-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
-
-
-
-
-
Matematik analizdan misol va masalalar
Ushbu qo'llanma matematik analizning sonli qatorlar, funksional qatorlar, xosmas integrallar,parametrga bog'liq bo'lgan integrallar bo'limlari bo'yicha talabalarda misol va masalalarni mustaqil yechish ko'nikmasini hosil qilishga mo'ljallangan.
-
DUTOR 0‘RGANISH ALIFBOSI
Ushbu o'quv qo'llanma boshlang'ich sinf o'quvchisining dutor o'rganishi uchun birinchi bosqichi hisoblanadi. O'quvchiga musiqiy asar mazmunini tushunib ijro etishni o'rgatish uchun mo'ljallangan bu qo'llanmada dutor zarblari va ularning to'g'ri ijrosi uslubiy ko'rsatmalari hamda musiqa nazariyasining boshlang'ich davrda bilish lozim bo'lgan ma'lumotlar berilgan.
-
Ehtimollar nazariyasidan masalalar to'plami
O'quv qo‘llanmada ehtimollar nazariyasining tasodifiy hodisa, eh tim o l, tasodifiy miqdor, taqsimot funksiyalarni, tasodifiy miqdorlar ketma-ketligi kabi mavzular va ularga doir masalalarni yechish usullari bayon qilingan.
-
O'ZBEKISTON TARIXIDAN UNIVERSAL QO'LLANMA
Ushbu qo'llanmada eng qadimgi davrlardan to shu vaqtgacha yurtimiz tarixida yuz bergan asosiy voqealar qamrab olingan. 0 ‘quvchiga qulaylik yaratish maqsadida muhim sanalar, joy va shaxs nomlari, e’tiborga molik nuqtalar ajratib ko'rsatilgan, yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan. Kitob tilining sodda va tushunarli bo'lishiga ahamiyat berílgan. Qo'llanma o'quvchilar,talabalar, abituriyentlar va O‘zbekiston tarixiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
DUTOR BAS
O'zbek milliy cholg'ulari nihoyatda xilma-xil bo'lib, xalqimiz tomonidan ardoqlanib kelinmoqda. Hozirgi zamon cholg'u ijrochiligi amaliyotida: nay, qo'shnay, rubob, dutor, tanbur, ud va g'ijjak cholg'ulari qatorida dutor bas cholg'usining ham o'z tutgan o'mi bor. Dutor bas xalq cholg'ulari orkestri tarkibini boyitish maqsadida yangidan yaratilgani holda, hozirgi kunga kelib milliy cholg'ularimiz bilan bir qatorda, o'ziga xos munosib o'rin egallashga muvaffaq bo'ldi.
-
Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarida tajribalar o'tkazish uslubi
Ushbu uslubiy qo‘llanma sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik boyicha ochiq va himoyalangan maydonlarda laboratoriya, dala va ishlab chiqarish tajribalarini yo‘lga qo'yish, seleksiya urug'chilik, agrotexnika, agrokimyo, o'simliklarning kasalllik va zararkunandalardan himoya qilish, mahsulotlarni saqlash bo'yicha tajriba qilish, o‘tkazish va rejalashtirish hamda zamonaviy tadqiqotlar usullari berilgan.
-
Funksional analiz 2 qism.
Mazkur qo'llanmada Funksional analiz kursining 2 qismini tashkil etuvchi chiziqli fazolar,operatorlar nazariyasi va integral tenglamalari kabi mavzulari bayon qilingan.
-
Қадимги Ўрта Осиё шаҳарлари тарихи
Ушбу қўлланмада Ўрта Осиё қадимги шаҳарсозлиги тарихи масалалари ёритилган. Муаллиф бой илмий адабиётларни ўрганиш ҳамда айрим қўҳна шаҳар харобалари қазишмаларида иштирок этиши асосида ўлкамиз ҳудудларидаги урбанизация жараёнларининг пайдо бўлиши ва ривожланиш босқичлари муаммолари бўйича хулосалар берган. Ҳозирги кунга қадар «Шаҳарлари тарихи» махсус курси бўйича талабаларга мўлжалланган қўлланма ёки дарслик яратилмаган. Тарихчи, иқтисодчи, географ ва демограф талабалар ҳамда ўқитувчилар учун мўлжалланган ушбу дарслик бу борадаги дастлабки қўлланмалардан бири бўлганлиги сабабли унда айрим камчиликлар бўлиши табиийдир.
-
DUTOR
Mazkur o‘quv qo‘llanma musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Undan milliy dutor, alt dutor va prima dutori cholg‘usi uchun moslashtirilgan o‘zbek xalq kuylari hamda jahon kompozitorlarining asarlari o‘rin olgan.
-
O'zbekiston tarixi
Mazkur o'quv qo'llanma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markaz tomonidan nashrga tavsiya etilgan. Qo'llanmada mustaqillik yillarida o'zbek tarixshunosligi erishgan muvaffaqiyatlar, ilgari surilgan ilmiy-nazariy metodik tavsiyalar, ayniqsa, Prezident I.A. Karimovning Vatan tarixiga doir yangicha metodologik, konseptual fikr va g'oyalari dasturilamal qilib olinib, O'zbekiston tarixining qadimgi davridan bugungi kunga qadar davrining muhim va dolzarb masalalari yoritilgan. Mazkur qo'llanma Siz aziz talaba-yoshlarni O'zbekiston tarixining yorqin sahifalari bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qo'llanma oliy o'quv yurtlarining notarix fakultetlari talabalari uchun tayyorlangan bo'lsa ham undan O'zbekiston tarixi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar foydalanishlari mumkin.
-
Veterinariya ishini tashkil qilish
«Veterinariya ishini tashkil qilish» fanidan yozilgan o‘quv qo‘llanma kollej o‘quvchilari, bakalavrlar uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmada kirish, o‘quv fanining maqsadi va vazifalari, uning ishlab chiqarishdagi o‘rni, fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni, umumiy, tashkiliy va boshqaruv masalalari hamda veterinariya ishini tumanlarda, shaharlarda va xo‘jaliklarda tashkil qilish va bundan tashqari amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar o‘z o‘rnini topgan.
-
Qishloq xo’jalik mashinalari
O`quv qo`llаnmа “Qishlоq хo`jаligini mехаnizаtsiyalаshtirish” bаklаvriаt tа’lim yo`nаlishi bo`yichа tа’lim оlаyotgаn tаlаbаlаr uchun mo`ljаllаngаn.
-
Лингвопоэтика
Китап тилши илимпазлар, магистрлер хэм студентлерге, каракалпак тили пэни окытыушылары хэм тил билимине кызыгыушы окыушылар жэмийетшилигине арналган.
-
Funksional analiz.1 qism.
Ushbu o'quv qo'llanmada Funfsional analiz kursining 1-qismini tashkil etuvchi to'plamlar Lebeg o'chovi o'lchovli funksiyalar, bayon qilingan.
-
Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda suv tejamkor texnologiyalardan foydalanish
Ushbu o‘quv qo‘llanmada qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda suv tejamkor texnologiyalardan foydalanish va sug‘orishning turlari, ayniqsa intensiv bog‘larni tuproq ichidan sug‘orishda suv tejamkor texnologiyani avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish bo‘yicha, yani, intensiv bog‘larni tuproq ichidan sug‘orishning suv tejamkor texnologiyasini qo‘llashda foydalaniladigan qurilmalar, ularni yig‘ish, ishlatish va rostlash to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan. Tokzorlarni barpo etish, zararkunanda va hasharotlarga qarshi, qator oralariga ishlov berish, kuzgi sho‘ryuvish ishlarini olib borish to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan.
-
O'ZBEKISTON SAN’ATI TARIXI
0 ‘zbekiston san’ati, ayniqsa uning me’morlik, tasviriy, amaliy bezak san’ati milliy qadriyatlarimiz tizimida alohida o‘rinni egallaydi. Qadim paytlarda paydo bo‘lib rivojlangan bu san’at turlari uzoq evolyutsion taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib turli davrlarda goh yuksalib, goh inqirozni boshidan kechirib o‘zining bugungi professional ravnaq bosqichiga erishdi. Shu murakkab taraqqiyot yo‘lida yaratilgan betakror me’moriy obidalar, tasviriy va amaliy san’at asarlari bugungi milliy merosimizning xazinasini tashkil etadi. Bunday boy qadimiy an’analarga ega bo‘lgan merosni o‘rganish xalqni o‘z o‘zini anglashga , o‘tmish haqida tasawurga ega bo‘lish , bugungi o‘zbek va jahon san’ati va ma’naviy rivojidagi o‘zgarishlami chuqurroq tushunish, his etishga xizmat qiladi. «0‘zbekiston san’ati tarixi» o‘quv qo‘llanmasi ana shu san’at talqiniga bag‘ishlangan.