-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
Mаshinа vа mexаnizmlаr dinаmikаsi
Ushbu o'quv qo'llanma “Mashina va mexanizmlar dinamikasi” fanining asosiy qismlarini o'z ichiga olgan bo'lib, texnika oliy o'quv yurtlarining 5A320302 – “Mashinashunoslik” ta'lim mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan magistratura talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Nazariy mexanika
Mazkur o'quv qo'llanma pedagogika institutlari uchun nazariy mexanika bo'yicha belgilangan programma asosida yozilgan. Unda kinematika, statika, dinamika va analitik mexanikaning asosiy tushunchalari, qonun-qoidalari bayon etilgan va ularga doir misol-masalalar yechilgan.
-
MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
Mazkur darslik oliy o'quv yurtlarining mashinasozlik yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, mashinasozlik texnologiyasining nazariy asoslari, mexanik ishlov berishda xatoliklar va ularni hisoblash usullari, texnologik tizimning aniqligi va unumdorlikka ta'siri, bazalash nazariyasi hamda tejamli texnologik jarayonlarni loyihalash masalalarini o'z ichiga oladi.
-
Ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish va rejalashtirish
Ushbu darslikda ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarishni bo'limlari bilan birgalikda o'rganiladi. Shuningdek, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, texnik qoidalar, me'yorlar, mehnatni ilmiy tashkillashtirish, vagon ta'mirlash korxonalarida ishlab chiqarishni tashkillashtirish va rejalashtirish masalalari yoritilgan.
-
Nazariy mexanika (statika, kinematika)
O'quv qo'llanma nazariy mexanika fanining "Statika" va "Kinematika" bo'limlariga bag'ishlangan bo'lib, statikaning qonun-qoidalari va kinematikaning asosiy mavzulari batafsil yoritilgan. Har bir bobdan so'ng takrorlash uchun savollar keltirilgan va masalalar yechib ko'rsatilgan. Qo'llanma "Muhandislik va muhandislik ishi" yo'nalishlarida ta'lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Qurilish mexanikasi
Ushbu darslikda statik aniq va statik noaniq sistemalarni hisoblash usullari bayon etilgan. Ayrim boblarda zo‘riqish va ko‘chishlarni aniqlash tenglamalarida matritsa usulidan foydalanilgan va hisoblashga doir misollar keltirilgan. Darslik oliy o‘quv yurtlarining qurilish yo'nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalariga mo‘ljallangan.
-
Sanoat ishlab chiqarish texnologiyasi
Ushbu darslikda mahsulot tayyorlashning hozirgi zamon usullari, ularni ishlab chiqarishda qo'llaniladigan progressiv uskunalar va texnologik jarayonlar, texnikaviy va iqtisodiy samaradorlikni oshirishning asosiy yo'llari ko'rib o'tilgan. Shuningdek, mashinasozlik sanoatida qo'llaniladigan konstruksiya materiallari, stanoklar, kesuvchi va o'lchov asboblari hamda optimal kesish rejimlari bayon etilgan.
-
Moliyaviy menejment
Mazkur darslikda moliyaviy menejmentning tashkiliy xususiyatlari, moliyaviy ta’minot va investitsion faoliyatni boshqarish yoʻnalishlari, moliyaviy risklarni boshqarish yoʻllari, korporativ soliq menejmenti va inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruv masalalari yoritib berilgan. Darslik iqtisodiy mutaxassisliklar boʻyicha ta’lim oluvchi talabalar uchun moʻljallangan.
-
Qurilish mexanikasi
"Qurilish mexanikasi" fanidan nazorat topshiriqlarini bajarish bo'yicha "Binolar va inshootlar qurilishi" ta'lim yo'nalishi talabalari uchun uslubiy ko'rsatma. Uslubiy ko'rsatma fanning maqsadi va vazifalari, fanning tarkibi va mazmuni, mavzular bo'yicha amaliy mashg'ulotlar hamda talabalar bilimini baholash mezonlarini o'z ichiga oladi.
-
Structural Analysis
This book is intended to provide the student with a clear and thorough presentation of the theory and application of structural analysis as it applies to trusses, beams, and frames. Emphasis is placed on developing the student's ability to both model and analyze a structure and to provide realistic applications encountered in professional practice.
-
Nazariy mexanika
O'quv qo'llanma uchta bo'limdan iborat bo'lib, birinchi statika bo'limida qattiq jism statikasi va uning asosiy aksiomalari, ikkinchi bo'limda kinematika va uchinchi bo'limda dinamika asoslari yoritilgan. Kitob oliy o'quv yurtlarining qurilish, muhandislik, suv xo'jaligi, transport va kasbiy ta'lim sohasi bo'yicha bilim oluvchi bakalavriyat talabalari uchun mo'ljallangan.
-
“MASHINASOZLIK ISHLAB CHIQARISH SANOATIDA RAQAMLASHTIRISH MUAMOLARI VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY - AMALIY ANJUMAN T O ‘PLAMI
Mazkur to'plamda mashinasozlik ishlab chiqarish sanoatida raqamlashtirish muammolari va rivojlantirish istiqbollari, ta'lim boshqaruv tizimlarida sun'iy ong va tabiiy tillarni qo'llash, shuningdek virtual reallikdan ta'lim va trening jarayonlarida foydalanish masalalari bo'yicha ilmiy maqolalar o'rin olgan.
-
Iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish
Mazkur avtoreferat iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan. Unda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, investitsion muhit jozibadorligini oshirish va moliyalashtirish mexanizmlarini ilmiy-uslubiy jihatdan tadqiq etish masalalari ko'rib chiqilgan.
-
Nazariy mexanika
Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining qurilish, muhandislik, suv xo'jaligi, transport va kasbiy ta'lim sohalari bo'yicha bilim oluvchi bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada nazariy ma'lumotlar qisqacha bayon qilingan bo'lib, statika, kinematika va dinamika bo'limlari asosiy qonuniyatlari yoritilgan va ko'plab amaliy masalalar keltirilgan.
-
Materiallar qarshiligi 2-qism
O‘quv qo‘llanmada to‘sinlarning to‘g’ri ko‘ndalang egilishi, kuchlanishlar, deformatsiyalar, murakkab qarshilik hamda konstruksiy elementlarining ustivorlik qonulari va dinamik yuklanishlar ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmadan soha mutaxassislari va ilmiy izlanuvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
РАСТЕНИЕВОДСТВО
Ushbu darslikda o'simlikshunoslik faniningasoslari, shu jumladan qishloq xo'jaligi ekinlarining kelib chiqishi, tarqalishi, sistematikasi, biologik xususiyatlari hamda ularni yetishtirishning zonal texnologiyalari yoritilgan. Shuningdek, sohaning ilmiy asoslari va polev kulturalarining tasnifiga oid ma'lumotlar keltirilgan.