-
-
-
-
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
-
-
-
-
-
Audit asoslari
Darslikda auditorlik faoliyatining tarixiy va zamonaviy rivojlanish bosqichlarini o`rgangan holda muhim o`zgarishlar, o`ziga xos qirralar, ularning sabablarini auditorlik faoliyatining zamonaviy talablaridan kelib chiqqan holda bayon etilgan. Darslikda auditorlik faoliyatining rivojlangan g`arb davlatlaridagi nazariy va amaliy jihatlarga ham keng e`tibor qaratilganligi, milliy va xorijiy audit amaliyotidagi o`ziga xos farqli qirralar bayon etilganligi mazkur darslikning zamonaviylik talablariga javob berishidan darak beradi.
-
Mashina detallari
Ushbu darslik uch qismdan iborat bo`lib, texnika oliy o`quv yurtlarining talabalari uchun mo`ljallangan. Unda mashinalarning detal va uzellarini hisoblash, ularning issiqlikka, titrashga, yyeyilishga chidamliligini aniqlashga doir masalalar yoritilgan. Darslikda zarur chizmalar, jadvallar hamda namuna sifatida masalalar yechib ko`rsatilgan.
-
Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik
Mazkur darslikda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofazasini tashkil etish, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish, aholi va hududlarni terroristik harakatlardan muhofaza qilish, ommaviy qirg'in qurollari, ularning ta'sir omillari va talofatlari, aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash bo'yicha bilim va malakalarini oshirish masalalari yoritilgan.
-
Ijro ishi yuritish
Darslik "Ijro ishi yuritish" fani o`quv dasturiga muvofiq va qonun hujjatlariga kiritilgan o`zgartish hamda qo`shimchalar etiborga olingan holda tayyorlangan. Darslikda Ijro ishi yuritish tushunchasi, mohiyati va predmeti: Ijro ishi yuritishning umumiy qoidalari; Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar; ijro harakatlarini amalga oshirishning umumiy shartlari; sud hujjatlariva boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishga asosi va choralari; sud ijrochining maqomi kabi masalalar yoritilgan.
-
Issiqlik texnikasi
Darslikda jismning holati, holat o`garish parametrlari, issiqlik sig`imi, termodinamik jarayonlar, issiqlik uzatish turlari, issiqlik almashuv apparatlari, issiqlik dvigatellari, gaz va bug` turbina qurilmalarining sikllari bayon etilgan. Yoqilg`i va uning turlari, ichki yonuv dvigatellarining sikllari, sovitish va moylash tizimlari ko`rib chiqilgan.
-
Organik sintez mahsulotlari texnologiyasi
Darslikda organik sintez mahsulotlari kimyosi va ularni olish texnologiyasi haqida ma`lumotlar keltirilgan. Organok sintez mahsulotlari olish uchun xomashyo hisoblangan parafinlar, olefinlar, aromatik uglevodorodlar, atsetilen, uglerod oksidi va sintez-gaz olosh texnalogiyasi, galogenlash, gidroliz, gidratatsiya, eterifikatsiya, alkillash, sulfatlash va izopren ishlab chiqarish texnologiyasi va nazariy asoslari haqidagi ma`lumotlar keltirilgan.
-
Marketingni boshqarish
Ushbu darslik bakalavr, magistrlar uchun mo`ljallangan va u o`z ichiga boshqarish tushunchasi va ta`rifini, boshqaruv jarayonini, boshqarishning asosiy funksiyalarini, marketingni boshqarishning tarkibiga tegishli masalalarni oladi. Darslikda asosiy e`tibor firmalarning tovar va narx siyosatini ishlab chiqishga, strategik va taktik rejalashtirish, marketingning faolligini oshirish va uni axborot texnologiyalari yordamida yanada faollashtirishga tovarlarning raqobatbardoshligini baholash usullari va yo`l-yo`riqlariga qaratilgan.
-
Ахборот технологиялари
Қўлингиздаги китоб академик лицей ва касб-ҳунар коллежларига ўқув фани сифатида киритилган "Ахборот технологиялари" курсига оид илк бор ёзилган дарсликдир. Ушбу дарслик ахборот технологиясини ташкил этган гиперматн, мультимедиа, интернет, интранет, электрон почта WEB технологияси, сунъий интеллект тизимлари ҳақидаги маълумотларни ўзида мужассамлаштирган.
-
Машина деталлари
Ушбу дарслик уч қисмдан иборат бўлиб, техника олий ўқув юртларининг талабалари учун мўлжалланган. Унда машиналарнинг деталь ва узелларини ҳисоблаш, уларнинг иссиқликка, титрашга, ейилишга чидамлилигини аниқлашга доир масалалар ёритилган. Китобда зарур чизмалар, жадваллар ҳамда намуна сифатида масалалар ечиб кўрсатилган.
-
Трибоника
Дарслик шу соҳада ўзбек тилида ёзилган биринчи китоблардан бўлгани учун унда камчиликлар бўлиши мумкин ва уларни кўрсатиб, ўз мулоҳазаларини билдирган ўқувчиларга муаллиф олдиндан ўзининг миннатдорчилигини изҳор этади. Муаллиф китоб қўлёзмасини тайёрлашда ва уни дарслик сифатида шаклланишида амалий иштироклари учун миннатдорчилигини билдиради.
-
Машина деталлари
Ушбу дарслик уч қисмдан иборат бўлиб, техника олий ўқув юртларининг талабалари учун мўлжалланган. Унда машиналарнинг деталь ва узелларини ҳисоблаш, уларнинг иссиқликка, титрашга, ейилишига чидамлилигини аниқлашга доир масалалар ёритилган. Китобда зарур чизмалар, жадваллар ҳамда намуна сифатида масалалар ечиб кўрсатилган.
-
Конструкцион материаллар технологияси
Мазкур дарслик Олий ва ўрта махсус ўқув юртларининг машинасозлик ихтисослигида бакалаврлар тайёрлаш бўйича таҳсил олаётган талабалар учун "Конструкцион материаллар технологияси" курси бўйича битилган. Бунда қора ва рангли материаллар металлургияси, материалшунослик асослари, материалларни босим билан ишлаш, металл қуймаларни ишлаб чиқариш усуллари ва автоматлаштириш йўллари баён этилган.
-
Kamyob, tarqoq va nodir metallar kimyoviy texnologiyasi
Mazkur darslik "Kamyob, tarqoq va nodir metallar texnologiyasi" fani bo`yicha o`quv dasturi asosida yaratilgan bo`lib, unda kmyob elementlarning olinishi, qo`llanilishi, texnologik chizmalari, sanoat chiqindilari va ularning qayta ishlash usullari, olingan moddalarni tozalash jarayonlari aniq yoritib berilgan. Shu bilan birga asosiy texnologik jarayonlarning nazariy va amaliy mohiyati, ularni olib borish shart-sharoitlari, texnika xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari keng yoritilgan.
-
-
Материаллар қаршилигидан қисқача курс
Материаллар қаршилиги курси олий техника ўқув юртлари талабалари ўрганадиган энг мураккаб фанлардан биридир. Шуни ҳисобга олган ҳолда мазкур дарслик республика Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тасдиқлаган 80-120 соатлик дастур асосида ёзилган бўлиб, унда материалларнинг физик-механик хоссалари, чўзилиш, сиқилиш, силжиш, буралиш, эгилишдаги кучланиш ва деформациялар, мураккаб қаршиликка оид масалалар баён этилган.
-
Tovarshunoslik
Darslik ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi qismida oziq-ovqat mahsulotlari, ikkinchi qismida nooziq-ovqat tovarlari tovarshunosligiga oid mavzular yoritilgan. Jumladan tovarshunoslikning nazariy asoslari, tovarlar tasnifi, ishlab chiqarish texnologiyasi, assortimentini tuzish prinsiplari, tovarlarning iste`mol xususiyatlariga ta`sir etuvchi omillar, ularning sifatiga qo`yiladigan talablar, tamg`alash, tashish va saqlash qoidalari bayon etilgan.