-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
Issiqxonalarda zabzavot ko'chatchiligi
Ushbu darslik O'zbekiston issiqxonalarida sabzavot ekinlari ko'chatlarini o'stirish ahamiyati va xususiyatlari, rivojlanish tarixi, hozirgi davrdagi holati, zamonaviy yetishtirish usullari bayon etilgan.
-
Pedagogika
Mazkur darslik Pedagogika oliygohlari bakalavr yo`nalishining barcha sohalari bo`yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim davlat standartlari talablari asosida tuzilgan. Unda "Pedagigika nazariyasi va tarixi" kursi bo`yicha o`quv rejada ko`rsatilgan "Pedagogikaning umumiy asoslari", "Tarbiya nazariyasi", "Ta`lim nazariyasi (Didaktika)" bo`limlariga monand mavzular kiritilgan.
-
Bino va injenerlik tizimini qayta tiklash
Mazkur darslikda bino va injenerlik tizimini qayta tiklashning loyihalash masalalari majmuiy yoritilgan. Unda bino konstruksiyalarini tekshirish, ularning holatini va rekonstruksiya qilishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash usul va vositalari ko`rilgan. Konstruksiyalarni kuchaytirish va binolarni qayta tuzishni loyihalash bo`yicha tavsiyalar berilgan.
-
Moliya
Darslikda moliyaning mohiyati va funksiyalari, moliyaviy siyosat moliya tizimi, moliyaviy boshqaruv, moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash, moliyaviy nazorat, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar moliyasi, davlat byudjeti, byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet defitsiti, byudjet tizimi va tuzilmasi, byudjet jarayoni, davlat krediti, byudjetdan tashqari fondlar, ijtimoiy ta`minot, sug`urta, uy xo`jaliklari moliyasi va xalqaro moliyaga oid masalalr yoritilgan.
-
Elektr mashinalari
Darslikda turli sohlarda keng qo`llaniladigan transformatorlar, asinxron, sinxron va o`zgarmas tok mashinalarining tuzilishi, ishlash prinsipi, ularda bo`ladigan asosiy fizik jarayonlari va ish rejimlarini bayon etishda malakali mutaxassislar tayyorlash dasturiga mos holda amaliyot nuqtayi nazaridan yondashilgan. Darslikdan texnika oliy o`quv yurtlarining talabalari, kollejlarda ta`lim olayotgan o`quvchilar hamda shu soha mutaxassislari foydalanishlari mumkin..
-
Agrokimyo
Ushbu darslikda Agrokimyo fanining predmeti, vazifalari, tarixi, tekshirish uslublari, qonuniyatlari, o`simliklarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi, o`simliklar oziqlanish nuqtayi nazaridan tuproqlarning xossalari, o`g`itlar, ularning turlari, olinishi, qo`llanilishi, o`g`it qo`llash tizimini ishlab chiqish va asosiy qishloq xo`jalik ekinlarini `'g`itlash agrokimyoning ekologik muammolari bayon etilgan.
-
Iqtisodiy-matematik modellar va usullar
"Iqtisodiy-matematik modellar va usullar" fani iqtisodiy jarayonlarning matematik modellarini va ularni dadqiq qilish usullarini o`rganadi. Mazkur darslikda iqtisodiy jarayonlarning statik va dinamik modellari o`rganilgan, ularni tekshirish uchun qator usullar keltirilgan. Shu usullar qatoridan yangi, ratsional usullar ham joy olgan. Darslikdan yosh o`qituvchilar, magistrantlar hamda aspirantlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Тупроқ мелиорацияси
Сизга тавсия этилган «Тупроқ мелиорацияси» фани бўйича дарслик тасдиқланган намунавий дастур асосида ёзилган. Фанни чуқур ва мукаммал эгаллаш учун кўрсатилган адабиётлардан фойдаланишни тавсия этамиз
-
ФИЗИКА КУРСИ II-ТОМ
Ушбу дарслик «Умумий физика курси»нинг қайта ишланган ва амалдаги программага мослаб узгартирилган иккинчи томи бўлиб, унда физиканинг «Электростатика», «Ўзгармас электр ток», «Электромагнетизм», «Тебранишлар ва тўлқинлар» бўлимлари баён этилган. Дарслик олий ўқув юртларининг инженер-техник ихтисоси буйича ўқувчи студентлари учун мўлжалланган.
-
Menejment nazariyasi
Ushbu darslikda menejment nazariyasining metodologik va nazariy menejmenti ilmini rivojlantirish, menejment nazariyasi qonunlari va tamoyillari, davlat ba hududiy menejment, tashkiliy tuzilish va menejer faoliyatini boshqarish, menejmentning vazifalari, usullari va texnologiyasi, menejment qarorlari, motivatsiya, nazorat va boshqa menejmentga oid masalalar yoritilgan.
-
Sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi asoslari
Ushbu darslikda atmosferani, gidrosferani va litosferani sanoat chiqindilaridan himoyalash usullari ko`rib chiqilgan. Gazsimon tashlanmalarni va oqova suvlarni turli sanoat chiqindilaridan tozalash usullari, hamda ba`zi ishlab chiqarishlarning, qattiq maishiy chiqindilarning, neft shlamlarining utilizatsiyalash va qayta ishlash usullari keltirilgan.
-
Axborot texnologiyasi va tizimlari
Ushbu darslikda axborotlashgan jamiyatni shakllantirishda axborot tizimlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etishning nazariy, ham amaliy asoslari, ya`ni texnologiya, axborot texnologiyasi, rivojlanish bosqichlari, axborot, axborot resusrslari, avtomatlashtirilgan ish joylari va kompyuter tarmoqlari to`liq yoritilgan.
-
Sanoat chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi
Mazkur darslikda O`zbekistondagi ekologik ahvol, atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari, biosferaning ekologik muammolari, atmosfera, gidrosfera hamda litosferani ifloslantiruvchi manbalar, chiqindilar normasini aniqlash to`g`risida tushuncha berilgan. Kitobda atmosfera havosini changdan, zaharli gazlardan tozalash, qattiq chiqindilarni qayta ishlash, noorganik va organik moddalar ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash usullari haqida fikr yuritilgan.
-
Buxgalteriya hisobi nazariyasi
Mazkur darslik buxgalteriya hisobining nazariy asosi bo`lib, u buxgalteriya hisobining jamiyatda tutgan o`rni, vazifasi, tamoyillari va usullari kabi nazariy bilimlar bo`yicha talabalarda tushuncha hamda ko`nikma hosil qilishga yo`naltirilgan. Mazkur darslik "Buxgalteriya hisobi va audit" yonalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, undan boshqa iqtisodiyot yonalishida tahsil olayotgan talabalar foydalanishlari mumkin.
-
FIZIKA (II-qism)
Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus taiim vazirligi tasdiqlagan «Fizika» bo'yicha namunaviy o‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, fizika chuqurlashtirib o‘qitiladigan akademik litseylar uchun moljallangan, Unda fizikaning mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektrodinamika asoslari hamda optika, atom, yadro va zarralar fizikasi boiimlari yoritilgan. Har bir bob so'nggida bobga doir masalalar numuna sifatida yechib ko'rsatilgan hamda bobga doir testlar va masalalar berilgan. Darslikning ilova qismida masalalar yechishda kerak bo‘ladigan jadval maiumotlari. turli fizik doimiylar, fizik kattaliklar o'lchov birliklarining ta’riflari keltirilgan.
-
Халқаро хусусий ҳуқуқ
Тақдим қилинаётган ушбу дарслик ўзбек тилида биринчи марта "Халқаро хусусий ҳуқуқ" кафедраси аъзолари иштирокида ёзилди. Унда халқаро хусусий ҳуқуқ фани бўйича ўқув дастурининг асосий мавзуларини ёритиб беришга ҳаракат қилинди.