-
-
-
-
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Umumiy pedagogika va psixologiya
Psixologiyani fan sifatida o‘rganish bilan uning qanday fan ekanligi, xususiyatlari va nimalarni o‘rganishi haqida bilimlarga erishiladi. Psixologik bilim va malakalarni o‘zlashtirish talabalarga atrofdagi odamlarni ular bilan muloqot amaliyotida, munosabatlarda, o‘zaro hamkorlik faoliyatida bilish uchun; ularning fikri, maqsadi, kechinmalari, qiziqish va qobiliyatlari, ehtiyoj va motivlari va h.k.larini bilish va qo‘llash uchun zarurdir. Psixologik bilim va malakalar talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyati, oilaviy hayoti, bolalar tarbiyasi va boshqalarda asqotadi. Va, nihoyat, eng muhimi, psixologik bilimlar talabalarga o‘zlarini anglashda, o‘z ustilarida ishlashda va qiziqish, ijodiy imkoniyatlarini dolzarblashtirishlarida, barkamol shaxs bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi.
-
Shaxsiy va ijtimoiy xavfsizlik psixologiyasi, tahdidlarga bardoshlilikni shakllantirish omillari
Mazkur qo'llanmada zamonaviy xavfsizlik tizimiga kiruvchi xavfsizlik shakllari, psixologik urush, psixologik ta‘sir, targ'ibot, tashviqot shakllari, g'araz maqsadli ommaviy madaniyatning, agressiyaning xulqqa ta‘siri hamda shaxs va jamiyatning tahdidlarga bardoshliligini ta'minlovchi omillar masalalari yoritilgan.
-
Umumiy pedagogika va psixologiya
Tarbiya jamiyatning vazifasi bo‘lib, u faqat ishlab chiqarish munosabatlari ta’sirida emas, balki turli tarixiy davrlarda ilgari suriladigan u yoki bu tarbiya nazariyasining g‘oyalari ta’sirida aniq shaklga ega bo‘ladi, shuning uchun ham ko‘p jihatdan ma’rifatchi va pedagoglar faoliyatining natijasini ifodalaydi. Agar tarbiya alohida mustaqil vazifa sifatida kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan birga tarkib topgan bo‘lsa, ta’lim nazariyasi fan sifatida bir muncha keyinroq shakllangan.
-
-
БАЛИҚЧИЛИК
Олий таълим тизимида юксак малакали, ижодкорлик ва ташаббускорлик қобилиятига эга, келажакда касбий ва ҳаётий муаммоларни мустақил ҳал қила оладиган, янги техника ва технологияларга тез мосланишга лаёқатли кадрларни тайёрлашда таълим жараёнини замонавий ўқув-методик мажмуалар билан таъминлаш муҳим аҳамиятга эга. Ўқув-методик мажмуа (ЎММ) - давлат таълим стандарти ва фан дастурида белгиланган талабалар томонидан эгалланиши лозим бўлган билим, кўникма, малака ва компетенцияларни шакллантиришни, ўқув жараёнини комплекс лойиҳалаш асосида кафолатланган натижаларни олишни, мустақил билим олиш ва ўрганишни ҳамда назоратни амалга оширишни таъминлайдиган, талабанинг ижодий қобилиятларини ривожлантиришга йўналтирилган ўқув - услубий манбалар, дидактик воситалар ва материаллар, электрон таълим ресурслари, ўқитиш технологияси, баҳолаш методлари ва мезонларини ўз ичига олади.
-
Педагогика. Психология
В учебно-методическом пособии раскрыто содержание учебной дисциплины "Педагогика. Психология" и представлены тестовые задания для оценки уровня усвоения материала.
-
Yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi
Ushbu o’quv – uslubiy majmua «Yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi» fani bo’yicha yaratilgan bo’lib, unda mazkur fanning o’quv dasturi, ishchi dasturi, ma’ruza mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi va seminar mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi jamlangan.
-
Касб таълими (Информатика ва ахборот технологиялари) бакалавриат йўналишининг 1–курс талабалари учун Мутахассисликка кириш
Мазкур фан дастури бакалавриатура "Касб таълими (информатика ва ахборот технология)" таълим йўналишларида ўқиладиган "Мутахасисликка кириш" ўқув фани бўйича тузилган
-
Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi
Jamoatchilik fikri - ijtimoiy voqealarga, turli guruhlar, tashkilotlar va ayrim shaxslar faoliyatiga boʻlgan yashirin yoki oshkora munosabatlarni oʻz ichiga oluvchi ommaviy ong shakli; muayyan ijtimoiy masalalarni maʼqullash yoki qoralashda namoyon boʻladi, individlar, ijtimoiy guruhlar xatti-harakatini va ijtimoiy munosabatlarda muayyan meʼyorlarni belgilaydi; umuman jamiyat doirasida ham, turli ijtimoiy guruhlar doirasida ham amal qiladi. Jamoatchilik fikrining faolligi va ahamiyati jamiyatning strukturaviy harakteri, ishlab chiqaruvchi kuchlarning , madaniyatning , demokratik huquqiy meʼyorlar va erkinliklarning taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. Jamoatchilik fikri hokimiyat organlarini saylashda, ommaviy kommunikatsiya vositalarida, aholi soʻrovlari va boshqalarda o'z ifodasini topadi.
-
Psixogenetika
Fandagi yo'nalishlarning aksariyati inson amaliy faoliyati natijasida yoki jamiyat talablaridan kelib chiqgan holda asos topadi. Genetika haqida gap ketganda ko'rinib turibtiki, amaliy genetikani tarixi qadimdan boshlanadi. Bugungi kunimizgacha etib kelgan yozma manbalarda qadimgi tamaddunlarda o'simlik va hayvonot olamida seleksiya ishlari olib borilaganligidan dalolat bnradi. Qadimgi faylasufar va tabiblar inson irsiyatining sir asrorlarini o'rganishga o'rinishgan. Ularning xulosa qilishlariga kundalik kuzatishlari asos bo'lgan.: ota-ona va farzand o'rtasidagi o'xshashlik, nafaqat tashqi balki harakter, qobiliyat, harakatlaridagi o'xshashlik erkak chatishidagi roli, ba‘zi bir kasallik va nuqsonlarning nasldan o'tishi qadimgi tasodifiy genetik bo'lib ular ko'proq selleksiya ishlari bilan shug'ullanishgan (chorvachilik va qishloq xo'jalik ishlari qadimdan bo'lib kelgan). Inson diqqatini hayvonlarning nafaqat mahsuldorligi balki uning maqbul jihatlari ham qiziqtirgan, chunki u bilan inson muloqot qilganda asosiy rolni hayvon yuvosh yoki asabliligi o'ynatdi.
-
Musiqiy pedagogika va psixologiya
Yangilanayotgan O‘zbekistondagi ta’lim tizimi kelgusida ushbu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqbolli vazifalarni belgilab bergan. Ularning qatoriga zamonaviy ilm-fanning hozirgi kungacha erishgan yutuqlari bilan birga respublikamiz pedagoglarining kasbiy kompetentlik darajasidan kelib chiqib, jahondagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan unumli foydalangan holda bilim berishga xos nazariy usul va vositalarni yaratish maqsadi belgilangan. Modomiki, davlatimizning kelajagi ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning salohiyatiga, kasbiy tayyorgarligiga, yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish faoliyatiga bog‘liq. Yosh avlodni bilimli, madaniyatli, ma’naviyatli, odobli, e’tiqodli, barkamol inson qilib voyaga yetkazish o‘qituvchi zimmasiga katta vazifa qilib yuklatilgan. Shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarni ixtisosliklariga oid fanlarni o‘qitish imkoniyatlari yanada kengaytirilgan. Zamonaviy talablar asosida fanlar bo‘yicha dasturiy ta’minot hamda o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar yaratish ta’lim-tarbiya tizimi, yosh avlodni sog‘lom va barkamol inson bo‘lib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
-
Ijtimoiy psixologiya (konfliktologiya)
Shaxs hayoti konfliktlarga to’la. Insonning jamiyatdagi yashash tarzini turli zidyatlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Turli nizo va zidiyatlar bilan umr davomida, har qanday yoshda, har qanday joyda har qanday vaziyatda to’qnash kelish mumkin. Konfliktlar uyda, maktabda, ko’chada, o’quvchilar orasida, ota-onalar va farzandlar, xodim va uning rahbariyati orasida, jamoa aʼzolari o’rtasida sodir bo’lishi mumkin. Konfliktlar, odatda, ko’p vaqt odamlar birga bo’ladigan hollarda, yaʼni ular uzoq muddat bir-birlari bilan va ruxiy muloqotda bo’ladigan hollarda, ular maʼlum muddat o’zaro birga bo’lishga majbur bo’lgan paytlarida ko’proq sodir bo’ladi.
-
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
Mazkur majmuada maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha bo‘lgan davrda har tomonlama puxta ta’lim va tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish,mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim,eng dolzarb masaladir.
-
TOPOGRAFIYA ASOSLARI VA KARTOGRAFIYA
Фан масалаларининг долзарблиги топография асослари ва картография o’қув фани “География” таълим йo’налиши талабаларига топграфик карталар моҳияти, хусусиятлари ва далада топографик-геодезик o’лчашларни бажариш методлари ва улардан иш жараёнида фойдаланишни o’ргатишдан иборат. Фаннинг аҳамияти.Машғулотлар давомида топографик план ва карталардан сифат ва миқдор кo’рсаткичларини аниқлаш масалаларини, геодезик асбоблар ва улар билан ишлаш тартибини o’рганадилар. Натижада талабалар топографик карталарни o’қиш, улардан фойдаланиш усулларини ҳамда бевосита геодезик асбоблар билан горизонтал ва вертикал бурчаклар, масофа, баландликларни o’лчаш, жойни топграфик планини олиш ва тузиш ишларини o’злаштирадилар.
-
STANDARTLASH, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASH ASOSLARI
Standart - bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan, ma’lum sohalarda optimal tartiblashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatning har xil turiga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy takror qo‘llaniladigan qonunqoidalar, tavsiflar, talablar va usullari belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir. Standartlashtirish - bu barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida umum foydali, jumladan, iqtisodiyotga erishishda takrorlanadigan vazn (jarayon)larning umum maqbul echimini topish uchun foydalanishi shart, texnik xavfsizlik va eqologiya talablariga rioya qilingan holda, ma’lum bir sohada faoliyatni optimal darajada tartiblashtirish maqsadida qoidalar o‘rnatish va qo‘llashdir
-
Oila psixologiyasi
Ushbu majmuada oila - jamiyatning asosiy boʻgʻini muqaddas maskan ekanligi haqida ma'lumot berilgan. Mamlakat hayotini harakatga keltiruvchi asosiy hujjat – bosh qomusimizda oilaga alohida urgʻu berib oʻtilgan. Konstitutsiyamizda oila jamiyatning boʻgʻini ekanligi va har bir oila davlat muhofazasida ekanligi toʻgʻrisida taʼkidlab oʻtilgan. Har qanday davlatning maʼnaviyatini yuksaltirish va uni tanitishda oilaning ahamiyati kattadir. Chunki insonning sof tuygʻulari, insoniylik fazilatlari jamiki yaxshi tushunchalar oiladan boshlanadi. Shu sababli bugungi kunda davlatimizda yosh oilalarga katta eʼtibor qaratilmoqda, ularga har qanaqa sharoitlar yaratib berilmoqda, lekin afsuski yosh oilalarimiz ichida ogʻriqli nuqtalar ham mavjud.