-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
Texnika va amaliy fanlar
-
Texnika va amaliy fanlar
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
Oila psixologiyasi fanidan o`quv-uslubiy majmua
Ma`lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o`zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlari ham, ayniqsa, shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo`lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o`ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari va vositalarining taraqqiyoti, qishloq xo`jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman, halq xo`jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo`lgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o`ziga xos yangicha talablar qo`ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o`zlarida ro`y berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziologik va boshqa o`zgarishlar o`zaro muloqot munosabatlari doirasining ma`lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda o`tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikning ma`lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo`riqishlarning yuzaga kelishiga asos bo`lmoqda. Bularning ta`siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda ham o`z ifodasini topadi.
-
“Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanidan o’quv –uslubiy majmua
“CHizma geometriya va muhandislik grafikasi” fani “bino va inshootlari qurilishi” ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga asosan 1- va 2-semetrlarda mos ravishda 90 va 36 auditoriya soatlarda o’qitiladi. 1-semestrda CHizma geometriya asoslari, proektsiyalash usullari, chizmani qayta tuzish, sirtlar, egri chiziqlar, son belgili proektsiyalar, perspektiva va ortogonal proektsiyalarda soyalar mavzulari qamrab olingan CHizma geometriyani o’qish davrida talaba chizmalarni nazariy asoslarini proektsiyalash usullarini, ularni bir –biridan farqli tomonlarini va jismning fazodagi holatini chizmada aks ettirish ko’nikma va malakaga ko’nikmalariga ega bo’ladi.
-
Kasb - hunarga yo’naltirish fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua
Kasbga yo'naltirish ishlari politexnik ta’lim, texnologik ta’limi va tarbiyasi bilan uzviy aloqadorlikda olib borildi. 1930-yillarning boshlarida Kasbiy maslahat va kasbga yo'naltirish markaziy laboratoriyasi faol tashkiliy ishlarni olib bordi, 1932-yilga kelib bu turdagi byurolar soni 54 taga yetkazildi. Biroq bu davrdagi kasbga yo'naltirish ishlari taraqqiyotiga o'quvchilar texnologik ta’limiga bo'lgan e’tiborni susayib borishi salbiy ta’sir ko'rsatdi. Texnologik ta’limining bekor qilinishi kasbga yo'naltirish ishlarining to'xtab qolishiga olib keldi. 1950-villarning boshlarida kasbga yo'naltirishga bo'lgan e’tibor yana kuchaya boshladi va m a’lum darajadagi tashkiliy-uslubiy yondashuv yuzaga keldi. Shundan keyingi davrlarda o'quvchilarning qiziqishlari va xalq xo'jaligi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan kasbga yo'naltirish ishlari besh yillik rejalar asosida tashkillashtirib borildi. O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgan yildan boshlab ta’lim tizimida tub o'zgarishlar ro'y bermoqda. «Ta’lim to'g'risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi natijasida xalq xo'jaligini malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash tizimi yaratilmoqda.
-
Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari fanidan o’quv-uslubiy majmua
Yengil sanoat korxonalarida kiyimlarni loyihalashning birinchi avtomatlashtirilgan tizimlari, xususan, andozalarni ko‘paytirishni va ular joylashmasini avtomatlashtirilgan usulda bajarish tizimlari 1980 yillarning o‘rtalarida paydo bo‘ldi. Bu «Gerber» (AQSh), «Lektra» (Fransiya), «Investronika» (Ispaniya) kabi juda qimmat bo‘lgan chet el firmalarining avtomatlashtirilgan sistemalari edi. Kompyuter texnologiyalarini o‘zlashtirgan korxonalar ularning afzalliklarini tez angladilar va an’anaviy usullarga qaytishlari mumkin bo‘lmay koldi. Ba’zi vaqtlarda mahalliy (MDH) davlatlarining avtomatlashtirilgan tizimlarida kerakli kompyuter va hisoblash texnikalarining yo‘qligi sabab, chet el tizimlari bilan raqobatlasha olmadilar. Hozirda zamonaviy kompyuterlar va uskunalarga ega bo‘lish orqali kiyimlarni loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimlari yanada rivojlanmoqda. Boshqa sohalar faoliyati kabi, kiyimlarni loyihalashning avtomatik tizimlarining maqsadi- loyihalashning ijodiy jarayonini inson zimmasida qoldirib, uning texnik qismlarini tez va sifatli bajarishdir. Kiyimlarni loyihalash bu- faqatgina konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish bilan emas, balki avtomatlashtirishning maksimal samarasiga sistemali yondashuv nuqtai nazaridan erishish mumkin bo‘lgan rejalashtirish, loyihalash, ishlab chiqish va sotish tizimlari birligidir.
-
Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan o’quv-uslubiy majmua
Metrologiya, moddalarning xossalari va fizik xodisalar, materiallar va texnologik jarayonlar xarakteristikasi to’g’risida ob’ektiv miqdoriy informatsiyalar olish metodi va vositalari majmuidan iborat. O’zbekistonda metrologiyaning rivojlanish darajasi umumiy ilmiy-texnika taraqqiyati bilan bog’liq va u xalq xo’jaligining hamma soxalarida ishlab chiqarishning yanada rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Boshqariladigan atom reaktorlari va raketalarni yaratish, kosmik uchishlarni amalga oshirish kabi murakkab muammolarni faqat hozirgi zamon metrologiyasining o’lchash metodi va vositalari asosida yechish mumkin bo’ldi. Hozirgi vaqtda o’lchash katta ahamiyatga ega bo’lmagan biror bilim sohasi topilmaydi.
-
“Materialshunoslik asoslari” fanidan o’quv–uslubiy majmua
Fan va texnika taraqiyoti munosabati bilan sanoatning barcha tarmoqlari, ayniqsa, og’ir sanoat va mashinasozlik sanoati rivojlanib bormoqda. Sanoatning rivojlanishi arzon, puxta ishlatilishi qulay bo’lgan materiallarni topish, materiallarning xossalarini bilgan xolda ularni zaruriy yo’nalishda o’zgartirish texnologiyasini ishlab chiqishni taqozo etadi. Bu vazifalarni hal etish uchun texnika oliy o’quv yurtlarida talabalarga «Materialshunoslik va KMT» fanini puxta o’rgatish ularning «Materialshunoslik va KMT» fanidan chuqur va atroflicha bilim olishlarini ta’minlash zarur. Insonlar o’z faoliyatida moddalarni ishlab chiqarish maxsuloti deb qaraydilar. Moddalar aslida esa materiyaning ma’lum bir barqaror massasiga ega bo’lgan bo’lagidir. Ana shunday moddiy texnikada «Material» deb atash qabul qilingan. Demak materiallar mexnat jarayonining maxsuli bo’lib, unda insoniyat o’z talablarini qondiradigan buyumlar tayyorlaydilar. Materialning texnikaga yaroqliligi uning tuzilishiga bog’liqdir. Materialning tuzilishi deganda, uning bir butunligini ta’minlovchi ichki va tashqi ta’sirlarga faol qarshilik ko’rsatuvchi ichki bog’lanishlar tushuniladi. Ichki bog’lanishlar o’zgarsa materialni xossalari xam o’zgaradi.
-
Glaukoma(ko'k suw) keselliginin' klinikasi,tekseriw usillari,emlew ha'm aldin aliw ilajlari.
Qollanbada glaukoma keselliginin' tu'rleri,klinik belgileri olardi tekseriw usillari,emlew usillari ha'm aldin aliw ilajlari ken' ha'm aniq etip jazilg'an.
-
Bu'yrek jetispewshiligi patofiziologiyasi.
Qollanbada bu'rekler patofiiologiyasi boyinsha tiykarg'i sorawlar aship berilgen.
-
MOBIL ILOVALARNI ISHLAB CHIQISH
Таrix g’ildiraklari o’zi bilan kecha, bugun, ertaga tushunchalari va ularning mazmun-mohiyatini jamlab, ilgari aylanib boraveradi.
-
“DASTURLASH ASOSLARI”
Berilganlar massivi tushunchasi: Xotirada ketma-ket (regular) joylashgan bir xil turdagi qiymatlarga massiv deyiladi. Odatda massivlarga zarurat, katta hajmdagi, lekin cheklangan miqdordagi va tartiblangan qiymatlarni qayta ishlash bilan bog’liq masalalarni yechishda yuzaga keladi.
-
“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI”
Ta’lim tizimini modernizatsiya qilish bugungi kunda jamiyatning innovatsion rivojlanish salohiyati sifatida qaralib, ta’limni rivojlantirishning yangi kontseptual yondashuvlarini amalga oshirishga asos bo’lmoqda.
-
Ma'lumotlar bazasi
Keng ma’noda Ma’lumotlar bazasi(MB) deganda real dunyoning konkret ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to’plamini tushirish mumkin.
-
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Mаzkur o‘quv-uslubiy mаjmuа Oliy ta’lim ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2025-yil ____-avgustdagi ____-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan o‘quv dаstur аsоsidа tаyyorlаndi.
-
San'at sohasida axborot texnologiyalar
Mazkur о‘quv uslubiy majmua “San’at sohasida axborot texnologiyalari” fanidan Rangtasvir (dastgoxli), Amaliy san’at (me’moriy yodgorliklar bezagi) yо‘nalishlari uchun mо‘ljallangan.
-
CHIZMATASVIR
“Chizmatasvir” fani to‘g‘risidagi ilmiy, nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirish. Davr bilan, ijtimoiy hayot bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi tub o‘zgarishlar, ilm-fanning intensiv rivojlanishi, ta’lim modernizatsiyasi, yangi didaktik imkoniyatlar, insonparvarlashtirish shubhasiz ta’lim maqsadini ham tubdan o‘zgartirdi.
-
Ma'lumotlar bazasi
Keng ma’noda Ma’lumotlar bazasi(MB) deganda real dunyoning konkret ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to’plamini tushirish mumkin. Lekin ma’lumotlar xajmi oshib borishi bilan bu masalalarni xal etish murakkablashadi.