-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
SPORT TURLARINI O’QITISH METODIKASI
Mazkur o‘quv uslubiy majmua Samarqand Davlat Universiteti, Jismoniy madaniyat fakulteti, Sport turlarini o’qitish metodikasi kafedrasi, 5112000 – Jismoniy madaniyat bakalavriat ta’lim yo‘nalishilarining o‘quv rejasidagi «Sport o`yinlari va uni o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tamonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan Oliy ta’limning fundamentalligi real dunyodagi jarayonlar, ob’ektlar va hodisalar orasidagi munosabatlarni ajratib bila olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda asos sifatida qabul qilingan. Davlat ta’lim standartlari tayyorlanayotgan kadrlarning ko’nikma va malakalariga yuqori talablarni qo‘ymoqda. Shu talablar zamonaviy sharoitlardan bevosita kelib chiqqan bo‘lib, ularning maqsadi ta’lim olayotgan yoshlardan milliy intellektual elitani shakllantirishdan iborat. Gumanitar ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘yilgan DTS talablari ichida sport va harakatli o’yinlarni o’qitish metodikasi faniga doir talablar alohida o‘rin tutadi. Bu esa o‘quv rejalarda o‘z ifodasini topdi.
-
SPORT VA HARAKATLI O‘YINLARNI O‘QITISH USLUBIYATI (FUTBOL)
O‘zbekistonda mustaqillik davrida jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan samarali siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohatlarning natijasidir. Jumladan, mamlakatimiz sportini rivojlantirish sohasida tubdan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz jismoniy tarbiya va sportning kelajak avlodni sog‘lom qilib tarbiyalashdagi o‘rnini hisobga olib sport ishlarini yanada takomillashtirish, zamon talablari darajasida o‘quv va moddiy-texnik bazasini yaratish hamda aholining sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish yo‘lida maqsadli davlat miqyosidagi tadbirlar ishlab chiqilib, xayotga tadbiq etilmoqda. CHunki sport millatning o‘zligini anglashda va uni aniq maqsadlari sari yo‘naltirishda, o‘zidagi bor salohiyatini hamda millat sifatidagi qudratini jahon uzra namoyon etmoqda.
-
SPORT TA'LIMIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
Milliy tiklanish yillari tom ma‟noda O„zbekiston Respublikasi ijtimoiy iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o„rin egallashga intilish yo„lidagi keng ko„lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o„rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga erishishni ta‟minlamoqda.
-
Biologiyaning zamonaviy muammolari
Biologiyaning zamonaviy muammolari fani – insoniyat sivilizasiyasining hozirgi bosqichida biologiya faninig o’rni, biologiyaning oziq-ovqat muammosini, inson salomatligi muammosini, ekologik muammolarni hal qilishdagi o’rni, biologiyaning zamonaviy yo’nalishlari, o’simlik va hayvonlarning yangi zot va navlarini yaratishning yangi texnologiyalari, biotexnologiya va genetik injineriya yutuqlari haqidagi fandir. Biologiyaning zamonaviy muammolarini ko’rib chiqish asnosida talaba, biologiyaning keyingi rivojlanishi haqida tasavvurga ega bo’ladi. Ushbu fan bo’lajak mutaxassisga biologik fanlar tizimini tushuntiradi va uning kelajakda biologiyaning qaysi sohasini tanlashida yordam beradi.
-
Biologiya o'qitish metodika
Biologiya o‘qitish metodikasi maktab predmeti xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qitish va tarbiya jarayoni tizimi hisoblanadi. U bo‘lajak talabalarga biologiya bo‘yicha tarbiyalovchi ta‘lim jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi. Biologiya o‘qitish metodikasi maktabda hamma biologik kurslarni o‘qitishning g‘oyaviy yo‘nalganligini, o‘qitish mazmuni bilan metodlarni birligini, o‘qitish ishlarning shakllari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarini, kurslar o‘rtasidagi izchilligini, biologiya o‘qitish tizimini belgilovchi barcha tarbiyalovchi ta‘lim elementlarining yaxlitligini va rivojlanishini ko‘rib chiqadi.
-
Biologiya o'qitish metodikasi
Biologiya o‘qitish metodikasi maktab predmeti xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qitish va tarbiya jarayoni tizimi hisoblanadi. U bo‘lajak talabalarga biologiya bo‘yicha tarbiyalovchi ta‘lim jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi. Biologiya o‘qitish metodikasi maktabda hamma biologik kurslarni o‘qitishning g‘oyaviy yo‘nalganligini, o‘qitish mazmuni bilan metodlarni birligini, o‘qitish ishlarning shakllari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarini, kurslar o‘rtasidagi izchilligini, biologiya o‘qitish tizimini belgilovchi barcha tarbiyalovchi ta‘lim elementlarining yaxlitligini va rivojlanishini ko‘rib chiqadi.
-
Biologiya asoslari
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga hayvonlarning morfologiyasi, biologiyasi, ekologiyasi, etologiyasi, filogenezi, sistematikasi va zoogeografiyasi; hayvonot olamining xilma-xilligi; hayvonlarning ko’payish usullari; o’sishi va rivojlanishini turli tumanligi; ularni morfologik, anatomik, fiziologik va ekologik muammolari bo’yicha ta’lim berishdir. Buning uchun quyidagi vazifalar bajariladi: talabalarni zoologiyaning asosiy vazifalari va qonunlari; hayvonlarning morfologiyasi, biologiyasi, ekologiyasi, etologiyasi, filogenezi, sistematikasi va zoogeografiyasi; hayvonot olamining xilmaxilligi; hayvonlarning ko’payish usullari; o’sishi va rivojlanishini turli tumanligi; ularni morfologik, anatomik, fiziologik va ekologik muammolar kabilar bilan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tanishtiriladi.
-
biologik spetsifiklik asoslari
Mоlеkulyar biоlоgiya, biоfizikа vа biоkimyo fаnlаrining jadal sur’аtlаrdа rivоjlаnishi оqibаtidа, ximiya vа fizikаning eng аsоsiy qоnunlаri biоlоgik hоdisаlаr tushunchаsi hаm kаttа аhаmiyat kаsb etishi bаrchаgа mа’lum. Biоkimyoviy hоdisаlаrnining kimеviy vа fizikаviy hоdisаlаrdаn fаrki esа ulаrning o`zigа xоs tаnlаsh vа tаnlаnish xususiyatlаrigа bоg`lik. SHuning uchun hаm hоzirdа mutаxаssislаrning tаdqiqоtlаri biоlоgik hоdisаlаrning nоyob spеtsifikligini o`rgаnishgа qаrаtilgаn vа bugungi kundа hаttо kаttа ekspеrimеntаl vа nаzаriy tаjribа nаtijаlаri hаm to`plаngаn. SHundаn kеlib chiqqаn hоldа biоtеxnоlоgiya, biоfizikа vа biоkimyo sоhаlаrini o`zlаshtirаyotgаn hаr bir tаlаbа biоlоgik hоdisаlаrning spеtsifikligi hаqidа hаm tushunchаgа egа bo`lishi zаrur. Bu kurs tirik mаtеriya rivоjlаnishining bаrchа bоsqichlаridаgi biоlоgik spеtsifiklikning qоnunlаrini o`zigа qаmrаb оlgаn: оddiy mоlеkulаlаr vа mаkrоmоlеkulаlаrning o`zаrо munоsаbаti, murаkkаbrоk bo`lgаn munоsаbаtlаr (аntigеn-аntitаnа, gоrmоn-rеtsеptоr, fеrоmоnlаr-rеtsеptоrlаr, gеnеtik tizimlаrdа tаnib оlish muаmmоsi) dаn tоrtib, tо hujаyrа, оrgаn vа оrgаnizmlаrdаgi biоlоgik spеtsifikligigаchа.
-
-
-
МОЛИЯВИЙ МЕНЕЖМЕНТ
Мазкур услубий қўлланма бакалавриат таълим йўналишларида таълим олаётган талабалар учун мўлжалланган. Услубий қўлланмада молиявий менежментнинг назарий-иқтисодий асослари, корпоратив тузилмаларда ташкил этиш хусусиятлари, молиявий рискларни бошқариш, капиталнинг қийматини аниқлаш, инқирозга қарши молиявий бошқарувни ташкил этиш механизми ва шу каби мавзуларга доир саволномалар, топшириқлар, амалий масалалар, тест топшириқлари келтирилган.
-
Linux operatsion tizimi
Ushbu dasturda Linux operatsion tizimni o'rnatish, qo'shimcha dasturiy vositalarni o'rnatish va sozlash, shell komanda qobigida ishlash ko'nikmalarini hosil qilish, tarmoq utilalarini bilan ishlash, fayl serverlarini sozlash kabi ishlar bayon qilingan.
-
Ijtimoiy sug'urta
Ushbu o'quv -uslubiy qo'llanmada iqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha xulosa va takliflar berishda etarli darajada bilimlarni beradi.
-
Кристаллокимё
Ушбу фан модданинг структураси (тузилиши) тўғрисидаги умумий қарашларни шакллантирадиган ва кристалл тузилишидаги моддаларнинг муҳим синфлари, кристаллари шаклларини аниқлаш, уларнинг қандай физик кимёвий хоссаларни намоён қилиши каби масалаларни қамраб олади. Магистрант томонидан фанни ўзлаштириш орқали олган билимлари дунёнинг замонавий физикавий кўриниши, бизни ўраб турган оламни ва табиат ходисаларини тушунишдаги модданинг тузилиши асосий ўрин тутиши тўғрисидаги хулосаларини мустаҳкамлайди.
-
Юқори молекуляр бирикмалар кимёси
Ушбу дастур ҳозирги замон кимё фани ва полимерлар ишлаб чиқариш технологияларида юқори молекуляр бирикмалар кимёсининг ўрни, аҳамияти ва моҳиятини талабаларга таништириш ва улардан кимё фани ва саноатининг ривожланишини амалга оширишда фойдаланиш имкониятларини, хозирги замон ютуқлари ва истиқболи масалаларини қамрайди.
-
Аналитическая химия
Fan va texnikaning taraqqiyoti sanoatning rivojlanishi bilan bir qatorda ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. Bu muammolarning oldini olishda kimyoviy analizning ahamiyati beqiyosdir. Bu birinchi navbatda “Analitik kimyo” fanining rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. Shuning uchun “Analitik kimyo” ning nazariy va amaliy qonuniyatlarini chuqur egallashni yo’lga qo’yish muhim ahamiyatga ega. “Analitik kimyo” fanining rivojlanishi boshqa fanlarning rivojlanishiga nisbatan bir necha marotaba jadalroq bo’lishi kerak.