-
KIMYONING FUNDAMENTAL EKSPERIMENT ASOSLARI VA QIZIQARLI TAJRIBALARI
A.A.Matyakubov, E.U.Eshchanov, X.M.Rajabov, Z.M.Ataullayev,Ta'lim, -
Ta'lim,
-
ANALATIK KIMYO FANIDAN LABARATORIYA MASHG'ULOTLARI (miqdoriy analiz)
Y.R.Taxirov, Sh.A.Matmurotov, M.A.Ashirov,Ta'lim, -
Ta'lim,
-
BOSHLANG'ICH TA'LIM PEDAGOGIKASI
E.M. XUDOYNAZAROV, SH.SH. ALLAMOV, D. S. AVEZOV, M.P. MADAMINOV, S.J. MURATOV,Ta'lim, -
UMUMIY FIZIKA FANIDAN LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH BO'YICHA
M.Jumaniyazova, M.M. Axmedov, S.R. Qodirov, G'.A. Ibadullayev,Ta'lim, -
UMUMIY FIZIKA FANIDAN LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH BO‘YICHA
M. Jumaniyazova, M.M. Axmedov, S. R. Qodirov, G’. A. Ibadullayev,Ta'lim, -
PEDAGOGIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARIDA MAGISTRLIK DISSERTATSIYALARINI TAYYORLASH VA HIMOYA QILISH BO'YICHA TAVSIYALAR
Sh.Sh. Xudayberganov, K.J.Maxmudova,Ta'lim, -
TIKUVCHILIK TEXNOLOGIYASI LUG‘ATI
M.R. Jo‘rayeva, A.R. Jo‘rayev, M.H. Ismailova, D.M. Ruziyeva, S.I. Baxtiyorova, Sh.I. Bahronova,Ta'lim, -
TEXNOLOGIYA TA’LIMIDA ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
O‘.Y. Qalandarova, A.N. Xudayberganov,Ta'lim, -
-
Ta’lim muassasalari o‘quvchilarida psixik anamaliyalarini aniqlash va bartaraf qilish
S. I. Bayjanova,Ta'lim, -
-
-
-
-
-
-
-
-
KIMYONING FUNDAMENTAL EKSPERIMENT ASOSLARI VA QIZIQARLI TAJRIBALARI
A.A.Matyakubov, E.U.Eshchanov, X.M.Rajabov, Z.M.Ataullayev,Mazkur o'quv qo'llanma o'ziga yarasha noyob hisoblanadi, u maktab va oliy ta'lim o'quv dasturi bilan yetarli darajada tanish bo'lgan dotsentlar mualliflik guruhi tomonidan yozilgan. Taqdim qilinayotgan qo'llanmada kimyoning umumiy masalalari, kimyodan eksperiment o'tkazish metodikasi, jumladan, kimyo laboratoriyasini tashkil qilish, unda kimyoviy tajribalar bajarish hamda bu jarayonda tejamkorlik metodi bilan ish yuritish, moddalarni tozalash, taqsimlash va gazsimon moddalar ishtirokida, eritmalar sharoitida qiziqarli kimyoviy tajribalar o'tkazish kabi materiallar keltirilgan. Shuningdek undan 30 ta har xil qiziqarli kimyoviy tajribalar tavsifi hamda talaygina olimpiada topshiriqlari va ijodiy xarakterdagi eksperimental masalalar joy olgan. Qo'llanmada propedevtik faoliyatdagi qiziqarli kimyoviy tajribalar tafsiloti, hamda mustaqil ta'lim olish doirasidagi 30 ta referat va ijodiy tadqiqot loyihalaridan namunalar, testlar banki berilgan. Ta'kidlash joizki, berilgan materiallarni mustaqil o'rganish ham mumkin. O'quv qo'llanma Oliy ta'lim muassasalarining "Kimyo" yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Shuningdek, mazkur qo'llanma materiallaridan barcha maktab o'quvchilari hamda o'qituvchilari va fan amaliyoti ishlariga qiziquvchilar ham foydalanishi mumkin.
-
Kimyoviy birikmalar tuzilishi va xossalarini matematik modellash.
N. Muhamadiyev,O'quv qo‘llanma 5140500 — Kimyo bakalavri ta’lim yo'nalishining o‘quv rejasidagi «Kimyoviy birikmalar tuzilishi va reaksion qobiliyatini matematik modellash» fani rnutaxassislik kureining va 5A140501— Fizik kimyo ixtisosiigi bo’yicha magistraturaning o‘quv rejasiga taniov fani sifatida kiritilgan «Kompyuter kimyosi» fanining o‘quv dasmri asosida yozilgan bo'Sib, unda kimyoviy birikmalar tuzilishi va reaksion qobiliyatini matematik modellashnmg zamonaviy usullari atroflicha yoritilgan, laboratoriya ishlari va ulami bajarish tartiblari hainda talabalar biiimini nazorat qilish uchun nazorat savollari va testlar keltirilgan. Kitob ilmiytadqiqot institutlarining xodimlari, kimyo fanlari ixtisosiigi bo’yicha katta ilmiy xodim — izlanuvchilar uchun ham o‘quv qo'liamna vazifasini o'tashi mumkin.
-
ANALATIK KIMYO FANIDAN LABARATORIYA MASHG'ULOTLARI (miqdoriy analiz)
Y.R.Taxirov, Sh.A.Matmurotov, M.A.Ashirov,Ushbu o'quv qo'llanmada analitik kimyodan labaratoriya va amaliy mashg'ulotlarni bajarish, test yechish va masala ishlash ko'nikmalarga ega bo'lishga yo'naltirilgan tartibda ma'lumotlar keltirilgan. Qo'llanma "Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi" va kimyoviy texnologiya ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan. В этом пособые представлена информация по аналитической химии для развития лабораторных и практических навыков, навыков решения тестов и решения проблем. Пособие предназначено для студентов, обучающихся по специальностям «Нефтехимическая технология» и химическая технология. This handbook provides information on analytical chemistry in order to develop laboratory and practical skills, test solving, and problem-solving skills. The manual is intended for students majoring in Petrochemical Technology and Chemical Technology.
-
Umumiy fizika kursidan masalalar to`plami
G.M.Anarkulova, G'.M.Abduqodirov, X.T.To'lqinova,Ushbu darslik oliy o'quv yurtlari nofizik bakalavr ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan. Darslikda umumiy fizika kursiga tegishli masala va savollar quyidagi tartibda berilgan: oʻrtacha qiyinlikdagi masalalar, yuqori qiyinlikda hamda olimpiada masalalari. Dastlab har bir bo'lim boʻyicha masalalar yechish bo'yicha namunalar keltirilgan. Darslikda umumiy mingga yaqin masalalar berilgan bo'lib, masalalarning ko'pchiligi mulohazali, hayotiy hamda qiziqarli ko'rinishdagi masalalardir. Shuningdek ushbu darslik fizikadan mustaqil tayyorlanuvchilar uchun ham masala yechish bo'yicha ko'nikma va malakalarni hosil qilishda qimmatli dastur ul-amal bo'ladi deb ishonamiz.
-
BOSHLANG'ICH TA'LIM PEDAGOGIKASI
E.M. XUDOYNAZAROV, SH.SH. ALLAMOV, D. S. AVEZOV, M.P. MADAMINOV, S.J. MURATOV,Mazkur o'quv qo'llanma 60110500-"Boshlang 'ich ta'lim" bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi fani bo'yicha bo'lajak pedagoglar uchun mo'ljallangan bo'lib, bakalavriat ta'lim yo'nalishi DTS, o'quv reja va o'quv dasturlari asosida tayyorlangan.
-
UMUMIY FIZIKA FANIDAN LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH BO'YICHA
M.Jumaniyazova, M.M. Axmedov, S.R. Qodirov, G'.A. Ibadullayev,Ushbu Uslubiy qo'llanma pedagogika universiteti va institutlarining "Kimyo" va "Biologiya" baralavr yo'nalishi talabalari, fizika fani o'qitilishi zarur bo'lgan barcha oliy o'quv yurtlari talabalari, akademik litsey, texnikum hamda umumta'lim maktabi fizika o'qituvchilari va o'quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
-
UMUMIY FIZIKA FANIDAN LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH BO‘YICHA
M. Jumaniyazova, M.M. Axmedov, S. R. Qodirov, G’. A. Ibadullayev,Ushbu Uslubiy qo‘llanma pedagogika universiteti va institutlarining “Kimyo” va “Biologiya” baralavr yo‘nalishi talabalari, fizika fani o‘qitilishi zarur bo‘lgan barcha oliy o‘quv yurtlari talabalari, akademik litsey, texnikum hamda umumta’lim maktabi fizika o‘qituvchilari va o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
-
PEDAGOGIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARIDA MAGISTRLIK DISSERTATSIYALARINI TAYYORLASH VA HIMOYA QILISH BO'YICHA TAVSIYALAR
Sh.Sh. Xudayberganov, K.J.Maxmudova,Mazkur uslubiy qo'llanmada Pedagogika oliy ta'lim muassasalarining barcha magistratura mutaxassisliklarida magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish bo'yicha tavsiyalar, uning bajarilish va taqdim etish muddati, shuningdek, unga tegishli materiallarni to'g'ri bayon etish va rasmiylashtirishning asosiy qoidalari yuzasidan tavsiyalar ko'rsatilgan.
-
TIKUVCHILIK TEXNOLOGIYASI LUG‘ATI
M.R. Jo‘rayeva, A.R. Jo‘rayev, M.H. Ismailova, D.M. Ruziyeva, S.I. Baxtiyorova, Sh.I. Bahronova,Mazkur “Tikuvchilik texnologiyasi lug‘ati” nomli o‘quv qo‘llanma 60112300 – Texnologik ta’lim yo‘nalishining “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va loyihalash” fanidan gazlamalarga ishlov berish praktikumi, gazlamalar materialshunosligi, gazlama materiallardan buyum tayyorlash texnologiyasi, qo‘lda to‘qishni o‘rganish texnologiyasi bo‘yicha talabalarning ingliz tilidagi kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga asoslangan va bugungi kunning innovatsion talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur lug‘atdan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, professional ta’limning maxsus fan o‘qituvchilari va o‘quvchilari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Texnologiya” fani o‘qituvchilari va o‘quvchilar hamda xorijlik mehmonlarga xizmat ko‘rsatuvchi turizm markazlarining xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
-
TEXNOLOGIYA TA’LIMIDA ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
O‘.Y. Qalandarova, A.N. Xudayberganov,Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining 60112300 - Texnologik ta’lim bakalavrit yo‘nalishining malaka talablaridan kelib chiqib tuzildi. Darslikni tayyorlashda fan dasturi asos qilib olindi. Ushbu darslik hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib tayyorlandi, unda pedagogika, psixologiya, umumkasbiy hamda maxsus fanlardan olgan bilim va ko‘nikmalarini amalga tadbiq etish, texnologiya ta’limi darslarini samarali hamda no‘ananaviy tarzda tashkil etishni o‘rgatishdan iborat. Texnologiya ta’limi dars jarayonlarida texnologiyalashtirish va ilg‘or pedagogik texnologiyalami qo‘llashni tadbiq etishni o‘rgatishdan iborat.
-
UMUMIY PEDAGOGIKA
Sabirova.Ch, Nyutonova.X, Abdullayeva.R, Adamboyeva.D,Ushbu "Umumiy pedagogika" fanidan darslik 60110200 - Maktabgacha ta'lim bakalavr mutaxasisligining o'quv rejasiga va O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Urganch davlat pedagogika instituti tomonidan tasdiqlangan o'quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Darslikda bo kajak tarbiyachi pedagoglarga umumiy pedagogikaning ilmiy nazariy asoslari, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida belgilangan talablar asosida uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayonini oqilona tashkil etish, pedagogik merosdan samarali foydalanish, real ta'lim amaliyotida yuksak pedagogik madaniyat va texnikani namoyon eta olishga o'rgatish hamda shu sohadagi so'ngi yutuqlarga tayanilgan. Ushbu darslik bakalavriat, magistratura ta'lim yo'nalishi talabalari, maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim muassasalari pedagoglari hamda barcha qiziquvchilar uchun tavsiya qilinadi.
-
Ta’lim muassasalari o‘quvchilarida psixik anamaliyalarini aniqlash va bartaraf qilish
S. I. Bayjanova,Mazkur uslubiy qo‘llanma Professional ta’lim, Akademik litsey va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilaridagi ruxiy o‘zgarishlar jarayoni, ularni kelib chiqishi va bartaraf qilish masalalarini o‘rganish va korreksiya qilish metodikalarinkeltirilgan.
-
Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi
N.B.Bekchanova, N.E.Rajabova, K.R.Karimova,Ushbu darslik boshlang'ich sinf o'qituvchilar, talabalarga hamda pedagogika sohasida bilim olish istagida bo'lgan keng jamoatchilikka mo'ljallangan. Kitobda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, didaktik yondashuvlar va o'qitish metodlari haqida keng qamrovli ma'lumotlar berilgan. Boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan ishlashning pedagogik asoslari, psixologik jihatlari, yosh xususiyatlariga mos o'qitish usullari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, dars jarayonida bolalarning aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishiga ko'maklashuvchi pedagogik jarayonlarni to'g'ri tashkil etish uslublari ko'rsatilgan. Darslikda o'quvchilarning erkin fikrlashi, ijodiy yondashishi va mustaqil bilim olish ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan strategiyalar hamda pedagogik vositalar yoritilgan. Ta'lim jarayonida interaktiv usullardan foydalanish, o'yin texnologiyalari, hamkorlikda o'qitish metodlari ham ko'rib chiqilgan.
-
GEOMETRIYANI MUSTAQIL O'RGANISH UCHUN QO'LLANMA
K.Karimova,Ushbu o'quv qo'llanmaga geometriyaning planimetriya qismini mustaqil o'rganuvchilar uchun o'quv jarayonida zarur bo'lgan masalalar kiritildi. Uslubiy qo'llanmada keltirilgan masalalar tizimli ravishda osonlik va murakkablık darajasi boʻyicha tuzilgan. Shu nuqtai nazardan o'quvchining matematikaga qiziqishini oshirish, geometrik masalalarni yechish orqali nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilishga imkoniyat yaratish uslubiy qoʻllanmani asosiy maqsadi hisoblanadi. Ikkinchidan, o'quvchining dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashini shakllantirish va rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Bu maqsadlarga erishishda tanlangan tizimli masalalar alohida o'rin egallaydi. Ushbu uslubiy qo'llanmadan oliy ta'lim muassasalari talabalari, pedagoglar va geometriyani mustaqil oʻrganuvchilar foydalanishi mumkin
-
SPORT MAHORATINI OSHIRISH (sport o'yinlari)
L.L. Abdirahmonov,O'quv qo'llanmada basketbol, voleybol, gandbol va futbol sport turlari haqida ma'lumotlar berilgan. Bundan tashqari o'quv qo'llamada shu sport turlarining o'quv mashg'ulot jarayonlarini rejalashtirish, o'yin mashqlari texnikasi va taktikasini o'rgatish usullarini takomillashtirish, tayyorgarlik turlarini ahamiyati ko'rsatib berilgan.
-
ROBOTATEXNIKA ASOSLARI
H.O'. Tayirov., J.E. Pardabayev,Ushbu O'quv qo'llanma 60112300-Texnologik ta'lim talabalari uchun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan ishlab chiqilgan va universitet Kengashining 2023 yil 29 avgustdagi 1/32-sonli qarori bilan tasdiqlangan o'quv dasturi asosida tuzilgan bo'lib, bakalavriat yo'nalishi talabalari "Robototexnika asoslari" fani mavzularini o'rganish uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada "Robototexnika asoslari" fanining maqsadi va vazifalari, robotlar bo'yicha umumiy tushunchalar, ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirishda robotlarning ro'li, robotlarning mexanik tizimi, robotlarning yuritmalari, sanoat robotlarini boshqarish tizimlari, robototexnik tizimlar va komplekslar, robototexnik komplekslarda robotlarning qo'llanilishi, yig'uv robototexnik komplekslari, mexanik ishlov berish robototexnik komplekslari, mobil robototexnik tizimlar. mobil robototexnik tizimlarning sinflanishi, robotlarning ishlab chiqarishda qo'llanishi, robotlarni sozlash, ishga tushirish, robotlarni ishga tushirish va texnik xarakteristikalarini tekshirish, intellektual robototexnik tizimlar, sanoat robotlarini ishlatishda mehnat xavfsizligi, mexatronika-hozirgi zamon fan va texnikasining yangi yo'nalishlariga oid ma'lumotlar keltirilgan va yoritib berilgan.
-
Тамаддун
Б.Умаров,Рисола Узбекистон Республикаси Призиденти хузуридаги Давлат ва жамият курилиши академияси тингловчилари, олим -мутахасислар, маънавият ва марифат сохасида хизмат килаетган таргиботчилар хамда Гарб жамиятида руй бераетган жараенлар билан кизикадиган китобхонларга мулжалланган.
-
Болалар боғчасида табиат бурчаги
Марковская М. М.,Китобда болалар боғчасида ўсимлик ва ҳайвонларни сақлашга доир тасиялар берилган. Турли ёш гуруҳидаги болаларни табиат бурчагида доимий ва мавсумий яшовчи жониворлар билан таништириш методикаси ёритилган; болалар билан ишлаш дастурининг таҳминий мазмуни, усуллари берилган. Мактабгача тарбия муассасаларда болаларни табиат билан, йилнинг турли фаслларида унда рўй бериб турадиган ўзгаришлар билан таништириб борилади.
-
JAHON ADABIYOTI
M.F.Matquliyeva, G.U.Sapayeva, Z.Y.Asqarova, D.Y.Ruzmatova,Mazkur darslik pedagogika sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishi DTS, o'quv reja va o'quv dasturlari asosida pedagogika universiteti va institutlarining bakalavr: 60111400 O'zbek tili va adabiyoti ta'lim yo'nalishi talabalari uchun "Jahon adabiyoti" fani bo'yicha bo'lajak pedagoglarga mo'ljallangan bo'lib unda jahon adabiyotining mazmuni va mohiyati, maqsadi, vazifalari, rivojlanish davrlari, asosiy yo'nalishlari hamda elita namunalari, jahon adabiyotining rivojlanishiga hissa qo'shgan atoqli namoyondalarining hayoti va ijodiy yo'li, shuningdek, jahon adabiyotining bugungi kundagi zamonaviy muammolari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Mazkur o'quv qo'llanma yuqorida nazarda tutilgan yo'nalishlar mazmunini o'zida to'la qamrab oladi.
-
INNOVATSION METODLAR
S.X. Matsaidova., I.O. Ortikova,Ushbu uslubiy qo'llanma Oliy o'quv yurtining 60530400 Geografiya yo'nalishi, 60530200-Geografiya yo'nalishlari yo'nalishi uchun va barcha yo'nalish talabalari va o'qituvchilar uchun, Innovatsion metodlarga o'rgatish milliy markazlari uchun mo'ljallangan