-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Mevachilik va sabzavotchilik
Mazkur darslik 54101000 - Agronomiya va agrotuproqshunoslik,5410300 - O`simliklar himoyasi va karantin,5410400 - Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi ta`lim yo`nalishlarida o`qiyotgan talabalar uchun tayyorlangan.Uni yozishda mustaqillik yillarida jahon va Respublikamizda intensiv mevachilik sohasidagi agrotexnologiyalar va ilg`or xorijiy tajribalar mualliflar tomonidan hisobga olinib, meva va rezavor meva ekinlarining ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, biologik xususiyatlari, Davlat registriga kiritilgsn va keng tarqalgan navlarning ta`rifi, meva ekinlarini ko`paytirish usullari, meva ko`chatzori,meva bog`lari barpo etish, shakl berish va butash turlari, meva ekinlarini parvarishlash,hosilni terish, tashish,saqlash, intensiv mevachilik, xususiy mevachilik va O`zbekistonda yovvoyi holda o`sadigan meva ekinlariga katta e`tibor berilgan.
-
Bioorganik kimyo
Darslikda organik kimyoning nazariy asoslari keltirilgan va organizmda sodir bo'ladigan reaksiyalarga katta ahamiyat berilgan. Organik kimyo qonuniyatlari, organik birikmalarning sinflanishi, kimyoviy xossalari, ularning biologik ahamiyatga ega bo'lgan xossalari va ular asosida olingan dorivor preparatlarga e'tibor berilgan.
-
O'zbek tili
Darslikda asosiy diqqat-e'tibor amaliyotga, so'zlashuv nutqiga, nutq o'stirish muammosiga qaratildi. Shunga ko'ra, darslikning asosiy qismini mashg'ulotlar, topshiriqlar, matnlar, tarjimalar va lug'atlar tashkil etadi.
-
Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi
Darslik oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash kengaygani, ularning sifat va xavfsizligiga talab oshgan-ligi natijasida solia rivojlangani, yangi ishlanmalar paydo bo‘lib, texnologiyaning ilmiy tomoni kuchayganini hisobga olgan holda boyitildi.Darslik magistraturaning namunaviy o‘quv rejasi asosida yozilgan bo‘lib, «КООМТ» mutaxassisligida ta’lim oluvchi magistrantlar uchun moljallangan. Darslikda keltirilgan konservalash texnologiyasi bo'yicha sxema va matnlar, formula va misollar, o‘quv yurtining bakalavr talabalariga ham fanni o'zlashtirish, kurs, bitiruv malaka ishlari loyihalarini bajarishda texnologiya asoslari va ularni tanlash, hisoblash usullarini o‘rganish uchun katta yordam beradi
-
Жисмоний тарбия назарияси ва услубияти
Жисмоний тарбия ва спорт мутахассисларини тайёрлайдиган олий ўқув юртларининг талабалари, магистрлари, ўрта махсус таълим муассасаларининг ўкувчилари учун мўлжалланган ушбу дарслик жисмоний маданият ва жисмоний тарбия бакалаври ўқув дастури асосида ёзилган бўлиб, жисмоний тарбия мутахассисига касб тайёргарлигининг илмий, назарий ва амалий материал-лари ни ўзида мужассамлаштирган ва жисмоний тарбия жараёнини ташкил этиш масалаларида ёрдам беради.
-
Algebra va matematik analiz asoslari 2-qism 7-nashr
Ushbu «Algebra va matematik analiz asoslari (II qism)» darsligi shu nomli kitob I qismining uzviy davomi bo‘lib, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun mo‘ljallangan hamda shu fan bo‘yicha akademik litseylar va kasbhunar kollejlari o‘quv rejasiga asosan aniq fanlar yo‘nalishi, tabiiy fanlar yo‘nalishi, shuningdek, matematika umumta’lim fani sifatida o‘rganiladigan guruhlarining algebra va matematik analiz asoslari kursining o‘quv dasturidagi barcha materiallarni o‘z ichiga oladi.
-
Umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari
Elektronika fan sifatida elektr asboblarni o'rganish va ularni amalda qo'llash bilan shug'ullanadi. Ular vakumda, gazda va qattiq kristall jismlarda zaryadlangan zarrachalar konsentratsiyasining o'zgarishiga asoslangan.
-
Гигиена и основы экологии человека
В учебнике отражены основные разделы гигиены - гигиена окружающей среды, гигиена питания, гигиена лечебно - профилактических учреждений, радиационная гигиена, гигиена труда, гигиена детей и подростков, личная гигиена, гигиена экстремальных ситуаций и катастроф, а также связанные с этими разделами вопросы экологии человека. В материалы учебника включены действующие на сегодняшний день официальные нормативные документы, в том числе введенные в действие в последние годы.
-
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash
Darslik fanda о‘rganiladigan masalalarning dolzarbligiga asoslanib, neft va gaz quduqlarini burg‘ilash, burg‘ilash usullari va texnologiyasi, burg‘ilashda qо‘llaniladigan texnikalar, uskunalar va jihozlar, tog‘ jinslarini parchalovchi asboblar, burg‘ilash tizmalari, yuvuvchi eritmalarning turi va vazifalari, burg‘ilash rejimini tanlash va asoslash, burg‘ilash jarayonida sodir bо‘ladigan mushkulotlar, qiya yо‘naltirilgan va gorizontal quduqlarni burg‘ilash texnika va texnologiyasi hamda ularni burg‘ilash jarayoni, egrilanishning oldini olish, quduqlarni burg‘ilash jarayonida tizmalarning qisilib qolish holatlari, qatlamlarni ajratish, quduqlarni mustahkamlash, sementlash va texnika xavfsizligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
-
Ipak qurti yuqumli kasalliklari diagnostikasi va epizootologiyasi
Ushbu darslikda ipak qurtining yuqumli kasalliklarini keltirib chiqaruvchi bakteriyalar, viruslar, zamburug 'lar va bir hujay-rali sodda hayvonlar to'g'risida tushunchalar hamda ma'lumotlar berilgan. Ipak qurtining о 'lat, qon chirish, liqqoq, poliedroz (virus), aspergillyoz, oq, qora, yashil va qizil muskardina hamda nozematoz kasalliklarini alomatlari, kelib chiqish sabablari, diagnostikasi, epizootologiyasiga oid ma 'lumotlar, rasmlar va sxemalar asosida izohlab berilgan. Darslikda laboratoriya mashg 'ulotlarini о 'tkazish tartibi ham bayon etilgan. Mazkur darslik 5A410901 - Ipakchilik mutaxassisligi magistrlari va 5410900 - Ipakchilik yo 'nalishi bakalavrlari, kollej о 'quv-chilari hamda ipakchilik sohasi bo 'yicha faoliyat ко 'rsatuvchi barcha mutaxassislarga mo 'Ijallangan.
-
Algebra va matematik analiz asoslari 1-qism 7-nashr
"Algebra va matematik analiz asoslari" darsligi ikki qismdan iborat bo'lib, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan hamda shu fan bo‘yicha akademik litseylar va kasbhunar kollejlari o'quv rejasiga asosan, aniq fanlar yonalishi, tabiiy fanlar yo'nalishi, shuningdek, matematika umumta'lim fani sifatida o'rganiladigan guruhlarning "Algebra va matematik analiz asoslari" kursining o'quv dasturidagi barcha materiallarni o'z ichiga oladi.
-
Telekommunikasiya uzatish tizimlari
Telekommunikasiya signallar nazariyasi, ularning sifat ko'rsatgichlari, telekommunikasiya uzatish elementlari, ularning ishlash prinsiplari, uzatish tizimlarini tuzilish nazariyasi va ishlash prinsiplari, analog va raqamli telekommunikasiya kanallari, traktlari va ular orqali telekommunikasiya tarmoqlarini tuzish asoslari kitobga kiritilgan.
-
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
Ushbu darslikda "Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika" fanining "tasodifiy hodisalar", "tasodifiy miqdorlar va ularning funksiyalari" va "matematik statistika" qismlari o'z aksini topgan.
-
Elektron hisoblash mashinalarini kimyo texnologiyasida qo`llash
Darslikda kimyoviy texnologiya jarayonlarini matematik modellashtirish va optimallashtirishda elektron hisoblash mashinalarini qo`llashning asosiy tushunchalari qulay shaklda bayon qilingan hamda gidromexanik, massa va issiqlik almashuvi jarayonlari ko`rib chiqilgan.
-
Pedagogika nazariyasi va tarixi II-qism
Mazkur darslik "Pedagogika nazariyasi va tarixi" (II-qism) o`z ichiga pedagogikaning - pedagogika nazariyasi kursini qamrab olgan. Darslikda pedagogika tarixi fani haqida, VII asrdan IX asrning birinchi yarmigacha O`rta Osiyoda tarbiya, maktab, 1917-1945 yillarda hamda 1945-1990 yillarda O`zbekistonda ta'lim tizimi, Mustaqil O`zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi haqida batafsil yoritilgan.
-
Aruz ilmi
Ushbu darslik aruz ilmining qonun-qoidalari, tarkibiy qismlari, aruz bahrlari va aruz doiralari hamda Movarounnahrlik olimlarining aruzga doir asarlari haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga qamrab olgan.