-
-
-
-
-
-
-
-
-
Geodeziya. Kartografiya
-
-
-
-
ГЕРМЕНЕВТИКА И ТЕОРИЯ ЛИТЕРАТУРЫ
Грамматическая интерпретация подчинялась психологической, долженствующей прояснить генезис авторской идеи, а в ее перспективе детально реконструировать смысл всего произведения.
-
GIDRAVLIKA
Ushbu darslikda quvurlar, kanallar va gidrotexnik inshootlardagi gidravlik jarayonlar bayon etilgan va ularning gidravlik hisobi informatsion texnologiyalardan (EHMdan) foydalangan holda bajarish uslublari keltirilgan. Har bir boʻlimi yangi masalalar va ularning yechimi bilan boyitilgan. Darslik Oʻzbеkiston Rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Gidravlika» fani oʻquv dasturi asosida yozilgan boʻlib, darslik Gidravlika kursi rеjalashtirilgan barcha bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisligi talabalari foydalanishlari uchun moʻljallangan. Darslikda sohada erishilgan yangi fan yutuqlari ham oʻz aksini topgan. Darslikdan soha mutaxassislari ham keng foydalanishlari mumkin.
-
Og'ir atletika nazariyasi va uslubiyati
Og‘ir atletika nazariyasi va uslubiyati darsligi xorijiy mamlakatlarda og‘ir atletika sportining tashkil topishi va mamlakatimiz miqyosida og‘ir atletika sportining rivojlanish tarixi, og‘ir atletika mashqlar texnikasini o‘rgatish va mashq bajarishning pedagogik (didaktik), sport mahoratini takomillashtirish tamoyillari, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishda vositalarni qo‘llash uslubiyati, turli malakali og‘ir atletikachilarning tayyorgarligida mashg‘ulot yuklamalarining rejalashtirilishi, tayyorgarlik turlari, musobaqani tashkil etish va qoidalari hamda talabalarni ilmiy-pedagogik ishlarini tashkil etish yoritilgan. Dаrslik jismоniy tаrbiya institutlаri, pedagogik univеrsitеtlаrning jismоniy tаrbiya fаkultеtlаri tаlаbаlаri, оlimpiya zаhirаlаri kоllеjlаri o‘quvchilari, BO‘SM vа IBO‘SM tarbiyalanuvchilari hamda murаbbiylаr uchun mo‘ljаllаngаn.
-
Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati
Ushbu darslik 0 ‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti yengil atletika ixtisosligi talabalariga mo'ljallangan bo‘lib, yengil atletika turlari texnikasini rivojlanish tarixi, texnika asoslari, yengil atletika turlari texnikasini o'rgatish uslubiyatlari, mashg‘ulotlarni o ‘tkazish xususiyatlari.
-
Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi
Qo‘llanmada maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning yo‘nalishlari, shakllari, vositalari va metodlari yoritilgan.
-
MATERIALSHUNOSLIK
Darslik 5310100 – Energetika (issiqlik energetikasi) yo‘nalishi namunaviy dastur asosida yozilgan bo‘lib, unda mеtall, nomеtall, polimеr materiallar struktura va xossalari, xususan elеktrotеxnik matеriallardagi fizik hodisalar haqida ma’lumotlar berilgan. An’anaviy konstruksion matеrial bilan bir qatorda magnit matеriallarga; dielеktriklar, yarimo‘tkazgich, o‘tkazgichlar, kеramik matеriallar, ayniqsa polimеr matеriallarga ham to‘la xaraktеristika bеrilib, ularning turlari, ishlatilish joylari ko‘rsatilgan. Darslik yakunida mahalliy matеriallardan dеtallar olish tеxnologiyasini asosiy turlari yoritilgan. Ushbu darslik 5310100 – “Energetika (issiqlik energetikasi)” yo‘nalishida ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun mo‘ljallangan, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun tavsiya etiladi.
-
Geometriya. I qism
Ushbu sinov darsligi «Geolmetriya» fanidan akademik litseylar uchun amaldagi dastur asosida yozilgan bo'lib, unda «tekislikdagi geometriya» bo'yicha umumta'lim maktablarida amalda bo'lgan o'quv dasturlaridagi materiallarga qo'shimcha jo'da ko'p ma'lumotlar berilgan
-
O'ZBEK TILI LEKSIKOLOGIYASIDAN MATERIALLAR
O'zbek tilining maxsus fan sifatida istisnosiz barcha o'quv yurtlarida o'qitilishi va undan davlat attestatsiyasi o'tkazilishi, so'zsiz, milliy mustaqillik tufaylidir.
-
TUPROQ MELIORATSIYASI VA GIDROLOGIYASI
Darslik “Tuproq mеlioratsiyasi va gidrologiyasi” fani dasturiga muvofiq tuzilgan bo‘lib, O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-sonli buyrug‘iga asosan 5141000-Tuproqshunoslik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etiladi. Darslikda: fanning asoslari, tuproq suvining shakllari, sifati, bug‘lanish, sarflanish, qurg‘oqchilik va uning kelib chiqish sabablari, sug‘orish melioratsiyasi, tuproqning namlik rejimi, gidromodul rayonlashtirish, qishloq xo‘jalik ekinlarining sug‘orish texnikasi, suv balansi, sug‘orish turlari va usullari, sug‘orishni rejalashtirish, sug‘orish texnikasi, tuproqlarning sho‘rlanishi va tuz to‘planish sabablari, zovurlar tiplari va ulardan foydalanish, yerlarni sho‘rlanishini va botqoqlanishini oldini olish hamda unga qarshi kurashish chora tadbirlari, qumlarni melioratsiya qilish va ulardan oqilona foydalanish, sho‘rlangan tuproqlar, ularning melioratsiyasi, tuproq meliorativ izlanishlar- melioratsiya qilinadigan maydonlarda tajriba o‘tkazish mavzulari yoritilgan.
-
TUPROQSHUNOSLIK VA DEHQONCHILIK
Darslik bakalavriatning 5111000 – Kasb ta’limi (5410700 – Yer tuzish va yer kadastri, 5430100 – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, 5430200 – Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, 5450200 – Suv xo‘jaligi va melioratsiya), 5311500 – Geodeziya, kartografiya va kadastr, 5410700 − Yer tuzish va yer kadastri, 5430100 – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, 5430200 – Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, 5450200 – Suv xo‘jaligi va melioratsiya, 5630100 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishlari Davlat ta’lim standartida tasdiqlangan soatlar hajmida subarid, arid mintaqada tarqalgan tuproqlar va sug‘oriladigan dehqonchilikka oid mumtoz nazariy va amaliy tushunchalar, yondashishlar Rossiya Federatsiyasi, ayrim Yevropa davlatlarining Oliy o‘quv yurtlarida bakalavrlarga qo‘yiladigan talablarni nazarda tutgan holda yoritilgan. Mavzular tarkibi va mohiyati Rossiya Federatsiyasi va ayrim Yevropa davlatlari Oliy o‘quv yurtlarida bakalavrlar bilim darajasini qo‘yiladigan talablarga mos keladi.
-
TUPRОQ KIMYOSIDAN LABОRATОRIYA VA AMALIY MASHG‘ULОTLAR
Tuproq kimyosidan laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarga bag'ishlangan mazkur o'quv qo'llanmada tuproqni tahlilga tayyorlash va uni kimyoviy tahlil qilishning karbonatli tuproqlar uchun xos bo'lgan zamonaviy va umumqabul qilingan usullari keltirilgan. Qo'llanma unda keltirilgan usullarni talabalar tomonidan nazariy o'zlashtirishlarini yengillashtirish uchun turli topshiriqlar, misollar va testlar, shuningdek, o'z-o'zini tekshirish uchun savollar to'plami bilan boyitilganligi jihatidan ham alohida ahamiyat kasb etadi. O'quv qo'llanma universitetlarni 140000 – Tabiiy fanlar ta'lim sohasining 5141000 – Tuproqshunoslik ta‟lim yo'nalishi namunaviy o'quv rejasiga mos keladi. Shuningdek, o'quv qo'llanmadan tuproqlarni kimyoviy xossalarini o'rganishda Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, agrokimyo, ekologiya kabi boshqa ta‟lim sohalarining bakalavr va magistrant talabalari ham foydalanishlari tavsiya etiladi.
-
Ta`limda axborot texnalogiyalari
Axborotning muhim xarakteristikalaridan biri uning adekvatligi hisoblanadi. Axborotning adekvatligi - olingan axborot yordamida yaratilgan obrazning real ob'ekt , jarayon, hodisa va shunga o'xshashlarga mosligining ma'lim darajasi.
-
ГРУНТЛАР МЕХАНИКАСИ, ЗАМИН ВА ПОЙДЕВОРЛАР
Дарсликда замин грунтларининг таркиби,грунтларни ташкил топиши, қатламларнинг хоссалари, ички заррачаларнинг жойлашиши, структураси, физик механик хоссалари ва назарий асослари берилган.Грунтлар механикаси,замин ва пойдеворлар,чўкувчан лѐссимон,қозиқли пойдеворлар боблари келтирилган.Замин ва пойдеворлар бобида пойдеворлар турлари ва уларнинг хисоблари ва хисоб чизмалари берилган
-
ПОЧВОВЕДЕНИЕ И ЗЕМЛЕДЕЛИЕ
В учебнике приводятся теоретические и практические основы классического почвоведения и орошаемого земледелия в субаридной и аридной зоне в объёме часов, установленных Государственным образовательным стандартом высшего образования. Структура и сущность обсуждаемых тем соответствует требованиям, предъявляемым к уровню знаний бакалавра в высших учебных заведениях.
-
Badiy Jamoalar bilan ishlash uslubiyati
Darslikda xalq va bolalar ashula va raqs havaskorlik ansambllari tarixi, turlari ,usullari, vazifasi, tashkiliy masalalar,cholg'u imkoniyatlari joy olgan.