-
Veterinariya va chorvachilik
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
ТУПРОКШУНОСЛИК ДЕХКОНЧИЛИК АСОСЛАРИ БИЛАН
Далада чукур казиш учун талабга жавоб берадиган жой танланиб, узунлиги 150-200 см, кенглиги 60-80 см, чукурлиги 150-300 см килиб тугри туртбурчак шаклида казилади (ер ости сизот суви якин ерларда сизот суви чиккунча, ер ости сизот суви чукур ерларда эса 3 м ва ундан ортик килиб казилади). Чукурнинг куёшга караган девори тик ва силлик, унга карама-карши томони эса зинапоя килиб казилади. Чукурнинг куёшга караган деворида тупрок катламлари аник ажралиб куриниб туради.
-
100 китоб тўплами ЦИТРУС МЕВАЛИ ЎСИМЛИКЛАР ЕТИШТИРИШ 67-китоб
Ижтимоий лойиҳалар билан аграр соҳага сармоя киритиш доирасида “Агробанк” АТБ томонидан 100 та китобдан иборат қўлланмалар тўплами тайёрланди. Тўпламда қишлоқ хўжалиги соҳаси, жумладан, мева-сабзавот ва полиз экинлари, ғаллачилик, чорвачилик, балиқчилик, асаларичилик каби тармоқларнинг энг илғор тажрибаларига оид ривожланган давлатлар ва юртимизда эришилган кенг қамровли илмий ва амалий маълумотлар қамраб олинган.
-
Strukturalar geologiyasi va geologik xaritalash
Ushbu uslubiy qo‘llanma ikki qismdan iborat. Birinchi qism Burchmulla atrofida olib borilgan geologik tadqiqotlar haqida qisqacha ma’lumot, yer qobig‘ining geologik tuzilishi, geologik va tektonik taraqqiyoti va stratigrafik bo‘limlarning yoshini aniqlovchi, tez-tez uchraydigan fauna qoldiqlari tasvirining tahliliga bag‘ishlangan. Ikkinchi qism dalada geologik tekshiruv ishlari va geologik xaritalash usullari, geologik xarita to‘g‘risida umumiy tushuncha, geologik kesmalarni tuzish, har xil strukturalarni aniqlash, geomorfologiyani o‘rganish va qazilma boyliklarining zaxirasini hisoblash masalalarini yoritadi.
-
Биология
Республикамиз таълим тизимида амалга оширилаётган ислоҳотларнинг туб моҳияти ўқитиш сифатини яхшилаш ҳамда талабаларга жаҳон андозалари даражасида билим беришга эришиш орқали ҳар бир соҳада етук кадрлар тайёрлашдир. Шу нуқтаи назардан китобда биология ўрганишнинг асосий усуллар билан бирга талабаларнинг мустақил бажариши учун вазифалар қўйилган.Услубий қўлланмада Агробиология”ва бошқа ўсимликшуносликка тегишли сиртқи таълим йўналиш талабаларига биологиядан мустақил ишлаш учун материаллар берилган.
-
Lingvopersonologiya
Mazkur uslubiy qo‘llanmada lingvopersonologiya tushunchasining mohiyati, tasniflanishi, shuningdek, mazkur masalaning jahon tilshunosligida o‘rganilishi xususida so‘z yuritilgan. Lingvopersonologiya, ya’ni shaxs nutqining xususiyatlari, shaxs nutqiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi faktorlar, shaxs nutqini o‘rganishning ahamiyati va uning tilshunoslik ravnaqiga ta’siri masalalariga e’tibor qaratilgan. Ish bakalavr, magistratura bosqichi talabalari, tilshunos mutaxassislar va tilshunoslik masalalari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar jamoasi uchun mo‘ljallangan.
-
Экосистемалар экологияси
Ўқув-услубий қўлланма экология йўналиши талабалари ва профессор ўқитувчилари учун мўжалланган.
-
“Case-study” услуби
Республикамизда амалга оширилаётган ислохотлар таълим-тарбия жараёнини сифат жихатидан тамомила янги даражага кутаришни тақозо этмокда. Шахс манфаати ва таълим устуворлиги ушбу ислоҳотларнинг асосий таълим-тарбия ишларига эътиборни кучайтириш, ёш авлодни ҳар томонлама етук ва баркамол шахс этиб тарбиялашга қаратилгандир.
-
IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O‘ZBEK XALQINING FASHIZM USTIDAN QOZONILGAN G'ALABAGA QO‘SHGAN HISSASI
«Ikkinchi jahon urushi yillarida o'zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga qo'shgan hissasi» mavzusi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti kengashiga ko'rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2018-yil 13-iyul 3-sonli bayonnoma) O'zbekiston tarixi fan dastun asosida tayyorlandi.
-
CHZIQLI ALGEBRA VA ANALITIK GEOMETRIYA
Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanma “Chiziqli algebra va analitik geometriya fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmuaning tarkibiy qismi bo’lib, unda matritsa, determinant, minorlar va algebraik to'ldiruvchilar, chiziqli tenglamalar sistemasi keltirilgan
-
Санъаткор маданиятига оид талаблар ва ёшлар таълим-тарбияси масалалари
Ушбу маколалар тўпламига чолғу ижрочилиги тарихи, Шарқ алломаларининг мусиқа илми ҳақидаги фикрлари, таниқли санъаткорларнинг ижодий фаолияти, замонавий таълим тизимида ижрочиликни такомиллаштириш, мусиқий-назарий фанлар, фанлараро муносабатлар ва уларни амалиётга тадбиқ этиш каби долзарб масалалар бўйича маърузалари киритилган.
-
Qozon qurilmalari (Uslubiy qo'llanma)
Uslubiy qoʻllanma “Qozon qurilmalari” fani boʻyicha laboratoriya ishlarini bajarish uchun moʻljallangan. Unda ToshDTU hududida joylashgan ishlayotgan ENKOM-12 qozonxona qurilmalarida bajariladigan beshta laboratoriya ishi keltirilgan.
-
Standartlash, metralogiya va sifatni boshqarish
Barcha rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko'rsatadiki, mahsulot, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari, sifati faqat standartlashtirish, sertifikatlashtirish va uni boshqarish faoliyatini uzluksiz o'tkazish orqali ta‘minlanadi.
-
Shaharlarning elektr ta'minoti
Ayni vaqtda elektr shahar tizimini iste’moli uchun va yillik elektr tizim grafigiga katta rol o‘ynaydi va shaharda bor elektr tizim loyihalashda ishlatiladigan material bo‘ladi. Buning oqibatida haqiqiy iste’mol uning aniq aniqlashda va oldindan aytish bir tomondan iste’molni sifatli bo‘lishiga imkon beradi.
-
Ekоlоgiya
Ekоlоgiya muаmmоsi dаvrimizning eng dоlzаrb muаmmоlаridаn biri bo’lib qоldi. Uning hаvfi hаttо yadrо hаvf-хаtаridаn hаm dаhshаtlirоq bo’lib, butun er shаri хаlqlаrini tаshvishgа sоlmоqdа.
-
HTML asoslari
“HTML asoslari” nomli o’quv-uslubiy qo’llanma mustaqil o’zlashtirilishi lozim bo’lgan tayanch ma`lumotlar bilan to’ldirilgan. Uslubiy qo’llanmadagi bajarilishi lozim bo’lgan mashqlar tajribalarga asoslanilgan holda tuzib chiqilgan.
-
Zakovat zavqi
O‘zbekiston Milliy teleradio kanali orqali efirga beriladigan “Zakovat” intellektual ko‘rsatuvi savollari asosida nashrga tayyorlangan «Zakovat zavki» nomli 5-kitobi savol va javoblardan iborat. Shuningdek, kitobda nafakat ko‘rsatuv muxlislari tomonidan yo‘llangan savol-javoblar, balki boshlovchi Abdurasul Abdullayevning shaxsan o‘zi tuzgan ajoyib jumboqlar va ularning yechimlari ham jamlangan. Ushbu kitob mamlakatimizdagi turli soha va qatlam vakillarining intellektual salohiyatini oshirishda, ayniksa yoshlarning yetuk akl-idrok egasi bo‘lib yetishishlarida muxim ko‘llanma bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Vatanimizning turli sarhadlarida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimizning maktublari va boshqa manbalar asosida to‘plam holiga keltirilgan. Ushbu qo‘llanma barchaga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.