-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Botanika (O'simliklar anatomiya vca morfologiyasi) fanidan amaliy mashg'ulotlar
Ushbu o'quv o'llanma universitet, pedagogika institutlari va texnikumlarining biologiya va ekologiya ta'limi yo'nalishlari talabalari, o'qituvchilari hamda biologiya fani bilan mustaqil shug'ullanuvchilar foydalanishlari mumkin
-
DAVLAT MUASSASALARI TARIXI
Ushbu o'quv qo'llanmada O'zbekiston hududida qadimgi davrlardan XXI asr boshlarigacha mavjud bo'lgan davlat muassasalari va boshqaruv tizimining vujudga kelishi, rivojlanishi, tanazzul va yuksalish bosqichlari tadqiq etilgan. Vatanimiz davlat muassasalari tarixini yoritishga yangicha yondoshib, turli xil jarayon va voqealarga xolisona baho berishga harakat qilingan.
-
Jahon tarixi
O‘quv darsligi jahon tarixi fanining yangi dasturi asosida yozilgan. Ushbu o‘quv darsligi 2015-yildagi nashri asosida qayta ishlanib, fanning yangi ma’lumotlari bilan to‘ldirilgan. Darslikda qadimgi Sharqda ilk davlat va jamiyat, madaniyatning paydo bolishi, gullab-yashnashi va so‘nish davri – milodiy V asrgacha hamda qadimgi Sharq tarixiga oid asosiy voqea-hodisalar yoritilgan. Qadimgi Sharq sivilizatsiyalarining iqtisodiy-ijtimoiy tuzilmalari, siyosiy davlat tashkilotlari, madaniyatlarining asosiy sohalari tahlil qilinadi.
-
Sport pedagogikalıq sheberligin asırıw (Basketbol)
Bul oqıw qollanba ámeldegi MTS, oqıw rejesi, oqıw bagdarlaması ham zaman talaplarına muwapıq islep shıǵılgan bolıp, joqarı oqıw orınları atap aytqanda, Ózbekstan mámleketlik dene tárbiyası ham sport universiteti Nókis filialı studentleri, sonday-aq magistrantlar, ulıwma orta bilim beriw mekteplerinde dene tárbiyası páni oqıtıwshıları, qánigelestirilgen sport mekteplerinde basketbol boyınsha óz iskerligin alıp barıp atırgan qanigeler ushın arnalgan.
-
G a r m o n i y a b o ‘y i c h a m a s h q v a m a s a l a l a r t o ‘p l a m i
Mazkur qo'llanma o'zbek tilida "Garmoniya" fanini amaliy o`rganishga qaratilgan o`quv adabiyotlarining juda ham kamligi sababli, S. Ye. Maksimovning "Uprajnenii po garmonii na fortepiano", B. Alekseyevning "Zadachi po garmonii", 1. Asseyevning "Sbornik zadach po garmonii" va I. 1. Dubovskiy (va boshqalar)ning "Garmoniya darsligi" kitoblari asosida tayyorlangan. Qo'llanma fanning 1 qism mavzulari va ularning eng asosiy qoidalarini amaliy tarzda o'rganishga qaratilgan. Unga akkordlar tuzish va ularni bir-biriga bog'lash mashqlari, fortepiyanoda kadensiyalar va sekvensiyalar chalish, garmonik tizimlar va badiiy asar namunalarini tahlil qilish vazifalari kiritilgan. Shuningdek, kursning har bir mavzusi bo`yicha bajariladigan masalalar, ularning yechilishiga doir amaliy ko'rsatmalar va akkordlarning garmonik izchilliklarini fortepiyanoda chalish mashqlari ham qo`llanmadan o`rin olgan.
-
O’ZBEKISTONNING MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI
Mazkur o'quv qo'llanmadan 5120300 Tarix (Jahon mamlakatlari bo'yicha) bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari "O'zbekistonning madaniyati va san'ati tarixi" fani bo'yicha ma'ruza va seminar mashg'ulotlarida foydalanish mumkin. O'quv qo'llanmada O'zbekistonning madaniyati va san'ati tarixi fanining paydo bo'lishi va taraqqiyoti, ibtidoiy davr madaniyati, ilk o'rta asrlar davri madaniyati va san'ati, arab xalifaligi davrida madaniyat taraqqiyoti, Amir Temur va temuriylar davri madaniyati va san'ati, O'zbek xonliklarining XVI-XIX asrlar madaniyati, Rossiya davlati mustamlakachiligi sharoitida Turkiston o'lkasida ijtimoiy-madaniy hayot, Sovetlar davrida O'zbekiston madaniyati va san'ati taraqqiyoti hamda mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida madaniy sohadagi islohotlar kabi masalalar yoritib berilgan.
-
O’ZBEK ADABIY TANQIDI TARIXI
Badiiy so’zning ilk manbalaridan tortib turli yozuvlarda bitilgan adabiy, badiiy matnlarni, qo’lyozmalarni o’rganish adabiyot tarixining asosiy vazifasidir. Shunga ko’ra,adabiyotshunoslik eng avvalo adabiyot tarixi bosib o’tgan murakkab yo’lni, nazariy qarash va xulosalarning shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini ilmiylik va tarixiylik tamoyillari asosida sinchiklab o’rganadi. Binobarin, adabiyot tarixi adabiyotshunoslikning muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Adabiyotshunoslikning yana bir muhim tarkibiy qismi adabiyot nazariyasidir. Adabiyot nazariyasi badiiy asar poetikasiga oid barcha muammolarni ilmiy-nazariy asosda o’rganadi. Adabiyotning umumiy taraqqiyot qonuniyatlari, tur va janrlar tasnifi, obrazlar sistemasi, badiiy asar tuzilishi, badiiy til imkoniyatlari, metod va uslub kabi muammolar ham adabiyot nazariyasi doirasida o’rganiladi.
-
O‘ZBEK ADABIY TILI TARIXI
“O‘zbek adabiy tili tarixi” o‘quv qo‘llanmasi 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. Unda qadimgi davrlardan XX asr boshlarigacha yaratilgan badiiy, tarixiy, ilmiy, leksikografik asarlar tiliga xos xususiyatlar, o‘zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari, adabiy til rivojiga ijtimoiy-tarixiy voqealarning ta’siri masalasi, adabiy til uslublari haqida so‘z boradi. Mazkur o‘quv qo‘llanmani yozishda o‘zbek tili tarixi bo‘yicha to‘plangan tajribalar, mavjud qo‘llanma va kitoblardagi materiallardan foydalanildi.
-
Fizika va agrometeorologiya labaratoriya mashg'ulotlari
Ushbu o'quv qo'llanma fanning ta'lim yo'nalishlari: “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”, “Agronomiya” (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo'yicha), “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik-o'simliklar himoyasi va karantini-qishloq xo'jaligi ekinlari urug'chiligi va selektsiyasi qishloq xo'jaligida menejment-ipakchilik”, “ Dorivor o'simliklarni yetishtirish texnologiyasi qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi”, Kasb ta'limi (5410200 Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo'yicha Kasb ta'limi (5410500- qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi) yo’nalishlarida ta’lim olayotgan guruhlarga mo'ljallangan ishchi o'quv dasturi, ishchi o'quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi.
-
Педагогика тарихи
Ўзбекистон Республикаси мустақилликка эришгандан сўнг асосий диққат-эътибор қадриятларга, анъаналарга қаратилди ва таълим-тарбия масалаларини тўғри йўлга қўйишга ғамхўрлик қилина бошланди. Бу ишни амалга ошириш ўзбек педагогикаси ва педагогика тарихи фанларига нисбатан эътиборни кучайтириш билан бевосита боғлиқдир. Рўй-рост айтиш лозимки, шу кунга қадар ўзбек педагогикаси тарихи бўйича алоҳида ўқув қўлланмаси чоп этилмаган эди. Мазкур «Педагогика тарихи» китоби мустақиллик мафкураси, маънавияти ва тарбияси талабларига жавоб берувчи илк ўқув қўлланмасидир.
-
Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati
Mazkur qo`llanma keng kitobxonlar orasiga mo`ljallangan.
-
Амалий физика
Ушбу дарсликда умумий физика курсининг "Механика ва молекуляр физика" бўлимига доир материаллар "Тажриба-назария-амалиёт" кетма-кетлигида баён этилган.
-
Tuproq melioratsiyasining regional muammolari
Qo'llanmada Tuproq melioratsiyasining regional muammolari O'zbekistonning sug'oriladigan tuproqlari va ularning meliorativ holati, yoritib berilgan
-
Физика курси
Қўлланма мухандислик техника олийгоҳлари талабалари учун мўлжалланган бўлиб, у педагогика олийгоҳлари талабалари ҳамда ўқитувчилар учун хам қимматли манба бўлади деган фикрдамиз.
-
Traktorlar va qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanish, texnik servis
O‘quv qo‘llanma 5430100-qishloq xo‘jaligini mexanizatsialashtirish bakalavr ta‘lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanma Oliy ta‘limning Davlat ta‘lim standarti, o‘quv reja va fanning namunaviy hamda ishchi dasturlariga mos ishlab chiqilgan. Mashina traktor agregatlaridan foydalanishning nazariy asoslari, ularning tarkibini asoslas, tuzishh, ish rejimlarini tanlash, rostlash, dalani ishga tayyorlash va zagonlarda ishlash, harakatlanish usullarini asoslash hamda agregatlarning ishini baholashning asosiy me'zonlari bayon qilingan. Mashinalarga texnik xizmat ko'rsatish va diagnostikalash, tashqi belgilar bilan nosozliklarni aniqlash, texnik xizmatni tashkil etish asoslari masalalariga ham bag'ishlangan.
-
Fitopatologiya fanidan labaratoriya mashgulotlari
Ushbu laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha qo’llanma “Fitopatologiya” fani bo’yicha o’tiladigan laboratoriya mashg’ulotlarning mavzusi, uni o’tkazish uchun dastur, material va jihozlar, topshiriqlarning qisqacha mazmuni, topshiriqlarni bajarish usuli va tartibi hamda olingan natijalarni muhokama qilish bo’yicha tushuncha berilgan.