq mavzular, 20 dan ortiq rasmlar, 15 dan ortiq jadvallar keltirilgan. Maktabgacha ta`lim yo`nalishi talabalari, malaka oshirish, qayta tayyorlov kurs tinglovchilari, maktabgacha ta`lim tashkiloti xodimlari va jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun mo`ljallangan.
-
Настольная книга судьи по уголовным делам
Настоящее издание подготовлено в рамках совместного проекта Верховного суда Республики Узбекистан, Агентства США по международному развитию (USAID) и Программы развития ООН «Партнерство в сфере верховенства закона в Узбекистане» для БЕСПЛАТНОГО РАСПРОСТРАНЕНИЯ. Ответственность за содержание издания возлагается на авторов и может не совпадать с точкой зрения Верховного суда Республики Узбекистан, Агентства США по международному развитию (USAID), правительства США или Программы развития ООН .В приведённых в напольной книге примерах все имена, даты и доказательства изменены. Любые совпадения считаются случайными.
-
Matematikadan nostandart masalalar
Ushbu o‘quv qo‘llanma Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi(matematika) yo‘nalishida tahsil oluvchi magistratura bosqichi talabalari uchun Matematikadan nostandart masalalarni yechish usullari tanlov fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlandi. Qo‘llanmada asosan olimpiada xarakteridagi nostandart masalalar va ularni yechish usullari haqida to‘xtalib o‘tilgan. Matematikadan olimpiada masalalarni yechish borasida o‘zbek tilida yozilgan o‘quv adabiyotlarining juda kamligi, bor adabiyotlarda ham faqat masala yechimlari keltirilib nazariy ma’lumotlar berilmaganligi bois bugungi kunda ushbu qo‘llanmaga ehtiyoj mavjud.
-
Риторика
Пособие содержит также хрестоматию, словарь, персоналии, библиографию. Для студентов и преподавателей высших учебных заведений, а также для изучающих курс риторики в средних школах-гимназиях.
-
Matematik analiz I
Ushbu o`quv qo’llanma mexanika-matematika fakulteti talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, u matematik analizning to’plamlar nazariyasi, haqiqiy sonlar ketma-ketliklari uchun limitlar nazariyasi, funksiya va uning limiti, funksiyaning uzluksizligi, funksiyaning hosila va differensiali, differensial hisobning ba’zi bir tatbiqlari, aniqmas va aniq integrallar, aniq integralning ba’zi tatbiqlari, xosmas integrallar kabi bolimlariga bag’ishlangan. O`quv qo’llanmada bu bo’limlarga doir mavzular batavsil yoritilib, ularga oid misol va masalalar yechilishi bilan ko`rsatilgan hamda mustaqil ish topshiriqlari berilgan.
-
Avtotransport vositalarning elektr jihozlari va elektron tizimlari
O'quv qo'llanmada transport vositalarining elektr jihozlari va elektron tizimlariga qo'yilgan talablar transport vositalarining elektr jihozlari va elektron tizimlarini tuzilishi, ishlash printsipi va turlari, elektr jihozlari va elektron tizimlarida sodir bo'ladigan texnologik jarayonlar, ularga xizmat ko'rsatish va ularni bartaraf etish yo’llari haqida yoritilgan.
-
Kimyo
Kimyo fani tarixi, atom tuzilishi, kimyoning asosiy qonunlan, anorganik birikmalarning sinflari, D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi, kimyoviy bog'lanish, termokimyoviy jarayonlar, kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat, suv, eritmalar va ularning xossalari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalar, metallarning umumiy xossalari, elektrokimyoviy jarayonlar, kimyoviy korroziya va uning turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
-
Mashina va mexanizmlar nazariyasi
Ushbu qo'llanma bakalavriyatning texnik ta'lim yo'nalishlari o'quv dasturlariga mos holda yozilgan. Unda mashina va mexanizmlar nazariyasi kursiga tegishli bo'lgan mavzular oltita bobda yoritilgan bo'lib, ya'ni mexanizmlar tuzilishi, kinematik va dinamik analizi, tishli va kulachokli mexanizmlar bo‘yicha nazariy ma'lumotlar berilgan.
-
Mashina va mexanizmlar nazariyasi fanidan masalalar to'plami
Mashina mexanizmlar nazariyasidan qisqa nazariy tushuntirishlar bilan birgalikda mexanizmlar tuzilishi, kinematik va dinamikasidan, hamda qatorli tishli reduktorlar va kulochokli mexanizmlar bo'yicha masalalarni yechimi berilgan. Planetar reduktorlarni kinematik analizi va sintezi masalalari bilan birga namuna tariqasida yechimlari ham keltiriIgan.
-
Korxonada sifat menejmenti tizimi
Bozor sharoitida sifat va raqobatbardoshlik, sifat kategoriyasi va sertifikatlashtirish tarixi, sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari, sifatni boshqarish bo’yicha xorijiy davlatlar tajribasi. sifatni boshqarishni xalqaro standartlarini joriy etish, mahsulot sifatini boshqarish tizimi, sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi, mahsulotni sertifakatlashtirish, majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashlashtirish, standartlashtirish, O’zbekistonda standartlashtirishob’ektlariga qo’yiladigan talablar, tovarlami shtrixli kodlash, O’zbekistonda sertifikatlashtirish tizimi va sertifikatlashtirish tartibi, metrologiya xizmati, iste’molchilar xuquqlarini davlat tomonidan ximoyalanishi bilan bog’liq masalalar keng o’rin olgan.