-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
-
Ўзбекистонда маънавий-руҳий тикланиш
Ўқув қўлланма уч бобдан иборат бўлиб унда "Муаммонинг методологик ва назарий асослари", "Миллий маданият ва миллий ўзликни англаш жараёнларининг хусусиятлари", "Миллат барҳаётлигининг омиллари" мавзулари кенг ёритиб берилган. Китоб олий ва ўрта махсус ўқув юртлари талабаларига, миллий тараққиёт, миллий ғоя, миллий маънавият, миллий ўзликни англаш жараёнлари билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Zamonaviy reklama tizimlari
Ushbu o‘quv qo‘llanmada “Zamonaviy reklama tizimlari” fanining predmeti, metodi va vazifalari, reklamaning rivojlanish tarixi, reklamaning ijtimoiy-psixologik jihatlari, reklama tarqatish vositalari va ulaming qo'llanilishi, reklama dizayni va reklamaning tasviriy, tarkibiy qismlari, reklama matnlari, e’lonlari va murojaatlarini tayyorlash asoslari, chakana savdo korxonalarida zamonaviy reklama tizimlari, ulguiji savdo korxonalarida zamonaviy reklama tizimlari, sanoat korxonalarida zamonaviy reklama tizimlari, reklama kompaniyalarini tashkil etish, tovarlar va xizmatlar bozorida zamonaviy reklama tizimlari, strategiyalari, xalqaro reklama agentliklari, reklama faoliyati samaradorligini aniqlash usullari batafsil yoritilgan.
-
Destination B1
One game I am loving is backgammon.You are throwing the dice and then you move your pieces around the board. It is seeming quite easy, but in fact you are needing to be quite careful. When your piece lands on one of the other person’s pieces, you are taking it off the board and you send it back to the beginning.You are winning by getting all your pieces to the end and off the board. Some people are preferring chess, but I am not understanding that game. Right now, I wait to have a game with my brother. He does his homework. I usually win, so I think he doesn’t want to play a game with me!
-
MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYАSI
Ushbu o’quv qo’llanmada materiklar va okeanlarning umumiy tabiiy geografik xususiyatlari, ularning geografik o’rni, chegaralari, okean qismlari, tekshirilish tarixi, geologik tuzilishi, muzliklari, relefi, foydali qazilmalari, iqlimi va iqlim mintaqalari, ichki suvlari, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiat mintaqalari, antropogen landshaftlari va tabiatni muhofaza qilish tartibida berilgan. Umumiy tabiiy geografik tavsifdan keyin materiklarning regional tavsifi yoritilgan
-
IQTISODIY TAHLIL NAZARIYASI
O'quv qo'llanma innovatsion texnologiyalarga asoslangan raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida iqtisodiy tahlil nazariyasi fanining maqsadi, mazmuni, vazifaları, predmeti, metodi, prinsiplari, usulları, iqtisodiy tahlilning turlari va ularni tashkil etish, tahlilning axborot manbaları, korxona faoliyatining asosiy samaradorlik ko'rsatkichlari va ularni tahlil qilishning uslubiy asoslari. informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlil mavzularini yoritib beradi.
-
Патологик физиологиядан амалиёт дарслари учун қўлланма
Қўлланманинг биринчи қисмида даволаш ва педиатрия факультетлари талабаларининг мустақил ишлашлари учун 18 мавзу бўйича материаллар келтирилган. Иккинчи қисмида эса аъзолар ва тизимлар патофизиологияси баён қилинади.
-
Яримўтказгичлар ва яримўтказгичли асбоблар технологияси
Ўқув қўлланмада яримўтказгичлар ҳақида умумий маълумотлар, яримўтказгичли моддалар олиш на яримўтказгичли асбоблар тайёрлаш технологиялари баён қилинган. Бундан ташқари, мавзуларни чуқурроқ ўзлаштиришга ёрдам берувчи расмлар, жадваллар илова қилинган.
-
Ўқувчилар физиологияси ва гигиенаси
Физиология биологиянинг бир тармоғи бўлиб, органлар, органлар системасини ва организм функцияларини ҳамда ҳаёт жараёнларини ўрганади. Ёш физиологияси турли ёшдаги организмларнинг ривожланиши жараёнида органлар системаси ва бутун организмда содир бўладиган ўзгаришларни ўрганади.
-
Қаттиқ жисм физикаси
Ушбу ўқув қўлланмада каттиқ жисмлар физикасининг асосий бўлимлари ҳақида маълумотлар келтирилган. Қаттиқ жисмларнинг айрим хоссалари бўйича турлари, хозирги замон қатгиқ жисм квант физикаси асосий тасаввурлари заминида металлар, ярим ўтказгичлар,диэлектрикларнинг иссиқлик. механик, электрик, магнитик хоссалари баён қилинган.
-
Harbiy-dala jarrohligi
Qo`llanmada harbiy-dala jarrohligiga taalluqli bo`lgan zamonaviy jangovar shikastlar to`g`risida ma`lumotlar, tibbiy saralash asoslari va yaradorlarga tibbiy ko`chirish bosqichlarida yordam ko`rsatish tamoyillari keng o`rin olgan.
-
DAVLAT MUASSASALARI TARIXI
Ushbu o'quv qo'llanmada O'zbekiston hududida qadimgi davrlardan XXI asr boshlarigacha mavjud bo'lgan davlat muassasalari va boshqaruv tizimining vujudga kelishi, rivojlanishi, tanazzul va yuksalish bosqichlari tadqiq etilgan. Vatanimiz davlat muassasalari tarixini yoritishga yangicha yondoshib, turli xil jarayon va voqealarga xolisona baho berishga harakat qilingan. O'quv qo'llanma arxivshunos, tarixchi, huquqshunos, siyosatshunos hamda kutubxonashunos mutaxassisliklari bo'yicha tahsil olayotgan talabalar va barcha qiziquvchilar uchun tavsiya etiladi.
-
Kompyuter kimyo
Ushbu o‘quv qo‘llanma 5110300 “Kimyo o‘qitish metodikasi” va 5140500 “Kimyo” bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda kompyuter kimyosi, zamonaviy molekulyar modellash usullari va kompyuter dasturlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, qo‘llanmada bir nechta yordamchi dasturlardan va kvant kimyoviy hisoblash majmualaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar, mavzular bo‘yicha savollar hamda testlar keltirilgan bo‘lib, undan magistrant, doktorant va yosh ilmiy izlanuvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Функциональные пространства
Пособие содержит краткое введение в теорию метрических, нормированных и евклидовых пространств, а также в теорию обобщённых функций, и является заключительной частью «Лекций по математическому анализу», изданных ранее.
-
Chiziqli algebra
Ushbu o'quv qo'llanma zamonaviy ta'lim tizimini tashkil qilishda universitet talabalariga mo'ljallangan bo'lib unda matrirsalar nazariyasi elementlari chiziqli tenglamalar sistemasini yechish usullari vektorlar va ular ustida amallar.
-
Elektron jadvallar
Qo'llanma zamonaviy kompyuterlar dasturiy ta'minotining ajralmas tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan elektron jadvallar, ularning tuzilishi, imkoniyatlari va oddiy jadvallardan ustunlik tomonlari haqida fikr yuritiladi. Fikrlarni aniq bayon qilish maqsadida Microsoft Office dasturlari guruhiga kiruvchi Excel elektron jadvali tanlangan va ushbu jadval misolida elektron jadvallarning imkoniyatlari yetarlicha ochib berilgan.
-
Антикфалсафа
Антик давр фалсафасини фалсафа тарихи фанининг ажралмас бир қисми сифатида ўрганиш, илмий, ғоявий ва тарбиявий жиҳатдан катта аҳамиятга эга. Материализм билан идеализм, диалектика билан метафизика, рационализм билан эмпиризм кураш тарихини анализ қилиш фалсафасини чуқур ва мукаммал тушунишда муҳимдир. Мазкур қўлланмада Қадимги Хитой, Ҳиндистон, Юнон ва Румо давлатларида фалсафий, табиий-илмий фикрларнинг юзага келиши ва ривожланиши баён қилинади.