-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Qurilish. Arxitektura
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
BIZNES MATEMATIKA
Ushbu o‘quv qo'llanma matematik dasturlash va moliyaviy matematika fanlariga asoslangan. Matematik dasturlash - bu matematikaning bir sohasi bo'lib, bunda noma’lumlarga ma’lum bir shartlar qo‘yilganda berilgan funksiyaning ekstremal qiymatini aniqlashdan iborat. Moliyaviy matematika bo'limida esa moliyaviy hisoblar asosida juda ko‘p masalalar yechilib, mustaqil yechish uchun yetarlicha masalalar keltirilgan.
-
Маркетинг: бошқарувнинг бозор концепсияси
Ушбу ўқув қўлланмада маркетингни замонавий концепсияси келтирилган.Маркетинг фаолиятини ташкил қилувчилар ва бозорга таъсир этувчи дастаклар (воситалар) мукаммал кўриб чиқилган.
-
Геометрия
Ўқув қўлланмада геометрия курсининг асосий бўлимлари баён этилган. Назарий материални мустаҳкамлаш ва ривожлантиришга ёрдам берадиган кўплаб масала ва машқлар, шунингдек, амалий масалалар ҳам келтирилган.
-
BETON QORISHMALARI
Ushbu qo'llanmada dunyo va amaliyotda beton va qorishmalarda qo'llaniladigan har xil qo'shimchalarni ishlatilishi keltirilgan, hamda ularni tayyorlash texnologiyasi va gidratlanish mexanizimiga ta'siri batafsil yoritilgan.
-
Jamoa qo`shiqchiligi va amaliyoti
Ushbu o`quv qo`llanma bo`lajak musiqa o`qituvchilarini rahbar sifatida amaliyotga tayyorlash maqsadida yaratildi. Unda muallif o`zining ko`p yillik tajribalariga tayangan holda, zamon talablaridan kelib chiqib ilmiy asoslangan tavsiyalar berishga harakat qildi. O`quv qo`llanmada bo`lajal mutaxassis uchun zarur bo`ladigan asosiy bilim, malaka va ko`nikmalar haqida so`z yuritiladi.
-
BETON TEXNOLOGIYASI
O`quv qo`llanmada beton va temir-beton buyumlarni tayyorlashda ishlatiladigan beton turlari va xususiyatlari, beton qorishmasini tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar, ularning sifati, tarkibini hisoblash, beton qorishiasining xossalari va ularga ta`sir еtuvchi omillar batafsil tahlil qilingan. Beton strukturasi va uning asosiy xossalarini beton va temir-beton buyumlari xususiyatlariga ta`siri haqida ma`lumotlar berilgan.
-
Bozor infratuzilmasi nazariyasi
O`quv qo`llanma infratuzilma, shu jumladan, bozor infratuzilmasini tadqiq etishga qaratilgan. O`quv qo`llanmada infratuzilmalarning turli jihatlarini ochib berish bilan birga, ushbu sohada O`zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning umumiy jihatlarini yoritishga alohida e`tibor qaratilgan. Qo`llanmada bozor infratuzilmasining turlari, vazifalari, tamoyillari va turkumlanishiga alohida yondashuvlar keltirilgan.
-
Qurilish konstruksiyalari
Oʻquv qoʻllanmada qurilish amaliyotida keng tarqalgan yuk koʻtaruvchi qurilish konstruksiyalarini hisoblash asoslari koʻrsatilgan. Mazkur oʻquv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan 5340300 – Shaxar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish, 5320100 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish), 5340500 – Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish, 5340400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari boʻyicha), 5341200 – Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi, 5340900 – Qiymat injeneringi va koʻchmas mulk ekspertizasi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari talabalari uchun moʻljallangan. Shuningdek, ushbu qoʻllanmadan 340000 – Arxitektura va qurilish ta’lim sohasining boshqa yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar va qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
-
Dasturiy loyihalarni boshqarish
Loyiha konsepsiyalari va loyiha boshqaruvi o‘zgarishlarni boshqarish zarurati bilan bog'liq. Loyiha boshqarish turli darajadagi menejerlarning kundalik faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Ko‘plab menejerlar yirik loyihalar bilan rasmiylashtirilgan loyihalarni boshqarish usullaridan foydalanish zarurligini shubha ostiga qo‘yadilar. Biroq, ommaviy ishlab chiqarishga qaratilgan tashkilotlarda ham loyihalarni amalga oshirilishi faoliyatning muhim qismidir.
-
-
Gruntshunoslik
Ushbu o`quv qo`llanmada dispers va boshqa gruntlarning o`rganilganligi, hosil bo`lish qonuniyatlari, tarqalganligi, struktura va teksturalari, ularni o`rganish usullari, gruntlarning fizik, fizik-kimyo, maxanik xossalari yoritilgan. O`quv qo`llanmadan muhandislik qurilishi va qishloq xo`jaligi sohasidagi oliy o`quv yurtlari talabalari, shu sohada tekshirish-izlanish olib boruvchi mutaxassislar foydalanishlari mumkin.
-
ARXITEKTURAVIY KOMPOZITSIYA TARIXI VA USULLARI
Qo'llanmada O'rta Osiyoning o'tmishdagi ta'lim-tarbiya, ilm-fan mas- kanlari, diniy imoratlar, davolash va shifobaxsh-gigienik muassasalar, savdo inshootlari va bozorlar tarixi, ularning me'morchiligi, to'liq va yaxlit tipologiyasi bayon etilgan. Mazkur yodgorliklarning qadimiy ko'rinishlaridan tortib, to ularning O'rta Osiyoda sobiq sho'ro hukumati joriy etilgunicha va nihoyat mustaqillik yillarida qaytadan shakllanib ta'mirlangan yodgorliklarga doir materiallar umumlashtirilib, ilmiy tahlil qilingan. Qo'llanmada yodgorliklarni loyihalashdagi umumiy me'moriy qoidalar, me'moriy uyg'unlik va handasaviy mutanosiblik qonuniyatlariga ham e'tibor qaratilgan.
-
ARXITEKTURA VА SHAHARSOZLIK АSOSLARI
“Arxitektura va shaharsozlik asoslari” fani oliy o‘quv yurtlarining me’morchilik–qurilish va texnika sohasi bo‘yicha mustaqil tartibdagi umumta’lim dasturiga kiradi va me’morchilikning qisqa tarixini, shaharsozlikni, binolarni loyihalash asoslarini, ularning konstruktiv sxemalarini, elementlarini va asosiy xajmiy–rejaviy yechimlarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi
-
Стратегический маркетинг. Европейская перспектива
Известный европейский маркетолог, профессор Ж.Ж. Ламбеа. предлагает наиболее полное и систематическое изложение фундаментальных принципов маркетинга в тесной взаимосвязи с общей стратегией развития фирмы. Особое внимание уделено задаче эффективного сочетания стратегии и тактики маркетинга. Впервые на русском языке излагается научно обоснованный подход к изучению потребностей и поведенческой реакции покупателей товаров потребительского и промышленного спроса. В числе основных разделов, представляющих несомненный интерес для предпринимателей, руководителей верхнего и среднего звена, маркетологов и аналитиков, можно отметить: анализ привлекательности рынка и конкурентоспособности фирмы, развитие путем выпуска новых товаров, стратегические решения по каналам сбыта, ценообразованию и коммуникации, стратегический маркетинг торговых фирм и международный маркетинг. Текст книги специально переработан для российского читателя и снабжен примерами, характерными для российского рынка на современном этапе.
-
Практикум по методике преподавания химии.
Учебное пособие написано в соответствии с программой педагогических институтов. В книге приводится описание школьного химического кабинета с учетом современного оборудования методики химического эксперимента.
-
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
Ushbu о`quv qo`llanmada meva-sabzavotlar, don va don mahsulotlari hamda texnik ekinlar, umuman olganda qishloq xojaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi bo`yicha amaliy va laboratoriya mashg ‘ulotlari uchun zarur bo'lgan asosiy ma`lumotlar yoritib berilgan.