-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Умумий фитопатология ва микробиология
Ушбу лаборатория машғулотлари бўйича услубий қўлланмада «Умумий фитопатология ва микробиология» фанидан ўтиладиган лаборатория машғулотларининг мавзуси, уни ўтказиш учун дастур, материал ва жиҳозлар, топшириқларнинг қисқача мазмуни, топшириқни бажариш усули ва тартиби ҳамда олинган натижаларни муҳокама қилиш тўғрисида тушунча берилган.
-
Тупроқ физикаси фанидан амалий машғулотлар бўйича услубий қўлланма
Mazkur uslubiy qo'llanma Toshkent davlat agrar universitetining talabalari uchun “Tuproq fizikasi” fanidan o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlarga mo'ljallangan bo'lib, tuproqning mexanik tarkibini aniqlash, solishtirma massasi, g'ovakligi va boshqa fizik-mexanik xossalarini o'rganish usullarini o'z ichiga oladi.
-
Atom fizikasidan laboratoriya ishlari
Ushbu uslubiy qo'llanmada fizikaviy tajriba xatoliklarini hisoblash usullari, yorug'likning kvant nurlanishi, fotoeffekt, Kompton effekt, atom nurlanish qonuniyati va boshqa mavzularga oid laboratoriya ishlarining batafsil tavsifi berilgan. Qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining fizika va astronomiya mutaxassisliklari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Yadro va elementar zarralar fizikasidan laboratoriya ishlari
Ushbu uslubiy qo'llanmada fizikaviy tajriba xatoliklarini hisoblash usullari, yorug'likning kvant nurlanishi, alfa spektroskopiyasi, Puasson taqsimoti, yadro nurlanish qonuniyati va boshqa mavzularga oid 9 ta laboratoriya ishining batafsil tavsifi berilgan. Qo'llanma fizika va fizika va astronomiya yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
«Tuproqshunoslik» fanidan laboratoriya mashg'ulotlari uchun uslubiy qo'llanma
Ushbu uslubiy qo'llanmada tuproqning eng muhim fizikaviy, mexanikaviy va kimyoviy xossalarini o'rganish, ularni aniqlashga oid laboratoriya mashg'ulotlarining usullari yoritilgan. Qo'llanma talabalarning «Tuproqshunoslik» fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliy mashg'ulotlar orqali to'la o'zlashtirib olishlariga yordam beradi.
-
Materialshunoslik
Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma texnika OTM mexanika-mashinasozlik va shunga yaqin sohalarning turli ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada fanni o'zlashtirish bilan bog'liq bo'lgan nazariy bilimlarning asosiy qismi laboratoriya ishlari va amaliy mashg'ulotlari bilan mustahkamlash ko'zda tutilgan.
-
Kartografiya fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanma
Ushbu uslubiy qo’llanma Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalari uchun «Kartografiya» fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarishga mo’ljallangan. Qo’llanmada kartografik proyeksiyalarni aniqlash, xatolik o’lchamlarini hisoblash va kartografik tasvirlash uslublari bo’yicha ko’rsatmalar berilgan.
-
Гидрохимия. Практические аспекты
Учебно-методическое пособие посвящено изучению химического состава природных вод, физических свойств воды и растворенных газов. Издание предназначено для студентов, обучающихся по направлениям подготовки бакалавров «Гидрометеорология» и «Прикладная гидрометеорология».
-
Ekologik ekspertiza fanidan amaliy mashg'ulotlarni o'tish bo'yicha uslubiy qo'llanma
Ushbu uslubiy qo'llanma magistratura bo'limida suv kadastri va suv resurslaridan samarali foydalanish, gidromelioratsiya, gidrotexnik inshootlar hamda atrof-muhit muhofazasi yo'nalishi mutaxassisligida ta'lim olayotgan talabalarni ekologik ekspertiza fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliy mashg'ulotlarda mustahkamlashga qaratilgan.
-
Gidravlikadan amaliy mashg‘ulotlar
Uslubiy qo‘llanma gidrometeorologiya va gidrologiya yo‘nalishlari bakalavriatura talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Umumiy va maxsus gidravlika” hamda “Gidravlika” fanlari dasturlari asosida tayyorlangan. Unda suyuqliklarning asosiy fizik xususiyatlari, gidrostatik bosim, bosim kuchini hisoblash, quvurlar va kanallarni gidravlik hisoblashlar kabi mavzularga oid amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar berilgan.
-
“ХЎЖАЛИК (ТАДБИРКОРЛИК) ҲУҚУҚИ" ФАНИНИ ЎҚИТИШ БЎЙИЧА УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА
Ушбу услубий қўлланма таълим жараёнига интерфаол таълим усулларини жорий килиш билан боғлик масалаларни мухокама килишга бағишланган. Унда таълим технологияларининг "Кластер", "Инсерт", "БББ", "Блиц сўров", "Гурухларда ишлаш", "Аклий ҳужум" усулларидан фойдаланилган. У юридик йўналишдаги Олий ўқув юртлари талабалари, профессор-ўкитувчилар, ўрта махсус ва касб-ҳунар таълими ходимлари ҳамда малака ошириш ва кайта тайёрлаш марказлари тингловчилари учун мўлжалланган.
-
MUMTOZ SHE’RIYAT JANRLARI
Mazkur o'quv qo'llanma talabalarga mumtoz she’riyat janrlarining shakllanishi va rivojlanishi, ularning nazariy-poetik xususiyatlari hamda mavjud qoidalari haqida ma’lumot beradi. Kitob filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabalari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilariga mo'ljallangan.
-
Esse yozish qoidalari
Ushbu uslubiy qo‘llanmada esse yozishning lingvopoetik xususiyatlari yozma nutq kompetensiyasini rivojlantiruvchi qonuniyat sifatida tahlil qilingan. Qo‘llanma maktab, akademik litsey va professional ta’lim o‘quvchilariga, milliy sertifikat tizimining esse qismiga tayyorlanayotgan talabgorlarga, shuningdek, oliy ta’limning o‘zbek filologiyasi talabalariga mo‘ljallangan.
-
Tracking Soil Health: Monitoring and Modeling the Soil-Plant System
The assessment of soil health has evolved from focusing primary on agricultural productivity to an integrated evaluation of soil biota and biotic processes that impact soil properties. Consequently, soil health assessment has shifted from a predominantly physico-chemical approach to incorporating ecological, biological and molecular microbiology methods. These methods enable a comprehensive exploration of soil microbial community properties and their responses to environmental changes arising from climate change and anthropogenic disturbances.
-
Лексикологияи забони форсӣ
Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma fors tilining leksikologiyasi, so'z yasalishi, frazeologiyasi va leksikografiyasiga bag'ishlangan. Unda fors-tojik tillarining tarixiy taraqqiyoti, boyish bosqichlari hamda qiyosiy-tarixiy jihatlari ilmiy asosda yoritib berilgan. Risola filologiya fakulteti talabalari, fors tilini o'rganuvchilar va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Tuproqshunoslik fanidan amaliy mashg'ulotlar uchun uslubiy qo'llanma
Ushbu uslubiy qo'llanma Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, tuproqshunoslik fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish, tuproq kesmalarini olish usullari, tuproqning morfologik belgilarini o'rganish va tahlil qilish bo'yicha ko'rsatmalarni o'z ichiga oladi. Qo'llanmada tuproqlarning fizikaviy, mexanikaviy va kimyoviy xossalarini aniqlash, shuningdek, tuproq bonitet ballini hisoblash kabi muhim mavzular yoritilgan.