-
Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi
S.F.Abdirasilov,Mazkur darslikda tasviriy san’at o‘qitish metodikasi fanini maqsad va vazifalari, boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’at ta’lim mazmuni va uni o'qitish metodikasi, boshlang'ich tasviriy san’at asoslari, natyurmort, rangshunoslik, badiiy bezak grafikasi, haykaltaroshlik, tasvirlarning metodik asoslari kabi masalalar o‘z aksini topgan.
-
Chizma geometriya
Sh.Murodov, L.Hakimov, A.Xolmurzayev,Darslikda nuqta,to‘g‘ri chiziq va tekisliklaming to‘g‘ri burchakli proyeksiyalarini yasashning nazariy asoslari,shuningdek,egri chiziq va sirtlarning hosil bo'lishi va chizmada tasvirlanish usullari bayon etilgan.Geometrik shakllaming o'zaro va proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan vaziyallari bilan bog'liq pozitsion va metrik masalalarni yechish,urinma tekisliklar o‘tkazish,sirtlarning yoyilmalarini yasashga oid nazariy va amaliy masalalar ko‘rilgan. Aksonometrik proyeksiyalar va ularni turli pozitsion masalalarni yechishda qo'llash keng yoritilgan
-
Folklor musiqa ijrochiligi
Qosimov N.,Mazkur o'quv qo'llanma folklor musiqa ijrochiligi janirining mustaqil yo'nalishlaridan bo'lgan o'zbek xalq laparlari va ularning ijrochiligi bilan bog'liq masalalarni o'z ichiga olgan.
-
Chizmachilik
Gulimova N.X.,Mazkur darslik bo`lajak chizmachilik fani o`qituvchilarining mohir pedagog bo`lib yetishishlariga katta yordam beradi. Shuningdek, mazkur darslikdan chizmachilik fani o`qituvchilari, chizmachilik fani o`qitiladigan boshqa ta`lim yo`nalishlarining o`quvchi va talabalari amaliy foydalanish mumkin.
-
An'anaviy xonandalik
Xudayberganov S,"An'anaviy xonandalik" darsligi- so'z boshi, uchta bob: birinchi bob- An'anaviy xonandalik kuylash maktabi shakllari, mumtoz ashula, katta ashula, Xorazm maqomlari, suvora yo'llari, dutor maqomlari, ikkinchi bob-Xorazm ashulachilik maktabi namoyondalari, uchunchi bob- nazariy va laboratoriya mashg'ulotlarining mavzulari hamda ashulachilar ansamblida kuylash mahoratini shakllantirish uchun uslubiy tavsiyalar, ashula matni va ijro mahorati ustida ishlash, ashulachilar ansambli ijrochiligida nafas olish uslublari hamda kuylash uchun ashulalar notalar taqdim etilgan.
-
Muhandislik grafikasini o`qitish metodikasi
Ro`ziyev E., Ashirboyev А.,Ushbu darslik “Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi” bakalavriat yo`nalishi hamda “Muhandislik grafikasi va uni o`qitish metodikasi” fani bo`yicha amaldagi dastur asosida tayyorlandi. Darslik ikkita bobga bo‘lingan bo‘lib, birinchi bob muhandislik grafikasini o‘qitishning umumiy masalalariga, ikkinchi bob esa, chízmachilikning asosiy mavzularini o‘rgatish muammolariga bag‘ishlangan.
-
Сувора соғинчи
Худойберганов С,Кўп йиллардан буён Урганч Давлат Университетининг “Мусиқа таълими” кафедрасида қизғин педогогик фаолият олиб бораётган профессор Самандар Худайберганов тамонидан тайёрланган ушбу қўлланмада устоз санъаткор Отажон Худойшукуровнинг ўзини овозига, пардасига мослаб ишлаган қўшиқлари ҳамда ижро этган мумтоз классик қўшиқларидан (қайта ишланган ва тўлдирилган вариант) намуналар келтирилди.
-
O‘zbek musiqa tarixi
B.X.Madrimov,Ushbu o ‘quv qo‘llanmada o ‘zbek musiqasi tarixi, uning tarixiy davrlardagi shakllanish va rivojlanish jarayoni yoritilgan.Qo‘llanmada о‘zbek musiqa san’atining ilk о ‘rta asr, sosoniylar, somoniylar, temuriylar davri, XIX-XX asr va istiqlol davri rivojlanish jarayoni tarixiy man- balar asosida aks ettirilgan. Shuningdek, hozirgi о‘zbek musiqasi va musiqa folklori janrlari tabiati, taraqqiyoti, ularning о‘ziga xos belgilari, farqli xususiyatlari atrojlicha tahlil va talqin etilgan.
-
Шарқ мумтоз поэтикаси
Д.Юсупова,Мазкур қўлланма республика олий ўқув юртлари ўзбек филологияси ва журналистика факултетлари бакалавриат ихтисослигининг 1-босқич талабалари учун мўлжалланган бўлиб, унда Алишер Навоий ҳаёти ва ижоди билан боғлиқ энг муҳим маълумотлар ўамраб олган.
-
Qalamtasvir
B.Boymetov,Qalamtasvir nomli darsligining 1 -qismi pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda tasviriy san’atning asosi hisoblangan qalamtasvir fani bo'yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mazmuni yoritilgan. Xususan, kitobdan qalamtasvirning nazariy asoslari, tasviriy san’atda perspektiva, kompozitsiya qonunlari, chiziqli konstruktiv qurilish, yorug‘-soya qonuniyatlari, odam bosh suyagi va muskullarining plastik anatomiyasi, badiiy ta’limda qalamchizgi bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari va boshqalar o‘rin olgan.
-
Musiqa tarixi
O. A. Ibrohimov, G`. M. Xudoyev,Mazkur "Musiqa tarixi" o`quv qo`llanmasi mazmunida musiqa madaniyatining qadimgi davrlardan boshlangan tadriji, G`arbiy Yevropa musiqa san'atida shakllangan kompozitorlik ijodiyotining asosiy rivojlanish bosqichlari, klassik kompozitorlarning hayoti va ijod yo`li,shuningdek bastakorlik ijodiyotining o`ziga hos ana'analari o`rganiladi.
-
Санъат тарихи II-жилд 1-китоб
Неъмат Абдуллаев,"Санъат тарихи " китобининг биринчи жилди 1986 йили чоп этилган эди. Унинг иккинчи жилди тайёрланаётган пайтда жаҳон маданий, сиёсий ва иктисодий хаётида жиддий ўзгаришлар (Шўро давлатининг инқирозга юз тутиши ва парчаланиши, коммунистик мафкурага чек куйилиши туфайли санъат асарларини бахолашда янгича царашларнинг юзага келиши, Шарқ мамлакатларига эътибор ортиб бориши ва бошқалар) содир бўлди.
-
Қадимги шарқда психологик фикрлар тараққиёти
Абдураҳмонов Ф. Р.,Ушбу ўқув қўлланмада психология Шарқ мамлакатларидаги ривожланиши, шу ўлкаларда яшаб ижод қилган буюк олимлар, мутафаккирларнинг рухият, психология билан боғлиқ фикрлари ўрганилади.
-
Musiqaning elementar nazariyasi
Q.Rahimov,Mazkur qo‘llanmada «Musiqaning elementar nazariyasi» kursi bo‘yicha barcha asosiy tayanch tushunchalar va ulaming izohlari keltirilib, har bir tushuncha misollar va jadvallar vositasida atroflicha tushuntirib berilgan.
-
Эстетика
Б.Хусанов,В учебно-методическом пособии в соответствии со структурой курса рассматриваются методологические вопросы и категории этики, эстетики, логики. Учебное пособие предназначено для болез глубокого понимания основной проблематики предмета и призвано оказать практическую помощь студентам, обучающимся программе бакалавриата экономических специальностей.
-
Arxitektura-qurilish chizmachiligi
Ro`ziyev E.I, Ro`ziyev G.E,Ushbu o`quv qo`llanma "Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi" bakalavriat yo`nalishining arxitektura-qurilish chizmachiligi fani bo`yicha amaldagi fan dasturi asosida tayyorlangan. Qo`llanmani tayyorlashda qurilish chizmachiligi bo`yicha standartlardagi oxirgi o`zgarishlar e`tiborga olingan bo`lib, qo`llanma metodologik jihatdan dars jarayoni talablariga to`liq javob beradi.
-
Mashinasozlik chizmachiligi
Yodgorov J. Y.,Mazkur darslik "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" bakalavr ta'lim yo'nalishi o'quv dasturi asosida yozilgan bo' lib, chizmada dopusk va o'tqazishlar hamda detal sirti g'adir-budurligini belgilash; vint chiziq va vint sirtlar, ularni hosil qilish; rezba va mahkamlash detallari, birikmalar, ularning turlari va chizmasi; prujinalar, ularning turlari va chizmasi; uzatmalar, ularnlng turlari va chizmalarini bajarish; sxemalar, ularning turlari va chizmada tasvirlash; yig'ish chizmalarini bajarish, yig'ish chizmalarini detallarga ajratish mavzularini qamrab olgan.
-
Мақомот
Матёқубов Отаназар.,Ушбу китоб тарихан шаклланган Бухоро, Хоразм, Фаргона-Тошкент макомлари хамда Ўзбекистон ва Тожикистонда юзага келган Шашмақом намуналарини умумий илдизларга мансуб мақомот тизими сифатида урганишга қаратилган илмий тадқиқот. Муаллиф мақомотнинг туб масалаларини кенг маданий-тарихий, фалсафий эстетик ва илмий-амалий жараён билан узвий боғлаган холда кўриб чиқишга интилади.
-
Musiqa tarixi
Madrimov B.,"Musiqa tarixi" (Chet el musiqa tarixi) o'quv qo'llanmasi Musiqa ta`limi talabalarining bilim, ko'nikma malakalarini qadimgi dunyo antik davri, o'rta asrlar, Uyg'onish davri, XVII asr musiqa madaniyati hamda taniqli chet el musiqashunoslari I.S.Bax, K.V.Gaydn, F.Shopen, D.Verdi, J.Bizelarning ijodi bo'yicha takomillashtiradi.
-
Geometrik va proyeksion chizmachilik
Ro‘ziyev E.I.,Ushbu o‘quv qo‘llanma “Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi” bakalavriat yo‘nalishlari uchun geometrik va proyeksion chizmachilik fanidan amaldagi fan dasturi asosida tayyorlandi. Qo‘llanmaning mazmuni va tuzilishi grafik vositalar yordamida talabalaming ijodiy qobiliyatlari va fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishga, ularda estetik did, politexnik va umuminsoniy madaniyat sifatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan.