-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI
Mashinasozlik texnologiyasi (maxsus kurs)» fanining asosiy g'oyasi mashina detallarini tayyorlash va mashinalarni yig'ishda texnologik jarayonlarni ishlab chiqishni bilishdan iborat. Ushbu darslikda detallarning tashqi, ichki, rezbali, tekis, shakldor, tishli sirtlariga mexanik ishlov berish usullari, ishlov berishda qo'llaniladigan dastgohlar va kesuvchi asboblar to'g'risidagi ma'lumotlar keng yoritilgan. Bundan tashqari mashina va mexanizmlarning detallaridan metall kesish dastgohlarining staninalari, shpindellari, korpus detallari, pog'onali hamda tirsakli vallar, shatunlar, porshenlar va tishli g'ildiraklar kabi detallarga mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini ishlab chiqish masalalariga keng o'rin berilgan. Shuningdek, mashinalar va ularning tipaviy birikmalarini yig'ish. yig'ish jarayonlarini tashkil qilish to'g'risidagi ma'lumotlar bayon etilgan.
-
MASHINASOZLIK CHIZMACHILIGIDAN MA'LUMOTNOMA
Ushbu o'quv qo'llanmada chizmalarni taxt qilish uchun zarur ma'lumotlar, geometrik yasashlar, tasvirlar yasash, ko'rinishlar, qirqım-kesimlar, tishli uzatmalar, rezba parametrlari, ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar, prokatlangan po'lat profillari, shuningdek, chizmalarni bajarishda qo'llaniladigan turli soddalashtirishlar va shartli belgilashlar keltirilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtlarining talabalariga mo'ljallangan bo'lsada, undan maxsus o'rta o'quv yurtlarining talabalari, turli sohalarning muhandislari ham foydalanishlari mumkin.
-
MAKETLASHTIRISH
«Maketlashtirish fanidan ilk bor yaratilayotgan ushbu o'quv qo'llanmada kitobning paydo bo'lish tarixidan hozirgi eng rivojlangan kitob dizayni va maketini tayyorlashgacha bo'lgan jarayon bosqichma-bosqich ilmiy va amaliy mashg'ulotlar orqali batafsil ochib berilgan. Kitobning ichki va tashqi elementlari kitob grafikasi qonun-qoidalariga asoslanib tuzilgan. Mazkur o'quv qo'llanma grafik rassom va talabalarga o'z mutaxassisligini mukammal egallashda juda foydalidir. Qo'llanma kitob nashriga aloqador talaba va o'qituvchilarga foydalanish uchun tavsiya etiladi.
-
-
-
YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
O'quv qo'llanma 5640100- "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" ta'lim yo'nalishi bo 'yicha tayyorlanadigan bakalavrlar "Yong'in xavfsizligini ta'minlash" fanidan nazariy, amaliy va kurs ishini hamda shu yo'nalish bo'yicha yong'in xavfsizligini ta'minlashga asoslangan bitiruv malakaviy ishini bajarishlari uchun mo'ljallangan, shuningdek kasb-hunar kollejlarida suv ta'minoti fanini o'qiydigan talabalar ham undan suv tarmoqlari bo'yicha kurs ishlarini bajarishda foydalanishlari mumkin.
-
-
Общая педогогика
В учебном пособии рассматриваются как общие основы педагогики так и вопросы связанные непосредственно с педагогикой начальной школы: возрастными особенностями детей принципами и правилами обучения младших школьников видами и формами обучения и воспитания задачами стоящими перед учетелем начальной школы; в обобщенном виде излагается материал по вопросам научной организации деятельности преподавателя проектирования разработки и применения им современных технологий обучения реализации в учебном процессе различных дидактических методов форм и средств.
-
-
-
Болалар нутқидаги нуқсонлар ва уларни бартараф этиш усуллари
Мазкур қўлланмада болаларда учрайдиган нутқ нуқсонларини аниқлаш ва уларни бартараф этишга доир коррекцион-логопедик иш тизимини олиб бориш юзасидан зарур маслахат ва кўрсатмалар берилган.
-
Sanoat korxonalari va fuqarolik binolarining elektr jihozlari
Elektr zanjirlarni himoyalovchi kommutatsiya apparatlari
-
КЎП ҚАВАТЛИ САНОАТ БИНОЛАРИНИ ЗИЛЗИЛАВИЙ ХУДУДЛАРДА ЛОЙИХАЛАШ АСOCЛАРИ
Қўув қўлланмада Узбекистон зилзн.1авнЙ ~D.удларнда зилзилабардош КУП к,аватли саноат биноларн l\YРИЛИШИ тартнб ва I!\оидаларн кенг еритнлган. Етарли даражa.u ишончлилик ва самарадорликни таъминловчи иис 20. иие - 04 ва COlI,3Jlap аро !\улланиладнган '.О2О.1·2С сернялар бхйнча БИНО.lар ЛОЙНJ\З ечимларн курнб ЧИ~1ган.
-
METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH ASOSLARI
O'quv qo'llanma metrologiya va standartlashtirish asoslarini o'z ichiga olgan bo'lib, unda asosiy tushunchalar talab darajasida yoritilgan. Mazkur qo'llanmada harorat, bosim, sarf singari kattaliklarni o'lchash va o'lchov vositalari, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.
-
QURILISH JARAYONLARI TEXNOLOGIYASI
O'quv qo'llanmada yer, tosh-g'isht, beton, montaj, tom, issiqni himoyalash va namdan himoyalanish, zanglashga qarshi va pardozlash qurilish ishlarini bajarishdagi texnologik jarayonlar tarkibi va vositalar haqida ma'lumot hamda holatlar keltirilgan. O'quv qo'llanma Bino va inshootlarni qurish yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan.
-
UMUMIY PSIXOLOGIYA
Umumiy psixologiyasi nomli o`quv qo`llanmada shaxsdagi psixologik holatlar, xususiyatlar, jarayonlar haqidagi nazariy bilimlar berilgan. Mazkur o`quv qo`llanmada umumiy psixologiyaga kirish, nutq, faoliyat, shaxs, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodaviy, motivatsion sohasi, shaxsning individual psixologik xususiyatlari haqidagi ma`lumotlar keltirilgan. Shuningdek, o`quv qo`llanmada shaxs to‘g‘risida tushuncha, uning tuzilmasi, nazariyalari, asosiy metodlari, shaxs ehtiyojlari, motivatsiyasi, qiziqishi, emotsiyasi (hissiyoti), xarakteri, irodasi, qobiliyati, temperamenti, bilish jarayonlari hamda ularning jahon psixologiyasi fanida o‘rganilishi masalalari o‘z ifodasini topgan. Ushbu o`quv qo`llanma oliy o‘quv yurtlarining 5112200 – maktabgacha va boshlang`ich ta`limda xorijiy til (tillar bo`yicha) ta`lim yo`nalishi talabalari, magistrlar, o'qituvchilar, mustaqil izlanuvchi-tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.