-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi
Elementar matematika tasavvurlari — bu matematik tushunchalar va qonuniyatlar asosida shakllanadigan bilimlar bo'lib, ularni tushunish va o'zlashtirish boshlang'ich ta‘lim bosqichidagi bolalar uchun juda zarur. Tasavvurlar, masalan, raqamlar, geometrik shakllar, o'lchov birliklari kabi asosiy tushunchalarning shakllanishi orqali amalga oshiriladi. Ushbu tasavvurlar o'quvchilarni matematik fikrlashni, ya‘ni analitik, mantiqiy va kreativ fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.
-
Ifodali o'qish
Ifodali o‘qish san’ati o‘tmish zamonlarda og`zaki ijodda qanday ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, yozma adabiyotda ham shu qadar muhim o‘rin tutadi. Zero, badiiy adabiyotning estetik ta’sir kuchi ifodali o‘qish jarayonida yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi. Ifodali o‘qish, ayniqsa, asarning g‘oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Badiiy asarlarni ifodali o‘qish inson ongi va hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik tuyg‘ularini shakllantirishda ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi.
-
Matematika va uni o‘qitish metodikasi
Hоzirgi kunda har bir qadamda sоnlar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri kеladi. Shuning uchun biz har qanday sоnni to‘g‘ri aytishimiz va yozishimiz, ular ustida amallar bajarishimiz kеrak. Buning uchun sanоq sistеmalari to‘g‘risida bilishimiz lоzim. Umuman, sanоq sistеmasi dеb, sоnlarni aytish va yozish hamda ular ustida amallar bajarishda ishlatiladigan tilga aytiladi. Dastavval sanоq sistеmalari tariхi bilan tanishamiz.
-
Ijtimoiy pedagogika
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun "fan" tushunchasining o’zi obyektiv bilimlarni tizimlashtirish va ishlab chiqishga qaratilgan faoliyat ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy-mazmuniy jihatini o’rganish "ijtimoiy pedagogika" atamasiga e’tibor qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo’lib, "Pedagogika" va "Sotsiologiya" fanlari mahnosining integratsiyasidan (birlashuvidan) vujudga kelgan. Bu birlashuv tasodifiy bo’lmasdan, u fandagi tabaqalashuv va ixtisoslashuvning zamonaviy jarayonlariga bog’liq.
-
Dinlar falsafasi
Mazkur o'quv-uslubiy majmua talabalarda diniy falsafiy ongni shakllantirish bilan nazariy va amaliy bilimlar orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladigan bir qator tarkibiy qismlar ma`ruzalar matni, nazorat savollari, test topshiriqlarini o'z ichiga olgan.
-
Uzluksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar
Ta’lim tizimini yanada rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Ushbu farmonga asosan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviyaxloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida quyidagilar
-
Tadqiqiy pedagogika
Ta’lim-tarbiya jarayoni qonuniyatlarining buzilishi, byurokratik pedagogika maktablarni, jamiyatni ma’naviy inqirozga olib bordi. Pedagogikaning mavqeyini pasayishi, maktablarni jamiyatdan o`quvchilarni maktabdan begonalashuvi, bezor bo`lishiga sababi ta’lim-tarbiya uchun bo`lib qolgani, yoshlarni hayotga tayyorlash vazifasidan chetlashganida ko`rish mumkin. Demak, komil insonni tarbiyalash borasida fundametal tadqiqotlar pedagogikaning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo ijtimoiy-gumanitar fanlar, jumladan, pedagogika ham asosan insonshunoslikning obyektiv qonuniyatlarini o`rganadi. Pedagogikaning tarkibida yangi yo`nalish, inson o`zligini bilishi va tarbiyada o`zini imkoniyatlarini o`stirish metodikasi kiritilishi amaliy ahamiyatga ega bo`ladi. Inson yoshligidanoq o`zligini bilsa, avvalo o`z qudratini ishga soladi va qolaversa, tashqi g`arazli ta’sirlardan saqlanishiga tayyorlanadi. Pedagogikaning shaxsga yo`naltirilgan ta’lim tarbiya konsepsiyasi, senergetik pedagogika, kognitiv pedagogika, kreativ pedagogika va pedagogik texnologiya yo`nalishlari fanlararo bog`liqlik qonuniyatlariga asoslanadi.
-
Pedagogik texnologiya
“Pedagоgik texnоlоgiya” termini birinchi bоr pedagоgika bo’yicha ishlarda XX asrning 20-yillarida tilga оlingan. Hоzirgi kunda pedagоgik texnоlоgiya tushunchasida turlicha ifоdalashlar mavjud. “Pedagоgik texnоlоgiya”, “Yangi Keyingi 10 yillar ichida yaratilgan, pedagоgikaga bag’ishlangan adabiyotlarda pedagоgik texnоlоgiya”, “Ilg’оr pedagоgik texnоlоgiya”, “Prоgressiv pedagоgik texnоlоgiya” kabi tushunchalar ko’p uchrab turgani bilan, ularning o’zbek tilidagi marоmiga yetgan ta`rifi hali tuzilmagan.
-
Ijtimoiy himoya va integratsiya
Ijtimoiy himoyaning harakatdagi tizmi aholining turli xi! guruhlari tomonidan olingan daromadlarni dav!at tomonidan tartibga solish yo’li bilan tengsizlikning keskin kuchayishi imkoniyatiga barxam berildi. Shu maqsadda kam daromadli, kam ta'minlangan guruhlarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash va aholining yuqori daromadli qatlami daromadlarining yuqori chegarasini cheklash uchun turli xil yondashuvlardan foydaianiladi.
-
Metall konstruktsiyalari
Metall konstruktsiyalar materialining yuqori mustahkamlikka egaligi va nisbatan yengil bo’lganligi uchun sanoat va grajdan qurilishida yuk ko’taruvchi yoki to’suvchi konstruktsiya sifatida keng qo’llaniladi.
-
Boshlang’ich sinflarda tarbiya
Tarbiya – yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, shaxsni aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir.
-
O‘rta Osiyo geografiyasi
O‘rta Osiyo geografiyasi oliy ta’lim tizimida yuqori malakali geograflar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. U o‘z ichiga O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi (I qism) qamrab oladi. Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga «O`rta Osiyo tabiiy gеografiyasi» fanidan ma'ruza darslarida foydalanish uchun tuzilgan bo`lib xududning joylashgan gеografik o`rni, o`ziga xos xususiyatlari, o`rganilish tarixi, tabiati taraqqiyotining bosqichlari, iqlimi va iqlim xosil qiluvchi omillari, ichki suvlari, tuproq, o`simlik hamda xayvonot dunyosi, shuningdеk, O`rta Osiyo xududining tabiiy gеografik rayonlarilariga oid bilim va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ushbu ma'ruzalar matni O`zbеkitson Rеspublikasi Oliy va O`rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan bakalavr bosqichi davlat ta'lim standartiga kiritilgan «O`rta Osiyo tabiiy gеografiyasi» prеdmеti yuzasidan namunaviy dastur asosida yozildi.
-
Siyosiy geografiya
Siyosiy geografiya - ijtimoiy geografik fan hisoblanadi. Uning vujudga kelishidagi ilk tadqiqotlar, salmoqli asarlar avvalo g’arbda vujudga keldi. Sobiq ittifoqda esa uning rivojlanishi qiyin kechdi. 1980 yillarning o’rtalaridan bo`shlab mamlakatda chuqur ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy o’zgarishlarning bo`shlanishi bilan siyosiy geografiya yana rivojlana bo`shladi. Siyosiy geografiyaga sovet davrida 1960 yilda chop etilgan “Kratkiy entsiklopedicheskiy slovar”da quyidagicha ta’rif berilgan edi: - “Siyosiy geografiya – bu dunyo siyosiy xaritasining tarixi, zamonaviy holati, mamlakat va rayonlarning rivojlanishining o’ziga hosliklari, ularning ijtimoiy – iqtisodiy tuzilishiga bo`g’liq holda sinfiy kuchlarning joylashishi masalalarini o’rganuvchi geografik fandir”.
-
Pedagogik konfliktologiya
Hayot konfliktlarga to‘la. Insonning jamiyatdagi yashash tarzini turli ziddiyatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Turli nizo va ziddiyatlar bilan umr davomida, har qanday yoshda, har qanday joyda, har qanday vaziyatda to‘qnash kelish mumkin. Konfliktlar uyda, maktabda, ko‘chada, o‘quvchilar orasida, ota-onalar va farzandlar, xodim va uning rahbariyati orasida, jamoa a‘zolari o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin. Konfliktlar, odatda, ko‘p vaqt odamlar birga bo‘ladigan hollarda, ya‘ni ular uzoq muddat bir-birlari bilan va ruhiy muloqotda bo‘ladigan hollarda, ular ma‘lum muddat o‘zaro birga bo‘lishga majbur bo‘lgan paytlarida ko‘proq sodir bo‘ladi.
-
Ona tili
“Ona tili” fanidan tayyorlangan o‘quv uslubiy majmua malaka talablari, namunaviy o‘quv dasturi hamda ishchi o‘quv dasturi talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan va undan 60110400 – Boshlang‘ich ta’lim yonalishi, 1-kurs talabalariga ushbu fan bo‘yicha olib boriladigan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida keng foydalanish mumkin. “Ona tili” fanidan tayyorlangan o‘quv uslubiy majmua Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va muhokama qilinib tasdiqlangan.
-
Выразительное чтение
Чтение – это восприятие готового письменного текста, информацию которого нужно переработать. Чтение для студента-иностранца – это возможность закрепить навыки владения языком, принять тексты на русском языке в качестве источника информации. Чтение помогает овладеть другими видами речевой деятельности (письмо, говорение, аудирование), так как способствует запоминанию правописания, лексики, грамматических конструкций. Выделяют разные виды чтения: 1) поисковое чтение; используется для того, чтобы понять, читать текст дальше или нет; 2) просмотровое чтение; главное – получить общее представление о содержании текста; 3) ознакомительное чтение; используется, когда нужно ознакомиться с содержанием, понять о чём текст, что говорится в нём по тем или иным вопросам; 4) изучающее чтение; используется, когда содержание нужно осмыслить и запомнить. Техника чтения – это правильное озвучивание текста, для которого нужно научиться произносить звуки, слоги, предложно-падежные формы, делить предложения на части, воспроизводить разные типы интонации.