-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
-
-
-
Dinshunoslik. Ateizm
-
-
Fizika
Ushbu darslik umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinfi uchun mo'ljallangan bo'lib, unda molekular fizika, termodinamika asoslari, optika, atom fizikasi asoslari hamda koinot haqidagi tasavvurlar yoritilgan. Kitobda moddalarning molekular-kinetik nazariyasi, statistik va termodinamik metodlar, Broun harakati va turli fizik jarayonlar batafsil bayon etilgan.
-
Farmatsevtika iqtisodiyoti
Darslikda farmatsevtika iqtisodiyoti, tahlil va istiqbolni belgilash, dorixona muassasalarining xo'jalik moliyaviy hisob ishlari va hisoboti berilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida dorixonalarning moliyaviy xo'jalik faoliyatini me'yorlovchi asosiy iqtisodiy qonunlar, farmatsevtika bozorida iste'molchilarning o'rni, dori vositalariga narx belgilash asoslari, dorixona savdo hajmi va dori vositalarini tayyorlash ishlarini tahlili, sarflar, foydaning tahlili va dorixona muassasalari istiqbolini belgilash masalalari yoritilgan. Darslikdan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining buyruqlari va boshqa me'yoriy hujjatlar o'z aksini topgan.
-
Farmakognoziya I qism
Ushbu darslik farmakognoziya fanidan farmasevtika institutlari va tibbiyot kollejlarining farmasevtika bo'limlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda dorivor o'simliklar mahsuloti, ularning tasviri, o'sish joyi, yig'ish va quritish usullari, kimyoviy tarkibi, tahlil qilish, ishlatish hamda dorivor preparatlari to'g'risida to'liq ma'lumotlar keltirilgan. Darslik o'quv dasturi asosida tuzilgan bo'lib, dorivor o'simliklar va hayvonlardan olinadigan dorivor mahsulotlarni o'rgatadi.
-
Falsafa
Mazkur darslik davlat standartiga mos, namunaviy o'quv dasturiga asoslanib tayyorlangan. Darslikda falsafa fanining paydo bo'lishi va uni bosib o'tgan taraqqiyot yo'li, muammolarning qo'yilishi, metodologik hamda bilish jarayonidagi jihatlari aks ettirilgan. Shuningdek, falsafa fanining tarkibiy qismlari hisoblangan mantiq, etika, estetika mavzulari ham yoritilgan. Barcha mavzularning ilmiy falsafiy qirralari O'zbekiston milliy g'oyasi falsafasi bilan uzviylikda tahlil qilingan hamda falsafaning hozirgi muammolari, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri va dunyoqarashi sohalariga e'tibor qaratilgan.
-
Davlat sektorida ichki audit tadbirlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish
Mazkur monografiyada davlat sektorida ichki audit tadbirlarini o‘tkazish tartibini akomillashtirish masalalari yoritilib, ichki auditning moliyaviy nazorat tizimidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Unda ichki auditni risklarga asoslangan yondashuv asosida tashkil etish, audit jarayonlarining samaradorligini oshirish hamda audit natijalarini boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga integratsiya etish masalalariga e’tibor qaratilgan. Monografiya davlat tashkilotlarida shaffoflik va hisobdorlikni kuchaytirish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ilmiy xodimlar, ichki auditorlar va davlat moliyaviy boshqaruvi sohasidagi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Monografiya ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar, magistrlar va talabalarga mo‘ljallangan. Undan davlat sektorida ichki audit tizimini takomillashtirish, moliyaviy nazorat samaradorligini oshirish hamda byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish masalalariga qiziquvchi ichki auditorlar, davlat moliyaviy nazorati organlari xodimlari va keng kitobxonlar ommasi ham foydalanishi mumkin.
-
Em Übungsgrammatik: Deutsch als Fremdsprache
Die em Übungsgrammatik richtet sich an Lernende von Deutsch als Fremdsprache, die ihre Kenntnisse der deutschen Grammatik auf dem Niveau von der Grundstufe bis zur Mittelstufe wiederholen, vertiefen und festigen möchten. Das Werk bietet eine systematische Übersicht über grammatikalische Strukturen, ergänzt durch zahlreiche Übungen, die praxisnah und anwendungsorientiert gestaltet sind, um sowohl die syntaktischen als auch morphologischen Fähigkeiten der Lernenden effektiv zu fördern.
-
G'aroyib skripka
Qoʻligizdagi toʻplamdan jahon adabiyotida oʻziga xos o'rin tutgan adiblar qalamiga mansub hikoyalar o'rin olgan. Kitobda jamlangan hikoyalar ravon tili, voqealar bayoni, mavzular rang-barangligi bilan ajralib turadi. O'ylaymizki, sizga taqdim etilayotgan ushbu kitob ko'ngil mulkingizdan munosib oʻrin oladi.
-
EKOLOGIK JURNALISTIKA
Darslik ommaviy axborot vositalari vakillari, tadqiqotchilar, oliy ta’lim muassasalarining jurnalistika fakultetlari talabalari, jurnalistlar, blogerlar va ekologiya yo‘nalishida ta’lim oluvchi yoshlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda ekologik muammolarni tahliliy ravishda, xolisona, zamonaviy talablarga ko‘ra multimedia unsurlaridan foydalangan holda yoritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari yoritilgan.
-
Shahar landshaftini tashkil etish
Ushbu qo`llanmada tabiiy geografiyaning o`rganish obyekti, predmeti va ularning xususiyatidan kelib chiqqan holda fanning tarmoqlanishi ilmiy tahlil qilingan. Hozirgi zamon landshaftshunosligiga oid bo`lgan landshaftlarning tuzilishi, dinamikasi, rivojlanishi, maxsus faoliyati va barqarorligi kabi, shuningdek antropogen hamda amaliy landshaftshunoslik masalalariga taalluqli mavzular bayon etilgan.
-
-
Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika
Darslik pedagogika oliy ta’lim muassasalari «Matematika va informatika» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi «Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika» fanining amaldagi dasturi asosida yozilgan. Unda fan bo‘limlari bo‘yicha nazariy ma’lumot va ularga doir misollar yechib ko‘rsatilgan. Boblar oxirida o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar, hamda nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish uchun test topshiriqlari berilgan. Mazkur darslikdan matematika va informatika, mexanika, fizika va astronomiya hamda iqtisodiyot yo‘nalishlarining talabalari, shuningdek, ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistikani mustaqil o‘rganuvchilar ham foydalanishi mumkin.
-
Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika
Darslik pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika fanining asosiy nazariy ma’lumotlari, misollar va ularning yechimlari keltirilgan. Qo‘llanma universitet va pedagogika institutlarining matematika, informatika, mexanika, fizika va iqtisodiyot yo‘nalishlari o‘quv dasturlari asosida yozilgan. Har bir bob oxirida o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar, test topshiriqlari va mashqlar mavjud bo‘lib, ular nazariy bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Kitobdan nafaqat talabalar, balki mazkur sohani mustaqil o‘rganuvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Perspektiva
Mazkur o'quv qo'llanma 60730100-Arxitektura (turlari bo'yicha), ta'lim yo'nalishi talabalar uchun mo'ljallangan. O'quv rejada fanning nomi "Chizma geometriya va perspektiva" bo'lib "Perspektiva" bo'limi bo'yicha tayyorlangan, malaka talablari va fan dasturiga to'liq mos keladi. Shuningdek, qoʻllanmada egallanishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish bo'yicha ma'lumotlar yig'ilgan bo'lib 190 betdan tashkil topgan.
-
Dunyo dinlari tarixi
Ushbu darslik o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf o‘quvchilari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda jahon dinlari tarixi, ularning mohiyati, jamiyat hayotidagi o‘rni hamda bag‘rikenglik madaniyati kabi masalalar atroflicha yoritilgan. Darslik o‘quvchilarda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni anglash, mustaqil va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularni komil inson qilib tarbiyalash maqsadida yaratilgan bo‘lib, har bir bo‘lim qo‘shimcha ma’lumotlar, ibratli fikrlar va nazariy topshiriqlar bilan boyitilgan.
-
Dunyo dinlari tarixi
Ushbu darslik O‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda dunyo dinlari tarixi, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni, dinning insoniyat ma’naviy dunyosini shakllantirishdagi ahamiyati, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik kabi mavzular ilmiy asosda yoritib berilgan.
-
Dialog Beruf 3: Deutsch als Fremdsprache
Dialog Beruf 3 baut auf Kenntnissen im Umfang des Zertifikats Deutsch als Fremdsprache auf. In diesem Lehrwerk erleben Sie wirklichkeitsgetreu den Eingang und die Abwicklung eines Produktionsauftrags der Allweiler AG Radolfzell. Sie sind nicht etwa als Zuschauer dabei, sondern Sie arbeiten geradezu bei Allweiler an dem Geschäftsfall 18 Pumpen für Michiko Engineering mit. Der Kurs führt Sie zum Zertifikat Deutsch für den Beruf (ZdfB). Das Lehrwerk holt Sie auf Ihrem Erfahrungshintergrund ab und versetzt Sie in den Betrieb bei Allweiler. Dann wieder gehen Sie auf Abstand zum Geschäftsfall - ohne ihn freilich ganz aus den Augen zu verlieren - und widmen sich den übergreifenden sprachlichen Lernzielen, auch im Hinblick auf das ZdfB.