-
-
-
-
-
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Odam anatomiyasi
Mazkur kitob O‘zbekiston Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot institutlarining bakalavriat yo‘nalishidagi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Undan shu soha mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin. Kitobda bola tug‘ilishidan boshlab, to yetuk shakillanguncha bo'lgan o‘ziga xos anatomik o'zgarishlar batafsil yoritilgan.
-
Odam anatomiyasi
Ushbu darslik tibbiyot oliy o`quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan bo`lib, unda talabalar tibbiyotning eng muhim fani hisoblangan anatomiya va morfologiyaga oid yangiliklar bilan yaqindan tanishadilar. Muallif ushbu darslikda har bir darslikda a`zoning, qolaversa, anatomik sistemalarning tuzilishi, embrional o`sishining yosh va jinsga qarab o`zgarib turishini tushunarli va qiziqarli qilib bayon etishga uringan. Kitobda ichki a`zolarning anatomik tuzilishi, ularning qon tomirlar va nervlar bilan qanday qilib ta`minlanganligi yaqqol tasvirlab berilgan.
-
Tehnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
Darslikda metrologiya asoslari, sanoat ishlab chiqarishidagi texnologik jarayonlarning parametrlari (harorat, bosim, sarf, konsentratsiya, zichlik, qovushqoqlik, mexanik kattaliklar) ni nazorat qilish usullari va asboblari tavsiflangan.
-
Kompyuter grafikasi va WEB-dizayn
Ushbu darslik «Kompyuter grafikasi va Web-dizayn» deb nomlanib. unda kompyuterning universal uskunaviy dasturiy vositalaridan hisoblangan Corel Draw, PhotoShop, Dreamweaver, Front Page. Home Site va Flash dasturlari, HTML gipermatnlarni belgilash tili, Java Script, PHP kabi web-dasturlash tillarining imkoniyatlari va ta’lim tizimidagi foydalanishning amaliy jihatlari yoritilgan.
-
Бюджет ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби
Дарслик олий ўқув юртларининг иқтисодиёт факультети талабалари учун мўлжалланган.
-
Теория бухгалтерского учета
Учебник предназначено для студентов, обучающихся по экономическими специальности.
-
Korporativ moliya
Darslik iqtisodiy mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan.
-
Jihozlash va loyihalash asoslari
Ushbu darslik 16 ta bobdan iborat bo‘lib, unda kimyo sanoati asbob-uskunalariga qo‘yiladigan umumiy talablar, noorganik moddalar ishlab chiqarish sanoatida qo‘llaniladigan konstruksion materiallar, aralashtirgichli qurilmalar, kristall va suspenziyali aralashtirgichlar, termo va elektrotexnologik materiallar, tegishli korxonalarning transport vositalari, omborxona jihozlari kabi mavzular o‘z aksini topgan. Qo'llanmada kimyoviy mashinasozlikda ishlatiladigan konstruksion materiallarning xossalari, apparat va texnologik liniyalarning ishonchli ishlashi haqida ham to'xtalib o'tilgan.
-
Informatika va hisoblash texnika asoslari
Darslikda informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o‘rni, axborot tizimlarini tuzish va undan foydalanish, model va modellashtirish, taqribiy hisoblash usullari, iqtisodiy-matematik usullar, algoritmlar va ularni dasturlash, O‘zbekistonda kompyuter tarmoqlari va ularning istiqbollari mavzulari yoritilgan. Mavzuga oid ko‘plab misollar tahlili bilan keltirilgan, mashq qilish uchun topshiriqlar berilgan.
-
Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar
Darslik texnika oily o'quv yurtlarining qurilish yo’nalishlariga oid yangi o’quv dasturlari asosida yozilgan. U ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismida gruntlar va ularning turlari, gruntning fizik-mexanik hossalari, gruntning tashqi yuk ta’sirida zo’riqish holatlari, deformatsiyalanishi, o’zidan suv sizdirish qobiliyati, shuningdek uning reoligik va seysmik mustahkamligiga oid masalalar yoritilgan. Kitobning ikkinchi qismi bino va inshootlarning zamini va poydevorlarini loyihalash, hamda hisoblash usullariga bag’ishlangan. Materiallar Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston sharoitiga moslab bayon etilgan.
-
Texnologik jihozlar va ularning ekspluatatsiyasi
Darslikda zamonaviy avtotransport korxonalaridagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan zamonaviy texnologik jihozlar, ularning turlari va tavsifi, foydalanish texnologiyasi va texnik ekspluatatsiyasi hamda nostandart jihozlarni avtotransport korxonalari sharoitida loyihalash va yasash kabi bo’limlar yoritilgan.Undan oliy o’quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari pedagoglari hamda avtotransport tarmog’i korxonalarining muxandis-texnik xodimlari ham foydalanishi mumkin.
-
Elektr transportining elektr va elektron uskunalari
Darslikda elektr transporti elektr jihozlari va uning asosiy qonunlari, yarim o'tkazuvchi asboblar, diod, tiristorlar, elektr transportida ishlatiladigan to'g'rilagich sxemalari va elektr apparatlari, elektron qurilma elementlari va apparatlari hamda raqamli sxemotexnika kabi mavzular keltirilgan.
-
Elektr texnikaning nazariy asoslari. (1-qism)
«Elektr texnikanig nazariy asoslari» darsligining 1-qismida elektr zanjirlarining elementlari va asosiy tushunchalari, o‘zgarmas va o'zgaruvchan tok zanjirlarini tahlil qilishdagi asosiy qonunlar va hisoblash usullari hamda rezonans hodisalari, o‘zaro induktivlik, uch fazali zanjirlar mavzulari batafsil yoritilgan. Darslik texnika oliv o‘quv yurtlarlning bakalavriatura, magistratura talabalari hamda katta ilmiy xodim va izlanuvchilar uchun mo‘ljallangan, bundan ishlab chiqarish sohalarining mutaxassislari, muhandislar, ilmiy texnik xodimlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi
Mazkur darslik pedagogika instituti va universitetlarining “Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ish” yo‘nalishi bo'yicha bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mo'ljallangan bo‘lib, “Boshlang‘ich sinflarda matematikani o‘qitish metodikasi” fani bo'yicha foydalanishga tavsiya etiladi.
-
Bolalar adabiyoti va folklor
M. Jumaboyevning mazkur darsligi "Kirish" "Xalq og'zaki ijodi va bolalar kitobxonligi", "0‘zbek bolalar adabiyoti", "Chet el bolalar adabiyoti" deb nomlanuvchi bo‘limlardan iborat.
-
Меҳнат иқтисодиёти
Мазкур дарслик олий ўқув юртларининг иқтисодиёт факультетлари , бакалавр ва магистрлари ҳамда меҳнат иқтисодиёти назарияси ва амалиёти билан шуғулланаётган мутахассислар учун мўлжалланган.