-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
JISMONIY TARBIYA
Jismoniy madaniyat va sport fani va undagi jismoniy mashqlar inson organizmini rivojlanishi va kadrlar tayyorlashdagi ahamiyati to‟g‟risida tasavvo‟rga ega bo‟lishi lozim. Jismoniy madaniyat va sport fani o‟z ichiga jismoniy tarbiya va sport alohida bo‟lim qilib oladi. Jismoniy madaniyat va sport va sog‟lom turmush tarzini asoslarini; -sog‟liqni saqlash va mustahkamlash, ruhiy-jismoniy layoqat va xususiyatlarni rivojlantirish va takomillashtirish bo‟yicha bilimlarga ega bo‟lishi zarur.
-
JISMONIY MADANIYATNI O’QITISH TEXNOLOGIYALARI VA LOYIHALASHTIRISH
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning birinchi bosqich vazifalari muvaffaqiyatli hal qilindi, ikkinchi sifat bosqichida o‘quv tarbiya ishlari butunlay yangi asosda tashkil qilindi va yuqori sifat ko‘rsatkichiga erishildi. Uchinchi bosqich 2005 va undan keyingi yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda to‘plangan tajribalarni tashkil etish va umumlashtirish asosida o‘zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlantiriladi.
-
JISMONIY TARBIY VA OLIMPIY HARAKATI TARIXI
Mamlakatimizda Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar demokratik ta‘lim tizimiga asoslangan bo‗lib, unda olg‗a surilayotgan g‗oyalar shaxsning ma‘naviy, huquqiy madaniyatini insoniyat erishgan barcha yutuqlar asosida qurish, ta‘lim tizimini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish, jamiyat uchun har tomonlama yetuk qadrlar tayyorlashdek muhim qaratilgan. Ana shu vazifalarni ijobiy hal etish natijasida aqlan yetuk, axloqan barkamol, jismonan sog‗lom, dunyoqarashi keng, teran fikrlaydigan inson shakllanadi.
-
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USLUBIYATI
E‟tiboringizga havola etilyotgan jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati o„quv predmetining mazmuni hozirgi kunda nisbatan mustaqil lekin bir-biri bilan o„zaro uzviy bog„langan muammoli sikllardan tashkil topgan bo„lib, oliy o„quv yurti mutaxassislaridan jismoniy tarbiya sohasi uchun maxsus kasb-hunarga ega bo„lgan ixtisoslikni puxta egallagan pedagogni tarbiyalashni nazarda tutadi.
-
JISMONIY TARBIYA VA OLIMPIYA HARAKATI TARIXI
O’zbekistonda mustaqillik davrida jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning samarali natijasidir. Mamlakatimiz qudratini belgilaydigan eng asosiy omillardan biri bu shu yurtda yuksak ma’naviyatli, jismonan va ruhan sog‘lom, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash masalasidir. Ma’naviy barkamol va jismoniy sog’lom insonni tarbiyalashning muhim vositasiga aylangan sport olimpiya go’yalari va olimpiya qadriyatlarini keng targib etishga xizmat qilmoqda.
-
БОЛАЛАР ВА ЎСМИРЛАР ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯСИ
Дастур Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2015 йил 12 июндаги “Олий таълим муассасаларининг раҳбар ва педагог кадрларини қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” ги ПФ-4732-сон Фармонидаги устувор йўналишлар мазмунидан келиб чиққан ҳолда тузилган бўлиб, у замонавий талаблар асосида қайта тайёрлаш ва малака ошириш жараёнларининг мазмунини такомиллаштириш ҳамда олий таълим муассасалари педагог кадрларининг касбий компетентлигини мунтазам ошириб боришни мақсад қилади.
-
MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA SPORT TURLARI
Ushbu o`quv-uslubiy majmuasi maktabgacha ta’lim muassasalari va boshlang‘ich ta’limning jismoniy tarbiya darslarida gimnastika va engil atletika turlarining mashq elementlari, harakatli o‘yinlar hamda sport o‘yinlarini kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari, turkumlari, tasnifi, o‘yinlarning tahlili, ularni tashkil qilish va o‘tkazish metodlari, sport o‘yinlarining rivojlanish tarixi xaqida ma’lumot berish, talabalarni sport o‘yinlarini tashkil qilish, sport o‘yinlari texnikasi va taktikasi bilan tanishtirish, ularni sport o‘yinlari va musobaqalar o‘tkazish, hakamlik qilishga oid amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat.
-
Voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi, kurash, yengil atletika
Mazkur o‘quv uslubiy majmua Samarqand davlat universiteti, Jismoniy madaniyat fakulteti, sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi, 5610500 – sport faoliyati (faoliyatlar turlari bo‘yicha) bakalavriat ta‘lim yo‘nalishilarining o‘quv rejasidagi Tanlangan sport turlari nazariyasi va uslubiyati «Voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi, kurash, yengil atletika» fani bo‘yicha Samarqand davlat universiteti tamonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.
-
JISMONIY MADANIYAT
“Jismoniy madaniyat va sport” fanidan tayyorlagan o`quv uslubiy majmuasini muhokama qilish va o`quv jarayonida foydalanishda chop etishga tavsiya etish.Ushbu masala bo`yicha kafedra mudiri kat.o‟qit.S.Bekirov o`z fikrini bildirdi. Mazkur o`quv-uslubiy majmua jismoniy tarbiya va sport fanini o'qitishga mo`ljallangan. Yangi pedagogik texnologiya yutuqlari asosida, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta'lim to'g'risida"gi Qonun talablarini bajarish maqsadida o'quvchilarning ko`nikma va malakalarini rivojlantirishga erishish ta'lim sohasi ishtirokchilari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
-
Sport mahoratini oshirish (voleybol)
Mustaqil Respublikamizda barcha sohalar singari jismoniy madaniyat sohasiga ham juda katta e`tabor berilmoqda. Jumladan voleybol sport turini rivojlanishi va ommaviylashuviga alohida e`tabor qaratilmoqda. Voleybol sport turi bo`yicha Respublika chempionatlari o`tkazilib yuqori malakali sportchilardan Respublika terma jamoalari tashkil etilib Osiyo chempionatlari va Olimpiada o`yinlarining saralash bosqichlarida muvofaqqiyatli qatn1ashib kelishmoqda.
-
SPORT PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISH (Yengil atletika)
Mazkur o‘quv uslubiy majmua Samarqand Davlat Universiteti, Jismoniy madaniyat fakulteti, ― Sport pedagogik mahoratini oshirish ‖ kafedrasi, «5610535» Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta‘lim yo‘nalishilarining o‘quv rejasidagi « Sport pedagogik mahoratini oshirish (Yengil atletika)» fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tamonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.
-
Sport tibbiyoti. Massaj
Mazkur o’quv uslubiy majmua Samarqand Davlat Universiteti, Jismoniy madaniyat fakulteti, Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, 5610500 - Jismoniy madaniyat bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining o’quv rejasidagi "Sport tibbiyoti. Massaj" fani bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.
-
SPORT TURLARINI O’QITISH METODIKASI
Mazkur o‘quv uslubiy majmua Samarqand Davlat Universiteti, Jismoniy madaniyat fakulteti, Sport turlarini o’qitish metodikasi kafedrasi, 5112000 – Jismoniy madaniyat bakalavriat ta’lim yo‘nalishilarining o‘quv rejasidagi «Sport o`yinlari va uni o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tamonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan Oliy ta’limning fundamentalligi real dunyodagi jarayonlar, ob’ektlar va hodisalar orasidagi munosabatlarni ajratib bila olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda asos sifatida qabul qilingan. Davlat ta’lim standartlari tayyorlanayotgan kadrlarning ko’nikma va malakalariga yuqori talablarni qo‘ymoqda. Shu talablar zamonaviy sharoitlardan bevosita kelib chiqqan bo‘lib, ularning maqsadi ta’lim olayotgan yoshlardan milliy intellektual elitani shakllantirishdan iborat. Gumanitar ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘yilgan DTS talablari ichida sport va harakatli o’yinlarni o’qitish metodikasi faniga doir talablar alohida o‘rin tutadi. Bu esa o‘quv rejalarda o‘z ifodasini topdi.
-
SPORT VA HARAKATLI O‘YINLARNI O‘QITISH USLUBIYATI (FUTBOL)
O‘zbekistonda mustaqillik davrida jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan samarali siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohatlarning natijasidir. Jumladan, mamlakatimiz sportini rivojlantirish sohasida tubdan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz jismoniy tarbiya va sportning kelajak avlodni sog‘lom qilib tarbiyalashdagi o‘rnini hisobga olib sport ishlarini yanada takomillashtirish, zamon talablari darajasida o‘quv va moddiy-texnik bazasini yaratish hamda aholining sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish yo‘lida maqsadli davlat miqyosidagi tadbirlar ishlab chiqilib, xayotga tadbiq etilmoqda. CHunki sport millatning o‘zligini anglashda va uni aniq maqsadlari sari yo‘naltirishda, o‘zidagi bor salohiyatini hamda millat sifatidagi qudratini jahon uzra namoyon etmoqda.
-
SPORT TA'LIMIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
Milliy tiklanish yillari tom ma‟noda O„zbekiston Respublikasi ijtimoiy iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o„rin egallashga intilish yo„lidagi keng ko„lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o„rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga erishishni ta‟minlamoqda.
-
Biologiyaning zamonaviy muammolari
Biologiyaning zamonaviy muammolari fani – insoniyat sivilizasiyasining hozirgi bosqichida biologiya faninig o’rni, biologiyaning oziq-ovqat muammosini, inson salomatligi muammosini, ekologik muammolarni hal qilishdagi o’rni, biologiyaning zamonaviy yo’nalishlari, o’simlik va hayvonlarning yangi zot va navlarini yaratishning yangi texnologiyalari, biotexnologiya va genetik injineriya yutuqlari haqidagi fandir. Biologiyaning zamonaviy muammolarini ko’rib chiqish asnosida talaba, biologiyaning keyingi rivojlanishi haqida tasavvurga ega bo’ladi. Ushbu fan bo’lajak mutaxassisga biologik fanlar tizimini tushuntiradi va uning kelajakda biologiyaning qaysi sohasini tanlashida yordam beradi.