-
-
-
-
-
-
-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
Mevachilik va sabzavotchilik
Ushbu darslikda mevachilikning halq xo’jalikdagi ahamiyati, tarixi, mevachilikning dunyodagi ahvoli, morfo-biologik tuzilishi, navlarning tasnifi va yetishtirish agrotexnologiyasi oid asosiy qonunyatlari haqida hozirgi zamon tushunchalarini berishga oid ma’lumotlar berilgan.
-
Meva ekinlari ko‘chatchiligi
Darslikda meva va rezavor meva ekinlarining ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, biologik xususiyatlari, navlarning ta’rifi, meva ekinlarini ko‘paytirish usullari, meva ko‘chatzorini tashkil etish, ko‘chatlarga shakl berish va butash turlari, hamda tayyor ko‘chatlarni kovlab olish saralash va saqlashga katta e’tibor berilgan.
-
Metrologiya asoslari
Darslik zamonaviy o'lchash vositalari va raqamli qurilmalari, ularning tuzulishi, ishlash tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
-
Matematik mantiq va diskret matematika.
Darslikning II jildida predikatlar mantiqi, matematik nazariyalar, algoritmlar, matematik mantiqning texnikaga tatbiqi, matematik mantiq fiinksiyalarini minimallaslitirish muammosi, graflar nazariyasining elementlari, tarmoqlar va tarmoqdagi oqimlar bayon qilingan
-
-
Юрий Фалик монографический очерк
Есть композиторы, творчество которых сразу же, с первых опусов, приобретает широкую популярность, есть композиторы, творчество которых привлекает прежде всего профессиональную аудиторию, но есть композиторы сочинения которых, не вспыхивая и не пропадая, как метеоры, горят ровным светом и с каждым годом все более и более заинтересовывают слушателей, убеждают глубиной и ценностью содержания и живут устойчивой и значительной жизнью.
-
O'zbekiston tarixi
Oliy o'quv yurtlari tarix bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan ushbu O'zbekiston tarixi darsligining I kitobi eng qadimgi davrlardan boshlab antik davrga qadar bo'lgan davrni o'z ichiga qamrab oilgan.
-
Rivojlanish va pedagogik psixologiya
Darslikda rivojlanish va pedagogik psixologiyaning predmeti, metodlari, bo’limlari, ta’lim, tarbiya va o’qituvchi psixologiyasi haqida so’z yuritiladi.
-
Мактабда тасвирий санъатни ўқитиш методикаси
Ушбу дарслик бўлғуси умумий ўрта таълим мактаблари ўқувчилари учун тасвирий санъатни ўқитиш методикасидан керак бўладиган барча назарий ва методик билимларни беради.
-
Powering english for electrical and energy engineering
Darslikning tarkibi sohaviy terminologiyani o'zlashtirish, kasbiy muloqot ko'nikmalarini shakllantirish hamda muhandislik yo'nalishlarida ingliz tilidan amaliy foydalanish malakasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Materiallar zamonaviy ta'lin talablari asosida tanlangan bo'lib, talabalarning o'qib tushunish, tinglab anglash, yozma va og'zaki nutq kompetensiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga yo'naltirilgan.
-
Tuproqlar geografiyasi
Mazkur darslik 60530400 Geografiya ta'lim yo'nalishi malaka talablari va o'quv rejasi asosida tuzilgan. Tuproqlar geografiyasi nomli darslik 10 ta bob va 39 ta paragraf. nazorat va test savollari, mustaqil ish mavzulari, glossariy hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Darslik boblari "Tuproqlar geografiyasining fan sifatida shakllanishi", "Tuproqlarni o'rganish tarixi", "Tuproq hosil qiluvchi jinslar va omillar", "Tuproq kesmasi va uning xususiyatlari", "Tuproq eritmasi, havosi, unumdorligi va uni sifatini baholash", "Tuproq klassifikatsiyasi, tuproqlarning tarqalish qonuniyatlari va omillari", "Tuproq geografik rayonlashtirish va dunyoning tuproq bioiqlim mintaqalari" "Tog (balandlik mintaqasi) va qayir tuproqlari" "Tuproqlarni tadqiq qilish va tuproq kartografiyasi", "Tuproqlarning ifloslanishi va ularni muhofaza qilish" masalalariga bag'ishlangan.
-
Gandbol
Mаzkur dаrslik O’zDJTI vа jismоniy tаrbiya fаkultеtlаridа tа’lim оlаyotgаn tаlаbаlаr uchun mo’ljаllаngаn bo’lib, shu fаn mutахаssislаrini tаyyorlаsh dаsturigа muvоfiq tаyyorlаngаn.Dаrslikni yozishdа O’zbеkistоn Dаvlаt jismоniy tаrbiya instituti futbоl vа qo’l to’pi kаfеdrаsining ish tаjribаlаri,O’zbеkistоn vа bоshqа mаmlаkаtlаr gаndbоl bo’yichа mutахаssislаrining qo’llаnmаlаri аsоs qilib оlindi.
-
Biologik kimyo va molekulyar biologiya (2-qism. Molekulyar biologiya)
Darslik oliy o'quv yurtlarining 5140400-Biologiya va 5110400-Biologiya o'qitish metodikasi bakalavriyat ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, DTS va biologiya fani dasturiga muvofiq yozilgan. Darslikda oqsillar, DNK va RNK ning strukturaviy tashkillanish tamoyillari, replikatsiya, transkripsiya, translyatsiya jarayonlarining mexanizmi ko'rib chiqilgan. Darslikda hujayralarning strukturaviy tashkillanishining va hayot faolyatining molekulyar asoslari, oqsil biositezining boshqarilishi, gen muhandisligi, molekulyar patologiya muammosining zamonaviy holati yoritilgan.
-
Жисмоний тарбияда педагогик техналогиялар
Ўқув қўлланма жисмоний тарбия институти ва педагогика университетларининг магистрлари учун мўлжалланган. Кадрлар тайёрлаш миллий дастурида, илғор педагогик технологияларни ўрганиб, уларни ўқув муассасаларимизга олиб кириш зарурлиги уқтирилган.
-
Pedagogik mahorat
Darslik bo'lajak o'qituvchilarda yuqori darajadagi kasbiy pedagogik tayyorgarlikni, ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur bo'lgan kasbiy mahorat, pedagogik qobiliyat va shaxsiy sifatlarni shakllantirishga yo'naltirilgan didaktik materiallarni o'zida mujassamlashtirgan. Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim davlat ta'lim standarti, «Pedagogik mahorat» fanining namunaviy dasturi asosida bakalavriat bosqichi Pedagogika yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallab yaratildi.
-
Eksperimentni rejalashtirish va statistik tahlil
Kitobda fanning mamlakatimiz texnik - iqtisodiy rivojlanishdagi tutgan o`rni, uning asosiy tushuncha va ta`riflari, eksperimental natijalarning statistik tavsiflari, nazariy va empirik taqsimot funksiyalari, taqsimot gistogrammasi va poligonini qurish usullari, tasodifiy hodisalarning nazariy taqsimot qonunlari, tajriba natijalarning statistik tahlili, statistik gipotezalarni tekshirish yo`llari, hodisalar orasidagi o`zaro bog`liqlik darajasini aniqlash, funksional va empirik bog`liqlar orasidagi o`zaro bog`liqlik darajasini aniqlash, funksional va empirik bog`liqlar to`g`risida yetarli ma`lumotlar berilgan. Shuningdek, korrelyatsion, dispersion va regession tahlili asoslari, tajriba ma`lumotlariga ishlov berishning turli metodlari, massaviy xizmat ko`rsatish nazariyasi, prognoz qilish hamda ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini tahlil qilish, rasmiylashtirish va hisobot tayyorlash haqidagi masalalar to`la yoritilgan.