-
-
Доривор ўсимликлар етиштириш технологияси ва экология
Маълумки дунѐ миқѐсида фармацевтика корхоналарида ишлаб чиқарилаѐтган дори воситаларининг тахминан 50% и доривор ўсимликлар хомашѐсидан тайѐрланмоқда. Мутлоқ кўпчилик мамлакатларда, шу жумладан, Ўзбекистон Республикасида фармацевтика саноатини жадаллик билан ривожланиши бундай корхоналарнинг доривор ўсимликлар хомашѐсига бўлган талабни кескин ортишига сабаб бўлмоқда. Шуни таъкидлаш лозимки, табиий ҳолда ўсувчи доривор ўсимликлар захираларининг чегараланганлиги туфайли фармацевтика саноати корхоналарнинг доривор ўсимликлар хомашѐсига бўлган талабини, асосан, доривор ўсимликлар ўстириш орқалигина қондириш мумкин.
-
Falsafa
Darslikda falsafa asoslari yangi metodologik yondashuvlar hisobga olingan holda tizimli bayon etilgan. Darslik mazmuni dunyoda ko`pchilik tomonidan tan olingan falsafiy bilim strukturasiga mos keladi. Unda falsafa tarixiga, Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi, shuningdek, G`arb va Sharq falsafasiga keng o`rin berilgan. Unda O`zbekistonning mustaqillik davridagi rivojining falsafiy masalalariga alohida e`tibor qaratilgan.
-
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi (9-sinf)
Mazkur fan o`quvchilarda geografik madaniyatning shakillanishini ta`minlashi, jahon va uning ayrim qismlariga xos betakror yorqin geografik jozibadorlikni ko`rsata bilishi ayniqsa, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni ifodalovchi eng muhim xususiyat va qonuniyatlar haqida batafsil ma`lumot bera olishi bilan o`ziga xosdir.
-
Ifodali o`qish praktikumi
Darslikda ifodali o`qishning maqsad va vazifalari, mazmun mundarijasi, badiiy adabiyotning estetik ta`sir kuchini reallashtirishda ifodali o `qishning o`rni va roli kabi masalalar haqida so`z yuritilgan.
-
Informatika va axborot texnologiyalari
Mazkur darslik kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o`quvchilariga mo`ljallangan bo`lib, u "Informatika va axborot texnologiyalari" fani tarkibiga kiruvchi operatsion sistemalar va instrumental dasturlaridan ayrimlarini o`z ichiga oladi. Unda IBM kompyuterlari uchun DOS operatsion sistemasi, Norton Commander qobiq dasturi, Windows 95 va uning tarkibiga kiruvchi Office dasturlaridan: World, Power Point, Excel keltirilgan.
-
Odam anatomiyasi
"Odam anatomiyasi" darsligi Oliy o`quv yurtlarining biologiya va biologiya-tuproqshunoslik fakultetlari talabalari uchun yangi dastur asosida yozildi. Darslikda odam a`zolari va tizimlari yoritib berilgan. Endokrin bezlari va ularning garmonlari haqidagi bobi yangi ma`lumotlar bilan to`ldirildi. Fanni puxta o`zlashtirish maqsadida lotincha atamalarning o`zbekcha tarjimalari hamda har bir mavzuga tegishli rasmlar, mikrofotosuratlar ilova qilindi.
-
История Узбекистана
Настоящий учебник посвящен изучению истории Узбекистана советского периода. Советский период является самым сложным и противоречивым в истории нашей Родины,, периодом тяжелых потерь, трагических событий, а также героической борьбы за свободу и независимость края, периодом побед и поражений, самоотверженного труда нашего народа.
-
Nemis adabiyoti tarixi
Mazkur darslik universitetlar va oliy o`quv yurtlarining ixtisosligi nemis tili adabiyoti bo`lgan fakultetlar va bo`limlari talabalari uchun mo`ljallangan. Mazkur kitob talabalar uchun nemis adabiyoti dunyosiga ochilgan daricha vazifasini o`taydi va dunyoqarashlarini kengaytirish, bilimlarini to`ldirish, nemis xalqining fikrlash tarzi, madaniyati bilan tanishish imkonini beradi.
-
Siyosatshunoslik
Mazkur darslikda siyotsatshunoslikning predmeti, tarkibi va vazifalari, ijtimoiy-siyosiy ta`limotlarning shakllanishi va rivojlanishi, Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivojining asosiy bosqichlari, jamiyat hayotida siyosat va siyosiy tizim, siyosiy hokimiyat va ko`ppartiyaviylik, siyosiy yetakchilik, jamiyat siyosiy hayotning demokratik asoslari, siyosat, din va mafkuraning o`zaro aloqasi kabi dolzarb masalalar o`z ifodasini topgan.
-
Оила психологияси
Оила психологияси замонга хос тарзда янги билимлар билан жадал ривожланиб бораётган, жамият тараққиёти ва маънавий барқарорлик учун керак бўлган илмий фаннинг амалий соҳасидир. Ушбу дарсликда оиланинг ҳаётий тарзи ва зиддиятлари батафсил баён этилган.
-
Huquqshunoslik
Ushbu darslik talabalarga davlat va huquqning kelib chiqishi, jamiyat taraqqiyotida ularning o`rni, davlat, huquq, davlat shakllari, Konstitutsiya huquqi, unung maqsadi, vazifasi, boshqa huquq sohalari, ularning inson hayotidagi o`rni to`risidagi bilim asoslarini berishini nazarda tutadi. Mazkur darslikda biz yoshlarimiz huquqiy bilimlarini egallashlari uchun yetarli ma`lumotlar berishga harakat qildik. Shu davlat bizniki. Demak, davlatimizning har tomonlama rivojlanishi siz va bizga bog`liq.
-
Tikuvchilik materialshunosligi
Ushbu darslik kasb-hunar kollejlari o`quvchilari uchun "Tikuvchilik materialshunosligi" fani bo`yicha tuzilgan dastur asosida yozilgan bo`lib, o`quvchilar to`qimachilik tolalarning olinishidan boshlab, to tayyor tikuvchilik mahsulotlarining fizik-mexanik va kimyoviy tuzlishlari bilan yaqindan tanishadilar. Darslikda, shuningdek, tabiiy va sun`iy gazlamalar, charm va mo`yna materiallar, ularning turlari, sifati haqida yetarli ma`lumotlar keltirilgan.
-
Tikuvchilik korxonalari jihozlari va uskunalari
Kasb-hunar kollejlarining tikuvchilik sohasida ta`lim olayotgan o`quvchilari uchun mo`ljallangan ushbu darslikda jahon miqiyosida ishlab chiqariladigan tikuv mashinalari va yarimavtomatlar, tayyorlov-bichish ishlarida qo`llaniladigan jihozlar to`g`risida umumiy ma`lumotlar berilgan.
-
Genetika
Darslik tasdiqlangan genetika dasturi asosida yozilgan bo`lib, unda genetikaning mazm uni, rivojlanish tarixi, tadqiqot metodlari, organizmlar ko`payishining sitologik, biokimyoviy asoslari, jinssiz va jinsiy ko`payish, urugianish, irsiyat qonunlari kabi mavzular keng yoritilgan.
-
Astronomiya
Ushbu darslikda tabiiy fanlarning eng qadimiysi hisoblanmmish astronomiya fani va uning kelib chiqishi, amaliy astronomiya asoslari, olam tuzilishi haqidagi tasavvurlar, osmon mexanikasining elementlari kabi turli xil mavzular yoritib berilgan bo`lib o`quvchi uchun astronomiya fani haqida umumiy tushunchalarga ega bo`lishiga ko`mak beradi.