-
-
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Метод ва тренинглар
Ушбу мажмуадаги методиканинг моҳияти шундаки, масалан, маскулинность бўйича юқори, фемининлик бўйича паст кўрсатгичлилар мос равишда маскулин типда, аксинча, феминин типга киради. Агар юқори маскулинлик ва юқори фемининлик уйғунлашган бўлса, у шахсда юқори андрогинлик мавжуд деб ҳисобланади. Бу маскулинлик ва фемининлик индексларини ҳисоблаб чиқиш орқали аниқланади.
-
Muloqot psixologiyasi
Ushbu o'quv uslubiy qo'llanmada muloqot psixologiyasida shaxslararo munosabatlar ppsixologiyasi, muloqot muammosi bo'yicha nazariy yondashuvlar, muloqotning yoshga bog'liq xususiyatlari, gender farqlari, konflikt psixologiyasi va xodimlarining hissiy sohasining muloqotga ta'sir qiladigan xususiyatlari yoritib berilgan.
-
Umumiy psixologiya
Ushbu majmuada Psixologiyani fan sifatida o'rganish bilan uning qanday fan ekanligi, xususiyatlari va nimalarni o'rganishi haqida bilimlarga erishiladi. Psixologik bilim va malakalarni o'zlashtirish talabalarga atrofdagi odamlarni ular bilan muloqot amaliyotida, munosabatlarda, o'zaro hamkorlik faoliyatida bilish uchun; ularning fikri, maqsadi, kechinmalari, qiziqish va qobiliyatlari, ehtiyoj va motivlari va h.k.larini bilish va qo'llash uchun zarurdir. Psixologik bilim va malakalar talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyati, oilaviy hayoti, bolalar tarbiyasi va boshqalarda asqotadi. Va, nihoyat, eng muhimi, psixologik bilimlar talabalarga o'zlarini anglashda, o'z ustilarida ishlashda va qiziqish, ijodiy imkoniyatlarini dolzarblashtirishlarida, barkamol shaxs bo'lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi.
-
Rаxbаrlik fаoliyatidа kasbiy sаlomаtlik psixologiyasi
Ushbu majmuada ijtimoiy psixologiya shaxsni oʼrganishning asosiy belgisi uning turli guruhlar bilan boʼladigan oʼzaro munosabatlari oqibatida shakllanadigan xususiyatlaridir deb qaraydi. Demak, ijtimoiy psixologiya avvalo guruh aʼzosi hisoblangan shaxs hulq-atvori qanday qonuniyatlarga boʼysunishini, shaxsning muloqotlar tizimidan olgan taʼsirlari uning ongida qanday aks topishini oʼrganadi. Guruhlarning shaxs psixologiyasiga taʼsiri qay yoʼsinda sodir boʼlishi ijtimoiy psixologiyada ijtimoiylashish muammosi bilan uzviy bogʼliq boʼlsa, bu taʼsirlarning shaxs hulq-atvorida bevosita namoyon boʼlishi ijtimoiy ustanovkalar muammosi bilan bogʼliqdir. Shunday qilib,ijtimoiy psixologiya ikkita muammolar doirasida-ijtimoiylashish hamda ijtimoiy ustanovkalar doirasida shaxsni oʼrganadi, uning oqibati esa shaxsning ijtimoiy psixologik fazilatlarini shakllantiradi.
-
P A R R A N D A CH I L I K
Qishloq xo`jaligi - dexqonchilik parrandachilik soxalari bilan bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bir-birini doimiy to`ldirib turadi. Ular bir-birisiz ijobiy natijalarga erisha olmaydi. Tabiiymanbalar va ekilgan yerlardan olingan mahsulotlarning 75% ni inson to`g‘ridan-to`g‘ri iste‘mol qila olmaydi. Vaholanki bu mahsulotlar parranda tanasida xazmlanib, so`ngra parranda mahsulotlari orqali inson organizmiga kelib tushadi va hazmlanadi. Qishloq xo‘jalik parrandalarini kelib chiqishi, xonakilashtirish hududlari Filipin yarim orollarida, Tinch okeani va Janubiy Osiyoning o`rmonzorlari, butazorlarida keng tarqalagan. Bankiv tovuqlari ko‘p xollarda butazorlarda yashab ozuqa iste‘mol qilishda erga tushib har xil yovvoyi o`tlarning urug`larni, mevalarni va xashoratlar bilan oziqlanadi.
-
O’SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH
O’simliklarni himoya qilish” talabalarga qishloq xo’jalik ekinlarida zararli organizmlar paydo bo’lishi, ekinlarga zarar yetkazish holatlari, zararning iqtisodiy chegarasi hamda ana shu ko’rsatgichga asoslangan holda kurash choralari atrof muhit muhofazasini e’tiborga olgan xolda u yoki bu uslublarini qo’llash yuzasidan tadbirlar ishlab chiqishni o’rgatadi. O’quv fanning maqsadi va vazifasi O’simliklarni himoya qilish fanining maqsadi – talabalarda o’simliklarni zararli organizmlariga qarshi kurash usullari va unda qo’llaniladigan biologik, kimyoviy kurash vositalarini o’rganishdan iborat. Pestsidlarni barcha salbiy va ijobiy xususiyatlari atroflicha mukammal o’rganiladi.
-
TUPROQ VA LANDSHAFT EKOLOGIYASI
XX asrning urtalarida sanoatning rivojlanishi, sanoatga moddiy xom- ashyo yetkazish maqsadida kishilik jamiyatining tabiiy boyliklarga bo’lgan ehtiyojning oshishi va tabiiy biologik sistemalarga nisbatan e’tiborning kuchayishi tufayli tabiatning barqaror rivojlanishiga inonlar salbiy ta’sir kursata boshladi. Bu esa ilmiy-texnika yutuqlari bilan tabiatning ekologik chegaralari o’rtasida katta qarama-qarshilik devorini yuzaga keltirdi va buning natijasida «Hayot xavfsizligi», «Ekologik xavfsizlik» «Oziq-ovqat xavfsizligi» kabi muammolar yuzaga keldi. Bu muammolarni yechimi o’z navbatida insonni atrof-muhit, yashash muhiti, ishlab chiqarish va bir-biriga doimiy ta’sir qiluvchi kuchlarni har tomonlama tahlil kilish va baholash tabiatda yuzaga keladigan, kutilmagan tabiiy og’ir falokatlardan, xavfli hududlardan chiqib ketish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini berdi. Buning uchun esa tabiat va jamiyat o’rtasidagi doimiy munosabatlarning asl ma’nosini bilish va chuqur urganish katta axamiyatga egadir
-
ЛАНДШАФТШУНОСЛИК
Ушбу ўқув-услубий мажмуа 5140600 – География таълим йўналиши талабалари учун мўлжалланган бўлиб, ўқув режасидаги ―Ландшафтшунослик‖ фанини чуқур ўзлаштириш учун тузилган. Мажмуада фаннинг намунавий дастури, ишчи ўқув дастури, календарь режа, талабалар билимини баҳолаш меонлари ва баллар тақсимоти, таълим технологияси, маърузаларнинг қисқача матнлари, тест топшириқлари, назорат саволлари, реферат мавзулари, малакавий битирув ишларининг намунавий мавзулари, мустақил таълим учун саволлар, глоссарий, слайдлар ва фанни ўзлаштириш учун зарурий адабиѐтлар келтирилган.
-
Landshaft loyihalash
Landshaft loyihalashning va uning eng muhim shoxobchasi bog‘-park san’atining yorqin, o‘ziga xosligi maxsus, tabiiy qurilish materialarining: o‘simliklar, suv, yer, joy topografiyasini xam xisobga olgan xolda foydalatilganligi va hozir ham foydalanilishi xisoblanadi.
-
Metrologiya va standartlashtirish
Ushbu o’quv-uslubiy majmuada fanning o’quv dasturi, ishchi o’quv dasturi, ma’ruzalar matni, amaliy va tajriba mashg’ulotlariga uslubiy ko’rsatmalar, ta’lim texnologiyasi, vizual va ko’rgazmali taqdimot slaydlari, savoljavoblar, test savollari jamlangan.
-
Tuproq va atrof muhit ifloslanishi
O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy salohiyatini belgilaydigan yo‘nalish qishloq xo‘jaligi va yer osti boyliklaridan iboratdir. Qishloq xo‘jaligida barcha yetishtiriladigan oziq-ovqat va kiyim-kechak maxsulotlari, tabiiy va sug‘orma dehqonchilikda foydalaniladigan texnologiyalar asosida yana tuproqlarda amalga oshiriladi. Shu boisdan ushbu fan asosiy iqtisoslik fanlaridan biri hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimida asosiy o‘rinni egallaydi.
-
Dehqonchilik
Tuproqni har tomonlama yaxshilash, hosildorligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish qishloq xo‘jaligini kelgusidagi rivojining muhim masalalaridan biridir. Ishlab chiqarishning har qanday vositalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish ko‘p jihatdan uning eng muhim xususiyatlarini qanchalik chuqur va har tomonlama o‘rganishga bog‘liq. Bu eng avvalo tuproqqa tegishli bo‘lib, undan oqilona foydalanish, tuproqning unumdorligini oshirish, tuproqning sifati,bonitirovkasi, iqtisodiy bahosini, muxofazasini bilish, tuproqqa ishlov berish usullari, o‘g‘itlash, tuproqning fizik xossalari asosida, qulay agrotexnika muddatlaridan muayyan texnologik ketmaketlikdan foydalanish, tuproq eroziyasiga, sho‘rlanishiga, zichlanishiga va boshqalarga qarshi tadbirlar muayyan elementlar aniq qonunchilik yuli bilan boshqarishni talab qiladi.
-
Tuproq biologiyasi va ekologiyasi
О‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy barqarorligining muhim tarmoqlaridan biri bо‘lgan qishloq xо‘jaligi, ya’ni unda yetishtiriladigan paxta, g‘alla, sabzavod-poliz va meva mahsulotlari tashkil etadi. Mamlakatimiz yerlari turli iqlim mintaqalarida, tog‘lar, adirlar, dasht va chо‘l, vodiy va vohalarda keng tarqalgan bо‘lib, о‘zining xilma-xilligi, morfologik tuzilishi, fizik-mexanik xossalari, agrokimyoviy tarkibi va unumdorlik darajalari bilan ajralib turadi.
-
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi
Ushbu majmuada qishloq xo‘jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi va jamiyat umummilliy boyligi hisoblangan yer resurslaridan tejamli foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirib borishni ta’minlagan holda kelajak avlodlarga etkazish vazifasini ham bajarishi lozim ekanligi haqida ma'lumot berilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”da (16-modda) yer davlat mulki ekanligi qayd etilgan. Boshqacha aytganda, bugu’ngi kunda mamlakatda yerga egalik masalasi to‘la–to‘kis hal etilgan, ya’ni, hukumatning amaldagi yer siyosati unga bo‘lgan davlat mulkchiligini saqlab qolishga qaratilgan. Bu o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligida yerlardan samarali va oqilona foydalanishda iqtisodiy rag‘batlantirish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirishni taqozo etadi.
-
Dorivor o‘simliklarni yetishtirishning me’yoriy asoslari
Ushbu majmuada dorivor o‘simliklar turlarini tabiiy sharoitlari, tabiiy populyasiyalari, zaxiralar, muxofazasi va o‘simliklar jamoasidagi o‘rnini belgilashda sistematik, geobotanik, resursshunoslik va boshqa izlanishlar olib borish hamda madanishlashtirish va introduksiya yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqot ishlarida esa tajribalar uchun maydon tanlash, uning talabi va elementlari, tajribani o‘tkazish va tajriba elementlarini joylashtirish, fazalar bo‘yicha o‘simlik tarkibidagi faol moddalarni aniqdash va b.q; kabi ilmiy izlanish muammolarini echimlarini topish uchun tajriba dalasini variantlarga bo‘lish, tajriba natijalarini statistik taxlil qilish usullari haqida atroflicha ma’lumot beradi va o‘rgatadi.
-
Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya
Boshqaruv qarorlari qabul qilishga doir qarashlar va ularning psixologik talqini. Harbiy jamoalarida har qanday daraja va har qanday ko‘lamdagi faoliyatni amalga oshirish boshqaruv qarorlari qabul qilishdan boshlanadi. Shu bois, boshqaruv qarorlari kasbiy faoliyatning markaziy elementi sanaladi.