-
Мария
Фархад Исмаилов,Mariya — Farxad Ismailov tomonidan yozilgan badiiy asar bo‘lib, unda inson qalbidagi murakkab his-tuyg‘ular, sevgi va hayot sinovlari tasvirlanadi. Asarda bosh qahramon Mariya obrazi orqali insonning ichki kechinmalari, taqdir sinovlari va ruhiy kurashlari yoritiladi. Muallif jamiyatdagi muammolarni ochib berib, sevgi, sadoqat va sabr kabi qadriyatlarning ahamiyatini ko‘rsatadi.
-
Етти мажлис (Мажолиси сабъа)
Жалолиддин Румий,Жалолиддин Румийнинг илмий ва адабий мероси гоят катта. Ғазал, маснавий ва рубоийларни ўз ичига оладиган "Девони кабир" ("Улуғ девон"), фалсафий-сўфиёна мушоҳадалар, руҳият диалекти- касини кашф этиб, инсон ақлини лол қолдирадиган теранлик би лан ёзилган "Маснавий-маънавий", "Мактубот", "Фиҳи мо фихий" ("Ичиндаги ичиндадир") номли асарларини бутун дунё севиб ўқийди.Румий ўз асарларида одамни тадқиқ этади, унинг табиати ва интилишларини кузатади, ботиний жилолар ва сурилишлар, қалб силжишларини қидириб топади. Румий асарларидаги жозиба шу қадар инсон кўнглига яқинки, унинг ҳар бир сўзи бир маёқ, умр йўлларини ёритгувчи чироқ, қалбга қўйиладиган зиё кабидир
-
Оқ кема
Чингиз Айтматов,Аввал портфел сотиб олинди. Қоп-қора дермантин портфелни очиб-ёпганда шиқиллайдиган қулфи ялтираб турарди. Ёнида майда-чуйда соладиган киссаси ҳам бор. Қисқаси, ғаройиб, айни пайтда оддий мактаб портфели эди. Ҳамма нарса, эҳтимол, шундан бошланди.
-
Utopiya
Toms Mor,Utopiya” asari dialog shaklida yozilgan. Unda muallif va sayyoh Raphael Hythloday o‘rtasidagi suhbat orqali tasvir beriladi.
-
Kambagʻallar
Fyodor Dostoyevskiy,Dostoyevskiy inson ruhiyatini yorituvchi salmoqli asarlari bilan jahon adiblari roʻyxatidan oʻrin oldi. Uning umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi barcha asarlari allaqachon haqiqiy kitobxonlar jovoniga terib boʻlingan. Adibning maʼlum bir millat hayotini, turmush tarizini yoritar ekan, zamirida barcha xalqlarga birdek xos boʻlgan maʼnaviy xususiyatlarni mehr-muhabbat, sadoqat, elparvarlik, mehnatsevarlikni yuksaklarga koʻtaradi. "Kambagʻallar" romani ham ana shunday tuygʻu va hislatlarni ulugʻlovchi asarlardan biri.
-
Уста ва Маргарита
МИХАИЛ БУЛГАКОВ,Михаил Афанасьевич Булгаковнинг «Уста ва Маргарита» романи «Москва» журнали саҳифаларида чоп этилиши муносабати билан уни ёзувчининг адабий меросини ўрганиш комиссияси номидан ушбу қисқагина муқаддима билан бошлашни лозим топдим. «Уста ва Маргарита» — марҳум адибнинг сўнгги асари. Булгаков бу романи устида 1928 йилдан иш бошлади ва унинг турли вариантларини яратар экан, баъзан ишини тўхтатар, баъзан эса яна ёзганларига қайтарди. У умри поёнидаги ўн икки йил мобайнида ҳам ўзи дунёга келтирган сермазмун асарини кўлдан қўймади.
-
Sarviqomat dilbarim
Chingiz Aytmatov,sida ikkinchi jahon uru-shi jangohlaridan qochgan yigit va uning oilasi taqdiri haqida hikoya silinadi. Qissaga urush va uning ayanchli oqibatlari nimalarga olib kelishi borasida so`z yuritiladi.
-
Yolg'izlikning yuz yili
Gabriel Garsia Markes,Kitobxon nazarida avval boshdan jannatmonand yurt sifatida tasavvur uyg`otadigan Makondo fuqarolari bora-bora boshqacha hayot tarzi bilan yashashni xohlab qoladilar: ularga endi o`zlari makon tutgan yer torlik qiladi, ozodlik, hurlik istab qoladi qalblari. Alaloqibat esa tabiat in`om etgan baxtdan yuz o`girish ularga qimmatga tushadi, itoatsizliklari oqibatida muqarrar yolg`izlikka hukm qilinadilar.
-
Taxtlar o'yini
Jorj R.R Martin,Romanda voqealar turli nuqtai nazar va qahramonlar tilidan hikoya qilinib, Martin kitobxonga Vesteros, Devor va Targaryenlar singari zodagon xonadonlar tarixi va taqdiri taqdim etadi. Asarning bir nechta spin-off versiyalarni, jumladan, bir nechta oʻyinlarni ilhomlantirgan. Shuningdek, fantastik roman 2011-yil aprel oyida premyerasi boʻlgan HBO teleseriali „Taxtlar oʻyini“ning ilk fasli nomi va asosi sanaladi.
-
Юксакликка йўл
Мухтабар Каримова,Инсон яшар экан,хаёти давомида ўзидан яхши ном,ёруғ из қолдиришни истайди.
-
Сиёсатнома
Низомулмулк,Жахон маданиятининг бешикларидан бўлган Шарқ тарихи кўп воқеаларга шохид: саноқсиз жанг-у жадаллар натижаси ўлароқ салтанатлар алмашди,не-не буюк шох-у саркардалар келиб кетдилар.
-
Сиз қўрқувдан кучлироқсиз
Реджин Галанти,Китоб ўсмирларга безовталик,стресс ва қўрқувларни енгишда ёрдам беради.Тавсия этилган машқлар конгнитив хулқ-атвор терапиясига ва онгни ривожлантириш амалиётига асосланган.Уларни мунтазам фойдаланиш ўсмирнинг хаёти тинчроқ ва бахтлироқ ўтишида ёрдам беради.
-
Javohirot sandig`i
Shukrullo,''Javohirot sandig`i'' qissasi memuar janriga mansub bo`lib,unda muallif bolaligida ko`rgan-kechirganlarini,Toshkent mahallalaridagi hayot tarzini,shoir bo`lib shakllanish davridagi tengdoshlari,G`afur G`ulom,Maqsud Shayxzoda,Hamid Olimjon kabi atoqli adiblarning shaxsi,fe'l-atvori,dunyoqarashini o`ziga xos shoirona iboralarda tasvirlaydi.
-
Muhabbat qo`shig`i
Xudoyberdi To`xtaboyev,Brg`ubor tong havosidek musaffo muhabbat ikki yosh taqdirini o`zgartirib yuboradi.Sherali va Gulasalning bir-biriga ko`ngil qo`ygani butun qishloqqa ovoza bo`ladi.Chunki Gulasal Ortiqali degan yigitga unashtirilgan edi.Sheralining pokiza qalbi,jasorati odamlarning fikrini o`zgartirib,uning o`z sevgisiga yetishishiga sabab bo`ladi.
-
Talaba
Tara Vestover,“Talaba” — bu Tara Westoverning haqiqiy hayotiga asoslangan memuar bo‘lib, unda ta’lim orqali o‘zini anglash va erkinlikka erishish yo‘li tasvirlanadi. Muallif qat’iy diniy va izolyatsiyada yashagan oilada ulg‘ayadi, maktabga bormaydi va rasmiy ta’lim olmaydi.
-
Tundaliklar
Asqad Muxtor,Mazkur asar – muallifning tungi kechinmalari, fikr-mulohazalari mahsuli. Ular yagona gʻoyaviy-falsafiy yoʻnalishga ega emas, ammo yozuvchining bedor qalbi, uygʻoq tafakkuri, tugʻyonli kechinmalari – barchasi mushtarak moʻjizalar – Odam va Olam bagʻridagi sir-sinoatlardan darak beradi, kitobxonni teran xayolga toldiradi.
-
Dashti qipchoq lochini
Saʼdulla Siyoyev,Sаʼdullа Siyоyеvning “Dаshti qipchоq lоchini yоxud Muhаmmаd Shаybоniyxоn” qissаsidа Shаybоniyxоn оbrаzining tаsviri vа uning оʻzigа xоs xususiyаtlаri hаqidа sоʻz yuritilаdi. Tarixiy asarlarning adabiyotdagi va shaxs maʼnaviyatini yuksaltirishdagi oʻrni haqida fikrlar ham yoritilgan.
-
Ego – dushmaning
Раян Ҳолидей,Ushbu asarda Ryan Holiday inson muvaffaqiyatiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillardan biri — ego (o‘zini haddan ortiq ulug‘lash, manmanlik) ekanini ta’kidlaydi. Muallif Stoitsizm falsafasiga tayangan holda, ego insonni rivojlanishdan to‘xtatishini, uni xatolarni tan olishdan va o‘sishdan mahrum qilishini ko‘rsatadi.
-
CHOL VA DENGIZ
Ernest XEMINGUEY,Chol qayiqda yolg‘iz o‘zi Golfstrimda baliq ovlardi. Dengizga chiqayotganiga mana sakson to‘rt kun ham to‘ldi, ammo hali bironta baliq tutganicha yo‘q. U bilan qirq kun bola birga bo‘ldi. Hadeganda qo‘li quruq qaytavergach, ota-onasi unga endi cholning o‘ta-ketgan Salao, ya’ni «o‘lguday omadi yurishmagan odam» ekanini aytib, bundan buyon boshqa qayiqda dengizga chiqish kerakligini qulog‘iga quydilar. Haqiqatan ham birinchi haftaning o‘zidayoq bu qayiqda baliq desa arziguday uchta baliq tutib kelishdi. Deyarli har kuni cholning dengizdan quruq qaytayotganligini ko‘rib bola ichichidan ezilar edi. U cholning uskunalari, changak, garpun va machtaga o‘ralgan yelkanlarini tashishga yordamlashgani qirg‘oqqa kelardi. Dag‘al matodan to‘qilgan yelk
-
Alkimyogar
Paulo Koelo,Paulo Koeloning 1988-yilda yaratilgan ushbu romani dunyo miqyosidagi bestseller romanlardan biridir. Asarning asosiy voqealari andalusiyalik Santyagoning ko‘rgan tushi asnosida rivojlantiriladi. Asar o‘quvchini “Dunyoning qalbi”ni tushunishga, o‘z taqdir so‘qmog‘idan yurishga o‘rgatadi. Asarni o‘qish jarayonida, voqealar silsilasida uning asosida sharq falsafasi, tasavvuf mujassam ekanligining guvohi bo‘lasiz.