-
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Biofizika va radiobiologiya
Tabiat qonunlariga asoslangan holda, biologiya, fizika va kimyoning tutashish joyida yangi fan – «Biofizika» fani yuzaga keldi. Biofizika – biologik tizimlardagi fizik va fizik-kimyoviy jarayonlarni va tirik organizmga turli omillarning ta’sirini o’rganadi. Biofizikaga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Biofizika – fizik va fizikkimyoviy jarayonlarni, biologik tizimlar ultrastrukturasini tashkil qilishning hamma sohalarini submolekulyar va molekulalardan to to’qima va to’liq organizmgacha o’rganadigan fandir.
-
Sabzavotchilik
Sabzavotchilik dunyo dehqonchiligida eng qadimiy asosiy va yetakchi tarmoqlardan hisoblanadi. Sabzi, sholg‘om, sarimsoq, lavlagi 2 ming, karam, bodring, piyoz kabilar 4 ming yildan beri ekiladi. Markaziy Osiyoda, ya’ni bizda qovun eramizdan ilgari ham yetishtirilgan. Sabzavotchilik - qishloq xo‘jaligining muhim sohasi bo‘lish bilan birga, fan sifatida uning maqsadi - sabzavot ekinlari biologiyasini o‘rganish va shu asosda mahsulot birligiga kam mehnat, mablag‘ sarflab, yuqori, sifatli hamda arzon mahsulot yetishtirish texnologiyasining nazariy asoslari va amaliy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
-
Agrobiotexnologiya
Agrobiotexnologiya – bu umumiy biologiyaning amaliy sohasi hisoblanib, mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonlar hujayralarining biosintetik potentsiallaridan foydalangan holda yangi ishlab chiqarish jarayonlarini yaratishdir. Agrobiotexnologiyada inson uchun zarur bo’lgan mahsulot va materiallar biologik ob’ektlar (hujayra protoplasti va organoidlari, fermentlar, biologik aktiv moddalar) yordamida sun’iy oziqa muhitida o’stirish orqali ishlab chiqariladi.
-
Ekinlarni sug‘orish va sug‘orish tizimlari
Ekinlarni sug‘orish va sug‘orish tizimlaridan foydalanish fani sug‘oriladigan dehqonchilikning umumiy masalalari, suv resurslari va ulardan oqilona foydalanish, suvlar sifati, tuproq va o‘simliklarning suv rejimlari va uni boshqarish, sug‘orish turlari, noo‘suv davridagi sug‘orishlar, sug‘oriladigani yerlarni rayonlashtirish, iqlim mintaqalari, gidrogeologik va gidromodul hududlar bo‘yicha ekinlarni sug‘orish rejimi va o‘lchamlari, sug‘orishning istiqbolli usullari va texnikasidan hamda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, sug‘orishni tashkil etish va amalga oshirish, sug‘orish tizimlarini tashkil etish va ulardan samarali foydalanish, tizimni takomillashtirish, mexanizatsiyalash va avtomatlash, ularni qayta qurish va faoliyatini yaxshilash, suv o‘lchash va taqsimlash, tizimda suv isrofgarchiligiga qarshi kurash, suvdan foydalanish rejalarini loyihalashtirish va amalga oshirish, suv hisob-kitobini olib borish kabi masalalarni qamraydi.
-
O‘simlikshunoslik
O‘simlikshunoslik - bu qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lib, dala ekinlari va urug‘larining biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganish, ma’lum tuproq va iqlim sharoitiga mos bo‘lgan ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish natijasida mo‘l va sifatla hosil olishni ilmiy va amaliy asoslab beradigan fandir.
-
Фуқаролик ҳуқуқининг умумий қисмидан ўқув услубий комплекс
Мазкур комплекс Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, Фуқаролик кодекси ва бошқа қонун ҳужжатлари асосида ёзилган. Китоб университетларнинг юридик факультетлари, юридик институти ва ҳуқуқ асослари ўқитиладиган олий мактаб талабаларига қўлланма сифатида тавсия этилади. Шунингдек, комплексдан суд, прокуратура, адвокатура, нотариат ва бошқа орган ходимлари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Eksperimentas psihologiya
O’quv uslubiy majmua O’zbekuston Res’publikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2024 yil 31- avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan va fan dasturi asosida tayorlangan
-
FITOPREPARATLARNI NAZORAT QILISH
Xalq sog'lig'ini saqlash, kasalliklarni oldini olish, yosh avlodni sog'lom qilib tarbiyalab shakllantirishda shifobaxsh o'simliklar va ulardan tayyorlanadigan dorivor vositalarning o'rni beqiyosdir. Keyingi yillarda ko'p mamlakatlarda, jumladan, O'zbekiston Respublikasida ham farmatsevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi kuzatilmoqda. Shu sababli ham farmatsevtika korxonalarining dorivor o'simliklar xom ashyosiga bo'lgan talabini keskin ortishiga sabab bo'lmoqda. Fitoterapiya – xalq tabobatidan to hozirgi zamonaviy tibbiyotgacha sinalgan, ming yillik tajribalar majmuasiga asoslangan ilmdir. Dorivor o'simliklarning shifobaxsh xossalari qadimgi zamonlarda empirik belgilangan bo'lib, hozirgi zamonaviy tibbiyotda ilmiy natijalarga asoslanib qo'llanilmoqda
-
ENTOMOLOGIYA VA O‘SIMLIKLARNI ZARARKUNANDALARDAN UYG‘UNLASHGAN HIMOYA QILISH
Entomologiya – yunoncha – entomon – hasharot, logos – fan, hasharotlarni o‘rganuvchi fandir. Umumiy entomologiya va qishloq xo‘jalik entomologiyasi, qishloq xo‘jalik zararli va foydali hasharotlarni o‘rganuvchi fanlar. U biologiya fanining tez sur’atda rivojlanib borayotgan bir tarmog‘i bo‘lib, o‘zi ayni vaqtda qator mustaqil ilmiy sohalarga entomologiya asoslari, o‘rmon xo‘jaligi entomologiyasi, meditsina entmologiyasi hamda veterenariya entomologiyasiga bo‘linadi.
-
Фалсафа.
Инсоният яратган маънавий бойликлар орасида фалсафа илмида тўпланган ҳикматлар хазинаси, атоқли файласуфлар мероси, уларнинг асарлари муҳим ўрин тутади. Хар бир даврнинг буюк донишмандлари ўз юрти ва халқининг тафаккури, руҳияти ҳамда орзу-интилишларини фалсафий таълимотларида ифода этганлар, жамият фаровонлиги ва миллат равнақи учун хизмат қиладиган юксак ғояларни ўртага ташлаганлар. Халқни буюк мақсадлар сари етакловчи бу ғояларнинг муайян давр мафкурасига айланишида фалсафий билимлар катта аҳамият касб этади. Инсоният азал-азалдан олам ва одам нима, улар қандай пайдо бўлган, воқелик қандай қонуниятлар асосида яшайди, ўзгаради ва тараққий этади, деган саволларга жавоб излайди. Умрнинг мазмуни нимадан иборат, авлодлар ортидан авлодлар келиб-кетаверишида қандай маъно бор каби масалалар барчани ўйлантиради.
-
DORIVOR O`SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
Ma‘lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika sanoati ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50-60 % dorivor o‘simliklar xom-ashyosidan tayyorlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham farmatsevtika sanoatining jadal rivojlanishi dorivor o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabni keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda. Ta‘kidlash jiozki, respublikamizda tabiiy holda o‘sadigan dorivor o‘simliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli farmatsevtika sanoati korxonalarning dorivor o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabini, asosan, dorivor o‘simliklar yetishtirish orqaligina qondirish mumkin.
-
Dorivor o`simliklarni tayyorlash, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
Insoniyat dorivor o'simlik mahsulotlaridan foydalana boshlagandan to shu kungacha ularning xom-ashyosini saqlash va qayta ishlash bilan shug'ullanib kelgan. Etishtirilgan mahsulotni sifatli xolatda saqlash, undan unumli foydalanish o'tmishdan inson ehtiyojlarining asosiy vositalaridan biri bo'lib kelgan. Ko'chmanchi halqlar yig'ilgan meva va urug'larni saqlash uchun maxsus yerto'lalar qazishgan. O'tmishda xayotiy zarurat tufayli qadimgi qabilalar ham ortiqcha (oziqovqat) mahsulotlarni saqlash va zararkunandalardan asrash choralarini o'rgana boshlashgan.
-
DORI VOSITALARINING ZAMONAVIY TAXLIL USULLARI
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko’ra “Sog’liqni saqlash” ta’lim sohalarida o’qitiladigan “Dori vositalarini zamonaviy tahlil usullari” dasturi farmasevtika amaliyotida zarur bo’ladigan: zamonaviy asbob-uskunalar, YuSSX, xromatografiya, mass-spektrometriya tahlil usullari va shu kabi boshlang’ich tushunchalarini o’z ichiga olgan bo’limlaridan tashkil topgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining belgilab bergan vazifalari asosida mazkur soha yuzasidan xorijiy oliy o‘quv yurtlarining dasturlari o‘rganildi va tahlil etildi. Tahlil natijalari asosida ishchi dasturga o‘zgartirishlar kiritildi
-
Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi
Ўқув-услубий йўналишдаги ушбу модул узлуксиз таълим жараёнини модернизациялаш ва педагогик технологияларни жорий этиш борасидаги йўналишларни ўзида жамлаган. Унда таълим стандартлари, илмий тадқиқотлар ва методология масалалари кўриб чиқилади. Ахборот ва инновацион технологиялардан фойдаланишнинг янги усуллари ҳам муҳокама қилинган
-
“PERSONALNI BOShQARISh”
Ушбу нашрда бошқарувнинг асосий моделлари ва уларнинг хусусиятлари билан таништиради. Тингловчиларга шахсиятни шакллантириш ва тарбиялашнинг муваффақиятли ечимлари таклиф қилинади. Бу маълумотларни кўриб чиқиш жараёнида улар турли жамоатчилик соҳаларида шахсиятни қандай самарали бошқариш мумкинлигини ўрганадилар. Муаллиф шахсий бошқарувни муваффақиятли амалга ошириш учун зарур бўлган кўникмаларни ва билимларни қайта кўриб чиқади
-