-
Ichki savdo. Turistik va ekskursiya xizmati
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
-
TURIZM OPERATORLIK XIZMATINI TASHKILLASHTIRISHNING ASOSLARI
Maruzlar matni turizmda operatorlik xizmatini tashkillashtirishning mazmuni va mohiyatini o‗rganishga bag‗ishlangan bo‗lib, unda turoperatorlik faoliyatining turizm bozorida tutgan o‗rni, turmahsulotni ishlab chiqish va sotish jarayonini tashkil etish xususiyatlari har jihatdan o‗rganishga bag‗ishlangan. Ish oliy o‗quv yurtlari «Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirish», «Turizm va mehmonxona xo‗jaligi servisi», «Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)» kabi ta‘lim yo‗nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga mo‗ljallangan. Undan turizm bo‗yicha kasbhunar kollejlari o‗qituvchilari va turizm sohasida faoliyat ko‗rsatayotgan mutaxassislar ham foydalanishi mumkin.
-
UMURTQASIZLAR ZOOLOGIYASI
Umurtqasizlar zoologiyasi biologiya fakultеtlari “Bakalavr” ixtisosligida ta'lim oluvchi birinchi bosqich talabalari o`rganadigan fandir. Mazkur fan bo`yicha ma'ruza matni namunaviy dastur (2003 yil) talablariga asoslangan holda tayyorlandi. O`quv rеjaga ko`ra 50 soat ma'ruza o`qish mo`ljallanadi. Umurtqasizlar zoologiyasi talabalarga hayvonot dunyosining eng tuban - bir hujayrali vakillaridan tortib to gavda tuzilishida ikkilamchi og`izli hayvonlarning bеlgilariga ega bo`lgan igna tanlilargacha bo`lgan jonivorlarni tarqalishi, yashash muhitlariga mos ravishda gavda tuzilish va haеtiy jarayonlari, tabiat va inson hayotidagi tutgan o`rni, ahamiyatiga oid bilimlari o`rgatishga, turli umurtqasizlarni tanish, aniqlay olish va ulardan foydalanishga qaratilgan malakalarni hosil qilishlikni ko`zda tutadi
-
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI EKOLOGIYA
Xavf – hayot faoliyat xavfsizligining (HFX) markaziy tushunchasi bo’lib, u xodisa, jarayon va ob’ektlarning inson sog’ligiga to’ridan-to’g’ri yoki bilvosita ma’lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyatini tushuniladi, ya’ni ko’ngilsiz oqibatlarni olib keladi. Taxlilning maqsadiga ko’ra xavfni xarakterlovchi belgilarning soni ko’payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta’rif mavjud bo’lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o’ziga tortuvchi, xamda faoliyatning xamma turlarini xisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir1 . Xavf energiyaga ega bo’lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o’zida joylashtirgan xamma sistemalarni, hamda inson xayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan tavsiflarni o’zida saqlaydi
-
HAYVONLAR EKOLOGIYASI
Ekologiya grekcha sozdan olingan bolib “oykos” –uy “logos” –fan demakdir. Bu soz birinchi marta nemis olimi E.Gekkel tomonidan 1866 yilda “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” deb nomlangan asarida berilgan. Ekologiya tarbiiy uyimizni oirganish, unda yashovchi barcha tirik organizmlar va bu uyning hayot uchun yaroqli qiluvchi barcha funksional jarayonlarni oz ichiga oladi. Boshqacha aytganda ekologiya fani bu organizmlarning oz uyi togrisidagi fan bolib, bu fanda asosiy e’tibor organizmlar va tashqi muhit orasidagi boglanishlar xarakteriga qaratiladi.
-
ГЕОЭКОЛОГИЯ АСОСЛАРИ
Кириш. Табиат билан жамият ўртасидаги ўзаро муносабат, жиддийлашиб унинг экологик ва ижтимоий- иқтисодий оқибатлари кучайиб бораётган бир фурсатда география фанининг аҳамияти борган сари фаоллашмоқда. Чунки география фани табиат қонунлари ва қонуниятларини, жамиятнинг ривожланиш қонунларини яхши англаган ҳолда бу муаммонинг ечимини бошқа фанларга нисбатан мажмуали равишда тўғри ҳал қилишга қодир. Экологик вазиятлар таҳликали бўлиб бораётган бир шароитда атроф муҳитни ўрганиш, экологик аҳволни илмий тарзда баҳолаш, тегишли чора-тадбирларни ншлаб чиқиш замон талабига айланган. Экологик вазият ва унинг макон ва вақт мобайнида ўзгаришини ўрганиш ўта долзарблиги билан ажралиб туради
-
Лексикология немецкого языка
В конспекте лекций рассматриваются основные вопросы лексикологии немецкого языка – проблемы определения слова, типы отношений между словами, способы словообразования, фразеология, заимствования. Издание предназначено для студентов, изучающих немецкий язык в рамках направления «Лингвистика, перевод и переводоведение».
-
Paxta va to'qimachilik mahsulotlari sifatini baholash va bashoratlash fanidan ma'ruza mashg'ulotlari uchun
Ushbu ma’ruza kursi 70710802- Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (paxta, to‘qimachilik va yengil sanoat) ta’lim yo‘nalishlaridagi magistratura talabalari uchun “Paxta va to’qimachilik mahsulotlari sifatini baholash va bashoratlash” fanidan tayyorlangan bo‘lib, paxtani etishtirish, terib olish, qayta ishlash, to’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, to’qima va trikotaj korxonasining xomashyo, tayyor va qo’shimcha materiallar bo’limida, pilla chuvish korxonasida, ipakni yigirish va to’qish korxonasida, junni qayta ishlash korxonalarida mahsulot sifatini baholash va bashoratlash bo’yicha ma’lumotlar berilgan.
-
E K O L O G I YA
Ma’ruzalar matnida “Ekologiya” fanining nazariy asoslari, turli miqyosdagi, xususan O’zbekistondagi geoekologik muammolarning sababoqibatlari, echish yo’llari, ekologik siyosatning mazmun-mohiyatlari batafsil bayon etilgan. Mazkur qo’llanmada ekologiya va iqtisodiyotning o’zaro ta’sirda ekanligi e’tiborda tutilib, ekologiyaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari kengroq yoritilgan. Ma’ruzalar matni oliy o’quv yurtlari talabalariga mo’ljallangan. Shuningdek, litsey va kollej o’quvchilari hamda ushbu soha bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Ekologiya
Ushbu maruzalar matnida umumiy ekologiya muammolari, tabiatni muhofaza qilish masalalari bilan bog’lab o’rganiladi. Tabiat bilan jamiyatning o’zaro tasirining ekologik oqibatlari, tabiiy muhit sharoitlarini nazorat qilish va ularni boshqarish printsiplari, tabiatni muhofaza qilishning barcha yo’nalishlarini umumiy printsiplari, ekologik tizimni sanoat chiqindilaridan ximoya qilish yo’llari. Shuningdek Respublikamizda ekologik jixatidan toza maxsulot etishtirish, atrof-muhitdagi salbiy ko’rinishlarining oldini olish tadbirlari haqida so’z yuritiladi. Maruzalar matni universitetlarining barcha fakulteti talabalari uchun mo’ljallangan.
-
E K O L O G I Y A
Tabiat mahsuli bo‘lgan kishilik jamiyati u bilan uzviy aloqada bo‘lib, unga muntazam ta’sir etib turadi. Tabiat va uning boyliklari insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojini qondiruvchi manba sifatida xizmat qiladi. Aynan shu tabiiy resurslardan foydalanish borasida atrofmuhit ifloslanishi ko‘proq sodir bo‘lmoqda. Shuningdek, ilmiy-texnik taraqqiyotini yanada orta borishi bilan u kengaymoqda. Ularni tirik organizmga, jumladan jamiyatga ta’sirini, atrof-muhitni qay holatda ekanligi, uning muhofaza qilish chora-tadbirlarini o‘rganadigan fan ekologiyadir.
-
Рекомендации по применению журнально-ордерной формы бухгалтерского учета.
В сборнике даны рекомендации по применению журналы о ордерной формы бухгалтерского учета, приводятся формы журналов-орьров, разработоч-ных таблиц, ведомостей, необходимых в учетной, ана. Этической работе бухгалтера. Для бухгалтеров, экономистов, аудиторов, предпринимателей, Студентов экономических вузов и других заинтересованных читателе
-
-
Маънавият миллий истиқлол ғояси ва комил инсон.
Ушбу тўпламдаги мақолаларда мустақиллик, маънавият, маъданият, миллий истиқлол ғояси, фалсафа, тарих илмининг муҳим ва долзарб муаммолари илмий талқинлари берилган.
-
БИОТЕХНОЛОГИЯ
Маълумки, биологияга бошқа табиий фанлар – физика, химия, математика каби фанларнинг татбиқ қилиниши натижасида замонавий биология ривожланди. ХХ асрнинг иккинчи ярмида биохимия, молекуляр генетика ва молекуляр биология соҳаларида эришилган фундаментал тадқиқотларнинг ютуқлари ҳужайра фаолиятини турли механизмлар ёрдамида бошқариш имконини берди. Биология соҳасида яратилган оламшумул янгиликлар ва ишланмалар замонавий биотехнологияни ривожланишига туртки бўлди ва улар қуйидагилардир
-
Kommunikatsiya va axborot malakalari
Ma‘ruzalar matni Kimyo ta‘lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Ma‘ruzalar matni fanning na‘munaviy va ishchi dastur asosida tayyotlangan.
-
Умуртқали ҳайвонлар зоологияси
Маруза матнлари 21 та мавзуга бўлинган бўлиб, уларда хордалилар типининг ўзига хос хусусиятлари, типни синфларга бўлиниши ва уларга мансуб бўлган, вакилларни ташқи ва ички тузилиши тeри қоплами, овқат хазм қилиш, нафас олиш, қон айланиш, асаб, айриш ва жинсий систeмасини тузилиши, кўпайиши ва эмбирионал ривошланишини ўзига хос хусусиятлари, умуртқали хайвонларни табиатга ва инсон фаолиятига тасири ёритиб бeрилган. Мактаб зоология дарслигида кўрсатилган Ўзбeкистон худудида тарқалган хайвонларнинг таснифига алохида эътибор бeрилган. Б 850200 экология йўналиши бўйича бакалавр касбий акадeмик даража бeрувчи намунавий ўқув рeжадан маъруза учун 40, амалий 60 соат мустақил ишлар учун 74 соат бeрилган. Мавзулар 20 та бўлиб, балиқлар, амфибиялар, рeптилиялар, қушлар ва сут эмизувчиларга бағишланган айрим мавзулар ихчамлаштирилган.