-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
-
Breve storia della grammatica italiana
Il volume offre un'analisi sintetica e chiara dello sviluppo della riflessione grammaticale sulla lingua italiana, ripercorrendo le tappe fondamentali dal Quattrocento fino al dibattito contemporaneo. Attraverso una rassegna critica delle principali opere e dei modelli normativi che hanno plasmato la lingua nel corso dei secoli, l'autore guida il lettore nella comprensione di come si sia costruita la norma dell'italiano, soffermandosi sul ruolo degli umanisti, della Crusca e dei grammatici che hanno influenzato la nostra tradizione linguistica. La nuova edizione aggiorna il quadro delle risorse e delle prospettive di studio, confermandosi come uno strumento indispensabile per chiunque desideri approfondire la storia della lingua italiana e della sua codificazione grammaticale.
-
Bolalar psixologiyasi
Mazkur o'quv qo'llanma bolalar psixologiyasi faniga bag'ishlangan bo'lib, oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan. Kitobda bolalar psixologiyasining nazariy asoslari, yosh davrlari psixologiyasi, jismoniy va psixik rivojlanish qonuniyatlari, bilish jarayonlari hamda shaxs shakllanishi masalalari yoritilgan. Qo'llanma zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va psixologik nazariyalar bilan boyitilgan bo'lib, talabalar, pedagoglar va psixologlar uchun amaliy qo'llanma vazifasini o'taydi.
-
Biznesga kirish
Mazkur o‘quv qo‘llanma o‘zgaruvchan ishbilarmonlik muhitida tavakkal qilish va foyda olish, iqtisodiyot va uning biznesga qanday ta’sirini anglash, global bozorda ish yuritish, biznesni axloqiy va mas’uliyat jihatdan boshqarish, biznesni shakllantirish, biznes yuritishning shakllari, boshqaruv va yetakchilik, ishlab chiqarish va operatsiyalarni boshqarish, xodimlarni motivatsiyalash, kasaba uyushmalari va xodimlar bilan ishlash, strategik marketing, moliyaviy resurslarni boshqarish kabi nazariy va amaliy ma’lumotlar asosida boyitilgan va oliy o‘quv yurtlarining talabalari hamda o‘qituvchilari, biznes bilan qiziqadigan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
-
Badiiy o‘qish
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, badiiy adabiyotni o‘qish jarayonida o‘quvchilarning tushunish qobiliyatini, so‘z boyligini va tez o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Qo‘llanma uchta asosiy qismdan iborat: so‘z boyligini oshirish, tez o‘qish texnikasi va matnni tushunish ko‘nikmalari. Har bir qism mashhur ingliz adabiyoti namunalari, jumladan Jorj Bernard Shou, Charlz Dikkens, F. Skott Fitsjerald va boshqa yozuvchilarning asarlari asosida tuzilgan bo‘lib, o‘quvchilarni tahliliy fikrlashga, matn mazmunini chuqur anglashga va ingliz tilida erkin muloqot qilishga o‘rgatadi. Didaktik materiallar, amaliy mashg‘ulotlar va testlar o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etishga yordam beradi.
-
Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash
“Aхbоrоt tехnоlоgiyаlаrini kasbiy faoliyatda qo‘llanishi” nоmli o‘quv qo‘llanma 60111400-O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nаlish tаlаbаlаrigа “Aхbоrоt tехnоlоgiyаlаrini kasbiy faoliyatda qo‘llanishi” fаnidаn mа’ruzа mаshg‘ulоti uсhun mo‘ljаllаngаn bo‘lib, о‘quv dаsturigаgi аjrаtilgаn mаvzulаrgа mоs kеlаdi. O‘quv qo‘llanmada bеrilgаn hаr bir mаvzulаr tuzuvсhi tоmоnidаn axborot tехnоlоgiyаlаrni geografiya va iqtisodiyot sоhаsidаgi о‘rni, tizimli vа аmаliy dаsturlаr hаqidа tushunсhаlаr, Intеrnеt хizmаtlаri, shuningdеk kоmрyutеr grаfikаsi hаqidа nаzаriy mа’lumоtlаr bаtаfsil yоritib bеrilgаn. Shu bilаn birgаlikdа hаr bir mаvzugа оid tаyаnсh ibоrаlаr, nаzаriy sаvоllаr, fоydаlаnаdigаn аdаbiyоtlаr rо‘yhаti vа yаkunidа fаn bо‘yiсhа о‘zbеkсhа-inglizсhа rusсhа vа izоhli lug‘аt (glоssаriy) kеltirilgаn.
-
HSK standart darsligi 3
Ushbu kitob HSK (Xitoy tili darajasi imtihoni) uchun mo'ljallangan darsliklar to'plamining uchinchi qismidir. Kitobda xitoy tilini yangi o'rganuvchilar uchun asosiy bilimlar, so'z boyligi, grammatika va iboralar berilgan. Har bir mavzu HSK imtihonining uchinchi darajasi talablariga mos bo'lib, o'quvchilarni imtixonga puxta tayyorlaydi.
-
Audiovizual jurnalistika
Mazkur o‘quv qo‘llanmada audiovizual jurnalistikaning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, zamonaviy taraqqiyot tendensiyalari, keng tarqalgan formatlari, ifoda vositalari arsenali, auditoriyani o‘rganish texnologiyalari, televideniye va radioning iqtisodiy modellari hamda yangi medialari bilan aloqadorligi milliy va xorijiy amaliyoti asosida ochib berilgan. O‘quv qo‘llanma “Jurnalistika”, “Xalqaro jurnalistika”, “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavr va magistr talabalari, teleradioeshittirish sohasida faoliyat yuritayotgan amaliyotchi jurnalistlar, malaka oshirish kurslari tinglovchilari, audiovizual media nazariyasi va amaliyotiga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Audiovizual jurnalistika
Mazkur oʼquv qoʼllanmada audiovizual jurnalistikaning zamonaviy jamiyatdagi oʼrni, bugungi kun taraqqiyot tendensiyalari, keng tarqalgan formatlari, ifoda vositalar arsenali, auditoriyani oʼrganish texnologiyalari, televideniye va radioning iqtisodiy modellari hamda yangi medialar bilan aloqadorligi milliy va xorijiy amaliyot asosida ochib berilgan. Qoʼllanma bakalavr va magistr talabalari, amaliyotchi jurnalistlar hamda audiovizual media nazariyasi va amaliyotiga qiziquvchilar uchun moʼljallangan.
-
ASOSIY O‘RGANILAYOTGAN TIL (TURK TILI)
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarida “Filologiya va tillarni o‘qitish(turk tili)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oluvchi 1-kurs talabalari uchun yaratilgan bo‘lib, turk tilining fonetikasi, leksikologiyasi va morfologiyasiga oid ma’lumotlarni qamrab oladi va talabalarga turk tilini ilk bosqichdan boshlab o‘rgatishga mo‘ljallangan.
-
HSK standart darsligi 2
Ushbu kitob HSK (Xitoy tili darajasi imtihoni) uchun mo'ljallangan darsliklar to'plamining ikkinchi qismidir. Kitobda xitoy tilini yangi o'rganuvchilar uchun asosiy bilimlar, so'z boyligi, grammatika va talaffuzlar berilgan. Har bir mavzu HSK imtihonining ikkinchi darajasi talablariga mos bo'lib, o'quvchilarni imtixonga puxta tayyorlaydi.
-
Религиоведение
В учебном пособии раскрываются вопросы сущности, исторических форм и типов религий, причины их эволюции. Особое внимание уделяется изучению мировых религий (буддизму, христианству, исламу); освещается феномен так называемой нетрадиционной религиозности, причины и факторы, породившие его к жизни. Рассмотрены состояние религии в современном мире и в Узбекистане. Учебное пособие может быть дополнением к основному учебнику при изучении дисциплины «Религиоведение» и адресовано студентам, преподавателям вузов, всем интересующимся проблемами религии, религиоведения, истории и философии религии.
-
Arab tilidan boshlang’ich kurs. 1-kitob
Ushbu o’quv qo’llanma arab tili fonetikasi va grammatikasi qoidalarining boshlang’ich kursini o’z ichiga olgan bo’lib, 5120100 - filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili) ta’lim yo’nalishining «Sharq tillari (arab)» fanini o’rganishga qaratilgan. Qo’llanma talabalarga arab tili tovushlar tizimi, yozuvi va tilning umumiy xususiyatlari haqida nazariy va amaliy ma’lumotlarni taqdim etadi.
-
Arab mamlakatlari tarixi (Qadimgi va o‟rta asrlar)
Mazkur o‟quv qo‟llanma ikki qismdan iborat bo‟lib, birinchi qismi Arab mamlakatlarining qadimgi davr tarixiga (Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Falastin, Suriya va Finikiya) bag‟ishlangan. Ikkinchi qismi esa, Arab mamlakatlarining o‟rta asrlar davri tarixiga bag‟ishlangan bo‟lib, unda Johiliya davri, islom dinining vujudga kelishi va shakllanishi, Arab xalifaligi tarixi hamda arab-islom madaniyatining shakllanish jarayoni yoritilgan.
-
HSK standart darsligi 1
Ushbu kitob HSK (Xitoy tili darajasi imtihoni) uchun mo'ljallangan darsliklar to'plamining birinchi qismidir. Kitobda xitoy tilini yangi o'rganuvchilar uchun asosiy bilimlar, so'z boyligi, grammatika va talaffuz qoidalari berilgan. Har bir mavzu HSK imtihonining birinchi darajasi talablariga mos bo'lib, o'quvchilarni imtihonga puxta tayyorlaydi.
-
Aprendizaje activo y enseñanza efectiva
Esta obra aborda de manera integral los fundamentos, estrategias y herramientas del aprendizaje activo, destacando su importancia en el contexto educativo actual. A través de cuatro capítulos, el libro explora las teorías pedagógicas que respaldan este enfoque, como el constructivismo y el aprendizaje colaborativo, además de profundizar en metodologías prácticas como el Aprendizaje Basado en Proyectos (ABP) y la enseñanza colaborativa. Asimismo, se dedica un espacio fundamental a la integración de la tecnología educativa, analizando cómo las herramientas digitales y las plataformas en línea transforman el proceso de enseñanza-aprendizaje, fomentando la alfabetización digital, el pensamiento computacional y la personalización de la educación. El texto está diseñado para docentes y profesionales interesados en innovar sus prácticas pedagógicas, proporcionando casos de estudio y estrategias claras para superar desafíos en el aula y crear entornos inclusivos y efectivos.
-
Chiziqli algebra : (misol va masalalar to'plami)
Ushbu Chiziqli algebra o'quv qo'llanmasi 18 ta bobdan iborat bo'lib, ham nazariy va amaliyot qismlarga ajratilgan. Nazariy qismda 18 ta bobdan iborat bo'lib bunda soniar o'qi, dekart va qutb koordinatalari sistemasi, determinantlar va matritsalar, ular yordamida tenglamalar sistemasini yechish, vektorlar va kompleks sonlar, tekislikda to'g'ri chiziq va uning turli ko'rinishdagi tenglamalari, ikkinchi tartibli egri chiziqlar va sirtlar, ko'phadlar, chiziqli va Evklid fazolari, chiziqli operatorlari va kvadratik formalar kabi mavzulari keltirilgan. Har bir bobda mavzuni mustahkamlash uchun misollar va nazariy savollar keltirilgan.