-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do‘kon tarixi
• Ishdan boʻshash uchun yangi xodimlarga katta pul taklif qiling • Mijozlarga xizmat koʻrsatishni faqat bir boʻlim emas, balki butun kompaniya masʼuliyatiga aylantiring • №1 ustuvor vazifa sifatida korporativ madaniyatiga eʼtibor qarating • Biznesni yuritishda baxt ilmidan olingan tadqiqotlarni qoʻllang • Xodimlarga shaxsiy va kasbiy jihatdan oʻsishiga yordam bering • Dunyoni oʻzgartirishga intiling • Va pul ishlang. . . Gʻayritabiiy eshitilyaptimi? Bu har yili 1 milliard dollardan ortiq yalpi tovar sotuvini amalga oshiruvchi onlayn-riteyler Zapposdagi standart ish tartibi. 2009-yilda Fortune jurnalining yillik “Ishlash uchun eng yaxshi kompaniyalar” roʻyxatida eng yuqori oʻrinni egallagandan soʻng Zappos Amazon tomonidan yopilish kunida qiymati 1,2 milliard dollardan ortiq boʻlgan shartnoma asosida sotib olindi. “Baxt yetkazish” asarida Zappos bosh direktori Toni Shey LinkExchange, Zappos va boshqalar orqali chuvalchang yetishtirish fermasidan tortib pizza biznesini yuritishgacha boʻlgan biznes va hayotda olgan turli saboqlari bilan oʻrtoqlashadi. Bir nafasda oʻqib chiqiladigan ushbu kitob korporativ madaniyat muvaffaqiyat kaliti ekanligi, atrofingizdagi insonlarga baxt ulashish orqali yanada baxtliroq boʻlishingiz mumkinligini koʻrsatadi. Kitob “New York Times” hamda “Wall Street Journal”ning bestseller asarlar roʻyxatidan joy olgan.
-
Маркетинг А дан Я гача. Ҳар бир тадбиркор ва менеджер билиши зарур бўлган 80 та концепция
Маркетинг отаси деб тан олинган жаҳонга таниқли мутахассис Филип Котлернинг мазкур китоби миллионлаб раҳбарлар ва маркетинг бўйича мутахассисларнинг столи устида турадиган бўлди. Унда ҳозирги замон шароитларида компанияларнинг муваффақияти учун зарур бўлган самарали маркетингнинг 80 та концепцияси жуда қисқа ва лўнда қилиб баён этилган. Бу китоб нафақат вақтлар синовидан ўтган маркетигнинг классик усуллари ҳақида балки кейинги йилларда фойдаланилаётган инновацион ишланмалар ҳақида ҳам энг яхши тажрибаларни беради. Ушбу китоб барча даражадаги маркетинг бўлими menedjerlari, бизнесменлар, шунингдек, талабалар учун мўлжалланган.
-
SOS! Savol ortidagi savol
Odamda masʼuliyat hissi boʻlmasligi aybni birovga toʻnkash, oʻzini jabrdiyda his etib norozi boʻlish, oxir-oqibat ishni ortga surishga sabab boʻladi. Shaxsiy javobgarliksiz hech bir kompaniya yoki inson erkin bozorda muvaffaqiyatli raqobatlashishi, oʻz oldiga qoʻygan maqsad-vazifalariga erishishi, mukammal xizmat koʻrsatishi, ajoyib jamoaviy ishda qatnashishi va odamlarni professional oʻstirishi ehtimoldan juda yiroq. Jon G. Millerning fikricha, kompaniyalar jabr koʻrayotgan bu muammolarni kimnidir ayblash orqali hal qilib boʻlmaydi. Masalaning chinakam yechimi har birimiz shaxsiy javobgarlikni his etganimizdagina topiladi. Miller oʻzining ushbu kitobida “Nima uchun hammasini biz bajarishimiz kerak?” yoki “Aybdor kim oʻzi?” singari salbiy va notoʻgʻri berilgan savollar odamlarda masʼuliyat yetishmasligidan darak beradi, deydi. “Vaziyatni yaxshilash uchun nima qila olaman?” yoki “Men qanday hissa qoʻshishim mumkin?” kabi toʻgʻri savollar esa hayotimiz va jamoamizni ham oʻzgartirib yuboradi. Qisqa, tushunarli va amaliy, “SOS! Savol ortidagi savol” ajoyib natijalarga olib kelishi mumkin boʻlgan kundalik hayotga shaxsiy javobgarlikni qoʻllash usulini taqdim etadi: muammolar hal qilinadi, toʻsiqlar yoʻqoladi, xizmat yaxshilanadi, jamoaviy ish samarasi ortadi va odamlar oʻzgarishlarga moslashadi.
-
Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar
Yosh bo‘lishiga qaramay, millionlab turk kitobxonlari mehrini qozonib ulgurgan Mirach Chag‘ri Oqtoshning ushbu kitobi ilk bor o‘zbek tiliga o‘girilib, o‘quvchilar hukmiga taqdim etilmoqda. Mazkur asarida muallif muqaddas Qurʼoni Karimdagi suralar, payg‘ambarlar hayotidan ibratli voqealardan misollar, jahonga tanilgan ko‘plab mutafakkirlar, donishmand allomalarning purmaʼno fikrlaridan iqtiboslar keltirib, falsafiy mushohada yuritadi. U insonlarni ezgulikka, xayr-u saxovat ko‘rsatishga, doimo yaxshilik qilish va kek saqlamaslikka chorlab, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi; hayotdagi qiyinchiliklar Allohning bir sinovi ekani, ular oldida esankiramay, muammolarga yechim izlash, doimo olg‘a intilish zarurligini uqtiradi, o‘quvchida shukronalik tuyg‘ularini uyg‘otadi. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
-
Hikmatlar
Mavlono Jaloliddin Rumiy - jumla bashariyat nomini hamisha iftixor ila tilga oladigan buyuk ijodkor, betimsol alloma, uning "Masnaviyi ma'naviy" asari esa teran hayotiy o'gitlar, bebaho hikmat-u haqiqatlar xazinasidir. "Masnaviy"ni varaqlab, durdona pand-u hikmatlarni saralab, aziz kitobxonlarimiz uchun ixcham bir saylanma tuzdik. Umid ulkim, ulug' bobokalon shoirimizning muborak ruhi shod, uning ruhoniyatiga oshno bo'lganlarning ko'ngillari obod bo'lgay.
-
Beparvolikning nozik san’ati
Soʻnggi yillarda Menson ancha ommalashgan blogi orqali oʻzimiz va atrofimizdagi olam haqidagi yolgʻon tasavvurlarimiz va ularni toʻgʻrilash haqida yozdi. Nihoyat, u oʻzining achchiq haqiqatlarini shu kitobga jamladi. Ushbu kitobda muallif baxtli boʻlishning kaliti mudom “ijobiy” fikrlashni toʻxtatib, voqelikni tan olish va unga tik borishda, deb koʻrsatadi. “Yillar mobaynida bizga ijobiy fikrlash – baxtli va muvaffaqiyatli hayotning kaliti, deya uqtirib keldilar. Ortiq bunday boʻlmaydi. Ijobiylikka tupuring,” – deydi Mark Menson. Menson ilmiy tadqiqotlar xulosalari va oʻrinli oʻtkir hazillari yordamida oʻz argumentini quvvatlaydi. Muallif imkonimiz cheklanganini bilib, buni boricha qabul qilishni maslahat beradi. “Bu – qudratli boʻlishning chin manbai, – deydi u. – Qoʻrquvimiz, nuqsonlarimiz va mubhamliklarni boricha qabul qilgach, ortiq ulardan qochmaymiz, balki ularga qarshi yuzlanamiz, izlaganimiz jasorat va ishonchga erishamiz.” Kitobni oʻqir ekansiz, muallif koʻngilochar hikoyalar-u achchiq hazillar bilan yelkangizdan silkib, mudroqdan uygʻotgandek boʻladi. “Beparvolikning nozik sanʼati” yanada mazmunli, qoniqarli umr kechirishimiz uchun tetiklashtiruvchi tarsakidir.
-
Етти мажлис
Жалолиддин Румийнинг илмий ва адабий мероси ғоят катта. Ғазал, маснавий ва рубоийларни ўз ичига оладиган “Девони кабир” (“Улуғ девон”), фалсафий-сўфиёна мушоҳадалар, руҳият диалектикасини кашф этиб, инсон ақлини лол қолдирадиган теранлик билан ёзилган “Маснавий-маънавий”, “Мактубот”, “Фиҳи мо фихий” (“Ичиндаги ичиндадир”) номли асарларини бутун дунё севиб ўқийди. Румий ўз асарларида одамни тадқиқ этади, унинг табиати ва интилишларини кузатади, ботиний жилолар ва сурилишлар, қалб силжишларини қидириб топади. Румий асарларидаги жозиба шу қадар инсон кўнглига яқинки, унинг ҳар бир сўзи – бир маёқ, умр йўлларини ёритгувчи чироқ, қалбга қўйиладиган зиё кабидир. Жалолиддин Румийнинг буюклиги яна шундаки, у исломнинг улуғ шоири ва мутафаккири бўлгани ҳолда барча мазҳаблар ва динлардан юқори кўтарила олди, бани башарни бирлаштирувчи ягона илоҳий ғояларни олға суриб, кишиларни бир-бирига яқинлаштирувчи эътиқод ва иймон, ишқ ва сиғиниш, поклик ва тавбадан сўз очди. “Чўллар мухталиф, аммо мақсад бир, яъни Оллоҳ ҳузури”, дея Улуғ Тангри ҳақиқати Оллоҳ жами махлуқот баробарлигини исботлади. Ўқувчилар эътиборига ҳавола этилаётган мазкур китоб Румий дунёсининг янги манзилларини очади, китобхонни Румий билан қайта юзлаштиради. Ўз навбатида китобхон ҳам асар воситасида меҳрга, муҳаббатга, чин инсоний туйғуларга чанқоқ қалбини қондиради.
-
Dahriyning ibodati
Onore de Balzak asarlari Yevropa adabiyotining gultoji sanaladi. U tahlil va kuzatuvning misli ko'rilmagan ustasi, inson psixologiyasining chuqur bilimdoni ham edi. Gobsek, Deplen, Anso, Burjua - ularning hech biri bir-birini takrorlamaydi, ular qalbidagi mushtarak maqsad, ichki ziddiyatlar, orzular, boringki, adabiyotning insoniyatga ko'rsatadigan xizmati nuqtayi nazaridan bir-biriga juda yaqin. Mana shu ichki kechinmalarni yurakdan his etgan Balzak o'z asarla- ridan birida shunday yozadi: Kishi haqida hukm chiqarishdan oldin loaqal uning fikr-asrori, uning baxtsizligi, uning hayajoniga sherik bo'lish kerak». Qadrli kitobxon! Agar Balzak qahramonlarining ichki kechinmalarini tushunmoqchi bo'lsangiz, albatta, ushbu qissa va hikoyalar mutolaasiga shoshiling.
-
Юқумлилик. Маҳсулот ва ғоялар қандай оммалашади
Нима маҳсулот ёки ғояни машҳур қилади? Агар сиз реклама деган бўлсангиз, қайта ўйлаб кўринг. Одамлар рекламани тингламайди, тенгдошларини тинглайди. Лекин маҳсулот ва ғояларнинг тилга тушиши ва оммалашуви сабаби нимада? Нега баъзи маълумотларни одамлар бир-бирига улашади? Нима учун айрим миш-мишлар эпидемик хусусиятга эга? Ғоялар қандай омиллар туфайли «вирус» каби кенг тарқалади? Нима учун баъзи мавзулар ҳақида кўпроқ суҳбатлашамиз ва унга оид маълумотларни бошқаларга улашамиз? Уортон бизнес мактаби маркетинг профессори Йона Бергер сўнгги ўн йил давомида ушбу саволларга жавоб берди. У нима учун маҳсулотлар оғиздан оғизга тушишини ва ижтимоий таъсир биз сотиб олган машиналардан тортиб, кийган кийимимизгача, фарзандларимизга қўядиган исмларгача қандай шаклланишини ўрганди. «Юқумлилик» асарида Бергер оғиздан-оғизга ва ижтимоий узатиш ортидаги сирли илмни очиб беради. Олтита асосий тамойил истеъмол маҳсулотлари ва сиёсат ташаббусларидан тортиб, иш жойидаги миш-мишлар ва YouTube видеоларигача бўлган ҳар хил нарсаларни юқумли ҳолга келтиришини билиб олинг. Қандай қилиб ҳашаматли стейкхаус машҳур бўлмаган пишлоқли стейк орқали машҳурликка эришганини, нега гиёҳвандликка қарши реклама роликлари аслида гиёҳванд моддаларни истеъмол қилишни кўпайтирганини ва нима учун 200 миллиондан ортиқ истеъмолчилар энг зерикарли маҳсулотлардан бири: блендер ҳақидаги видеони яқинлари билан баҳам кўришини билиб олинг. «Юқумлилик» китоби маълумотларнинг тарқалишига ёрдам бериш учун — одамлар баҳам кўрадиган хабарлар, рекламалар ва контентни лойиҳалаш учун махсус, ишлатишга яроқли усулларни тақдим этади. Сиз катта компания менежери бўласизми, бренд хабардорлигини оширишга ҳаракат қилаётган кичик бизнес эгасимисиз, лавозимга номзод бўлган сиёсатчимисиз ёки соғлиқни сақлаш ходими бўласизми, «Юқумлилик» сизга маҳсулот ёки ғоянгизни қандай оммалаштиришни кўрсатиб беради.
-
Otasining ortidan Osvensimga ketgan bola
Vena, 1939 yil. Natsistlar politsiyasi oddiy hunarmand Gustav Klyaynman bilan uning o‘g‘li Fripni hibsga olib, ularni Buxenvaldga jo‘natadilar. Mahbuslar u yerda qiynoq, ochlik va konslager qurilishi bo‘yicha tinkani quritadigan og‘ir mehnatdan azoblanadilar. Bir yil o‘tgach, ular orasidagi rishtalar og‘ir sinovga duchor bo‘ladi. Gustavni Osvensimga jo‘natadilar, bu esa, mohiyatan o‘lim hukmini bildirardi, Fris o‘z jonini asrash haqida o‘ylamasdan, otasining ortidan ketadi. Gustavning maxfiy kundalik daftariga asoslanib va arxiv materiallarini sinchkovlik bilan tadqiq etgan xolda, ushbu kitob ilk bor aql bovar etmas jasorat va Xolokost tarixida o‘xshashi bo‘lmagan tirik qolish voqeasini bayon etadi. "Otasining ortidan Osvensimga ketgan bola" - odamlarda yaxshi va yomon jihatlar mavjudligi, yaqinlarning o‘zaro mehri hamda inson ruxining quvvatini eslatuvchi asardir.
-
Cho'l bo'risi
Hermann Hesse (1877-1962) XX asr olmon adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, adabiyot sohasidagi xalqaro Nobel mukofoti sovrindori. Uning ko‘plab roman, qissa, hikoyalari, sheʼrlari, siyosiy va adabiy-tanqidiy ruhdagi asarlari chop etilgan. Ilk bor 1927 yilda bosilib chiqqan «Cho‘l bo‘risi» romani Hermann Hessega olamshumul shuhrat keltirgan teran psixologik asardir. «Cho‘l bo‘risi»da o‘z-o‘zini tahlil qilish va hal etilmagan maʼnaviy-ruhiy ziddiyatlarni yengish yo‘lidagi saʼy-harakatlar qalamga olinadi. Unda muallifning oldingi asarlarida ozmi-ko‘pmi aks ettirilgan Ruhga murojaat etish uslubi o‘zining yakuniy hamda to‘laqonli ifodasini topgan. Yozuvchi Tomas Mann ushbu roman haqida shunday deb yozgan edi: «Cho‘l bo‘risi» eksperimental dadillikda «Uliss», «Faux Monnayeurs» singari asarlardan qolishmaydigan roman ekanligini aytib o‘tirishga hojat bormikin? «Cho‘l bo‘risi» menga anchadan buyon ilk bor haqiqiy kitob mutolaasi ne ekanini qaytadan o‘rgatgan asardir»
-
-
Узники Петропавловской крепости
С крушением царского самодержавия пала и петропавловская крепость — оплот тирании и деспотизма. Решением Советского' правительства крепость была превращена в музей. На ее территории сохранены все памятники архитектуры, а также здание бывшей тюрьмы Трубецкого бастиона.
-
Tadbirkor
Biznes faqat tadbirkorni boy qiladimi? Davlat va jamiyat farovonligida uning o'rni qanchalik muhim? Keyin paytda o'zbek tilida ham tadbirkorlik va biznes haqidagi kitoblar, motivatsiya berish ko'zlangan biznes-treninglar ancha ko'paydi. Lekin ular ko'proq umumiy-nazariy bilim berish bilan cheklanadi. Firuz Allayev "Tadbirkor" nomli kitobida mavzuni sodda tilda, taniqli tadbirkorlar hayotidan olingan va o'z tajribasida duch kelgan amaliy misollar yordamida tushuntirib bergan. Kitobdan muallifning sohani yanada rivojlantirishga doir taklif va mulohazalari, yuqoridagi savollarga javoblari ham o'rin olgan.
-
Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo'ladi
“Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobida aniq va tabiiy fanlarni oʻrganishning samarali usullari keltirilgan. Turli hiylalar, masala yechish, tahlil va yodlashning noodatiy usullari sizga qoʻl kelishi hamda fanlarga qiziqishingizni oshirishi shubhasiz. Kitobni oʻqib, siz miyadagi neyronlar tarmogʻining chinakam egasi boʻlishga oʻrganasiz, shuningdek, miya ikkita rejimda ishlashi, chalgʻib turish foydalari hamda tasavvur kuchi haqida bilib olasiz.
-
Xarobadan chiqqan millioner
Vikas Svarupning ajoyib debyut romani Hindistonning Mumbay shahridagi qamoqxona kamerasidagi sahnalar bilan boshlanadi. Chunki asar qahramoni Ram Muhammad Tomas mamlakatdagi eng katta viktorina bo‘lmish "Kim milliard yutib oladi?" teleshousida 12 savolning barchasiga to‘g‘ri javob bergach, shu yerga olib kelinadi. Umrida maktabga bormagan, loaqal biror gazeta o‘qimagan kambag‘al yetim bolaning bunday tanlovda g‘alaba qozonishiga aql bovar qilmaydi. Biroq Ram bir qator hayajonli hikoyalar orqali hayotida boshidan kechirgan hodisalar viktorina savollariga javob berishda qanday asqatganini advokatiga so‘zlab beradi. Vikas Svarupning "Xarobadan chiqqan millioner" asari o‘zida yuqori saviyadagi komediya, drama va ishqiy romanni mujassam etib, nafaqat arzimas narsalar haqida, balki hayot to‘g‘risidagi bilimlarni qanday to‘plaganimizni ochib beradi. Insoniyatning qashshoqligidan to shon-shuhratigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishni ko‘rsatish orqali Vikas Svarup ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashning kaleydoskop tasvirini taqdim etadi va shu bilan birga, tirik qolishdan boshqa tanlovi qolmagan bola bilan nimalar sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. Ingliz tilidan Quvonch G‘ayratov tarjimasi