Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug’ati

Kitob mualliflari A.Madvaliyev,

Muayyan tilning rivojlanishi jarayonida uning lug’aviy tarkibi, jumladan, terminologiyasi boshqa sohalarga qaraganda tez, sezilarli, jiddiy o’zgarishlarga uchraydi. Buning obyektiv sabablari bor, albatta. Ijtimoiy-siyosiy terminologiyadagi taraqqiyot, o’zgarishlar ham yangi lug’aviy birliklarning paydo bo’lishi va ayrim lug’aviy birliklarning iste’moldan chiqishi, so’zlarning yangi ma’nolar kasb etishi va ayrim ma’nolarining yo’qolishi kabi hodisalardan iborat bo’ladi. Bunday o’zgarishlar tegishli lug’atlarda aks ettirilgandagina ularning salmog’i, ko’lami yaqqol namoyon bo’ladi. Ijtimoiy-siyosiy terminlar bo’yicha bir qator terminologik lug’atlar tuzilgan bo’lsada, ular, birinchidan, izohli lug’at emas, ikkinchidan, ancha eskirgan. Qo’lingizdagi 4400 ga yaqin ijtimoiy-siyosiy termin va terminologik birikmalar jamlangan “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug’ati” ushbu bo’shliqni bir qadar to’ldirish maqsadida tuzilgan.

Fan yoʻnalishi: | Ta'lim |
UDK 316.334.3(038)
Kitob nashriyoti nomi: SAHHOF
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-6666-3-4
Kitob nashr qilingan yili: 2021 Yil
Betlar Soni: 304
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 14.80 MB
Turi: Lug‘at
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH