-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
-
-
Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish
Ushbu „Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish“ darsligida hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotining paydo bo‘lishi, rivojlanishi, bosib o‘tgan tarixiy yo‘li atroflicha tahlil qilinadi. Uning asosini xalq og‘zaki ijodi, Sharq allomalarining ijodi va jahon bolalar adabiyoti tashkil etadi. Shuningdek, ifodali o‘qish va uning qonun-qoidalariga ham keng o‘rin berilgan.
-
Bolalar adabiyoti va folklor
Darslikda o‘zbek va jahon bolalar adabiyotining ko‘zga ko'ringan yozuvchilari saralab olingan. Qalamkashlar va ulamning ijodlari haqidagi materiallar ham juda ixcham va tushunarli berilgan.
-
Интегрированная защита растений
В учебнике рассмотрена современная организация защиты растений,даны теоретические обоснования и характеристика методов борьбы с вредными организмами.
-
Genetika va seleksiya asoslari
Mazkur darslik 5420100 - Biologiya ta’lim yo‘nalishi bo'yicha o‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, universitetlarning biologiya fakultetlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda genetika fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot metodlari, rivojlanishining qisqacha tarixi, irsiylanish va irsiyat qonuniyatlari, irsiyatning xromosoma nazariyasi; irsiyatning molekular genetik asoslari, o‘zgaruvchanlik va uning tiplari, populatsion va evolutsion genetika asoslari; odam genetikasi, tibbiyot genetikasi masalalari hamda seleksiyaning genetik asoslari yoritilgan. Mavzularning bayon etilishida genetika fanining so'nggi yutuqlaridan foydalanib, mahalliy materiallar bilan boyitilgan. Darslikdan o‘rta maktab o‘qituvchilari, biologiya yo‘nalishida ixtisoslashayotgan magistrantlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Genetika va biotexnologiya (Genetika)
Ushbu darslikda genetika fani taraqqiyotining qisqacha tarixi, o`zgaruvchanlik xillari va uni o`rganish usullari, irsiyatning sitologik va moleklyar asoslari biotexnologiya va injineriyasi, G.Mendel tomonidan aniqlangan irsiy qonuniyatlar, irsiyatning xromosoma nazariyasi va jins genetikasi, shaxsiy taraqqiyotning genetik asoslari mutatsion o`zgaruvchanlik, populyatsiyalar genetikasi, inbriding, inbred depressiya va geterozis, immunitet va irsiy kasalliklar genetikasi, irsiy mustahkamlikning naslga berilishi, immunogenetika va oqsillar bo`yicha irsiy polimorfizm, hayvonlar hulq-atvor genetikasi, xususiy genetika-uy hayvonlarining genetikasi, evolyutsion ta`limot va genetika kabi muhim masalalar bayon etilgan.
-
Maktabgacha pedogogika
Darslik oliy o`quv yurtlari pedogogika kollejlarining maktabgacha ta`lim yo`nalishida tahsil olayotgan talaba o`quvchilari hamda maktabgacha ta`lim sohasida faoliyat ko`rsatayotgan rahbar va mutaxassislar pedogoglar uchun mo`ljallangan.
-
Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи
Мазкур дарслик қадимги даврлардан энг янги тарих давригача Ўзбекистонда давлат ва ҳуқуқ тарихини ўрганишга бағишланиб, унда ўқув курсининг дастурига мувофиқ ҳозирги Ўзбекистон худудида давлат ва ҳуқуқнинг вужудга келиши, ўзига хос хусусиятлари, қадимги даврдаги ҳуқуқ, ҳуқуқнинг юридик ва ўрганиш манбалари, уларнинг асосий белгилари, Мовароуннаҳр фиқҳ (ҳуқуқ) мактаби, унинг йирик вакиллари мерос қолдирган асосий асарларнинг ҳуқуқий мазмуни очиб берилган. Ўзбекистон ҳудудида фаолият кўрсатган давлатларнинг ташкил топиши, ижтимоий-сиёсий тузумининг ўзига хос хусусиятлари ва ҳуқуқи, классик тарихчилар асарларига суянган ҳолда тарихий- ҳуқуқий жиҳатдан ёритилган. Ушбу дарслик олий юридик ўқув юртлари талабалари, бакалавр ва магистрантлари, аспирантлар ва илмий тадқиқотчилар, шунингдек, давлат ва ҳуқуқ тарихи билан қизиқувчи кенг китобхонларга мўлжалланган.
-
Evolyutsion ta`limot
Biologiyaning aniq sohalari (botanika, zoologiya, sitologiya, genetika, embriologiya va hokazolar)dan farq qilib, evolyutsion ta’limot sintetik xarakterga ega bo‘lib, turii biologik fanlarga nisbatan hajm jihatdan keng, mazmun jihatdan murakkab nazariy masalalarni qamrab olgan fandir. Mazkur darslikni nashrga tayyorlashda keyingi yillarda evolyutsion ta’limotga oid rus tilida nashr etilgan darsliklar, o'quv qo`llanmalar va turli adabiyotlardan hamda mahalliy materiallardan foydalanildi.
-
Конституциявий ҳуқуқ
Конституциявий хукук буйича тайёрланган дарслик олий юридик укув юртла- рининг бакалавр боскичи таълим стандартлари асосида яратилган. Дарсликда Конституциявий хукук фани предмета доирасига кирувчи мав- зулар ёритилган. Дарсликнинг тузилиши (тизими) Узбекистон Республикасининг Конституция«! тузилишига хам мос келади. Унда Конституциям 2011 йил 12 декабр- гача киритилган барча узгаришлар эътиборга олинган. Дарслик олий укув юрти талабалари учун мулжалланиб, ундан бошкалар хам Конституцияни урганишда фойдаланишлари мумкин.
-
Фалсафа ва фан методологияси
Дарслик фалсафа ва фан методологияси дастури асосида давлат таълим стандартларига мос равишда тайёрланган. Унда асосий эътибор фан тараққиёти тарихи, йўналиши, даражалари, методологияси, фан фалсафасининг долзарб муаммолари, фаннинг инсон ва жамиятдаги роли, истиқболлари ва ундаги мавжуд муаммолар фалсафий таҳлил қилинган.
-
Matematika
Darslik boshlarg'ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, davlat ta'lim standartiga to'la mos keladi.
-
Matematika o'qitish metodikasi
Mazkur darslikda keltirilgan barcha nazariy va amaliy mavzularning mazmuni matematika o'qitish metodikasi fanining amaldagi dasturiga to'la mos keladi.
-
Huquqshunoslik
Darsiik eng asosiy huquqiy bilimlarini o‘zlashtirilishi uchun noyuridik ta’lim y o ‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u o‘zida 9 ta mavzuni mujassam qilgan va bu mavzular jamiyatimiz fuqarolarining huquqiy ongini oshirishda eng asosiy rolni o'ynaydi. Darsiik davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va ushbu fan bo'yicha namunaviy dasturga muvofiq ishlangan.
-
Estetika. Nafosat falsafasi
Muallif Abdulla Sheming ushbu «Estetika» (Nafosat falsafasi) kitobi oliy ta’lim muassasalarimng umumbakalavr yo‘nalishi va falsafiy yo‘nalishdagi fakultet hamda bo‘limlari uchun namunaviy dastur asosida tayyorlangan bo‘lib, shu sohadagi ilk darslik hisoblanadi. Mazkur darslikdan magistrantlar, tadqiqotchilar, shuningdek, estetika va falsafa tarixi sohalari mutaxassislari foydalanishlari mumkin.
-
O'zbek mifologiyasi
Ushbu darslik “O‘zbek mifologiyasi” fanining asosiy mazmunini qamrab olgan bo'lib, uning asoslarini o'zlashtirishga xizmat qiladi. Unda mif va mifologik tasavvurlar haqidagi nazariy qarashlar, miflar tasnifi, inson dunyoqarashining ilk badiiy shakli, so‘z san’atining boshlangich namunasi ekani, mifologik tafakkurning badiiy-estetik tafakkurga o'tish bosqichlari o‘zbek folklori janrlari misolida asoslanib,mifning inson ma'rifiy dunyoqarashi, estetik didini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan.
-
Falsafa
Darslikda falsafa asoslari yangi metodologik yondashuvlar hisobga olingan holda tizimli bayon etilgan. Darslik mazmuni dunyoda ko‘pchilik tomonidan tan olingan falsafiy bilim strukturasiga mos keladi. Unda falsafa tarixiga, Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi, shuningdek, G‘arb va Sharq falsafasiga keng o‘rin berilgan. Darslikda falsafadagi metodologiya va metod, ontologiya, gnoseologiya, fan falsafasi, texnika falsafasi, falsafiy antropologiya, ijtimoiy falsafa, din falsafasi, aksiologiya, tarix falsafasi, global muammoiar falsafasi kabi masalalar o‘z o‘rnini topgan.