-
O'g'ri
Abdulla Qahhor,Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi... Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi; ko‘zlari javdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi. Xotinlar o‘g‘rini qarg‘aydi, it huradi, tovuqlar qaqag‘laydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi. Qobil boboning qo‘shnisi - burunsiz ellikboshi kirdi. U og‘ilga kirib teshikni, ho‘kiz bog‘langan ustunni diqqat bilan ko‘zdan kechirdi; negadir ustunni qimirlatib ham ko‘rdi, so‘ngra Qobil boboni chaqirdi va past tovush bilan dedi: – Ho‘kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi!
-
Zarbulmasal
Gulxaniy,Gulxaniy ushbu asar orqali oʻz davrida kishilar orasida uchrab turadigan ayrim muammolarni jonzotlar obrazi orqali mohirona ochib beradi. Asarning ertaklardan farqli jihati shundaki, qahramonlar oʻrtasida kechadigan suhbatlar hayotiy, voqealar esa kundalik turmushimizda roʻy berishi mumkin bo‘lganligidadir. “Zarbulmasal” yozilganiga koʻp yillar boʻlganiga qaramay, mutolaa chogʻida voqea-hodisalar xuddi bugun sodir bo‘layotgandek his qilasiz. Ibratli, maʼno-mazmunga toʻla, hayot hikmatlarini oʻzida jamlagan kitobni bugungi kunda ham sevib oʻqilishining sababi shundadir. Oʻylaymizki, uni oʻqib Siz ham shunday xulosaga kelasiz.
-
Go'ro'g'lining tug'ulishi
Xalq og'zaki ijodi,“Goʻroʻgʻli” turkumi dostonlari yuzga yaqin xilma-xil mazmundagi asarlarni oʻzida birlashtiradi. Eʼtiboringizga havola etilayotgan “Goʻroʻgʻlining tugʻilishi” dostoni oʻzbek dostonchiligi rivojida beqiyos oʻrniga ega baxshi Muhammad Jomrot oʻgʻli Poʻlkan shoir tomonidan ijro etilgan. Unda afsonaviy xalq bahodirining tugʻilishi va qahramonona yoshligi, ozodlik oʻlkasining bunyod etilishi voqealari tasvirlanadi. Dostonda qahramon va sevimli yor sadoqati, ota-ona va farzand burchi, birodarlik va doʻstlik masalalaridan bahs yuritadi. Serboʻyoqliligi, jozibadorligi bilan kitobxonni oʻziga rom etadi.
-
АСАРЛАР -3
ОГАҲИЙ,Атоқли ўзбек адиби :шоир,таржимон ва муаррих Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий таваллудининг 210 йиллигига бағишланади.
-
JIMJITLIK
SAID AHMAD,Taniqli adibimiz Said Ahmadning "Jimjitlik " romani 1986-1987-yillarda "Sharq yulduzi "jurnalida davomli e'lon qilindi.G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti uni 1989-yilda 150 000 nusxada bosib chiqardi.
-
Qasosli dunyo
Shukrillo,«Қасосли дунё» асарида ҳаётдаги адолат ва қасос тушунчалари ўзаро боғлиқ ҳолда ёритилади. Қаҳрамонлар бошидан ўтган ноҳақликлар туфайли қасос олиш йўлига кириб қоладилар. Бироқ бу йўл уларни янада оғир синовларга дучор қилади.
-
Jannatdagi soyalar.
rix Mariya Remark,Ular Amerika deya atalmish jannatga soya kabi kirdilar/Ikkinchi jahon urishi olovida yonib qovrilganodamlar... Otmishini yo'qotib, Yevroganing turli burchaklaridan quvilgan qochqinlar...Asablar tarang go'zallik timsoli va sharobxo'r yozuvchi. Bunday turli toifadagi insonlarni nima birlashtirib turgan bo'lishi mumkin. E.M.Remarkning o'zbek tiliga ilk marotaba tarjima qilingan "Jannatdagi soyalar" kitobi mutoolasi davomida yuqoridagi savolga birgalikda javob topamiz.
-
Jinoyat va jazo
Fyodor Dostoyevskiy,Asar 1866-yilda yozilgan. Ammo inson kechinmalarining eski va yangisi bo‘lmaganidek, roman qadri ham eskirmagan. “Kambag‘allik ayb emas, biroq yo‘qchilik – illat. Birinchisida inson tug‘ma olijanob fazilatlarni saqlab qola oladi, ammo yo‘qchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi”, asardagi personajlaridan biri bosh qahramonga bu gapni hayotiy misollar asosida izohlab beradi. Universitetning sobiq talabasi bo‘lgan Raskolnikov esa bu gapdan tegishli xulosa chiqara olmaydi. Natijada, yo‘qchilikdan qutulish, tezda boyib ketish va yuqori mavqega ega bo‘lish maqsadida aql bovar qilmaydigan jinoyat sodir qiladi. Fojiali jihati – qahramon o‘z jinoyatini oqlaydi. Ammo hayot qonunlari adolatli – jinoyatni jazosiz qolishiga imkon bermaydi. Ruhiy jazo jinoyatchini o‘z aybiga iqror bo‘lishga majbur etadi. Romanda shu mudhish qotillikning uzluksiz uqubatlari bilan birga go‘zal muhabbat tasviri ham borki, u kitobxon qalbini beixtiyor junbishga keltiradi.
-
Shayton
Tolstoy,«Шайтон» асарида Толстой инсоннинг ички кураши, айниқса шаҳвоний истаклар ва ахлоқий қадриятлар ўртасидаги зиддиятни тасвирлайди. Асар қаҳрамони Евгений Иртенев уйланган бўлса-да, у ўтмишдаги муносабатларидан қутула олмайди ва бу уни руҳий азобга солади.
-
Xo'jand qal'asi
Mirmuhsin,Mirmuhsinning tarixiy romanlaridan biri «Temur Malik»dir. Asarni yaratilishi haqida adibning o‘zi shunday degan edi: «...Ko‘p yillar mobaynida tarix sahifalarini varaqladim, ona tuproq, ona yurt saodati yo‘lida kurashib, qurbon bo‘lganlar haqida kitob yozish niyatim edi. Moziydagi mislsiz vatanparvar bahodirlardan biri Temur Malik jasorati doimo diqqatimni jalb etib kelardi». Ana shu niyat samarasi o‘laroq bu roman yozildi.
-
MEHROBDAN CHAYON
ABDULLA QODIRIY,Turkiston feodallarining keyingi vakili bo'lg'an Xudoyorxon o'z xohishi yo'lida dehqon ommasi va mayda hunarmand- kosib sinfini qurbon qilishi ,mamlakat xotin -qizlarini istagancha tasarruf etishi ,bunga qarshi kelguchilar tilasa kim bo'lmasin ,rahmsiz jazo berishi ro'monning mavzui'dir.
-
Andisha va g‘urur
Ostin, Jeyn,Jeyn Ostin ingliz adabiyotining yorqin namo yandalaridan biridir. Uning yozgan asarlari, oradan ikki asr o‘tib ketgan bo‘lishiga qaramay, hamon o‘z ijtimoiy-badiiy dolzarbligini yo‘qotmagan. Yozuv chining millatdoshlari va muxlislari hanuzgacha uni «Bizning Jeyn» deya faxr-u iftixor bilan tilga oli shadi. Yozuvchining asarlari keng kitobxonlar om masi tomonidan e’tirof etilgan bo‘lib, ular mazmun va ifodasi hamda syujetining soddaligi, samimiyligi, qiziqarliligi, badiiy tilining latifligi bilan kitobxonlar qalbini o‘ziga rom etgan.
-
Телба
Фёдор ДОСТОЕВСКИЙ,«Телба» романи — пок қалбли ва самимий инсон бўлган князь Мишкиннинг жамиятга қайтиши ва у ердаги мураккаб муносабатлар билан тўқнашуви ҳақида. Мишкин одамларга фақат яхшилик билан муносабатда бўлади, аммо унинг софлиги ва ишонувчанлиги баъзан бошқалар томонидан тушунилмайди.
-
Огаҳий асарлари 2-қисм
Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғла,Ушбу китоб атоқли ўзбек адиби шоир, таржимон ва муаррих Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий таваллудининг 210 йиллигига бағишланади.
-
Изтироб
Рашод Нури Гунтекин,Асар бош қахрамони Захро-мактабнинг катта ўқитувчиси.Фидойи,жонкуяр,мехнаткаш,бир сўз билан айтганда,жонсарак аёл.
-
Тўқчилик ва йўқчилик
Хемингуэй Э.,Мазкур роман Буюк еурғунлик даврида оиласининг қорнини тўқлашга ҳаракат қилган Харри Морган ҳақида ҳикоя қилади ва шу билан бирга ўша даврнинг тўқчил ва йўқсил одамлари ҳаёти қртасидаги кескин фарқни ижтимоий шарҳлайди.
-
Чолиқуши
Рашод Нури Гунтекин,Аёлнинг изтироблари,аёлнинг оғриқлари,аёлнинг оғир ўй-кечинмалари...Уларнинг тугал ечими борми? Уни қандай муаммо доимо қийноққа солади? У нимадан тасалли топади? Бу саволларнинг жавоби битта,у-мухаббатдир.
-
GRAF MONTE KRISTO
Aleksandr Dyuma,Qo'lingizdagi ushbu kitob fransuz Aleksandr Dyuma qalamiga mansub "Cha'teau d'If "romanining rus tili orqali (fransuz tilidan rus tiliga V.M.Stroyeva va L.I.Ovlavskayalar "Uznik zamka If "tarjima qilishgan)To'lqin Rustamov tomonidan "if qal'asining mahbusi "nomi ostida tarjima qilingan ko'rinishidir.
-
Chinor
Asqad Muxtor,Asqad Muxtorning bu romani sharq adabiy an'analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan.Chinorning azim shoxlariday har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirsa,uning teran ildizlari-hikoyatlar yaqin o`tmish haqida,rivoyatlar esa pildirab uchgan yaproqlar singari yengil,ular badiiy tafakkur qanotida qadim afsonalarga borib tutashadilar...
-
Ёлгон психологияси
Пол Экман,Замонавий одам ўн дақиқалик суҳбат ичида ўртача уч марта ёлгон гапириши тўғримикан? Ёлгон инсон ҳаётининг барча сохаларига кириб борганига қандай муносабат билдирасиз? Агар сиз ёлгонни сўз ва овоздаги турланиш орқали ҳам аниқлай олмасангиз қандай йўл тутганингиз маъқул бўлади? Пол Экманнинг китобидан шундай саволларга муфассал жавоб топасиз. Унутманг, ёлгонни яшириш жуда кийин. Универсал ҳисобланувчи макроифодалар ва микро саъй-харакат бўлган имо-ишоралар ҳар доим (ижтимоий ҳолати ва кайси миллатга мансублигидан қатъий назар) ёлғонни фош қилиб қўяди. Бошқалар илғамаган нарсаларга