-
Fizik - kolloid kimyo va tahlil usullari
Kolloid kimyoda tekshiriladigan sohalar ikki belgi bilan xarakterlanadi (Peskov N.P. 1930y). Ular:disperslik va geterogenlikdir. Biror moddaning mayda zarrachalari boshqa modda ichida tarqalishidan hosil bo'lgan tizim dispers tizim deyiladi (dispers lotinchadan:- tarqalmoq). Tarqalgan modda dispers faza, ikkinchi modda esa dispersion muhit deyiladi. Har qaysi dispers faza qattiq, suyuq va gazsimon agregat holatlarda bo'lishi mumkin. Shu bois dispers tizimlarning xillari nihoyatda ko’p. Kapillar-govak moddalar ham dispers tizimlar jumlasiga kiradi. Dispers tizimlarda dispers faza zarrachalari katta sirtga ega bo'lganligi sababli ularning sirtidagi atom va molekulalar alohida holatda bo'ladi. Ko'pincha kolloid eritmaning sirt qavati uning ichki qavatidan hatto tarkib jihatidan fark qiladi. Binobarin, har qanday dispers tizimda haqiqatan uchta faza: dispers faza, dispersion muhit va sirt faza mavjuddir. Shunga ko'ra kolloid kimyoda uch muhim muammo bilan ish ko'rishga to'g`ri keladi, bular: 1) sirtda sodir bo'ladigan hodisalarni va sirt qavatlarni o'rganish 2) dispers tizimlarning sirt fazaga bog’liq xossalarini o'rganish:3) dispers tizimlarning mavjudlik sharoitlarini o'rganishdan iborat
-
Агросаноат мажмуаси иқтисодиёти
Ўқув қўлланмада агросаноат мажмуаси иқтисодиётининг асосий назарий тушунчалари, усуллари ва мажмуа иқтисодиёти нинг бозор иктисодиёти шароитида барқарор ривожланишини таъминлаш борасида олиб борилаётган сиёсат билан боғлиқ масалалар баён этилган; агросаноат интеграцияси, унинг ри- вожланиши натижасида агросаноат мажмуасининг вужудга келиши, «агросаноат мажмуаси» тушунчаси ва агросаноат мажмуасига кирувчи тармоқлар иқтисодиётининг асосий масалала ри ёритилган;
-
O'ZBEK TILINING SOHADA QO'LLANISHI
Ilmiy adabiyotlarda ta'kidlanishicha, ma'lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qoʻllaniladigan va asosan o'sha soha kishilari tushunadigan maxsus so'zlar terminlar-atamalar sifatida qaraladi.
-
ANALITIK KIMYO
Analiz so'zining lug'aviy ma'nosi-murakkab tizimni tarkibiy qismlarga ajratib, o'rganish ya'ni tahlil etish ma'nosini anglatadi. Analitik kimyo kimyo va fizika qonunlari asosida moddalarni atom, molekulyar, fazoviy tuzilishini o'rganuvchi, sifat va miqdoriy tahlil usul va uslublarini ishlab chiquvchi, kimyo fanining alohida bo'limidir. Mashxur tahlilchi akademik Yu.A.Zolotovga ko'ra "Analitik kimyo-moddalarning tarkibi va ma'lum ma'noda tuzilishini aniqlashga doir tamoyillar, usul va vositalar xaqidagi fandir". Fanning maqsadi - modda va ashyolarni sifat va miqdoriy tahlil etish, vazifasi mavjud tahlil usullarini - takomillashtirish va tahlilni yangi usullarini kashf etishdan iboratdir.
-
ANALITIK KIMYO
Analitik kimyo fanini samarali o'tkazish uchun talabalar boshlang'ich fizika va matematikaning kimyoviy birikmalariga, noorganik kimyoning asosiy mavzularini, ular bo'yicha tegishli o'quv adabiyotlardan foydalanishlarni bilishlari zarur. Maskur fan bevosita biologik jarayonlar, agrokimyo va tuproqshunoslik, ekologiya va tabiatdan foydalanish, noorganik kimyo, fizika va matematika sohalaridagi fanlar bilan uzviy bog'langan. Analitik kimyo vazifalari. Xozirgi vaqtda biologik jarayonlarni borishida, tabiyatni muhofoza qilishda analitik kimyo faning ro'li. Modda va moddalar aralashmasining sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashlardan iborat.
-
ORGANIK KIMYODAN LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI
Mazkur uslubiy qo’llanmada kimyo yo’nalishlari uchun mo’ljanlangan dasturga binoan barcha mavzularga mos laboratoriya mashg’ulotlari keltirilgan. Har bir laboratoriya mashg’uloti uchun 3-4 tadan tarjibalar berilgan. Ushbu qo’llanmaning davlat tilidagi lotin alifbosida yozilishi “davlat tili to’g’risidagi” qonunni bajarilishini ta’minlashga qaratilgan.
-
AGROKIMYO
Fanning maqsadi -o’simliklarning biologik xususiyatlari va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda o’g'itlardan oqilona foydalanish asosida qishloq xo’jalik ekinlaridan mo’l va sifatli hosil yеtishtirish usullarini yaratish. Fanning vazifasi- ekinlardan mo’l va sifatli hosil yеtishtirishni bеvosita sug'oriladigan dеhqonchilik sharoitida amalga oshirishni o’rganish; o’g'itlardan samarali foydalanish; ekinlarning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligini boshqarish; atrof-muhitni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishining oldini olish muammolarini hal etish.
-
MATEMATIKA
Ushbu ishchi o’quv dasturi matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokida turuvchi “Matematika” fanidan tuzilgan boʻlib, u asosiy algebrik tuzilmalar, mantiqiy hisoblashlar, vektorlar algebrasi, analitik geometriya, differensial va integral hisob, kombinatorika, ehtimollar nazariyasining matematik asoslari, tasodifiy xodisalar modellari, gipotezlarni tekshirish, eksperement natijalarini qayta ishlashning sistematik metodlari qisqa kursini oʻz ichiga olagan.
-
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI » O’QUV PREDMETI BO’YICHA O’QUV-USLUBIY MAJMUA
Matematika o’qitish metodikasi» fanidan o’quv – uslubiy majmua Samarqand davlat universitetining “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasida tayyorlangan. Majmua «Matematika o’qitish metodikasi» fanini o’rganish jarayonida talabaning mustaqil ishlashini ta’minlovchi o’quv-uslubiy materiallarni o’z ichiga oladi hamda talaba olgan bilimining sifatini doimo nazorat qilishni ta’minlaydi.
-
KIMYODAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma kimyo fani dasturi asosida, mutaxassisligi kimyogar bo‘lmagan, yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalar uchun mo‘ljallab yozilgan. Unda kimyo asoslarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida to‘la o‘zlashtirish uchun bakalavriat tayyorlash davlat ta’lim standarti talablariga to‘liq javob beradigan ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Qo‘llanmada kimyoning nazariy asoslari, atom tuzilishi, davriy qonun va davriy sistema, kimyoviy bog‘lanish nazariyasi, kimyoviy jarayonlar, kimyoviy termodinamika, kimyoviy kinetika, eritmalar, metallmaslar va metallar kimyosi hamda ayrim kationlar va anionlarni tahlil qilish kabi masalalari batafsil yoritilgan.
-
MOLIYA
Moliya fani iqtisod sohasi uchun mutaxassislar tayyorla tizimida eng asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Mustaqil fan sifati unga o'tgan asrning 50-yillarida asos solingan bo'lib, u o'sl davrdagi moliyaviy tushunchalarga mos kelar edi. O'zbekiston ham bozor islohotlarining amalga oshirilishi moliya fanidagi t qancha muhim nazariy qoidalarni qayta ko'rib chiqilishini taqo: etdi. Ammo bu narsa hamon o'quv adabiyotlarida o'z aksini to'l topgani yo'q. Shu boisdan ham, ayrim holatlarda, mamlakat moli tizimida sodir bo'lgan keskin o'zgarishlarni yetarli darajada inobat olmagan holda mashg'ulotlar o'tkazib kelinmoqda. Qo'lingiz taqdim etilayotgan darslik mualliflari moliyaning nazariy masal. lariga oid barcha prinsipial o'zgarishlarni o'quvchilar e'tiborių yetkazishga harakat qilishgan.
-
Тадбиркорлик асослари
Муваффакият! Шу битта сўзла маъно яширинган. Муваффакиятни ҳар ким ҳар хил тушунади ва кабул килади. Ким учундир бу доимий иш ўрни, қатъий маош, уй ва машина бўлса, яна кимдир учун бу туганмас бойлик, бутун дунёга машҳур бўлиш, яна кимдир учун эса бутун дунё бўйлаб саёҳат килиш имкониятидир. Хуллас, ҳар ким муваффақиятни Ўзича тушунади.
-
МАХСУС ФАНЛАРНИ ЎҚИТИШ МЕТОДИКАСИ
Мажмуа олий мактаб ва қўшимча таълим тизимидаги таълим муассасалари ўқитувчилари учун мўлжалланган. Ўқув-услубий мажмуа Ўзбекистон Республикаси Президентининг Ш.Мирзиёев "O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 05.06.2018 yildagi buyrug'i"ra асосан (№ПП-3775) карори ва 2-иловаси 7-бандида кўрсатиб ўтилган вазифалар ҳамда олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2017 йил 1 мартдаги № ПК 107 от 1 марта 2017 года модемограммасида белгилаб берилган ўқув-услубий мажмуалар намунавий таркиби ва Тошкент Давлат иқтисодиёт университети методикаси асосида ишлаб чиқилган.
-
"BUXGALTERIYA HISOBI"
O'quv-uslubiy majmua o'quv yili mobaynida xalqaro va milliy iqtisodiyot tizimidagi o'zgarishlar va tendentsiyalar, yangi qabul qilingan qonunlar, farmonlar va qarorlarni, xorijda va respublikada chop etilgan yangi o'quv va ilmiy adabiyotlarni, fan-texnika va texnologiya borasida erishilgan yangi yutuqlarni hisobga olgan holda muntazam takomillashtirilib boriladi. Ushbu majmua 3 kurs talabalari uchun mo'ljallangan. Ular 2 kurs 4- semestrida "Buxgalteriya hisobi" fanining predmeti, ob'ekti va tamoyillari, pul mablag'lari va valyuta operatsiyalari hisobi, mehnat va ish haqini hisobga olish, tovar-moddiy zaxiralar hisobi, investitsiyalar hisobi, asosiy vositalar hisobi, nomoddiy aktivlar hisobi mavzularini o'zlashtirishgan. Shuni inobatga olgan holda majmua tarkibi mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish bilan bog'liq xarajatlar hisobi hamda mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish; tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobga olish; xususiy kapital hisobi; majburiyatlar hisobi; moliyaviy natijalar hisobi; hisobotlarni tuzish va taqdim etish mavzularidan iborat.
-
БИЗНЕСНИ ТАДҚИҚ ЭТИШ УСУЛЛАРИ
Самарканд иқтисодиёт ва сервис институтида бакалавриат ва магистратура таълим босқичиларининг Ўқув режаларида акс этган фанлар бўйича профессор-ўқитувчининг дарс жараёнига ўқув-услубий тайёрлигини тасдиқловчи энг муҳим мезон, меъёрий-услубий ҳужжатдир. Мажмуанинг асосий мақсади – авваломбор фаннинг ўқитувчиси, худди шунингдек талаба учун, фанни ҳар томонлама сермазмун, чуқур назарий, услубий ва амалий тарзда етказиш (талаба учун – ўзлаштириш) учун ягона ўқув-услубий ва ахборот-ресурс манбаини яратиш ҳисобланади.
-
ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ АСОСЛАРИ Касб-ҳунар коллежи ўқувчиларини тадбиркорликка йўналтириш бўйича илмий-услубий тавсиялар
Ҳозирги кунда тадбиркорлик фаолиятини, айниқса кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ривожлантириш муҳим масалалардан бирига айланган. Президентимиз И.А.Каримов таъкидлаб ўтганидек, "Тадбиркор- лик-иқтисодий тангликдан олиб чиқишнинг, иктисодий тараккиётга олиб боришнинг асосий иктисодий воситаси, тараккиёт локомотиви ҳисобланади.