-
-
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
-
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
Astronomiya
O`zbekistonning rivojlanayotgan astronomiya fani, yaqin kelajakda sizdek iste`dodli yoshlar hisobiga iqtidorli astronom-olimlar safini to`ldiradi va ular erishgan yutuqlari bilan ajdod allomalarimiz ruhini shod etadilar. Ushbu darslik mustaqilligimiz sharofati ila astronomiyadan o`zbek tilida bitilgan birinchi darslik bo`lib, uni yozishda barcha hamkasb astronomlarning fikrlari va maslahatlaridan keng foydalanildi.
-
Халқаро ҳуқуқ
Ушбу қўлланмада юридик олий ўқув юртлари учун мўлжалланган халқаро ҳуқуқ бўйича ўқув дастурига мувофиқ ёзилган ўзбек тилидаги биринчи дарсликдир. Унда халқаро ҳуқуқнинг асосий тушунчалари, ғоялари ва тараққиёти ҳамда ҳозирги замон халқаро ҳуқуқнинг асосий принциплари моҳиятини очиб беришга алоҳида эътибор берилган.
-
Jo`rayev Usmon Toshpo`latovich
Bu darslik o`quvchilarni xorij davlatlarining XVI-XIX asri 60- yillari tarixi bilan tanishtiradi. Darslik ikki bo`limdan iborat bo`lib uning birinchi bo`limida XVI-XVIII asrlarda Yevropa, Amerika va Osiyo davlatlari haqida, ikkinchi bo`limida esa XIX asrning 70-yillarigacha bo`lgan davrda Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrika mamlakatlari haqida ma`lumot beruvchi mavzular berilgan.
-
Korreksion pedagogika va logopediya
Mazkur kitobda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari, ulardagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari, turlari ko`rib chiqilgan. Maktabgacha yoshdagi rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarga differentsial va integratsiyalashgan, inklyuziv ta`limni tashkil etish yo`l, usuli hamda tashkiliy formalari bayon etilgan.
-
Ўзбекистон журналистикаси тарихи
Қўлингиздаги "Ўзбекистон журналистикаси тарихи" дарслиги илк марта биринчи манбалар асосида яратилмоқда. Мазкур дарсликни ёзишда муаллиф ўзигача бу соҳада мақола, монография, ўқув қўлланмалари яратган олимларнинг тажрибаларидан фойдаланишга ҳаракат қилди. Муаллиф мазкур дарсликни замонавий тенденцияга амал қилинган ҳолда яратишга уринди.
-
Adabiyotshunoslikka kirish
"Adabiyotshunoslikka kirish" kursi davomida adabiyotshunoslik fani bilan ilk bor sistemali tarzda tanishiladi. Zero, kursning maqsadi ham maktab, litsey va kollejlarda olingan adabiy-nazariy bilimlarni muayyan bir tizimga keltirish va mustahkamlashdan iboratdir.
-
Bolalar adabiyoti
Darslik xalq og`zaki ijodi, bolalar kitobxonligi, o`zbek bolalar adabiyoti, chet el bolalar adabiyoti (obzorlar)dan tashqari, mamlakatimiz va jahon bolalar adabiyotida eng ko`zga ko`ringan yozuvchilarning hayot yo`llari, ijodlari tahlilini o`z ichiga oladi.
-
Tarix (6-sinf)
Darslikda ilk marotaba Jahon tarixi va O`zbekiston tarixini uyg`unlashtirish asosida Qadimgi dunyo tarixi kursini ishlab chiqishga urinishlar amalga oshirildi. Darslik 5 bo`limda iborat bo`lib uning 1-bo`limi Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari, 2-bo`limi Qadimgi Sharq va O`rta Osiyo, 3-bo`limi Qadimgi Yunoniston, 4-bo`limi Miloddan avvalgi VI - milodiy IV asrlarda O`rta Osiyo, 5-bo`limi esa Qadimgi Rim haqidagi mavzularni o`z ichiga oladi.
-
Jahon tarixi (7-sinf)
Ushbu darslik jahon tarixining o`rta asrlar davrini yoritadi. Darslik ikki bo`lim va boblarga, har bir bob o`z navbatida mavzularga bo`lingan. Keltirilgan ma`lumotlarni o`zlashtirilishini yengillashtirish maqsadida har bir mavzu so`ngida nazorat savollari va topshiriqlar berilgan.
-
Сиёсий ва ҳуқуқий таълимотлар тарихи
Мазкур дарсликда сиёсий-ҳуқуқий таълимотлар тарихи фанининг предмети, мақсад ва вазифалари, Қадим давр сиёсий-ҳуқуқий таълимотларининг шаклланиши ва ривожланиши, ўрта аср сиёсий-ҳуқуқий таълимотлари, Шарқ ва Ғарб мамлакатларининг сиёсий-ҳуқуқий таълимотларининг асосий хусусиятлари қайд этилган.
-
O`zbekiston tarixi (9-sinf)
Darslik quyidagi mavzularni o`z ichiga oladi: XIX asr o`rtalarida o`zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti; Possiya imperiyasining O`rta Osiyoni bosib olishi; Possiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati; XIX asr oxirida Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari; XIX asr ikkinchi yarmi-XX asr boshlarida Qoraqalpoqlar; Jadidlar harakati va uning Turkiston ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotidagi ahamiyati.
-
Jahon tarixi
O`rna maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimi uchun uzluksizligi va uzviyligi ta`minlangan "Jahon tarixi" o`quv dasturi asosida yozilgan ushbu darslikda jahondagi asosiy davlatlarning XX-XXI asr boshlaridagi tarixi, xalqaro munosabatlar, fan, madaniyat tarixi yoritilgan.
-
Коррекцион педагогика ва логопедия
Мазкур китобда жисмоний ёки руҳий ривожланишида нуқсони бўлган болаларнинг ривожланиш хусусиятлари, улардаги нуқсонларнинг келиб чиқиш сабаблари, турлари кўриб чиқилган. Мактабгача ёшдаги ривожланишида нуқсони бўлган болаларга дифференциал ва интеграциялашган, инклюзив таълимни ташкил этиш йўл, усул ҳамда ташкилий формаларни баён этилган.
-
Xalqaro iqtisodiyot va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan, ya’ni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o’zi va uni amalga oshirish mexanizmidan iborat.
-
ОЗИҚ-ОВҚАТ МАҲСУЛОТЛАРИ СИФАТ ЭКСПЕРТИЗАСИ ХИЗМАТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ
«Озиқ-овқат маҳсулотлари сифат экспертизаси хизматини ташкил этиш» ўқув фанининг мақсади – озиқ-овқат товарларини экспертиза қилишнинг аҳамияти, ҳар бир гуруҳ озиқ-овқат товарларининг сифат экспертизасини ўтказишнинг ўзига хос-хусусиятлари ҳақида назарий ва амалий билимларни беришдан ва амалий ишлар бажаришга ўргатишдан иборатдир.
-
O`zbek tili
Darslik har biri bir qancha mavzularni qamrab olgan 8 bo`limga: 1. O`tilganlarni takrorlash. 2. Subyektni ifodalash. 3. Predikatni ifodalash. 4. Obyektni ifodalash. 5. Belgini ifodalash. 6. Holatni ifodalash. 7. Fikrni bog`lanishli ifodalash. 8. Fikrni turli nutq uslubida ifodalash bo`limlariga bo`lib berilgan. Darslikka, shuningdek, bog`lanishli nutq, matn turlari, nutq uslublari va ularning lisoniy xususiyatlari bo`yicha nazariy ma`lumotlar va shular yuzasidan maxsus mashqlar ham kiritildi.