-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
-
-
-
-
Maktabgacha pedagogika
Mazkur darslik Maktabgacha pedagogika o‘quv fan dasturi asosida yozilgan bo‘lib, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish mazmuni va uslubikasiga doir masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan. Shuningdek, darslikdan maktabgacha ta’lim muassasasi menejmenti, mudira va uslubchi faoliyati, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab va oila hamkorligiga oid masalalar ham o‘rin olgan. Darslikdan pedagogika oliy ta’lim muassasalarining maktabgacha ta’lim va pedagogika-psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida asosiy o‘quv adabiyoti sifatida foydalanish tavsiya etiladi.
-
Landeskunde
Das vorliegende Lehrwerk Landeskunde ist in erster Linie für Studenten der deutschen Fakultäten gedacht, aber es kann auch von anderen Deutschlernenden benutzt werden. Das Lehrwerk umfasst sechs Hauptthemen und dazu Unterthemen zu Deutschland, Österreich, Liechtenstein, der Schweiz und Usbekistan, wobei neben geographischen Fakten auch Geschichte, Wirtschaft, Bildungssysteme und Kultur behandelt werden. Damit die Lernenden kreativ und selbständig arbeiten können, sind Aufgaben und Fragen gegeben. Die Texte beginnen mit einem Plan und Stichwörtern. Zum Schluss jedes Themas sind Worterläuterungen angeboten.
-
Landeskunde Deutschland
Dieses Lehrbuch bietet einen umfassenden Überblick über die Bundesrepublik Deutschland und behandelt zentrale Themen aus Politik, Wirtschaft, Gesellschaft und Kultur. Es ist speziell für Lernende konzipiert, die ihre Sprachkenntnisse auf dem Niveau B2 bis C2 festigen und erweitern möchten. Die aktualisierte Fassung von 2017 vermittelt fundiertes Wissen über die geographische Lage, die Bevölkerung, das politische System, soziale Strukturen sowie historische und wirtschaftliche Zusammenhänge Deutschlands in Europa.
-
Kvant mexanikasi
Mazkur darslik "Nazariy fizika kursi" darsliklar majmuasining III jildi bo‘lib, asosan norelyativistik kvant mexanikasiga bag‘ishlangan. Darslikda kvant mexanikasining asosiy g‘oyalari, matematik apparati, bir o‘lchamli va markaziy maydonlardagi harakatlar, g‘alayonlanish va sochilish nazariyalari, spin va atomlar nazariyalari keltirilgan. Mavzularni tanlash va ularni bayon qilishda Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Yadro va nazariy fizika” kafedrasida ishlab chiqilgan namunaviy o‘quv dasturaga amal qilingan. Darslikda fizikaning zamonaviy yutuqlari o‘z aksini topgan. Har bir bobning masalalari va ularning yechimlari keltirilgan. Darslik oliy ta’lim muassasalari fizika, astronomiya va texnika ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan magistratura talabalari va yosh tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati
Mazkur darslikda «Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati» fanining nazariy, uslubiy va amaliy masalalari bayon qilingan bo'lib, u O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv dasturi talablariga muvofiq tayyorlangan va qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatini tahlil qilish hamda nazorat etish bo'yicha zaruriy ko'nikmalarni berishga mo'ljallangan.
-
Kontext B2: Deutsch als Fremdsprache - Kursbuch
Kontext B2 ist ein modernes Lehrwerk für Deutsch als Fremdsprache, das Lernende gezielt auf das Niveau B2 vorbereitet. Das Kursbuch bietet eine Vielzahl an abwechslungsreichen Inhalten, die verschiedene kommunikative Situationen aus Alltag und Beruf abdecken. Durch einen klaren Kapitelaufbau, integrierte Grammatikvermittlung, authentische Lesetexte und abwechslungsreiche Übungen werden die vier Fertigkeiten Lesen, Hören, Sprechen und Schreiben systematisch trainiert. Zudem umfasst das Material zahlreiche digitale Zusatzangebote wie Audios und Videos, die bequem über die Klett-Augmented-App abgerufen werden können, um den Lernerfolg zu maximieren.
-
Kontext: Deutsch als Fremdsprache B2
Kontext B2 ist ein modernes Lehrwerk für Deutsch als Fremdsprache, das Lernende gezielt auf das Niveau B2 vorbereitet. Das Kursbuch bietet eine klare Struktur mit motivierenden Einstiegsseiten, abwechslungsreichen Modulen zu verschiedenen Themenbereichen des Alltags und Berufslebens sowie eine systematische Grammatik- und Redemittelvermittlung. Mit zahlreichen Audio- und Videomaterialien, interaktiven Übungen auf der Lernplattform allango sowie gezielten Vorbereitungen auf Prüfungen wie das Goethe-Zertifikat B2 oder telc Deutsch B2 unterstützt das Werk den Lernprozess optimal und fördert die kommunikative Kompetenz in Wort und Schrift.
-
Kontext B1+ Deutsch als Fremdsprache Kursbuch
Kontext B1+ Deutsch als Fremdsprache ist ein modernes Lehrwerk, das Lernende auf dem Weg zum B1+ Niveau begleitet und dabei gezielt Fertigkeiten wie Lesen, Hören, Sprechen und Schreiben fördert. Durch abwechslungsreiche Themen, authentische Texte, landeskundliche Porträts sowie eine klare Grammatikübersicht bietet das Buch eine strukturierte Lernumgebung für den Alltag und Beruf. Dank der integrierten Audios, Videos und Online-Übungen wird ein interaktiver und abwechslungsreicher Unterricht unterstützt.
-
Konstitutsiyaviy huquq
Mazkur darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta’lim standartlari asosida yaratilgan bo'lib, unda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi va 2023-yil 30-aprel kuni o'tkazilgan referendum natijasida qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan barcha o'zgartirish va qo'shimchalar e’tiborga olingan.
-
Konstitutsiyaviy huquq
Ushbu darslik oliy yuridik o‘quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta’lim standartlari asosida yaratilgan bo‘lib, konstitutsiyaviy huquq fanining nazariy va amaliy asoslarini qamrab oladi. Kitobda konstitutsiyaviy tuzum asoslari, shaxsning huquqiy holati, davlat tuzilishi va hokimiyatni tashkil etish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq yoritilgan. Darslik yuridik yo‘nalishdagi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar va huquq normalarini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi.
-
Kompyuterli va raqamli texnologiyalar
O'quv qo'llanmada raqamli texnologiyada qo'llaniladigan sonlar tizimi, razryad og'irligi, raqamli texnikaning asosiy mantiqiy elementlari va ularning kombinatsiyalari, ular asosida sxemalar yig'ish va ularni soddalashtirish usullari va boshqa elementlari keltirilgan. Kompyuter texnologiyasi bo'yicha ularning tuzilishi va elementlarining asosiy vazifalari, axborot texnologiyasi va tizimlari haqida, yo'nalishning andozaviy-dasturiy vositalari hamda elektromexanik tizimlarni avtomatik boshqarish tizimlarini hisoblash va tadqiqot qilish uchun sonli metodlar hamda maxsus dasturlar majmuasi usullari ko'rib chiqilgan.
-
Kompyuter lingvistikasi
Mazkur darslik bakalavriat bosqichi talabalari, magistrantlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda o‘qituvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda kompyuter lingvistikasi yo‘nalishining mohiyati, asosiy masalalari yoritilgan, shuningdek, fanga oid terminlar va tayanch tushunchalar izohi keltirilgan.
-
Kompyuter grafikasi
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining 5130200 – “Amaliy matematika va informatika” bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Darslikda raqamli tasvirlarni kompyuter xotirasiga kiritish, qayta ishlash hamda saqlash bilan bog‘liq algoritm va metodlar keltirilgan. Shuning bilan birga darslikda rastrli, vektorli, fraktal hamda uch o‘lchovli grafikaning asosiy tushunchalari keltirilgan bo‘lib, jumladan, grafik dizayn, CorelDraw vektor grafikasi, PhotoShop rastr grafikasi dasturida ishlash asoslari, 3D Maxda animatsiyalar yaratish hamda Adobe Flash dasturiga doir amaliy topshiriqlar yoritib berilgan.
-
Информационные технологии в искусстве
Данное учебное пособие предназначено для студентов 2 курса бакалавриата всех направлений Государственного института искусств и культуры Узбекистана, обучающихся по очной и заочной формам обучения.
-
Kasb mahorati
Ushbu darslik "Ovqat tayyorlash texnologiyasi" yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, kasbiy mahoratni oshirish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifat ko'rsatkichlarini aniqlash, texnologik jarayonlarni ilmiy asosda o'rganish hamda taomlarga estetik va sifat jihatdan ishlov berish san'atini qamrab oladi. Darslikda mustaqil ishlar, interfaol metodlar, taomlar va salatlar assortimentini kengaytirish, yangi mahsulot turlarini yaratish va ularni reklama qilish bo'yicha nazariy hamda amaliy tavsiyalar keltirilgan.
-
Kartashunoslik
Ushbu darslik oliy ta'lim muassasalarining 5311500 — «Geodeziya, kartografiya va kadastr» yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalariga mo'ljallangan bo'lib, unda kartografiya va geografik kartalar, kartalarning matematik asos, kartografik belgilar va kartografik tasvirlash usullari, kartografik generalizatsiya hamda uning mohiyati va omillari, generalizatsiya turlari, shuningdek geografik karta va atlaslarning ta'rifi, tasnifi, turlari, tiplari, ularni loyihalash va tuzish, bunda zarur bo'lgan manbalar, tuzilgan kartalardan foydalanish, ular orqali geografik tadqiqotlar olib borish, kartografiyaning geoinformatika hamda telekommunikatsiya tarmoqlari bilan aloqalari bayon qilingan. Darslikda kartografiyaning rivojlanish tarixi atroflicha ko'rib chiqilgan.