-
-
San`at va gumanitar fanlar,
-
-
-
-
-
-
-
-
San`at va gumanitar fanlar,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
San`at va gumanitar fanlar,
-
Наби Ғаниев
Х.Абулқосимова,Кичик бир китобда бу ажойиб инсон ҳақида, унинг туғма таланти ҳақида тўла-тўкис гапириш жуда қийин. Бинобарин, қўлингиздаги китоб бу асл инсоннинг портретини яратиш йўлидаги дастлабки ташланган қадамдир.
-
Хоразм достон ижрочилнигининг зархат саҳифалари
Б. Матёқубов,Эътиборингизга ҳавола этилаётган ушбу рисола ўзбек достончилигининг мусиқий жиҳатлари, унинг ижрочилик услублари ила танишишга имкон беради.
-
Zamonaviy bayramlar rejissurasi muammolari
V. Rustamov,Ushbu o`quv qo`llanmada zamonaviy bayramlar rejissurasi muammolari, ommaviy bayram va tomoshalar rejissurasi nazariyasi, ochiq maydonlarda, noan`anaviy sahnaviy kengliklarda sahnalashtirish jarayonlari turli misollarda ko'rsatilgan.
-
Бошланғич бадиий нақш ишлаш услубияти
М. Мирзаҳмедов,Мазкур қўлланма педагогика ўқув юртларининг "Бадиий графика ва чизмачилик", " Умумтехника ва меҳнат факультети" учун ўқув режаси ва дастури асосида ёзилди. Бадиий наққошлик санаъати тўғрисида, уни ўрганиш ҳақида маълумот берар эканмиз, аввало, сизларни узоқ ўтмиш маданиятининг намуналарини, тарихий обидаларни хаёлан кўз олдингизга келтиришни сўрардик. Бадиий - наққошлик, ўймакорлик, кашта тикиш санаъати намуналарини- ҳаётни, табиат манзаларининг аксини, чиройли гулларнинг шаклларини биноларнинг эшикларида, пештоқларида, уй анжомларида ва бошқаларда кўрасиз.
-
моҳир қўллар
С.Каримова,Ушбу қўлланма мактабгача тарбия муассасаларида болаларга мехнат тарбиясини бериш учин
-
Ёғоч ўймакорлиги
Мирзааҳмедов М.Ҳ., Эргашев С.,Эстетик ва бадиий тарбия ёшларда теварак-атрофдаги нарса ва воқеаларга эстетик муносабатда бўлишда, уларни мақсадга мувофик, равишда кўриб идрок этишда, ижодий меҳнат фаолиятини фаоллаштиришда катта роль ўйнайди. Бу соҳада мактабларда, ўқувчилар саройларида ташкил этилаётган халқ амалий санъати тўгараклари ҳам ўқувчиларга эстетик тарбия беришда катта имкониятларга эгадир.
-
Бичиш-тикишни ўрганинг
Егорова Р. И.,Бу ҳунар энг қадимий ва энг зарур ҳунарлардан бири бўлиб, ҳар қандай қўл ҳунари сингари бу ҳунарда ҳам ҳамма вақт ўз ишининг чинакам санъаткорлари, машҳур усталари бўлган. Ҳозирги вақтда кийим тикиш - бу одамнинг турмуш эҳтиёжларига ҳам, бадиий талабларига ҳам хизмат қилиши керак бўлган қудратли индустрия тармоғидир. Бу китоб ёрдамида, кейинроқ эса бошқа китоблардан ҳам, саводлигина эмас, балки дид билан тикишни ҳам ўрганиб оласиз, ундан кейин эса, эҳтимол, тикувчилик ишлаб чиқаришидаги истаган ҳунарингизни ўзлаштириб оларсиз-да, ўз ишингизнинг моҳир устаси бўлиб кетарсиз.
-
Kostyum va uning bichimi tarixi
Xodjayeva, U. M,Ushbu darslikda Antik davr, Yevropa, Osiyo va Markaziy Osiyo xalqlari kostyumlarining tasnifi berilgan. Kostyumning qadimiy, ilk va kech o`rta asrlar hamda XIX asr oxirigacha bo`lgan ma'lumotlari keltirilgan.
-
Ashyoda ishlash
Vohidov I.,Kitob grafikasi kafedrasi keng ijodiy qamrovli grafikachi rassomlarni, ya’ni kitob, plakat va estamp noshirlarini, oliy o`quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, shuningdek, Respublikamiz hududida joylashgan ijodiy tashkilotlar uchun kadrlar yetkazib berishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Bo`lajak mutaxassislarda realistik qalamtasvir va rangtasvir bo`yicha mahorat bilan birga ixtisoslikning turli masalalarini hal etishi, badiiy obrazli tafakkur uslubini egallashi uchun kerak bo`lgan bilim va malakalar shakllantiriladi. Grafikachi rassomlar keng ma’nodagi nazariy va amaliy tayyorgarlikdan o`tishi lozim. Ular zukko, nozik ta’b, estetik madaniyat egasini shakllantirish uchun egallagan bilim va ko‘nikmalaridan unumli foydalanishlari, mustaqil O`zbekiston davlati taraqqiyotiga astoydil xizmat qilishlari zarur. Kelajakda bu maqsadlarni amalga oshirish uchun ijodkorlar o`z bilim doiralarini kengaytirib, hayotdagi voqealarni kuzatib borishlari, taraqqiyotning yangi yutuqlari bilan tanishishlari, o`z bilimlarini kengaytirishlari zarur bo‘ladi. Grafikachi rassomning vazifasi plakat, reklamalar dizaynini yaratish, kitob va boshqa barcha nashrlarni bezashi, buning uchun milliy an’an alarni, vatan tarixini chuqur bilishi, uning qadimiy yodgorliklarini va amaliy san’at n amunalarini o`rganishi va ulardan samarali foydalanishdan iborat.
-
Chizma geometriyadan grafik topshiriqlar va ularni bajarish metodikasi
E.L.Ro'ziyev,Ushbu masaJalar to'plami (metodik qo'llanma)ni tuzishda shular hisobga olinib bir mavzuga oid masalalarni yechish usullari to'g'risida batafsilroq to'xtalib o'tishga harakat qilindi. Har bir mavzu bo'yicha tavsiya qilingan masalalarni yecha bilish ularni dastur materiallarini to'la o' zlashtirishlarida katta yordam beradi.
-
Qalamtasvir
M. B. Ahmedov, M. Z. Xasanova,Mazkur o‘quv qo‘llanmada qalamtasvir bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bilan birga sessiya oraliq topshiriqlarini bajarish tartibi bayon qilingan. O‘quv qo‘llanmada tasviriy san’at haqida dastlabki ma’umotlar, qalamtasvir – tasviriy san’atning asosi sifatida, qalamtasvir va rangtasvirning qonun-qoidalari: tasviriy san’atda perspektiva, kompozitsiya asoslari, chiziqli konstruktiv qurilish, yorug‘-soya qonuniyatlari, buyumlarning uslubiy jihatdan bosqichma-bosqich tasvirlash usullari, qalamtasvirda xomaki rasmlar ishlash usullari kabi ko‘plab mavzular nazariy va amaliy jihatdan yoritib berilgan. O‘quv qo‘llanma «5110800 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» ta’lim yo‘nalishining sirtqi bo‘lim 1- va 2-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan ilmiy izlanuvchilar, maxsus va umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari, maktabdan tashqari muassasalarning to‘garak rahbarlari va havaskor rassomlar ham foydalanishlari mumkin.
-
QALAMTASVIR
X.X. Muratov,Mazkur o‘quv-qo‘llanma bugungi kun talablarini hisobga olingan holda xorij adabiyotlari asosida yozildi. O‘quv qo‘llanma talabalarini “Qalamtasvir” fanining nazariy hamda amaliy asoslari bilan chuqur tanishtiradi. U olib boriladigan mashg‘ulotlarning mavzusi va mazmunini to‘liq o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada qalamtasvirda tasvirlashning qonunlari, tasvirlash qoidalarini chuqur o‘rganish ko‘zda tutilgan. Dastur asosida rejalashtirilgan dars soatlari bo‘yicha amaliy ishlar vazifalari oddiydan murakkabga qarab tamoyili tarzida ishlanmasi ishlab chiqilgan hamda foydalanish uchun mahalliy va xorij adabiyotlari berilgan.
-
Чизма геометрия
Ж.Ёдгоров,Мазкур қўлланма қуйидаги мавзуларни қамраб олган. Нуқта, тўғри чизиқ ва текисликнинг ортогонал проекциялари, тасвирларни алмаштириш усуллари, кўпёқлилар, кўпёқлиларнинг текислик ва тўғри чизиқ ҳамда ўзаро кесишуви, сиртларнинг текислик ва тўғри чизиқ билан ҳамда ўзаро кесишуви сирт ёйилмасини ясаш, аксонометрик проекциялар.
-
Chizma Geometriya
Azimov T.D.,0 ‘quv qo‘llanmada chizma geometriya fanining amaliy mashg'ulotlari to'plami o‘zbek tilida keltirilgan bo‘lib, unda nuqta, to‘g‘ri chiziq, tekislik, ikki tekislik, to‘g‘ri chiziq va tekislik, sirtlar, tekisliklar bilan sirtlar kesishuvi, ikki sirt kesishuvi, proyeksiyalarni qayta tuzish, burchaklami aniqlash, nazorat yozma ishga doir masalalarni yechish, shuningdek, olimpiada masalalaridan namunalar, mustaqil ta’lim uchun masalalar berilgan. O 'quv qo'llanma texnika oliy o‘quv yurtlari bakalavrlari uchun tayyorlangan bo'lib, undan chizma geometriya mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Chizma geometriya
J. Yodgorov,Darslik kirish va ikki bo'limdan iborat,Kirish qismida chizma geometriyaning qisqacha tarixi,markaziy,parallel proyeksiyalash va ularning asosiy xossasi hamda nuqatning proyeksiyalari bo'yicha uning fazodagi o'rnini topish bayon qilingan
-
Chizma Geometriya
B.B.Qulnazarov,Ushbu qo'llanma kasbiy ta'lim yo'nalishidagi muhandis - pedagog, talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, chizma geometriya fani bo'yicha tuzilgan namunaviy dastur asosida yozilgan.Qo'llanma ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismda ortogonal va aksonometrik proyeksiyalar.
-
GANCHKORLIK SAN'ATI
S.Bulatov, A.Muxtorov,Dаrsikdа ganchkorlik san'ati tarixi, usta vа shogird odobi, ganch o'ymako'rligida qo'lIaniladigan asbob-uskunalar va ulаrdаn foydalanish, naqsh uning turi naqsh elementlarini chizish, o'ymakorlikda ishlatiladigan ashyolar, pardoz tulari, oddiy va kompozitsion naqsh o'yish vа pardozlash sirlari o'rgatiladi.
-
CHIZMACHILIK
A.Ashirboyev,Ushbu o‘quv qo‘llanma o ‘z ichiga chizmalarni taxt qilish qoidalari, geometrik chizmachilik, proeksion chizmachilik, mashinasozlik chizmachiligi, sxemalar va qurilish chizmachiligi mavzularini qamrab oigan. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari sinfdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarda nazariy va amaliy jihatdan mukammal bilim olishlari hamda pazandachilik, tikuvchilik va to‘qish ishlari yo'nalishi bo‘yicha to‘garak tashkilotchisi mutaxassisliklari egallashlari hisobga olingan holda tayyorlandi. Bu o‘quv qo'llanmadan barcha kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari ham samarali foydalanishlari hisobga olingan.
-
Rangtasvir
S.Abdirasilov, N.Tolipov,Mazkur darslik pedagogika mstitufi va univenitetl&fimng bakalavr ta'lim yo'nalishidagi talabalar uchun tayyorlangan, Darslikda tasviriy lan’atning yetakchi bo*g‘ini hisoblangan rangtasvir fani bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar yoritilgan, Ushbu darslik rangtasvir fanidan tuzilgan dastur asosida bo'lib, unda tasviriy san'atning o'quv jarayonida rangtasvir fanini - ranglar san'ati, rangtasviming rivojlanish tarixi, zamonaviy rangtasvirninig turlan va janrlari, ranglaming llmiy xususiyatlari va rangtasvir mashg'ulotlarida, plenerda kompozitsiya to‘g‘risida fikrlar yuritilgan,
-
Kompozitya
G’.M. Abdurahmonov, B.B. Boymetov, B. Tojiev,Mazkur o’quv qo’llanma tasviriy san’atning asosiy negizi hisoblangan kompozitsiya fanini o’rganishning maqsad hamda vazifalari, metodikasi nazariyasi va amaliyoti haqida ma’lumot beradi. O’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlari talabalari uchun mo’ljallangan, qo’llanmadan kasb hunar kolleji o’quvchilari ham foydalanishlari mumkin.