-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
UMUMIY PEDAGOGIKA
Mazkur o‘quv qo‘llanma umumiy pedagogika fani mazmuniga bag‘ishlangan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarining umumiy pedagogika dasturida ko‘zda tutilgan talablar asosida tuzilgan. Kitobda jahon pedagogika fanlari sohasida qo‘lga kiritilgan so‘nggi ilmiy-nazariy ma’lumotlar, ilmiy izlanishlar, xorij pedagog olimlarining qarashlari va nazariyalaridan milliy mentalitetimizga moslashtirilgan holda foydalanilgan. O‘quv qo‘llanmada umumiy pedagogika fanining mazmun-mohiyati, pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari, didaktika-ta’lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi, tarbiya jarayonlari, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi, uzluksiz ta’lim tuzilishi, ta’lim tizimidagi modernizatsiya jarayonlari, ta’lim tizimi menejmenti, boshqaruv organlari huquq va vakolatlari, rahbar shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar, kompetensiya, kompetentlik, pedagogik kompetensiya, pedagogik mahorat, pedagogik diagnostika va korreksion pedagogika asoslari, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchilar, ta’lim usullari, shakllari, vositalari, pedagogik jarayon ishtirokchilari, dars, dars turlari va darslarni to‘g‘ri tashkillashtirish qonun-qoidalari va qonuniyatlari, elektron pedagogika asoslari kabi masalalar o‘z ifodasini topgan.
-
Umgang mit Sachtexten: deutsch.training 7–10
Dieses Arbeitsheft für die Klassen 7–10 vermittelt grundlegende Strategien und Techniken zum Umgang mit Sachtexten. Die Schüler lernen, wie sie verschiedene Arten von Sachtexten unterscheiden, Informationen aus Texten, Bildern, Statistiken und Diagrammen erschließen sowie diese systematisch auswerten können. Zudem bietet das Werk eine Materialsammlung und Hilfestellungen zur kritischen Analyse, zum Kommentieren und zum effizienten Arbeiten mit verschiedenen Informationsquellen.
-
Turizm va uni o‘qitish metodikasi
Mazkur o‘quv qo‘llanma turizm sohasida bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning turistik salohiyati, tarixiy va madaniy merosi, xalqaro sayohatlar hamda piyoda yurish sayohatlarini tashkil etish metodikasi yoritilgan. Qo‘llanma jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari, talabalar hamda turizm sohasidagi xodimlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llashga ko‘maklashadi.
-
Translation of terminology
The textbook is designed for students majoring in Translation Theory and Practice and Translation Services, providing a comprehensive approach to working with terminology in various fields, including art, culture, medicine, economy, management, and law. It covers both written and consecutive/simultaneous translation techniques, offering exercises, texts, and glossaries for each unit to enhance vocabulary and professional translation skills. The book also provides cultural context regarding the UK, USA, and Uzbekistan to bridge language and subject-matter knowledge gaps, preparing students for professional translation tasks.
-
Topologiyaga kirish. Funktorlar. O'lchamlar. Chiziqlar
Mazkur qo'llanma topologiya fani bo'yicha 'Matematika', 'Matematika informatika' hamda 'Matematika o'qitish metodikasi' yo'nalishlari talabalari uchun o'zbek tilida ilk bor yozilgan qo'llanmadir. Ushbu qo'llanmaga topologiyaning fizikaga ba'zi tatbiqlari ham kiritilgan. Kitobda topologik fazolar, uzluksiz akslantirishlar, gomeomorfizm, ajrimlilik aksiomalari, kompakt va bikompakt fazolar, topologik fazo o'lchami, gomotopiya va gomologiya kabi asosiy mavzular yoritilgan.
-
Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti (Ispan adabiyoti)
Ushbu o‘quv qo‘llanma ispan adabiyotining o‘rta asrlardan XX asrgacha bo‘lgan davrda yaratilgan asosiy asarlarini o‘z ichiga qamrab olgan va filologiya hamda chet tillari fakultetlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Kitob matn tahlili, obrazlarni izohlash, til ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun mashqlar, mualliflar haqidagi biografik ma’lumotlar hamda kommunikativ malakani oshirishga yordam beradigan muhokama savollarini o‘z ichiga oladi.
-
THEORETICAL ENGLISH GRAMMAR
This textbook is designed for students of the undergraduate program 60111800-Foreign Language and Literature (English). It covers the main topics defined in the curriculum for the theoretical English grammar and history of the English language modules. Additionally, the textbook includes exercises, questions, and assignments for students' independent and practical work, as well as a list of recommended literature.
-
The Routledge Handbook of Corpus Linguistics
The Routledge Handbook of Corpus Linguistics 2e provides an updated overview of a dynamic and rapidly growing area with a widely applied methodology. Over a decade on from the first edition of the Handbook, this collection of 47 chapters from experts in key areas offers a comprehensive introduction to both the development and use of corpora as well as their ever-evolving applications to other areas, such as digital humanities, sociolinguistics, stylistics, translation studies, materials design, language teaching and teacher development, media discourse, discourse analysis, forensic linguistics, second language acquisition and testing. The new edition updates all core chapters and includes new chapters on corpus linguistics and statistics, digital humanities, translation, phonetics and phonology, second language acquisition, social media and theoretical perspectives. Organized across four themes, moving from the basic start-up topics such as corpus building and design to analysis, application and reflection, this second edition remains a crucial point of reference for advanced undergraduates, postgraduates and scholars in applied linguistics.
-
Teaching Languages to Young Learners
This book provides a comprehensive overview of the theories and practical approaches to teaching foreign languages to children. It explores how children learn languages, the nature of language tasks, and how teachers can effectively support young learners in the classroom. The author combines insights from second language acquisition research with practical classroom strategies, covering topics such as storytelling, games, listening, speaking, reading, and writing in the primary school context. It is an essential resource for teachers, teacher trainers, and researchers interested in language pedagogy for younger age groups.
-
Tarjimashunoslikning tadqiqot metodologiyasi
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Qiyosiy tilshunoslik va lingvistik tarjimashunoslik” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan yaratilgan bo‘lib, tarjimashunoslik sohasining o‘ziga xos xususiyatlari, tarjima turlari, tarjima nazariyasi va amaliyotining asosiy tadqiq yo‘nalishlari, tarjimani modellashtirish masalalari ko‘riladi. Bundan tashqari, tarjimon malakasiga qo‘yiladigan talablar, tarjimon kompetensiyasi, tarjimani asl matnga muqobilligini ta’minlash darajalari singari mavzular bo‘yicha ma’lumot beriladi. O‘quv qo‘llanmada avval tarjimon mahorati masalalari, tarjimon mahoratini ta’minlovchi omillar tahlil etilsa, keyin tarjima metodologiyasi, usullari, uslublari va tarjima modellari tadqiq etiladi.
-
Tarjimashunoslikning nazariy masalalari
Ushbu qo‘llanma Toshkent davlat Sharqshunoslik institutining tarjima yo‘nalishida tahsil olayotgan magistrlariga mo‘ljallangan bo‘lib, magistratura bo‘limining birinchi va ikkinchi bosqichlarida o‘qitilayotgan “Tarjimashunoslikning nazariy masalalari” o‘quv fani dasturi asosida yaratilgan. U tarjimashunoslik fan sifatida vujudga kelishi va shakllanishi, tadqiq ob‘ekti, maqsad va vazifalari, tarkibiy qismlaridan tortib, asosiy masalalari, muhim qonun-qoidalari, yetakchi prinsiplari haqida yaxlit tasavvur hosil qilish, zaruriy tushunchalarni berishga yo‘naltirilgan.
-
Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari
Ushbu o'quv qo'llanma Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 5A120201 – “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (sharq tillari bo'yicha)” magistratura mutaxassisligi magistrantlari uchun “Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari” fani o'quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, unda til va madaniyat, lingvokulturologiyaning asosiy yo'nalishlari va metodlari, lingvomadaniy birliklar tahlili va ularni tarjimada berish usullari, turli lingvomadaniyatlardagi ramzlar, stereotiplar, insonning til va madaniyatdagi o'rni kabi masalalar yoritilgan. Shuningdek, o'quv qo'llanma so'nggida lingvokulturologik terminlar lug'ati (glossariy) keltirilgan.
-
Tarjima nazariyasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun “Tarjima nazariyasi” fani o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, g‘arb va sharq tarjima nazariyasining asosiy tamoyillari, tarjima jarayoni, so‘z tanlash, matn turlari hamda tarjimashunoslikdagi dolzarb masalalarni qamrab oladi. Qo‘llanma tarjima nazariyasi va amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi talabalar, magistrantlar, izlanuvchilar va soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
-
TARJIMA NAZARIYASI (o‘quv qo‘llanma)
Ushbu qo‘llanma Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi hamda Xitoyshunoslik fakultetlari “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” guruhining II bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tarjimashunoslik fani haqida umumiy tasavvur hosil qilish, uning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida muxtasar ma’lumot berish hamda eng muhim qoida va talablar bilan tanishtirish maqsadida yaratilgan.
-
HOZIRGI ZAMON TABIIY FANLAR KONSEPSIYASI
O'quv qo'llanmada tabiatshunoslik fanining asoslari, tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, insonning tabiatga ta'siri, ekologik muammolar va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek, fan va texnika taraqqiyotining atrof-muhitga ta'siri hamda kelajak avlod oldidagi mas'uliyat tahlil qilingan. Mazkur qo'llanma bakalavriat bosqichidagi talabalar, magistrlar va keng o'quvchilar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Suv kimyosi va mikrobiologiya
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda suv va suv kimyosi, uning fizik-kimyoviy xususiyatlari, qurilish materiallariga ta’siri, oqova suvlar, ulardan foydalanish, ekologiya, bakteriya va mikroblar haqidagi ma’lumotlar yoritilgan. Qo‘llanma suv havzalarini muhofaza qilish, suv sifatini yaxshilash usullari, tindirish, rangsizlantirish va zararsizlantirish jarayonlarini, shuningdek, umumiy kimyo asoslarini o‘z ichiga oladi.